O’g’uz lahjasi. Bu lahjaga Xorazm, turkman shevalari kiradi. Bu shevalarda so’z boshidagi jarangsiz undosh jaranglilashadi: tovush-dovush, kuch-guch.
O’zbek adabiy tiliga qarluq lahjasi: fonetik jihatdan Toshkent, morfologik jihatdan Farg’ona shevasi asos bo’lgan.
Dialekt va shevalarning o’ziga xos jihatlari dialektologiya bo’limida o’rganiladi.
2 . Terminologik leksika
Professional va ilmiy terminlar terminologik leksikani tashkil etadi. Ilm-fan, texnika,qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarga oid tushunchalarning aniq atamasi bo’lgan so’z yoki birikma termin deyiladi. Terminlar ikki xil bo’ladi:
a) professional terminlar. Ma’lum kasb-hunarga va mutaxassislikka oid monosemantik so’zlar professional terminlar hisoblanadi: masalan, charm, rezgi, shirach (etikdo’zlik), angob, loya, taqsir, gulbo’ta, bargi bodom (kulolchilik); zehdo’zlik, piltakach, yo’rmado’zlik, bichiqchi, tarhkash(kashtachilik) kabi.
b) ilmiy terminlar. Har bir fan o’ziga xos terminga ega. Tilshunoslikda: fonema, fonetika, ega, kesim; matematikada: kub, kvadrat, plyus.
Do'stlaringiz bilan baham: |