O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana02.03.2020
Hajmi0,98 Mb.
#41358
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
arab tilini oqitish metodikasi


 



 



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Ta’lim vazirligi 

Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti  

 

 

 

ALIYEV D.I. 



 

 

 

 

 

 

ARAB TILINI O’QITISh 

 METODIKASI 

 

 

Аннотация:  Маърузалар  матни  араб  тилини  ўқитишда  янги  педагогик 

технологияларни  қўллаш,  таълимнинг  янги  методи  сифатида  ўқув 

ўйинларини  тадбиқ  этиш  каби  аспектларни  ўз  ичига  олади.  Тадбиқ 

этиладиган  услублар  морфология  ва  синтаксис  ҳамда  нутқ  фаолияти 

турларида учрайдиган муаммоларни ҳал этишга қаратилган. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOShKENT 2010  


 

Mazkur ma’ruzalar matni kitobi filologiya yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan 



3  kurs  talabalri  uchun  mo’ljallangan.  Bu  kitobda  arab  tilidan  dars  berish  usul  va 

uslublari  nazariy  va  amaliy  tarzda  berilgan.  Bundan  tashqari  talabalarda  arab 

tilidan  dars  berish  ko’nikma  va  malakalarini  shakllantirishga  qaratilgan 

yo’nalishlar  bo’yicha  yangi  pedtexnologiya  usullaridan  namunalar  ham  berilgan. 

Bu  kitobning  maqadi  –  talabalrni  respublikamizda  sharq  tilini  o’qitishda  keng  va 

samarali  qo’llanib  kelinayotgan  usul  va  uslublari  bilan  tanishtirish  hamda  ularni 

dars jarayonini tashkil etish borasidagi bilimlar bilan qurollantirish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Muallif:  Aliyev D.I. – ToshDShI Arab filogoiasi kafedrasi katta  o’qituvchisi 

 

Taqrizchilar:  Orifho’jayev N.M. - Arab filogoiasi kafedrasi katta                

o’qituvchisi, kafedra mudiri v.b.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



Kirish 

Arab  tili  dunyodagi  halqaro  tillardan  biri  bo‘lib,  22  ta  arab  mamlakatlarining 

davlat tili sifatida mavjuddir.  

Bu  tilda  jahon  madaniyatining  durdonalariga  aylangan  ko‘plab  adabiy-badiiy, 

falsdafiy, diniy, tarixiy, siyosiy mavzulardagi asarlar ham yaratilgan. 

“Arab  tilidagi  madaniyat”  deb  nomlangan  bu  madaniyatning  shakllanib, 

rivojlanishiga  Imom  Buxoriy,  Termiziy,  az-Zamaxshariy,  Xorazmiy,  Ibn  Sino, 

Ulug‘bek kabi ajdodlarimiz ham salmoqli hissa qo‘shganlar.  

O‘zligimizni  anglash,  kelajakka  intilgan  umum  bashar  karvonida  o‘zimizga 

munosib  o‘rin  egallash  va  uni  qo‘ldan  chiqarmaslik  uchun,  o‘sib  kelayotgan 

avlodni ma’naviy-axloqiy pok, ilm-ma’rifatga chanqoq, Vataniga, xalqiga sadoqat 

ruhida  tarbiyalashimiz  uchun  ajdodlarimizdan  qolgan  nihoyatda  boy  ilmiy-adabiy 

merosni xalqimizga yetkazishimiz, farzandlarimiz ongiga singdirishimiz lozim. Bu 

esa arab tilini o‘rganish va o‘rgatishni aqozo qiladi. 

Dunyo  mamlakatlari  bilan  tinch-totuv  yashashni,  ular  bilan  o‘zaro  manfaatli 

iqtisodiy  hamkorlikni  rivojlantirishni  o‘zimizga  maqsad  qilib  qo‘ygan  ekanmiz, 

arab davlatlari bilan ham turli darajalardagi siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarni 

rivojlantirib borishimiz lozim. Arab tilini bilish bu maqsadga yetishish uchun ham 

xizmat qiladigan muhim omildir. 

22 ta arab mamlakatiga birlashgan va “Arab dunyosi” deb nomlangan hududda 

yashayotgan  260  milliondan  ortiq  xalqning  tarixi,  madaniyati,  urf-odatlariga  

jahonda  qiziqish  ortib  bormoqda,  chunki  mazkur  hududda  dunyo  sivilizatsiyasi 

rivojiga katta hissa qo‘shganligi barchaga ma’lum 

Mustaqillik  tufayli  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotda  ijobiy  o‘zgarishlar  yuz  berdi. 

Bunday  o‘zgarishlarni  ayniqsa,  ta’lim-tarbiya  sohasida  sezish  mumkin.  Maktabda 

o‘quvchilarga, oily o‘quv yurtlarida talabalarga mukammal bilim berish imkoniyati 

kengaymoqda. Shu bilan birga umumta’lim maktablarida, institut, universitetlarda 

arab  tilini  o‘rgatishga  munosabat  yaxshi  tomonga  o‘zgardi.  Bu  tilni  mukammal 

egallashda  yangi zamonaviy pedagogic texnologiyalar imkoniyatlaridan unumli va 

samarali foydalanishga shart-sharoit yaratildi. 

Hozirgi  paytda  xorijiy  tillarni  o‘qitish  bo‘yicha  Davlat  ta’lim  standatrlarining 

takomillashtirilgan  variantlari  yaratildi  va  u  ta’lim  tizimiga  tadbiq  etilmoqda.  Bu 

hijjatlarda  chet  tillari,  shu  jumladan  arab  tilini  o‘qitilishi  oldiga  aniq  talablar 

qo‘yilgan.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  Dasturi  talablaridan  kelib  chiqib,  sharq 

tillarini  chuqurlashtirib  o‘qitiladigan  maktablarning  bitiruvchilari  o‘z  bilimlarini 

shu  yo‘nalishdagi  akademik  litseylarda  yoki  kasb-hunar  kollajlarida  davom 

ettirishlari  mumkin.  Arab  tilini  maktablarda  o‘qitish  uchun  yaratilgan  dasturlar 

Respublika  ta’lim  markazi  tomonidan  tasdiqlangan  D.Alievning  amalda 

foydalanish  uchun  tavsiya  etilgan  “Arab  olami”,  M.Miryoqubovning  yeti  tildagi 

“Tishing  sog‘,  vaqting  chog‘”  kitoblari  o‘qituvchi  uchun  manbaa  vazifasini 

o‘taydi. B.Ibrihimov, I.Oxunov, M.Ho‘jaevlarning xorijiy til sifatida o‘qitiladigan 

maktablar  uchun  qayta  nashr  etilgan  “Arab  tili  darsligi”,  M.Abdullaevning  7-9 

sinflar  uchun  yaratgan  “Arab  tili”  o‘quv  qo‘llanmasi,  2008  yilda  chop  etilgan 

N.Usmonovning  “Arabcha  matnlar  to‘plami”  o‘qituvchi  va  o‘quvchilarga  tqadim 

etildi. 


 

Arab  tilini  o‘rganish  va  o‘qitish  uchun  qancha  ko‘p  darslik  va  qo‘llanma 



yaratilmasin,  baribir  u  yoki  bu  kitobdagi  mavzularni  o‘quvchilarga  yetkazish 

metodikasi – usullari yatilmasa, bu ishlarning natijasi samarali bo‘lmaydi. 

Biz  ana  shu  talab  vaehtiyojni  biroz  bo‘lsada  qondirish  maqsadida  mazkuq 

qo‘llanmani yaratishga qo‘l urdik. 

Mazkur  qo‘llanma  arab  tilini  o‘qitish  borasida  ilk  yaratilgan  kitobcha 

bo‘lganligi uchun, ba’zi xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Buning uchun 

avvaldan uzr so‘ragan holda bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bildirilgan 

barcha takliflarni qabul etamiz. 

 

    


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



Ma’ruza № 1 



Metodika predmeti. Sharq tillarini boshqa ilmlar 

 bilan o‘qitish aloqalari 

Darsning  o‘quv  maqsadi:  sharq  tilini  o‘qitilishining  butun  ta’lim  tizimidagi 

o‘rni  va  ahamiyati,  matodika  fan  sifatida,  O‘zbekiston  milliy  maktablarida  sharq 

tillarini o‘qitishning ahamiyati,  sharq  tillarini o‘qitish  matodikasi  fanining boshqa 

fanlar bilan aloqasi, mazkur fanning taraqqiy etishiga ta’sir etuvchi omillar, o‘quv 

jarayoni, umumiy va juz’iy metodika haqida tushuncha berish. 

Tayanch iboralar:  

1)  metodika – usul; 

2)  metodika predmeti; 

3)  chet tilini o‘rganishga ehtiyoj; 

4)  umumdidaktik prinsiplar; 

5)  chet tillarini egallashga layoqat; 

6)  chet tillarini o‘qitish vositalari; 

7)  umumiy metodika; 

8)  juz’iy metidika. 

 

Asosiy savollar: 



1.  Sharq tillarini o‘qitish nazariyasining dolzarbligi 

2.  Metodika ilm sifatida 

3.  Milliy maktablarda sharq tillarining o‘qitilishi 

4.  Sharq  tillarini  o‘qitishga  metodikasining  taraqqiy  etishiga  ta’sir  etuvchi 

omillar 

Barchamizga  ma’lumki,  kunimizda  ta’limning  roli  jamiyatda  muntazam  o‘sib 

bormoqda.  Bugun  har  bir  yosh  o‘rab  turuvchi  material  dunyoni  tushunishga, 

anglashga,  bilimlar  oshirishga  harakat  qilmoqda.  Shu  bilan  birga  har  bir  o‘rta 

maktab  o‘quvchisi  yoki  oliy  bilim  yurti  talabasimaksimal  darajalagi  qisqa  vaqt 

ichida  minimal  darajada  material  va  eneregetik  kuch  (iqtisodiy  va  jismoniy 

jig‘atdan  ozgina  harakat  qilgan  holda)  muvofiq  tarzda  bilim  va  malakaga  ega 

bo‘lishni istaydi.  

Bu  holat  ayniqsa  chet  tilini  o‘rganishga  tegishli  bo‘lib,  bu  sohani  o‘rganish 

bizning 


respublikamizda 

ixtiyor 


asosida 

chet 


tilini 

o‘rganish  bilan 

shug‘ullanilayotgan  o‘rta  ta’lim  maktablarda,  akademik  litseylarda,  kasb-hunar 

kollejlarida,  barcha  oliy  o‘quv  yurtlarida,  aspiranturalarda,  ko‘psonli  kurslarni 

aytmaganda, o‘rnak bo‘larli (bo‘lgulik) darajada amalga oshirilmoqda. 

Bu  ishda  o‘qitish nazariyasining  roli  katta  ekanligini xulosa  qilish  qiyin  emas, 

zero “nazariyasiz pedogogik amaliyot azayimxonlikka aylanadi”.

1

 



O‘qitish  nazariyasi  masalasiga  faqatgina  bizning  kunimizda  jiddiy  ravishda 

e’tibor  berila  boshlandi  deb  ta’kidlash  noto‘g‘ri  bo‘ladi.  O‘qituvchilar  avvalari 

ham foydali metodik tavsiyalarni tadqiq etishga harakat qilganlar, lekin u davrlarda 

ilm  ufqlari  nihoyatda  jonsiz  bo‘lgan........

 

 

shu  bois  chet  tilini  o‘qitishda  birinchi 



o‘rinda  urg‘u  amaliy  faoliyatga,  asosan  esa  o‘qituvchining  shaxsiga  berilardi. 

                                                 

1

 К. Д. Ушинский (1824-1870) рус педагоги, демократ 



 

Yaqin  kunlargacha  A.  Peshnola  hikmatlariga  asosan  pedagogikada  yomon  metod 



ham,  yaxshil  metod  ham  yo‘q,  faqatgina  yomon  yoki  yaxshi  pedagoglar  mavjud 

degan fikr ustuvor edi. Mana shu orqali o‘qitish nazariyasi bilimi to‘laligicha inkor 

etilardi.  Lekin  o‘qituvchining  tilni  yaxshi  bilish  o‘z-o‘zidan  o‘quvchiga  o‘tishi 

hammaga ma’lum, agar u mutaxassislarcha bilimga ega bo‘lmasa, agar .......... 

Yuqorida  qayd  etilganlar  nazariya  rolini  oshirib  yubormaydi  ham,    shaxsiy 

xarakter manosini susaytirmaydi ham. ikki bir xil talaba bo‘lmaganidek, ikki bir xil 

o‘qituvchi ham yo‘q.  

Ko‘p yoki oz pedagogik faoliyatga layoqatli bo‘lganlar bor, jamoat bilan oson 

muomalaga kirishuvchilik qobiliyati bo‘lib, istalgan o‘quvchiga “sirli kalit”ni topa 

oladiganlar  mavjudligiga  shubha  yo‘q.  O‘qituvchilar,  shunga  ko‘ra  turli  insoniy 

chizgilari  bilan  qismlarga  bo‘linadilar,  lekin  ular  tashabbuskor  bo‘lishlari,  o‘z 

ishlariga  loqayd  bo‘lmasliklari  lozim,  ular  o‘qitish  nazariyasiga  qiziqmaslik  va 

o‘zlari o‘qitadigan fan metodikasini o‘rganmaslikka haqli emaslar. O‘qituvchining 

vazifasi – metodik qurollanganligini o‘stirishdir. 

O‘qituvchining metodik qurollanganligi uning shaxsiyatiga qandaydir mavhum, 

mexanik qo‘shimcha ekanligi xatodir.  

O‘qitiladigan  fan  metodikasini  nazariy  bilish  –  yuqori  sifatli  tokchada 

pokoyatsya  qilib  qandaydir  o‘lik  tabiatkabi  o‘z  mutaxassisi  qo‘liga  tushganda 

haqiqiy mz’jizlar qilishga qodir instrumentdir. 

Shunday  yo‘l  bilan,  tilga  o‘qitish  nazariyasini  o‘rganish,  o‘quv-tarbiyaviy 

jarayonning  taraqqiy  etishi  uchun  ijodiy  foydalanish  istisnosiz  barcha  maktab  va 

oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun dolzarb vazifani shakllantiradi.  

Zamonaviy  o‘qituvchining  metodik  ta’minlanganlik  ahamiyatini  umuman  olib 

ko‘rib  chiqqach,  sharq  tillarini  o‘qitish  metodikasi  mohiyatini  tahlil  qilishga 

o‘tamiz.  

Sharq  tillarini  o‘qitish  metodikasi  chegaradagi    ilmdir:  bir  tarafdan  u  o‘z 

kuchlarini  oradagi  fanlarga    tayangan  holda  rivojlantiradi(bu  haqida  keyinroq); 

boshqa tarafdan esa u o‘z konsepsiyasini va qarorlarini qo‘llaydi.  

Metodika  fan  sifatida  19  asr  oxiri  va  20  asr  boshlarida  shakllanadi,  shuning 

uchun uning yutuqlari qiyosan oddiy (kamtar) ko‘rnadi, shunga qaramay, u fanning 

barcha asosiy u yoki bu mustaqil fanini shakllantiruvchi  belgilarga ega. 1. nazariy 

asos. 2. tajribaviy baza. 3. tadqiqotlar o‘tkazish uchun ish maydoniga ega.  

“Pedagogika” so‘zi pedagogik rejada ko‘proq  uch ma’noda qo‘llanadi: 

1. 


“Metodika”  oliy  o‘quv  yurtida  yoki  maktabda  nazariy  kurs,  o‘quv 

distiplinasi sifatida 

2. 

“Metodika”  shakllar.,  metodlar  va  o‘qituvchi  mehnatining  birlashuvi 



sifatida 

3. 


“Metodika” bir tarafdan xarakteristikaga, istalgan fanga xos bo‘lgan , 

ikkinchi tarafdan umuman olganda tadqiqotning spesifik ob’ekti fanning  mohiyati 

sifatida  bo‘lganidek,  unga  egalik  qilish  yo‘li  bilan  shartlangan  pedagogik  fan 

sifatida 

4. 

metodika haqida umuman o‘qitish nazariyasi sifatida so‘z yuritilganda, 



tadqiqot  va  izlanish  ob’ekti  birlashuvi  (mushtarakligi)ni  tashkil  etadigan  o‘quv 

 

jarayonning  asosiy  komponentini  ko‘rsatib  o‘tish  lozim.  O‘quv  jarayon 



komponentlarini sxema ko‘rinishida taqdim etish mumkin.  

O‘quv jarayoni 

o‘quv faoliyati                           tashkilot                       o‘quv faoliyat 

o‘qituvchilar                              o‘qitish                                  o‘quvchilar 

Sxemadan  ko‘rinib  turibdiki,  o‘quv  jarayonda  harakat  qildiruvchi  kuch  bo‘lib 

ob’ektiv  va  sub’ektiv  omillar  xizmat  qiladi.  O‘qituvchining  o‘qitish  faoliyati  va 

o‘quvchining o‘qish faoliyatini sub’ektiv omillarga kiritish lozim. metoda va qabul 

qilishni, shuningdek, o‘qitish vositalarini o‘ziga olgan o‘qitish (dars berish) tashkil 

qilish kiritiladi. 

Barcha  uchala  komponentlarning  o‘zaro  to‘la  ta’sirisiz  o‘quv  jarayoni  effektiv 

bo‘la olmaydi.  

Chet tilini o‘qitish metodikasi –bu o‘qitishning maqsadi, taokibi va vositalarini, 

shuningdek,  chet  tili  materiali  (usti)da  o‘qish  va  tarbiyalash  usullarini  tadqiq 

etuvchi fandir.  

Metodik  konsepsiyalar  evolyusiyasida  tendensiyalar  vujudga  keldiki,  ularga 

muvofiq tarzda nazariy qoidalar mukammallashib borardi. Bu nazariy qoidalarning 

bir tarafdan istalgan biror chet tilini o‘qitish metodikasi bilan, boshqa tarafdan esa 

muayyan  chet  tilini  o‘qitish  metodikasi  bilan  bog‘liqligi  mavjuddir.  Natijada  ikki 

funksional jihatdan turli bo‘lgan metodikalar slojilis: 

1. 


umumiy metodika 

2. 


juz’iy metodika (maxsus) 

Umumiy  metodika  nutq  qaysi  chet  tili  haqida  bo‘lishidan  qat’iy  nazar,  u  tilni 

o‘qitish jarayonining qonunlari va xususiyatlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi.  

Lekin o‘qituvchi muayyan chet tilining spesifik xususiyatlariga duch kelganida 

chet  tilini  o‘qitish  umumiy  qonunlarini(gina)  bilish  yetarli  bo‘lmay  qoladi.  Mas., 

continuous  fe’l  shakllarini  bilish  faqatgina  ingliz  tiliga  tegishlidir.  Ma’lumki,  u 

yoki  bu  til  ritmikasi  va  musiqiyligida  turli  sezilarli  farqlar  kuzatiladi.  Shunga 

o‘hshash  barcha  holatlarda  o‘quchilarni    u  yoki  bu  tilning  spesifik  ko‘rinishiga 

muvofiq  keluvchi  usullarni  tez  bilishga  olib  kelish  va  takomillashtirish  lozimdir. 

Mana shu chet  tilini o‘qitish metodikasijuz’iy ob’ektlari hisoblanadi.  

Bizning  respublikamizda  metodika  20  asrning  70-yillaridan  e’tiboran, 

metodikaga  oid  masalalar  O‘zbekiston  Respublikasi  olimlarning  ilmiy  ishlari 

qatoridan yoritila boshlagan bir vaqtda rivojlana boshladi. Ular orasida T. Eminova 

ning “O‘zbek maktabida ingliz talaffuzini qo‘yish”.......... 

Hozirgi  kunda  O‘zbekistonning  o‘zbek  tilli  maktablarida  6  sharq  tillarini 

o‘qitish muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda.  

1. 

bular arab, turk, urdu, fors, xitoy va hind tillaridir. Tillarni o‘qitish 



o‘rta maktablar (uchun mo‘ljallangan) dasturlarga muvofiq travishda olib boriladi. 

O‘quvchilar barcha lozim bilim va ko‘nikmalarni mazkur dasturlarga ko‘ra tizimli 

tarzda o‘zlashtiradilar.  

Quyidagi  sxemani  sharq  tillarini  o‘qitish  metodikasining  tutash  fanlar  bilan 

bog‘liqligini ifodalovchi ko‘rsatkich sifatida keltirish mumkn.  

Mamlakat adabiyoti            /      lingvistika 

Mamlakat geografiyasi      /      aloqa nazariyasi 


 

Mamlakat tarixi                / informatsiya nazariyasi 



Sharq tillarini o‘qitish metodikasi 

 

Pedagogika                psixologiya                 lingvistika 



 

               Fiziologiya                     psixolingvistika 

 

Pedagogika,  psixologiya  va  lingvistika  sharq  tillarini  o‘qitish  va  o‘qitish 



amaliyotining rivojlanishiga bevosita va sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar. O‘z navbatida 

pedagogika  va  psixologiya  uchun  ilmiy  asos  bo‘lib  fiziologiya,  psixologiya  va 

lingvistikaning bir qator kordinal qoida (polojenie) ni birlashtiruvchi, yaxlit holga 

keltirvchi fan bo‘lib psixolingvistika hisoblanadi.  

Nimaga  aynan  mazkur  fanlar  birinchi  o‘rinda  o‘qitish  metodikasiga  ta’sir 

ko‘rsatadi va ular bilan bevosita bog‘liq? Bu holat metodik fan mohiyati bilan (ga 

ko‘ra) tushuntiriladi.  

So‘z  metodika  haqida  bo‘lsa,  bizning  diqqat  nuqtamiz  o‘qitish  jarayonida 

jamlanadi.  Zero  o‘qitish  jarayoni  o‘quv  faoliyati  to‘g‘riligining  sharti  bo‘lgan 

pedagogik  va  psixologik  qonunlarsiz  mavjud  bo‘la  olmaydi.  Lingvistika  esa  chet 

tili materialida tabiatni va uning qonunlarini ochishda yordam beradi.  

Shuning  uchun  faqatgina  o‘zaro  bog‘liq  fanlar  tizimining  yutuqlarini  to‘g‘ri 

qo‘llasa,    kelgusida  metodikaning  nazariy  va  amaliy  rivojlanishiga  layoqat  hosil 

qilishi mumkin 

O‘rganilayotgan tilning adabiyoti, geografiyasi va tarixi – katta o‘lkashunoslik 

klmpnnenti  bilan  zamonaviy  metodik  fanlar  asosiy  muammolarni  qayta  ishlashga 

kichik  ta’sir  ko‘rsatadi.  Lingvostatistiika  kabi  fanlar,  kommunikatsiya  nazariyasi, 

informatsiya  nazariyasi  o‘qitishning  o‘quv  jarayoni  uchun  (mo‘ljallangan) 

materiallarni  qo‘ymaydi,  ko‘proq    esa  sharq  tillarini  o‘qitish  nazariyasini 

takomillashtirish va analiz qilishda ishlatiladi.  

Metodikaning pedagogika bilan bog‘liqligi haqida to‘liqroq: 

Pedagogika  –  yetishib  kelayotgan  avlodning  tarbiyasi,  ta’limi  va  o‘qitish 

qonunlari  haqidagi  fan.didaktika  pedagogikaning  bo‘limi  sifatida  o‘quv 

jarayoniing  mohiyatini,  zamonaviy  dars  nazariyasini  qayta  ishlashning  didaktik 

prinsiplplarining  shartlari  (dalillari)ni  o‘rganish  bilan  shug‘ullanadi.  Lekin 

umumdidaktik 

prinsiplar 

(tarbiyalanuvchini 

o‘qitish 

anglash, 

faolligi, 

ko‘rgazmalilik,  )”chet  tili”  predmetining  spesifikligini  yetarli  darajada  uchitqvat 

qilaolmaydi.  

Masalan,  ongli  ravishda  tushunish  prinsipini  olsak,  chet  tili  darslarida  amalga 

oshirilishi “ongli o‘qitish” vazifasini bajarish xisoblanadi. Ongli o‘qitishni avvalgi 

tushunchasi  (o‘quv  nazariy  darajasida)  o‘rganilayotgan  chet  tili  ko‘rinishlarini  

izchil qiyoslash mazkur prinsipning mohiyatini tashkil qilinadi, deb hisoblangan.  

Hozirgi  kunda  ona  tili  va  o‘ganilayotgan  chet  tilidagi  ko‘rinishlar  qiyoslanishi 

o‘qitshning  amaliy  yo‘nalganligida  o‘ttkazilishi  mumkin,  lekin  qoida  o‘laroq 

o‘quvchilar  tomonidan  emas,  birinchi  galda  o‘qituvchi  va  kitoblar  orqali 

boshqacha  aytganda,  izchil  analiz  o‘tkaziilgandan  keyin  kitob  muallifi  yoki 

o‘qituvchi  ona  tili  vakillarining  mazkur  auditoriyasi  uchun  butunlay  spesifik 



 

bo‘lgan  o‘rganilayotgan  til  ko‘rinishlarini  bilish  uchun  mashqlar  hajmini  va 



chastotasini  oshiradi.  Masalan,  o‘zbek,  rus  yoki  ukrain  millatidagilar  uchun  chet 

tilida  mavjud  artikl  (tushunchasi)ni  bilish    uchun  ingliz,  arab,  moldavan 

millatidagilarga  nisbatan  ko‘proq  mashqlar  bajarish  lozim.  zero  bu  tilda  artikl 

tushunchasi mavjud.  

Chet  tilini  ongli  ravishda  bilish  har  bir  o‘quvchining  o‘z  nutq  faoliyati 

strukturasini  bilishi    lozimligini,  boshqa  tarafdan  esa,  til  materialidan  adekvat 

foydalanishni ta’minlovchi qonunlarni bilish lozimligini bildiradi (mas.ingliz tilida 

o‘tgan zamondagi ish-harakat haqida savol berish uchun ega oldidan   to do ning 

o‘tgan  zamondagi  ko‘rinishi  “did”ni  qo‘yish  kerak.  Arab  tilida  “murojaat”ni 

yasash uchun  اهيا ,اهيا اي ,اهتيا ,اي kabi yuklamalarni qo‘yish lozim) 

Fors  tilida  تسا  (hast)  fe’l  bog‘lamasini  vazifasini  bilmay  turib,  ismiy  jumla 

strukturasini buzib ko‘satish mumkin.  

Chet  tili  materialida  ko‘rgazmali  o‘qitish  prinsipini  ko‘rib  chiqamiz.  Agar  bu 

prinsipni  aksar  (asosiy  ko‘pchilik)  predmetni  ko‘rsatilgan  holda  amalga  oshirish  

bilan gavdalantirilsa,  sharq tillaini  o‘qitish prinsplarida birinchi  o‘rinda  eshittirish  

vositalari  deb  nomlanuvchi  shakllarda  namoyon  bo‘ladi.  Bu  -  tilni  ko‘rgazmali 

o‘qitishda  eshitiluvchi  nutq  namunalarini  namoyon  qilish  (shakli)  ustun  keluvchi 

shakl ekanligini bildiradi.  

Didaktika va tarbiya nazariyasining asosiy qoidalariga tayanmagan xolda  sharq 

tillarini o‘qitish amaliyoti va nazariyasini qayta ishlash imkonsiz bo‘lardi. 

Quyida 

psixologiyaning 



sharq 

tillararini 

o‘qitish 

metodikasining 

rivojlanishidagi roli haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.  

Psixologiya  fanining  bir  necha  mustaqil  tarmoqlari  mavjud  bo‘lib,  biz  uchun 

ularning eng qizig‘i pedagogik psixologiya hisoblanadi.  

Pedagogik psixologiya – bu o‘quvchi (individi, shaxsi)ningpsixologik faoliyati 

qonunlari  haqidagi  fandir.    U  o‘z  tadqiqotlari  doirasiga  o‘quvchiga  nisbatan 

(tegishli)  barcha  asosiy  psixologik  kategoriyalarni  oladi.  Tafakkur  va  nutq,  qabul 

qilish  va  tasavur  qilish,  xotira  va  iroda,  bilim  va  ko‘nikmalarni  shakllantirish,  bir 

qator boshqa kategoriyalar shular jumlasidandir.  

Psixologiyada asosiy o‘rinni metodikada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ohzaki 

va  yozma  shakldagi  nutqiy  faoliyatni  taraqqiy  ettirishdagi  tafakkur  jarayonlarini 

o‘rganish  oladi.  Psixologiya  (mavjudligi)  natijasida  (psixologiya  sharofati  bilan) 

nutqiy  faoliyatda  uning  reseptiv  va  reduktiv    jihatlari  farqlanadi.  Audirovka  va 

o‘qish (reseptiv); gapirish va yozuv (reproduktiv) (jig‘atlar) psixologiya natijasida 

doimoongli va ongsiz ravishda mos kelish farqlanadi.  

Metodikaga o‘qitish qayta ishlovida asosiy rolni psixologiyaning uzun va qisqa 

muddatli  xotirani  o‘rganish  (uchenie)o‘ynaydi.  Kishi  xotirasining  imkoniyat  va 

rezervlarini  bilmay  turib,  o‘quv  nutqiy  birliklarni  to‘g‘ri  tanlash  va  ularning 

optimal  takroriyligiini  o‘rnatish  mumkin  bo‘lmaydi,  umuman  o‘quv  materialni 

tizim va reja asosida takrorlashni yaxshilab tashkil etish imkonsiz bo‘ladi.  

Ilk  marta  psixolog  B.  V.  Belyaev  tomonidan  o‘rtaga  qo‘yilgan  masala  katta 

qiziqish uyg‘otdi, uning chet tilidagi tafakkurni o‘qitish zarurligi. Bu masala tajriba 

asosida (sinalganda) o‘zining to‘liq yechimini topmadi.  



 

10 


Turli  turdagi  tafakkur  yo‘q,  faqatgina  tilga  oid  bilimlarning  strukturalaga 

solishning turli usullari mavjud degan nuqtai nazar ham bor. Tafakkur jarayonlari 

esa (tahlil, sintez, qiyoslash, umulashtirish, generalizatsiya) barchasi uchun birdek 

qo‘llaniladi.  

Endi  lingvistika  nima  asosida  sharq  tillarini  o‘qitish  metodikasi    bilan  tutash 

fanlar qatoriga kirishini o‘rganamiz. 

Strukturali lingvistikaning rivojlanishi audiolingval metodning hosil qilinishiga 

olib  keldi.  uning  asosiy  tarkibi  nutqiy  namunalar,  grammatik  strukturalar,  nutqiy 

modellar  ustida  ishlangan  ishlardan  iborat  bo‘lib,  ular  L.  Blumfild,  Ch.  Friz,  N. 

Xomskiy, e. French va boshqalarning nashshrlarida o‘z aksini topgan.  

Metodikani o‘qitish  tilshunosligidagi  yutuqlar  natijasida til  materialini  o‘qitish 

va  nutqiy  faoliyatga  turlicha  yondashish  ko‘rina  boshladi;  mashqlarning  tizimi 

motirovkali,  o‘quvchilarning  turli  kotingenti  bilan(ga  ko‘ra  desa  bo‘ladimi?) 

o‘qitishning turli shartlari uchun mo‘lajallangan ko‘rinishda bo‘la bordi. 

Rejada  sharq  tillarini  o‘qitishni  rasion(al)lashtirish  turli  darajadagi  o‘quv 

materialini  :  ovoz,  so‘z,  gap  –  namunalar,  tekst  tipi..    ularni  tanlash  muammosi 

dolzarb  bo‘lgan  va  shundayligicha  qolmoqda.  leksik,  fonetik,  grammatik 

minimumni  tanlash  maxsus  prinsip  asosida  olib  boradi,  ularning  katta  qismi 

lingvistik  kategoriyalar  (mas.,  sinonimlarni  istisno  qilish,  basavlatlik  prinsipi, 

qo‘llash chastotasi (tezkorligi desa bo‘ladimi?)va boshqa) aks ettiradi.  

Tutash  fanlar  o‘qitish  nazariyasi  va  fan  sifatida  metodikaning  yanada  tezroq 

rivojlanishini ta’minlaydi deb xulosa chiqarish mumkin.  

Savollar: 

1. 


Nima uchun o‘qituvchi chet tilini o‘qitish nazariyasini yaxshi bilishi 

lozim.  


2. 

Zamonaviy  metodikaning  o‘qitish  nazariyasi  va  fan  sifatidagi 

mohiyati nimadan iborat? 

3. 


Qaysi  fanlar  metodika  bilan  bevosita  bog‘liq  va  ularning  o‘zaro 

bog‘liqligining (aloqasining) mohiyati nimada? 

  

Asosiy adabiyot manbalari: 



1. 

J.  Jalolov.  “chet  tilini  o‘qitish  metodikasi”,  “O‘qituvchi”  nashriyoti. 

1996. 14-bet 

2. 


N.  I.  Gez:  M.  V.  Lyaxovskiy:  A.  A.  Mirolyubov  “Metodika  obucheniya 

ni. Yaz. V sredn. shkole”: M,  1982. 4-21-bet. 

3. 

Gurevich P. B.  “ K voprosu o spesifike metodiki prepodavaniya in. Yaz-



kov kak nauki”  - in. Yaz. V shkole, 1967, №3 

 

 



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish