O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Eragshev F., Abdurahimova N.. Suguralieva F.
T urkistonda m ustam laka 
m o liy a -x o 'ja lik idoralari tizm i. Toshkent, «A k ad em iy a» , 2008, 50-bet.
J Bu m avzu b o 'y ic h a 5 -p arag rafd a alohida hikova qilin ad iy u m ualliflar izohi.
280
www.ziyouz.com kutubxonasi


belgilandi. Paxta tozalash, jun, yog‘ sanoatida mavsumiy mehnat 
ommalashgan edi. Korxonalar hajmining kichikligi, texnika ta ’mi- 
notining zaifligi doimiy ishchi kadrlar paydo bo‘lishini sekinlash- 
tirdi. Doimiy ishchi kadrlar avvalo kon qazish sanoatida va temir yo‘1 
qunlishida ko‘proq vujudga keldi. 1912 yilda Sirdaryo, Farg'ona va 
Samarqand viloyatlarida jam i ishchilar 1904 kishini tashkil qildi.
O 'lka sanoat korxonalarida mehnat sharoiti nihoyatda og’ir 
bo‘lib, mehnatni muhofaza qilishga mutlaqo e ’tibor berilmagan. 
Fabrika mexaniklaridan birining xabariga ko ‘ra, 1907 yilning 
iyulida «Katta Yaroslavl manufakturasi» shirkati zavodlarida o'zbek 
ishchilaridan 18 kishi shikastlangan. Ulardan 12 kishi mutlaqo ishga 
yaroqsiz b o iib qolgan. 1906 yilda «Chimyon» neft konlarida 53 
kishi mayib bo'lgan. Shikast topganlarning ko'plari mahalliy millat 
vakillari edi. Birgina 1911 yilning o ‘zida 0 ‘rta Osiyo temir y o lid a 
2938 baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Ishchilami sug‘o‘rta qilish esa 
korxonalaming ayrimlaridagina mavjud edi, xolos. Zavod, fabrika va 
shaxtalaming egalari k o ‘p hollarda baxtsiz hollar ro ‘y berganligini 
yashirishar yoki ularning sonini ataylab kamaytirib ko'rsatishgan.
Ishchilar safida xotin-qizlar ham bo‘lgani haqida m a’lumotlar 
bor. 0 ‘zbek ayollaridan asosan sanoatning pilla quritish va qurt urug‘i 
olish tarmoqlarida foydalanilgan. Pilla quritish fabrikalarida ayollar
56,5 foizni tashkil qilgan. Xullas, 1914 yilda o lk an in g fabrika-zavod 
sanoatida 3672 ayol, shu jumladan, 2417 o'zbek ayoli ishlagan.
Kapitalistlar qurilish ishlarida arzon ishchi kuchiga ehtiyoj 
sezgan. Shuning uchun ham podshoh m a’muriyati o lk a g a chet el 
fuqarolarining ish izlab kelishiga to‘sqinlik qilmagan. Farg‘ona 
vodiysiga faqat Koshg‘ardan 1904 yili 14556 kishi, 1905 yili 13337 
kishi, 1907 yili 25056 kishi, 1909 yili 12725 kishi, 1911 yili 26463 
kishi, 1912 yili 27174 kishi ishlash uchun kelgan1. A fg‘oniston, 
Eron, Sharqiy Turkistondan ish qidirib kelgan kishilar pasportsiz 
yashab amalda huquqsiz b o iib qolgan edilar. Ular qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida. konlar va shaxtalarda, 
qurilishlarda va temir y o ld a qora ishchi b o iib ishlar edilar.
Shunday qilib, o ik a hududida mahalliy va rus ishchilari bilan 
bir qatorda qo‘shni mamlakatlardan ish qidirib kelgan kishilar ham 
b o iib , ular ishchi malakasiga ega bolishm agan.
1914 
yilda o ‘tkazilgan taftish natijasiga ko‘ra, sanoat ishchilari- 
ning umumiy soni 49,5 ming kishi b o iib , ulardan 25,5 ming kishi,

Юфиров В.И.
Труд хлопковы х хозяйств Т уркестана. С П б, 1914, стр. 
2 2 -2 3 .
281
www.ziyouz.com kutubxonasi


y a ’ni 51 foizi sanoatda, qolgan 24,4 ming kishi esa (49 foiz) temir 
y o id a va tem iryo‘l ustaxonalaridaishlagan. Rossiya mustamlakachilik 
siyosatining asosini avvalambor rus kapitalizmining iqtisodiy 
manfaatlarini himoyalash va ehtiyojlarini qondirish muammolarini 
hal qilish tashkil qilgan.
Yuqorida aytilganidek, Rossiya kapitalizmi uchun Turkiston 
arzon xom ashyo manbai sifatida muhim ahamiyatga ega edi. 
Turkiston bilan Rossiya o'rtasida temir y o ‘1 aloqasining o ‘matilishi 
dehqon xo‘jaligining Umumrossiya bozori tasarrufiga tortilishini 
tezlashtirdi. XIX asming oxirgi choragidan o ‘lka qishloq xo‘jaligida 
sanoat uchun paxta yetishtirish bilan bog‘liq b o ‘lgan katta o ‘zga- 
rishlar davri boshlandi. Paxtachilikning dastlabki ta’siri ikki y o ‘na- 
lishda namoyon bo‘ldi. Birinchisi, paxta maydonlari bug‘doy 
ekiladigan, sug‘oriladigan yerlar hisobiga kengaytirildi. Ikkinchisi, 
avval asosan o ‘z x o ‘jaligining ehtiyojini qondirish uchun paxta 
ekadigan dehqon so‘ngra bozor uchun mahsulot yetishtirish bilan 
shug‘ullana boshladi. Chunki mavjud sharoitda paxtaga ixtisosla- 
shish, uni bozorga sotish iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘lib qoldi. 
Turkistonda dehqon xo‘jaligining bozor munosabatlariga mosla- 
shish sur‘atlari G 'arbiy Yevropaga nisbatan nihoyatda kam vaqtni 
talab qildi.
Paxtachilikning yil sayin kengayishi natijasida XX asming 
birinchi o ‘n yilligida Turkiston qishloq xo‘jaligi bozor munosabatlari 
ustivorligi sharoitida dastlabki iqtisodiy tanglikka uchradi. Uning 
kelib chiqish sababi asosan mayda dehqonchilik xo‘jaligining mo- 
liyaviy qiyinchiliklarga duch kelishida edi.
Evropada dehqon xo‘jaligining bozor munosabatlaridagi ish- 
tiroki yer maydonining yiriklashuvi bilan kengayib bordi. Turkis­
tonda esa, bozorga chiqariladigan mahsulot mayda dehqon xo‘jali- 
gida umumiy maxsulotning 95 foizini, o ‘rta xo‘jalikda 80 foizini, 
yirik xo ‘jaliklarda 61,1 foizini tashkil qiigan. Oilasining ehtiyojlarini 
qoplash bosh maqsad b o ‘lgan mayda dehqon x o ‘jaligi mahsulotni 
ishlab chiqarishga sarflanadigan mehnat evaziga umumiy daromadni 
oshirishga intilardi. Paxta yetishtiriladigan xo‘jaliklarda mavsum 
davomida tirikchilik o ‘tkazish uchun m ablag‘ zam r edi. Oddiy deh­
qon son-sanoqsiz banklar va firmalar xizmatidan foydalana olmasdi, 
chunki uning olinadigan qarz uchun garovga qo‘yadigan mol-mulki 
y o ‘q edi. G ‘arbiy Yevropada dehqon xo‘jaligi, buni emi garovga 
qo‘yish bilan hal qilgan b o ‘lsa, Turkistonda yemi garovga qo‘yish 
shariat qoidalariga to ‘g ‘ri kelmas edi. Bu hoi, bir tomondan, yeming 
qo‘ldan-qo‘lga o ‘tishini m a’lum darajada chegaralagan b o isa-d a,
282
www.ziyouz.com kutubxonasi


ikkinchi tomondan, dehqon xo‘jaligini rivojlantirish uchun uzoq 
muddatli kredit olishdan maxrum qilingan. Paxtachilikdan katta foyda 
oladigan firmalar dehqonlar bilan bevosita munosabatlardan voz 
kechib, ularga kafolat beruvchi vositachilar va dallollar xizmatidan 
foydalanishni afzal ko‘rdilar. Shu tariqa Turkistonda bunoq tizimi 
shakllanib, mahsulot yetkazish bilan b o g iiq b o ‘lgan sudxo‘rlik 
yuzaga keldi. Banklar va firmalar bilan dehqonlar o ‘rtasidagi vosi- 
tachilik misli ko‘rilmagan foyda ko‘rish sohasiga aylandi. Vosita­
chilar 10 foiz atrofidagi badalga olingan m ablag‘ni dehqonlarga 4 0 - 
60 foiz ustama bilan yetkazadigan boiishdi.
Nihoyatda katta foizlar hisobiga qarz oladigan dehqon hosil 
yaxshi bitsa qarzini uza olar, aks holda, u tobora k o ‘payib borar edi. 
Bu hoi paxtachilikning, umuman qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga 
to ‘sqinlik qildi. Vujudga kelgan sharoitda dehqonni imtiyozli kredit 
bilan ta’minlash podsho hukumati tomonidan yagona y o ‘1 deb topildi 
va Turkistonda kredit kooperasiyasini joriy etishga qaror qilindi.
Podsho xukumati uzoq vaqt kooperativ xarakterdagi tashkilot- 
lami tuzish uchun aholining umumiy huquqiy rivojlanishi yetarli 
darajada emas, degan uydirma asosida qarz beruvchi shirkatlami 
tuzishga ruhsat bermadi.
Chor hukumati bozor munosabatlari sharoitida shakllangan, 
o ‘z-o‘zini iqtisodiy himoya qilish asosidagi kooperasiya tizimini 
o ik a d a o ‘z manfaatlarini himoyalash ta’siridagina tadbiq qilgan. 
Lekin insoniyat taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy 
faoliyatning kooperativ shakli oikam izda azaldan mavjud b o ig an . 
Xususan, olimlar sharqdagi suv inshootlarini o ‘rganar ekanlar, bu 
yerda qadim zamonlardayoq oddiy kooperasiya shakllanganini asos- 
lashgan. Masalan, shariat sheriklikning to ‘rt turini huquqiy tomon­
dan asoslab bergan. Birinchisi, «muvafazo», y a ’ni topshirishda 
sheriklik; ikkinchisi - «shirkati aynan» - ishni sherikchilik asosida 
yuritish; uchinchisi - «shirkati tahabbul» - bir turli hunami birga 
qo‘shib bajarish; to ilin ch isi - «shirkati vujuh» - sherik b o iib mol 
olib sotish.
Turkistonda kooperasiya harakatining paydo b o iish i to ‘g ‘risi- 
da manbalarda turlicha sanalar keltiriladi. Rasmiy ravishda imperiya 
ro ‘yxatidan o'tgan birinchi kredit shirkati o ‘z faoliyatini 1907 yil 6 
mayda Q o‘qonda boshlagan, Turkistonda esa kredit kooperasiyasi- 
ning tarixini 1909 yildan boshlangan deb hisoblash m um kin1.
1 Bu m avzuga oid m a 'lu m o tla r tadqiqotchi J. M irzaev to m onidan tayyor- 
langan.
283
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kooperasiya tamoyillari asosida ish yuritadigan mayda kredit 
tashkilotlari tuzish masalasi esa Turkistonda asr boshidayoq k o ‘taril- 
gan edi. Lekin bu masala bilan chor hukumati 1907-1908 yillarda 
paxta hosilining kamayishi natijasidagina keng k o ia m d a shug‘ul- 
lana boshladi. 1909 yilda Davlat bankining mayda kredit boshqar- 
masi vakili V.V.Krainskiy o'lka bilan tanishish uchun Peterburgdan 
Turkistonga keldi. Rossiyaning biron joyida Turkistonning Farg‘ona, 
Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridek, aholining tashabbusiga 
tayangan holda, shirkatlar tuzish uchun sharoit yo‘q, degan xulosaga 
keldi. Shundan keyin Davlat bankining Toshkent, Samarqand, 
Ashxobod bo'lim larida maxsus inspektorlar tayinlandi. Mahalliy 
tillami va urf-odatlami biladigan bunday inspektorlar aholiga 
kredit shirkatlarining tuzilishi va ularning faoliyati to 'g ‘risidagi 
m a’lumotlami tarqatdilar.
Rossiyada kooperativ tashkilotlaming faoliyatini tuzuvchilar 
mayda Kredit boshqarmasiga murojaatnoma yuborishar, boshqanua 
ruhsat bergach, gubernatorlar qoshidagi q o ‘mitalar va mayda kredit 
(boshqanna) inspektori nazoratida tashkiliy ishlar boshlanar edi. 
Odatda, shirkatning ochilishi quyidagicha amalga oshirilgan: ruhsat 
olingach, inspektor kooperativni ta ’sis etuvchilami to ‘plab, b o ‘lajak 
ishlarga umumiy javobgarlik to'g'risidagi ahdnomaga qo‘l qo‘ydir- 
gan. Umumiy yig‘ilishda rais, odatda, inspektor, shirkat bosh- 
qarmasining maxsus nazorati yig'inining uch a ’zosi ham saylangan. 
Yig‘ilish boshqarmaga ajratiladigan m ablag1 va shirkat tomonidan 
beriladigan qarzning foizini belgilagan. Shundan so‘ng boshqarma 
va maxsus y igin n in g qo‘shma majlisi rais o ‘rinbosari, soqchi, 
pul tarqatuvchini tayinlagan. Davlat bankasidan qarz olingan kun 
shirkat faoliyati boshlangan kun hisoblanar edi. Qarz maxsus ro ‘yxat 
bo'yicha faqat xo‘jalik yuritish bilan bog'liq bo‘lgan xarajatlarga 
6-9 oy muddat bilan berilgan. Boshqarma a'zolarining mablag'dan 
qanday foydalanayotganligi kuzatib borilgan, buning uchun ular 
inspeksiya oldida javob bergan. Boshqanna maxsus y ig ln in in g oy- 
lik majlislarida, kundalik umumiy yig‘ilishlarida shirkat hayotining 
muhim masalalari hal qilingan.
Dastlabki paytlarda shirkatlarda foydasini darhol tushunib olgan 
o ‘ziga to ‘q aholi ko‘pchilikni tashkil qildi. Qashshoq, hokimiyat va 
boylar ta ’siridagi dehqon ham qanday qilib bo‘lsa-da, shirkatga a ’zo 
b o ‘lish va tezroq qarz olishga intilar edi. Shuning uchun shirkatni 
boshqarish ishlari rahbariyatga topshirib qo‘yildi. M ablag‘ birinchi 
navbatda rahbarlarga, ularning qarindosh-urug‘iga va yaqinlariga 
berildi. B a'zi shirkatlarda ota-bolalar, xo'jayin va uning xizmatehilari
284
www.ziyouz.com kutubxonasi


a ’zo b o iish hollari uchradi. Mazkur kamchiliklarga qaramasdan, 
shirkatlarga a ’zo bo'lish dehqon uchun foydali edi. Chunki sudxo'rdan 
40-100 foizli qarz olgandan ko'ra, shirkatdan 12 foizli qarz olish qulay 
edi. Turkiston shirkatlarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ular 
asosan davlat m ablagiariga tayanar edilar. 1913 yilda butun Imperiya 
bo'yicha har bir shirkatchiga 80 rubl berilgan b o is a , shundan davlat 
tarafidan Rossiyada 17 rubl, Turkistonda 64 rubl kredit ajratilgan. 
Buning sababi, birinchidan, aholining kam bag‘alligi, ikkinchidan, 
ortiqcha mablag'i bo'lganlar pulm shirkatga a ’zo bo'lm agan deh­
qonlarga berib, buning evaziga katta foyda ko‘rar edilar.
Shirkat ish boshlagan qishloqda so'dxo'rlardan qarz olish shart- 
lari ham o ‘zgargan. Masalan, Q o'qon tumanidagi Novhat shirkati 
tashkil topgan (1912 yil) paytda qishloqda 1000 ruldan 3000 rubl- 
gacha b o ig a n m ablag'i bo'lgan 20 sudxo‘r mavjud edi. Bir yildan 
keyin ular 5 kishiga kamaygan b o isa , 1915 yilda birorta ham sudxo‘r 
qolmagan. Samarqand viloyat K attaqo'rg'on tumanidagi Payshanba 
qishlog'ida shirkat tuzilmasdan oldin sudxo‘r 40-50 foiz foyda bilan 
qarz bersa, keyinchalik bu 15-25 foiz bilan cheklanadigan b o id i.
Shirkatlarda kam bag'allar soni asta-sekin oshib bordi. 1913 
yidda Farg'ona viloyat Skobelev tumanidagi 26 shirkatda o'tkazil- 
gan tekshirishga ko'ra, 7704 dehqon 92683 tanob, o'rtacha 12 
tanobdan erga ega edi. Tadqiqotlarga k o ia , Turkistonning Samar- 
qanddan tashqari barcha viloyatlarida shirkat a ’zolarining yeri unga 
aloqasi boim agan dehqonlar yeriga nisbatan kam b oigan. Buning 
ustiga shirkatlardan boylami quvish hollari ham b o ig an . Masalan, 
Samarqand viloyatida 1917 yilda 38 shirkatdan 310 kishi boy sifatida 
chetlatilgan.
Sho'rolar davrida amalga oshirilgan ayrim tadqiqotlarda shirkat 
a ’zolarining asosiy qismini Rossiyadan ko‘chib keluvchilar tashkil 
qilgan, degan noto'g'ri m a iu m o t berilgan. 1914 yilda Turkistonda 
faoliyat koisatg an 517 shirkatdan 70 tasimng milliy tarkibi ruslardan 
yoki aralash aholidan iborat bo ig an . Shulardan 35 tasi Yettisuv, 14 
tasi Sirdaryo viloyatining Chemyaev tumanida joylashgan edi.
Samarqand viloyati bo‘yicha to iiq saqlanib qolgan m aium ot- 
larga ko'ra, 1917 yilga kelib, hududdagi 151 shirkatning 43048 
a ’zosidan 3 shirkatda 300 rus millatiga mansub a'zo bo'lgan.
1913 
yildan shirkatlar vositachilik faoliyatini boshladi. Masalan, 
shu yili Samarqand viloyatidagi «Sherqo'rg'on» kredit shirkati o'zi- 
ning a ’zolari uchun Moskvada 2700 pud chigitni (har pudini 65 
tiyindan) sotib oldi. Mahalliy bozorlarda esa bir pud chigit odatda 90 
tiyin - 1 rubl atrofidagi narxda sotilar edi. Turkistondagi vositachilik
285
www.ziyouz.com kutubxonasi


shirkatlari o ‘z a ’zolarini urug‘, mehnat qurollari, kundalik ehtiyoj 
mollari bilan ta ’minlashdan to yetishtirilgan mahsulotni jam oa 
asosida sotishgacha bo‘lgan ishlami o ‘z zimmasiga oldi. Kredit koo- 
perasiyasining yutug‘i sifatida b a’zi shirkatlaming paxta zavodlarini 
ijaraga olib, paxta tozalash bilan ham shug‘ullanganligini aytib o ‘tish 
kerak. Keyinchalik kredit kooperasiyasi aholini oziq-ovqat bilan 
ta ’minlashni y o ig a q o ‘yib, matlubot kooperasiyasi vazifasini ham 
bajargan.
Shirkatlar Toshkentda hunarmandlami, Q o'qon, Andijon, Sko- 
belev (Farg‘ona) shaharlarida izvoshchilami birlashtirdi. Xususan, 
1917 yilga kelib, Toshkentning eski shahar qismida Beshyog‘och 
shirkati 257 kishini, Qo^shtut shirkati - 223 kishini, K o‘kmachit 
shirkati - 259 kishini, Chorsu shirkati - 129 kishini, Rovot shirka­
ti - 84 kishini, Sebzor shirkati - 265 kishini, Hasanboy shirkati -
96 kishini o ‘ziga birlashtirdi. Barcha shirkatlar shahar hunarmand- 
lariga tegishli edi.
Shirkatlaming tez k o ‘payib borishi kadrlar tayyorlash zamratini 
paydo qildi. 1913 yildan ishchilar uchun kuz va qish oylarida 
hisobchilar tayyorlovchi kurslar ochilib, mahalliy tillarda birinchi 
qo‘llanmalar paydo b o kldi. Dastlabki kurslami Samarqandda 
185 kishi, Toshkentda — 52 kishi, Farg‘ona vodiysida - 100 kishi 
bitirdi. Hujjatlar shuni k o ‘rsatadiki, kurslarda o ‘qishni xohlovchilar 
talabalardan ko‘proq b o ‘ldi. Andijonda barcha shirkatlar o ‘z 
hisoblaridan kurslarda foydalanish uchun kinoapparat sotib olishga 
3 -8 rubldan pul yig‘ishgan.
1910 yilda Turkistonda 46 shirkatning 5288 a ’zosi 178800 mblni,
1914 yilda 512 shirkatning 129910 a ’zosi 9.780551 mblni, 1917 
yilda 846 shirkatning 231405 a ’zosi 43.655531 mblni o ‘zlashtirdi. 
1910-1917 yillarda shirkatlar soni 18 marta, a ’zolar soni 43 marta, 
m ablag‘lar hajmi 243 marta ko'paydi.
1910-1917 yillar mobaynida shirkatlar soni 18 barobar (46 dan 
846 ga), a ’zolar soni 43 barobar (5288 dan 231405 ga), moliyaviy 
hissasi 243 barobar (178800 mbddan 43.655531 mblgacha) o ‘sdi.
Shunday qilib xo‘jalik yuritishning kooperativ shakli shaxsiy, 
jam oa va ijtimoiy manfaatlarni birga qo‘shishning mukammal uslubi 
sifatida XX asr boshida Turkistondagi iqtisodiy munosabatlaming 
muhim qismiga aylandi. Mayda dehqon xo‘jaligining an ’anaviy 
faoliyati saqlangan holda, bozor munosabatlari keltirib chiqargan 
muammolar kooperasiya orqali hal qilindi. Bozor munosabati 
taraqqiyoti darajasi bilan kooperativ tashkilotlar faoliyatining 
xususiyatlari o ‘rtasida chambarchas bog‘liqlik namoyon b o id i.
286
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rus kapitalistlari sanoat mahsulotlarini sotish bozori hamda 
xom ashyo manbai bo'lgan Turkistondagi ishlab chiqarish jarayoniga 
boshda faol ishtirok etishdan o'zlarini chetga oldilar. Yirik sanoat 
firmalaridan bir yilga veksel sifatida qarz olgan rus ulgurj i savdogarlari 
ushbu firmalaming mahsulotlarini Turkistonda Rossiyadagi narxidan 
bir necha barobar qimmatiga sotardilar. Mahalliy savdogarlar har 
kungi savdodan tushgan mablag'ni rus savdogarlariga berar, qar- 
zining qolgan qismi uchun esa ustama haq to 'lar edilar. Rus ulgurj i 
savdogarlari Turkistonda sotilgan mahsulotlarining puliga ipak, teri, 
paxta, quruq meva sotib olar va ularni Rossiyaga jo 'n atar edilar.
Rossiyaning yirik savdo koigazm alarida tuzilgan savdo bitim- 
lari 0 ‘rta Osiyoning Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlarida alohida 
o'rin tutar edi. Bunda Nijegorod yarmarkasining roli katta bo'lgan. 
Mahalliy sarmoya rus kapitali tomonidan tainomila siqib qo‘yilgan. 
Sanoat mahsulotlari va paxtadan boshqa xom ashyolami chetga 
chiqarishda esa mahalliy kapital sezilarli o'rin tutgan. Mamlakat 
ichida chakana savdo qilish jabhasi to'la mahalliy savdogarlar qo'lida 
edi. Rossiyaning savdo-sotiq sohasidagi siyosati savdo markazla- 
ridan biri bo'lgan Q o'qon misolida to'la namoyon bo'ladi. Farg'ona 
viloyat boshqannasi 1876 yilning 7 martida viloyatning hamma 
shahar va tumanlari uchun umumiy zakot to'lash tartibini o'm atdi. 
Viloyatdagi hamma mahalliy savdogarlar yillik savdo-sotiq muo- 
malasida bo'lgan kapitallarining 2,2% miqdorida zakot berishi va 
zakot boshqarm asini o'zlarin in g boyliklari ham da savdo xususidagi 
ishlari haqida muntazam xabardor qilib turishlari shart edi. Mazkur 
qonunni buzuvchilar esa o'zlariga qarashli umumiy boylikning 1/10 
miqdorida jarim a to'laganlar.
1877 yilning 1 iyunida Farg'ona viloyatida «Savdo-sotiq va 
boj haqida»gi qonunga amal qilina boshlandi. Bu qonunni ishlab 
chiqishda «Savdo-sotiq bilan shug‘ullanish huquqi» haqidagi 1865 
yil 9 fevralda qabul qilingan Umumrossiya qonuni asos qilib olingan 
b o ‘lib, u Farg'ona shaharlarining savdo-sotiq sohasidagi faoliyatida 
katta voqea bo'lgan edi.
Q o'qon shahar boshqarmasining 1877 yil 18 fevralda viloyat 
boshqarmasiga bergan hisobotida shaharda 517 davlat, 1817 xususiy 
do'kon borligi qayd etilgan1. Ushbu xujjatda ta’kidlanishicha, 1877 
yilning yanvarigacha chorva bilan savdo-sotiq qilishdan tushgan boj 
1164 mbl, choydan - 29126, ijaradagi davlat do'konlaridan - 4393, 
ipakdan - 7370, bug'doydan - 4203, boshqa mahsulotlardan - 18971
1 O 'z R M D A , 19-jam g‘arm a. 1 -ro'yxat, 10472-ish, 17-varaq.
287
www.ziyouz.com kutubxonasi


rubldan iborat b o ig an . Shahardagi hamma do'konlar soni 2006 taga 
yetgan, tuman qishloqlaridan - 218 ta, davlat do‘konlaridan - 891 
ta, savdo rastalari va 6 ta karvonsaroydan tushgan boj 11350 rublni 
tashkil qilgan1. Tuman boshligining hisobotida 1876 yilda chetdan 
keltirilgan mollardan 27945 rubl, chetga chiqariladigan mollardan 
27945 rubl y ig ib olingani ko'rsatilgan2.
Tumanning Beshariq, Konibodom, Oltiariq, Rishton, Buvayda, 
Isfara, Yaypan, Kudash va Ultanna kabi qishloqlaridagi mustaqil 
bozorlardan 6745 rubl miqdorida boj undirilgan. 1876 yilning 1 
aprelidan 1877 yilning 1 yanvarigacha Qo'qondan umumiy miq- 
dori 5517555 rubl 94 tiyinlik mol chetga chiqarilgan va boshqa 
shaharlardan 139039 rubl 80 tiyinlik mol keltirilgan3. Odatda, 
Q o'qondan boshqa shaharlarga pilla, ipak. gazmol, mato, teri, paxta 
va qog'oz mahsulotlari, jun, tamaki, etik, chopon kabi 62 xil mol 
chiqarilgan b o is a , oyna, ip. billur, choy, bo'yoq, qand, gugurt, temir, 
p o ia t kabi 77 turdagi mol chetdan keltirilgan. Chetdan keltiriladi­
gan mollar orasida Eron, Xitoy, Hindiston va Evropa mamlakatlari- 
ning mahsulotlari kam uchrab, bu asosan Rossiya mollaridan iborat 
bo'lgan. Q o'qon savdogarlari xonlikning boshqa shaharlari va 
Rossiyaga, odatda, Sharqqa xos mollar jo'natishgan. 1877 yilda 
Q o'qonning yillik savdo muomalasida chetdan keltirilgan mollar 
2194683 rubldan iborat b o ig a n b o isa , chetga jo'natilgan mollar 
miqdori 1540179 rublni tashkil etgan. Shu yili chetdan keltirilgan 
mollardan 411639 rubl, chetga sotilganlaridan esa 322938 rubl miq­
dorida boj undirilgan4. Q o'qonning Buxoro, Samarqand, Toshkent, 
O ia te p a va X o'jand bilan bo'lgan savdo-sotiq ishlarida chetdan 
keltirilgan ko'k choy, trikotaj, chit, nil, temir buyumlar, teri va 
boshqa mollar xaridorgirligi bilan ajralib turgan. Bunday mollar 
bilan savdo qilishda Avliyoxo'ja Muhammad va Zokir Qurbon- 
boyev kabi qo‘qonlik savdogarlar katta o'rin tutganlar.
Shu yillarda Q o'qondan Turkiston oik asim n g boshqa shahar- 
lariga ipak va ip matolar, jun, tamaki kabi chakana mollar chiqaril­
gan. 1881 yilning 19 dekabrida Turkiston general-gubematori tomo­
nidan Turkiya, Eron va Yevropadan keltirilayotgan mollar miqdorini 
va ulardan olinadigan boj miqdorini chegaralovchi va oshiruvchi 
22 banddan iborat qaror qabul qilindi. Choy, non, bo'yoq bundan
'O 'z R M D A , 1 9 -jam g 'arm a, 1-ro‘yxat, 2 2 6 1 5-ish, 52-varaq.
2 O 'z R M D A , 27 6 -jam g arm a, 1-ro‘yxat, 123-ish, 53-varaq.
'O 'z R M D A , 19-jam g‘arm a. 1-ro‘yxat, 22532-ish, 3-varaq.
40 ‘zR M D A , 19-jam g‘arm a, 1-ro‘yxat, 22600-ish, 39-varaq.
288
www.ziyouz.com kutubxonasi


mustasnodir. Bu qaror rus mollarining sotilishini osonlashtirish 
maqsadida chiqarilgan edi.
Turkiston o ik a sig a keltirilayotgan mollaming 25%i Q o‘qon- 
ga, 14% i Samarqandga, 3%i M argilonga keltirilgan. 1882 yilga 
kelib, Q o‘qon chetga mol sotish bo‘yicha Turkiston shaharlari ora­
sida birinchi o‘rinni egalladi. Bu 4920937 rublni tashkil etdi. 
Q o‘-qonga Rossiyadan, asosan, turli b o ‘yoqlar, jun, dori-darmon, 
kitoblar, tangalar, qand, temir, p o ‘lat va ulardan tayyorlangan 
buyumlar keltirilib, paxta, pilla, chorvachilik va turli hunarmand- 
ehilik mahsulotlari olib ketilgan. Q o‘qon shahrining ichki va 
tashqi savdo muomalasining nafaqat viloyatda, balki o ik a d a ham 
yetakchi o ‘rinlardan birini egallashi Farg‘ona viloyati harbiy 
gubematorining 1883 yil mayda Turkiston general-gubematoriga 
bergan hisobotida ham ta ’kidlab o ‘tilgan. Q o‘qon qo‘shni shaharlar 
va mamlakatlardan tashqari, Moskva, Nijegorod yarmarkasi bilan 
ham savdo muomalasi olib borgan va uning yillik savdo muomalasi 
10 mln rubldan oshiq edi.
Savdoning rivojlanishi natijasida savdogarlami doimiy kapital 
va veksel bilan ta’minlash maqsadida Q o‘qonda Davlat bankining 
b o iim in i ochish masalasi k oiarildi. 1884 yilda Moskvadagi 0 ‘rta 
Osiyo tijorat bankining qaroriga ko‘ra, Q o‘qon savdo xodimlari 
uchun butun shart-sharoitlami yaratish va 0 ‘rta Osiyodan keltirilgan 
mollami sotish hamda kerakli rus tovarlarini Turkiston o ik asig a 
jo ‘natish bilan shug‘ullanishi lozim b o ig a n savdo agentligi tashkil 
etildi. Asli qo‘qonlik b o ig a n Muhammad Nosir Toirov ushbu 
savdo agentligining vakili qilib tayinlandi va unga bir yilga 1800 rubl 
maosh belgilandi1.
1886 yilning 1 yanvarida butun Turkiston oik asida, shu jum la­
dan, Farg‘ona viloyati shaharlarida ham, ichki bojlar bekor qilinib, 
rus va mahalliy mollardan yagona boj olish haqidagi qonun kuchga 
kirdi.
1889 
yil davomvda «Katta Yaroslavl yarmarkasi» Q o‘qonga 
24648 rubl 75 tiyinlik mollar keltirib, evaziga 66600 pud paxta 
(431850 rubllik) jo ‘natdi. 0 ‘sha yili Q o‘qondan chetga chiqarilgan 
mollaming umumiy qiymati 10711277 rubldan iborat b o id i2. Farg‘ona 
viloyati boshqamvining Turkiston general-gubematoriga 1890 yil 
4 sentyabrda bergan m aium otida o ik an in g savdo masalalarida 
Q o‘qon shahrining o ‘mi alohida ta ’kidlanib, bu yerda Osiyo mam-
1 0 ‘zR M D A , 1-jam g‘arm a, 1-ro‘yxat, 2599-ish, 2-varaq.
0 ‘z R M D A , 19-jam g‘arm a, 1-ro‘yxat, 24 1 1 8-ish, 12-varaq.
10-1796
289
www.ziyouz.com kutubxonasi


lakatlari, Rossiya va Sibir shaharlari bilan doimiy savdo muno- 
sabatlarida bo'lgan juda k o ‘p savdogarlar va hunarmandlar borligi 
aytiladi. Transport idoralarining m a’lumotlariga k o ‘ra, 1892 yilda 
Q o'qon tumaniga olib kelingan va chiqarib ketilgan mollar qiymati 
21 mln. rubldan oshiq b o iib , buning 3/4 qismi shahaming hissasi 
bo'ldi.
XIX asming 90-yillarida savdoning rivojlanishi tufayli Q o‘qon- 
da ichki va tashqi savdoda asosiy rolni o ‘ynovchi yirik m ablag'ga 
ega bo'lgan mahalliy savdogarlar gumhi ajralib chiqa bordi. Yillik 
savdo muomalasida 50 mingdan 100 minggacha puli bo'lgan va 
doimiy m a b lag i 500 ming mblni tashkil etuvchi Sion Pinxasov, 
250 ming m ablag'ining 200 minggi savdo muomalasida b o ig a n
«Islom Xoimov va К», 500 ming m ablag'ining 300 ming mbli savdo 
muomalasida bo'lgan «Yumoev va К» kabilar shular jumlasidandir. 
Pinxas Ribakovning savdo muomalasida 200 ming rubli bor edi. 
Farg'ona viloyatida bunday yirik savdogarlar k o 'p edi. 123 yahudiy 
savdogarlaming 44 tasi Q o'qonda savdo qilar, ulardan 19 tasining 
savdo muomalasida 800000 mbl, 23 tasida o'rtacha 2000 mbldan 
bo'lgan.
Kaspiyorti temir yo'lining Andijongacha uzaytirilishi masala- 
sining hal etilishi Q o'qonning ichki va tashqi savdosida katta rol 
o'ynadi. Bu narsa ayniqsa choy bilan savdo qiluvchilarga qo‘1 
keldi. Shuning uchun ular Xitoy choyini Botumi orqali ko'proq olib 
kelish uchun u yerda mustaqil bojxona tuzish masalasini ko'tarib 
chiqdilar. Savdogarlaming talabiga ko'ra, 1898 yilning noyabr oyi- 
da bojxona boshqarmasi M arg'ilondan Q o'qonga ko'chirildi. 1900 
yilda 669753 rubllik 20345 pud choydan bojxona 226.647 mbl 
77 tiyin daromad ko'rgan. Choy bilan bo'ladigan savdo 4 ta firma 
ixtiyorida edi. 1900 yilda Shvesov firmasida 7651, Sinisinda 4477, 
Sabirov firmasida 8603 pud, hammasi b o iib 20731 pud 77 funt choy 
bor edi. Oxirgi o 'n yilda choy bilan savdo qilish 2 barobar o'sdi.
Qo'qondagi ichki savdoda davlatga qarashli «katta bozor» va 
shaxsiy savdo rastalari asosiy o'rin egallar edi. Tadqiqotchilaming 
m aiu m otiga ko'ra, bozorda 5000 ga yaqin savdo do'konlari 
bo'lgan. Q o'qon bozori o'zining joylashishiga ko'ra, nafaqat 
yaqin tumanlaming, balki butun O 'rta Osiyo shaharlarining savdo 
markazlaridan biri hisoblangan. Bu yerda savdo keng k o lam d a 
olib borilgan, savdo do'konlari mahalliy boy-savdogarlarga ijaraga 
berilishi bilan birga, ms savdogarlari bilan ham savdo munosabatlari 
yaxshi y o ig a qo'yilgan edi. Markaziy bozordan tashqari, tumanning 
katta qishloqlarida haftaning ayrim kunlari bozor uyushtirilgan.
290
www.ziyouz.com kutubxonasi


Q o‘qon atroflarida bu davrda 20 ga yaqin shunday bozorlar mavjud 
edi.
Mutaxassis tadqiqotchilaming ko‘rsatishlaricha, ichki bozor 
aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga, oziq-ovqat, manufaktura, 
arzon atir-upa, ishlab chiqarish qurollariga hamda choy, qand, oyoq 
kiyimi, gilam, ipak, teri, paxta va quruq mevalarga bo'lgan ehtiyojini 
qondira olgan.
1909 yilda 44 taga yetgan karvonsaroylar ichki bozorda katta 
0 ‘rin tutgan1. Savdo do‘konlari xususiy shaxslar ixtiyorida edi. 
Shuning uchun ham mahalliy hokimiyat yangi savdo shaxobchalari 
qurish, bozorlami kengaytirish va u yerdagi shart-sharoitni yaxshilash 
haqida qayg‘urmas edi.
Shahar bozorlari asosan Markaziy Rossiya sanoati uchun zarur 
bo‘lgan mahalliy xom ashyo sotib olish va olib kelingan rus mol- 
larini sotishda vositachilik rolini bajarar edi.
1890 
yilda ixtisoslashtirilgan transport idoralari Q o‘qon tuma- 
nidan 557555 pud Amerika va 242546 pud mahalliy navli paxtani 
olib ketgan. XIX asming 90-yillaridan o ik a g a Rossiyadan qish­
loq xo‘jaligi va sanoat mashinalari, temir ko‘plab keltirila bosh­
landi. Rossiyadan keltirilayotgan mollar 8 marotaba, Rossiyaga 
chiqarilayotgani esa 7 marotabaga o ‘sdi2.
Keltirilgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, Rossiya ishbilarmonlari 
o ‘zlari keltirgan sanoat mahsulotlarini sotishdan ham, xom ashyo 
sotib olishdan ham katta foyda ko‘rganlar. Ular olib kelayotgan 
mollaming mikdori va sifati o ‘zgarib, bu mollar ichida tikuv 
mashinalari, unga ehtiyot qismlar, shisha, uy-ro‘zg‘or buyumlari, 
musiqa asboblari va boshqalarni uchratish mumkin edi.Shu tariqa
XIX asming oxiri - XX asming boshlarida Turkiston rayonlari 
o ‘zaro savdo aloqalariga kengroq jalb etila bordi. Xuddi shu davrda 
Turkistonda yagona ichki bozoming shakllanishi boshlandi. Bu 
ja-rayon Rossiya bilan iqtisodiy aloqalaming kengayishi, 0 ‘rta 
Osiyo temir yo‘lining qurilishi va Amudaryoda kema qatnovining 
rivojlanishini ancha tezlashtirdi.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish