3. Jargon va argolar
Ma’lum tabaqa (sinf) vakillari nutqida qo’llanadigan so’zlar jargonlar deyiladi. Masalan, shoe’ qiling-bildiring, tanzil-foyda.
Argolar qiziqishlari, mashg’ulotlari, yoshlari bir xil bo’lgan ma’lum tor doiradagi guruh vakillari qo’llaydigan so’zlardir. Ular umumxalq tiliga oid so’zlarni boshqa ma’noda qo’llashadi. Otarchilar, o’g’rilar, savdogarlarning o’z argolari mavjud. Masalan, a) otarchilar argosidan; yakan (pul), joyi (yo’q), dah (yaxshi); b) o’g’rilar argosidan: loy(pul), ligavi (milisiya), harif (pul egasi, o’g’rilik ob’ekti); d) savdogarlar argosidan: sar yoki sarpiyoz (ming so’m), kapara (olti ming so’m); e) bezorilar argosidan: zamri (jim tur), hamka (non), deshevka (chaqimchi). Bu kabi sinflar, uyushma va to’dalar yo’qolishi bilan argo va jargonlar ham yo’qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |