143
Eng qadimgi og‘zaki adabiy yodgorliklar. Yozma yodgorliklar
REJA:
1. Mumtoz adabiyotning shakllanishiga qadar kechgan davrda yaratilgan manbalar.
2. “Avesto” adabiy manba sifatida.
3. O‘rxun-Enasoy obidalari.
1. Mumtoz adabiyotning shakllanishiga qadar kechgan davrda yaratilgan manbalar.
O‘zbekiston hududida yaratilgan qadimgi yodgorliklarning bizga ma’lum qismi miloddan
avvalgi 10 asrdan to Islomgacha bo‘lgan adabiyotni tashkil qiladi. Bular qadimgi Baqtriya,
Kushon, Tohariston, Sug‘d va boshqa hududlarda yaratilgan yodgorliklardir. Ular «Avesto»
yodgorligini, O‘rxun-Enasoy toshbitigini, qadimgi sug‘d taqvimi, moniylik adabiyoti va
O‘g‘uznoma, Kitobi Dada Qo‘rqut kabi yozma dostonlarni tashkil qiladi.
Ilk turk nasri buloqlarini axtarganda Mahmud Koshg‘ariy nazarda tutgan afsona, rivoyat,
hikoyat va asotirlarni o‘rganish mavzuga yetarli manba bo‘la oladi. Qadimgi «To‘maris» va
«Shiroq» afsonalarini nasr yo‘lida tarqalib, bizgacha ayni shunday shaklda saqlanganini esga
olsak, uning og‘zaki adabiyotdagi ildizlarini tasavvur etishga imkon topiladi. «O‘zbek nasri
tarixidan» jamoa tadqiqoti mualliflari bunga Mug‘ tog‘i qasrida topilgan so‘g‘d taqvimi, Shariy
Turkistondagi so‘g‘d tilida yozilgan ona va qiz o‘rtasidagi oilaviy maktubni
ham kiritadilar
12
.
Nashr etilgan manbalar:
1. Abu Rayhon Beruniy. Al-osoru-l-boqiya an-al qarunu-l-
holiya.–T.:1969; 2. Abu Bahr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy. Buxoro tarixi. – T.: 1966;
Ilmiy adabiyot:
Gumilev L. Qadimgi turklar. – T.: 2008; Mahmudov Q. Qadimgi
Turkiston. – T.: MUMTOZ SO’Z, 2010.
2. «Avesto» adabiy manba sifatida
“Avesto” (miloddan oldingi 10-7 asrlar) – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy
Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e’tiqodiga amal
qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta’limotdan boshlangan.
Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi.
«Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, Amudaryo sohillarida
yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir, degan qarash mavjud.
«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab
to‘qqiz ho‘kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21
kitob holida yig‘ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand»
nomi bilan sharhlar bitilgan.
«Avesto» to‘rt qismdan iborat: Yasna
(“Diniy marosimlar”), Yasht
(ma’no jihatdan
Yasnaga yaqin), Visparad
(“Barcha ilohlar haqidagi kitob”), Vendidod
(“Yovuz ruhlarga qarshi
qonunlar majmuasi”). Yasna tarkibiga kirgan madhlar “Gatlar” (ayrim manbalarda «gohlar»)
deb nomlanib, ularni Zardushtning o‘zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid
(Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Erto‘nga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari
uchraydi.
«Avesto» insoniyat sivilizasiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon
olimlarining e’tiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F.Shpigel, A. Mayllet, V.Bartold, Ye.Bertels,
Yan Ripka, O.Makovelskiy, I.Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.
O‘zbekistonda «Avesto»ni o‘rganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu
Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» ta’limotiga va unda tilga olingan
timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qo‘lyozma va bosma nusxalari O‘R FA
ShI jamg‘armasida saqlanadi. Hozirgi o‘zbek olimlari A.Qayumov, H.Homidov, M.Ishoqov,
N.Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e’tiborli.
12
Ўзбек насри тарихидан. – Т.: Фан, 1982. –Б.18.
144
O‘zbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi
nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bog‘ barpo qilindi, asarning o‘zbek tilidagi tarjimalari
chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
Nashr qilingan manbalar:
1.Avesto. O‘zbekchaga tarjima (Asqar Mahkam tarj.) –T.:
2001. 2. “Avesto”dan (tarj. M.Ishoqov). “O‘zbek tili va adabiyoti» jurn. 1999, № 2–4. 3.
“Avesto” (per.A.Maxkama). – T.: 2001.
Ilmiy adabiyot: 1.
3. A.Qayumov . Qadimiyat obidalari. — T.: 1971; 4. H.Homidov.
«Avesto» fayzlari. – T.: 2001; 5. N.Rahmonov. “Avesto”ning paydo bo‘lishi. — “O‘zbekiston
ovozi” gaz., 2001, 26 may. 6. N.Rahmonov. “Avesto”: Zamin, vatan demakdir. — “O‘zbekiston
ovozi” gaz., 2001, 25 sentabr.
3. «O‘rxun-Enasoy obidalari» (V-VIII asrlar). O‘rxun–Enasoy obidalari V-VII asrlarda
qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Mo‘g‘ulistondagi O‘rxun va
Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan.
Mo‘g‘ulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu
yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda XU asrda ham O‘rxun yozuvidan
foydalanilgan. O‘zbekiston hududida (Farg‘ona,Surxondaryo v.b. joylar)dan 20 dan ortiq turkiy–
run yozuvi yodgorliklari topilgan.
Yirik O‘rxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, To‘nyuquq va boshqa bu yozuvdagi
yodnomalar (mas. Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan
yaqin keladi. Kultigin bitiktoshi 732 y. Turk xoqonligi(551–745)ning lashkarboshisi sharafiga
o‘rnatilgan. Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulug‘ bitikdan (muallifi Yo‘llig tigin) iborat.
Vatan manfaati yo‘lida xizmat qilish,
mamlakatning mustahkam, osoyishta bo‘lishi uchun
kurash
bitiktoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi.Asarda Tabg‘ach, Tibet, Sug‘d, Turgash, Qirg‘iz kabi
joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk
adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi.
Bitiktoshlar XIX asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomonidan o‘qilgan va ilmiy
muomalaga kiritilgan. Ba’zi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSh, Polsha, Vengriya,
Finlyandiya va Turkiyada ham o‘rganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari
ma’lum. O‘zbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot
ishlarini chop qildirgan.
Yozma manbalar orasida O‘rxun-Enasoy obidalari islomgacha yaratilgan turk nasrining
tengsiz yodgorligi ekanini rus olimlari V.Jirmunskiy, A.Shcherbak tan olib yozishgan.
Toshbitiklardagi «Yo‘q chiqan buduniq ko‘p ko‘bartdim, chiqan buduniq bay qildim, az buduniq
o‘kush qildim» (Mazmuni: yo‘qolib borayotgan xalqning sonini orttirdim, qashshoq xalqni boy
qildim, ozchilikni ko‘p xalq qildim») so‘zlari mardona turk nasrining so‘nmas ovozi sifatida
yangraydi. Bu obidalar tarkibidagi «Bilka Qoon», «Kultekin» va «To‘nyuquq» bitiklari qadimgi
turk bahodirlarining shavkati va turk yerining mustaqilligi uchun olib borgan janglarni badiiy
lavhalarda aks etganidir. Toshbitiklardan boshqa runiy yozuvida qog‘ozga bitilgan qadimgi
manba «Irq bitigi» («Ta’birnoma»)da ham ilk turk yozma nasrining belgilarini ko‘rish mumkin.
Nashr qilingan
manbalar: 1. Eng eski turk adabiyoti namunalari (Tuzuvchi prof. Fitrat). -
T.: 1927; Qayta nashri: Fitrat. Eng eski turk adabiyoti namunalari (nashrga tayyorlovchi
O.Hamroeva; mas’ul muharrir H.Boltaboev). – T.: MUMTOZ SO’Z, 2009. 2. Yeniseyskaya
pismennost tyurkov. – M.,L.: 1952; 3. Qadimgi hikmatlar. - T.: 1987.
Ilmiy adabiyot:
1. Qayumov A. Qadimiyat obidalari. - T.: 1971. 2. Rahmonov N. Inson
ruhining sadosi. - T.: 1986; 3. Rahmonov N. Ko‘hna bitigtoshlar. — T.: 1990; .Rahmonov. Turk
xoqonligi. — T.: 1993.
Do'stlaringiz bilan baham: