Mulohaza uchun та ’lumotlar
Jadid Obidjon Mahmudov, Ashurali Zohiriylaming sa’y-harakati
bilan chiqa boshlagan «Sadoi Farg‘ona» gazetasi ham tahsinga
sazovor faoliyat ko‘rsatdi. Uning sahifalaridan butun vodiyda
kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, m a’naviy-mafkuraviy hayotga oid
ko'plab maqolalar o ‘rin olgan. Turmushda mavjud b o ig a n xilma-
xil kamchilik, nuqsonlami fosh etish orqali mahalliy aholi milliy
ongining o ‘sishiga xizmat qiluvchi xat va xabarlar ham gazetadan
muntazam o ‘rin olib turgan.
Gazetaning 1914 yil 2 iyul sonida «Andijonda ovmachilik» nomli
maqolada jamiyatdagi ayrim порок, yaramas illatlar ochiq-oshkora
fosh qilingan. «Andijonda, - deyilgan edi, jumladan, bu maqolada, -
Ollo-qulbek qasrida bir saroy va bir necha do‘konlarda ushbu
XX asrda Turkistonda mavjud b o iib turg‘on qabixadan, ya'ni
bachchabozlik ko‘p rivojda ekan. Mazkur m avze’da 13 yoshdan
16 yoshgacha yetgan juvonlardan yetti nafar bor ekan. Har kun
va kechalari 500 nafardan bir ming nafargacha odamlar, hattoki
madrasalardagi mullabachchalar jam b o iish ib choy ichib o iira r
ekanlar. 7 iyunda mazkur m avze’dan o iib erdimki, mazkur saroyga
ko‘zim tushdi. Bir necha nafar o ‘rislar ko‘rindi, ichkari kirib qarasam
4 nafar o ‘ris starshiylari xotinlari ilan ikki nafar mehmonlari ilan
va boshqa odamlar jam b o iish ib , 4 nafar bachchani o ‘ying‘a solib
turibdur.
Ba’zi odamlar bachchalarg‘a 5 rubllik, 3 rubllik qog‘ozlami
yopishtirib turib ekonlar. Ajabo! Andijon qozi va ulamolari teatmi
harom deb, bul tariqa m a iu m va mashhur joyda b o iib turgan
bachchabozlikni nim ag‘a ko‘zlari ko‘rmas ekan? Va na uchun amri-
m a’rif qilmas ekanlar?»
«Sadoi Farg‘ona»ning 1915 yil 2 yanvar sonidagi «Nafsoniyat-
qahramoni» sarlavhali maqolada esa Andijonda amalga oshiri-
layotgan xayrli, ibratli ishlar hikoya qilinadi. Unda Andijondagi
mashhur Oftobachi madrasasi binosi eski b o iib , «talabalami
istiqomat qilmoqlariga yaramay qolinganligi sababli, Andijonning
yalang‘ochqo‘rg‘onlik hoji Muhammad eshon janoblari Nasibullo
o ‘zaqchalaridan mazkur madrasa binosini isloh qilib burungi mudarris
keltirilib, madrasani aw algidek obod qilib talabalar o‘qumoqda
ekanlar» deb yozilgandi.
405
www.ziyouz.com kutubxonasi
Gazetaning o'sha yil 25 fevral sonida «Ana mullalamingahvoli!»
degan xabar e ’lon qilinadi. Unda, jum ladan, mana bu satrlar bor
edi: «Andijonda Mahmud dasturxonchi madrasasida turg‘uvchi
bir necha nafar axloqi buzuq yomon mullalar bir yaxshi pok
mulloni madrasadan zo ‘rlik qilib chiqaribdurlar. Bechorani gunohi
bachchabozlikdan m one’ qilishi ekan. So‘ngra bechora to ‘g ‘ri
mulla janob inspektor to ‘rag‘a arz qilibdur. Inspektor to ‘ra mazkur
ishni haqiqat qilmoqqa madrasaga borib polisiya bilan hujraga
kirib kitoblar ko‘rib turilg‘on holqa bir to ‘nki yashchinda bach-
chalarg‘a solib o ‘ynaturgon (kokil) topibdurlar. Bui ishdan ko‘p
narida b o iib janob inspektorg‘a yuboribdurlar. Ana mullalaming
ahvoli!».
Shu gazetaning 15 may sonida Ashurali Zohiriyning «Turkis
tonda birinchi yurist» maqolasi bosildi. Unda Toshkentdan Q o‘-
qonga kelib qolgan Toshpoiatbek N orbo‘tabek o ‘g ‘li haqida gap
borar edi. 0 ‘zbeklardan birinchi b o iib dunyoviy fanlar bo‘yicha
yevropacha usuldagi oliy m aiu m o tg a ega b o ig a n bu ziyolining
hayoti va faoliyati o ‘zgalarga namuna sifatida ta rg ib qilingan.
Ana shunday m aiu m o tlar asosida TRMB b o sh lig i polkovnik
Volkov o ‘z boshliqlariga yuborgan mutlaq maxfiy axborotlarida
shunday xulosa chiqargan edi: «Xulosa qilib aytganda, «G ‘ayrat»
shirkat jam iyati hissadorlar jamiyati emas, balki demokratik asosga
qurilgan izchil artel sifatida o ‘zini namoyon qilmoqda. Bu birodarlik
faoliyat doirasi shundayki, u bilan doimo hisoblashishga va unga
muhofaza b o iim i doimo ko‘z-quloq b o iib turishiga to ‘g ‘ri keladi»1.
Polkovnik Volkov agenturasi y o ilag an yana bir axborotni ham uning
boshliqlari diqqat bilan o ‘rgandi. Bu axborotda Ubaydullaxo‘ja
bosh b o ig a n Toshkent jadidlari Andijondagi «Taraqqiyparvarlar»
firqasi bilan birlashgani va ularda tumanboshi tilmochlari Sulaymon
Kelginboev, Akbarboy va Madamin Boytursunovich O io zaliev
hamda Ubaydullaxo‘janing ukasi Bashirulla X o‘jaev muhim rol
o ‘ynashi ko‘rsatilib, ular bilan maslakdosh rus jum alisti Vadim
Chaykin hokimiyatga qarshi mahalliy yoshlami uyushtirayotgani
m a iu m qilingan edi. Greklar ustidan Turkiyaning g ‘alabasini
tilovchi bu maxfiy jam iyatning maqsadi, agent fikricha, «mahalliy
rus hokimiyatini yerga urib qoralash orqali mahalliy xalq o ‘rtasida
obro‘ qozonishdir». TRMB maxfiy agenti Mirza Ahmad Qushbegiev
esa uni to id irib «agar bu jam iyat jazosiz qolaversa u holda dah-
shatli kuchga aylanadi. Xalq ulaming qarm ogiga ilinib, jilovini
1 0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1144-ish, 35-varaq.
406
www.ziyouz.com kutubxonasi
ularga berib qo‘yadi»', deb o ‘zbek jadidlari faoliyati to ‘g ‘risida
batafsil axborot bergan edi.
TRMB boshlig‘i jadidlar safida Qushbegiev, rus inqilobchilari
qatorida esa «Avgustovskiy» kabi o ‘z «Azef»lariga ega edi. Yevgeniy
Filippovich A zef eserlar firqasi Markaziy Q o‘mitasi a ’zosi, jangovar
terrorchi tashkilot rahbari sifatida 1901-1908 yillarda podshoh
amaldorlarini dahshatga solgan. Ichki ishlar vaziri Pleveni o'ldirgan
eserlar rahbari. Aslida u rus siyosiy polisiyasi agenti b o ig an . Uning
kimligi 1908 yildagina fosh qilingan va katta shov-shuvga sabab
bo‘lgan. Avgustovskiy 1912-1917 yillar mobaynida bolsheviklar
safiga kirib olgan TRMB maxfiy agenti edi.
Polkovnik Volkov rus hukumati siyosatini beigilashda maxfiy
siyosiy razvedkachi sifatida general-gubernatorga zarur yo‘riqlami
berib turdi. 1916 yil avgust oyida Kuropatkin bilan o ik a safariga
chiqqan Davlat Dumasi a ’zolari orqasidan o ‘z odamlarini qo‘yib,
ularning har bir harakatini k o ‘zdan qochirmadi. Uning agentlari
Turkiston m a’muriyati ustidan shikoyatlami qabul qilayotgan Davlat
Dumasi a ’zolari faoliyati haqida shunday xuiosaga kelishgan edi:
«Davlat Dumasi a ’zolari bilan suhbatdan so‘ng tuzemeslar o ‘z
ehtiyojlari va shikoyatlari bilan oliy hokimiyatga murojaat qila
olishlari mumkinligini tushunishdi hamda ana shu hokimiyat panohida
shikoyatlari asosli bo‘lsa mahalliy hokimiyatdan qo‘rqmasliklarini
angladi»2.
Mustatnlakachi m a’murlar Toshkent, Andijon va Q o‘qon kabi
yirik m a’muriy markazlarda tobora kuchayib borayotgan «Taraq
qiyparvarlar» firqasidan hayiqib qolishdi. 1916 yil 16 oktyabrdan
3,5 oy oldin yopib q o ‘yilgan «Turkestanskiy kray» gazetasi yana
nashr qilina boshladi. Uning muharriri o ‘zbek advokati Shoislom
Sulton Shoahmedov bo‘lib, muharririyat xodimlari ilg'or fikrli rus
ziyolilari edilar. Siyosiy razvedka boshlig‘i Volkov o ‘zining 1916
yil 4 noyabrdagi general-gubernator nomiga yuborgan maxfiy
axborotida ularga shunday ta ’rif beradi: «Gazetada shifokor David
Ilich Chernoborodov ishlaydi. U o ‘zining 1905 yildan beri davom etib
kelayotgan jinoiy faoliyati bilan bizga tanish. Kazalinsk shahridan
kelgan Zubarev Ivan Yegorovich sosialist-revolyusionerlar firqasi
bilan 1910 yildan bog‘langanligi m a’lum. So‘ly o ‘nalishdagiqarashlari
bilan taniqli Berdichevskiy Moisey Markovich Vadyaev shirkati
idorasida ham ishlaydi. Gazeta uchun pulni Q o‘qon Birja Q o‘mitasi
1 0 ‘zR MDA, 461-jam g‘anna, 1-ro‘yxat, 1902-ish, 65-varaq.
20 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1144-ish, 8-varaq.
407
www.ziyouz.com kutubxonasi
bermoqda. Kelgusida gazeta muharriri Shoahmedov bizga nom a’lum
manbadan 100 ming rubl olishni m oijallam oqda. Bu mablag1 gazeta
faoliyatini kengaytirishga sarflanmoqchi. «Turkestanskiy kray»
gazetasi «Turkestanskiy golos» gazetasi qiyofasidakuchli raqobatchini
k o ‘rsa-da, bu raqobat g ‘oyaviy mazmunda b oim ay, balki sof tijorat
jabhasidadir»1.
General-gubemator mahkamasi maxsus b o iim i, y a’ni siyosiy
razvedka, Turkiston rayon muhofaza b o iim i hujjatlari shuni k o ‘r-
satadiki, Turkistonning harbiy-siyosiy doiralari jadidlam ing «Ta
raqqiyparvarlar» firqasi nashrlari ta’siridan talvasaga tushganlar.
Turkiston matbuoti tarixida «Hurriyat» (1917-1918) gazetasining
ham o ‘m i salmoqlidir. Samarqandda haftada ikki marta 4 sahifada
chiquvchi bu gazetani taraqqiyparvar ziyolilar tashkil etishgan
edi. Gazetani «Zarafshon» kompaniyasi chiqarib, unga jadidlar
yetakchilaridan Akobir Shomansurzoda muharrir b o ig a n . Tahririyat
tarkibida o ik an in g taniqli ijtimoiy-siyosiy arboblaridan M ahmudxo‘ja
Behbudiy, A bdurauf Fitrat, Said A hmadxo‘ja Siddiqiy, Mardonqul
Shomahmudzodalar b o iib , ulaming materiallari gazetadan keng
o ‘rin olgan.
Jadidlaming jum allari ham Turkiston xalqlari milliy ongini
o ‘stirish va o ‘zligini anglashda katta xizmat qilganini alohida k o ‘rsatib
o iis h lozim. Bu o ‘rinda M ahm udxo‘ja Behbudiy muharrirligida
1915 yiddan chiqqan «Oyina» jum alining faoliyati diqqatga
sazovordir. «Oyina» o ‘zbek tilining sofligini saqlash uchun kurashdi
va mslashtirish jarayonining salbiy ta’siridan saqlanishga chaqirdi.
« 0 ‘z xalqchilligimizni yo‘qotsak, - deb yozgan edi «Oyina», -
e ’tiqodimiz ham o ‘z-o‘zidan y o ‘qoladi. Til muhofazasi eng muhim
majburiyatdir».
Ulamolar tomonidan 1915-1918 yillarda chiqarilgan «Al-isloh»
jum ali faoliyatida ham m a’rifatparvarlik, din, urf-odatlar sofligi
va ms ta’siriga qarshi kurash ustivor edi. 1917 yil fevral inqilobidan
keyin «Al-izoh», «Ishchilar dunyosi», «Kengash», «Hurriyat» kabi
jum allar chiqa boshladi. 1896 yildan 1917 yilga qadar 18 ta mscha
jum allar nashr qilinganini ham eslatib o iis h darkor. «Средне
азиатский вестник» (1896), «Туркестанский скорпион» (1907),
«Средняя Азия» (1910), «Туркестанский кара-курт» (1911),
«Степные миражи» jum allari shular jum lasidandir2.
' 0 ‘zR M D A , 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1144-ish, 33-varaq.
2
M ustamlaka Turkiston matbuoti tarixi tarix fanlari doktori N.Abduazizova
tadqiqotlarida to ‘la o ‘z aksini topgan. «M illiv jum alistika tarixi». Т., 2008. ikki
jildlik.
408
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xulosa qilib aytganda, Turkiston matbuoti o ‘z davrining ovozi
vazifasini o ‘tadi. Mustamlaka istibdodida o‘lkaning iqtisodiy, ijti-
moiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy hayotini o ‘zida yaqqol aks et-
tirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |