O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/58
Sana01.04.2021
Hajmi0,53 Mb.
#62325
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
Bog'liq
ozbek tilida egasi topiladigan gaplarning stilistik xususiyatlari

ketidan  o‘zing  yugur.  Maqol  shu  darajada  mukammal  ifodalanganki,  uni  Sen 

bolaga  ish  buyur,  ketidan  sen  yugur.  Bolaga  ish  buyur,  ketidan  yugur.  O‘zing 

bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur kabi variantlarning birontasida ham bayon 

qilib  bo‘lmaydi.  Garchi  bu  gaplar  grammatik  jihatdan  to‘la  va  to‘g‘ri 

shakllantirilgan  bo‘lsa  ham,  ifoda  mukammalligida  ular  birinchi  gapning  o‘rnini 

bosa olmaydi. 

Ayrim  maqollar  tarkibida  kishilik  olmoshlari  o‘rnida  o‘zlik  olmoshi 

qo‘llanilganligi kuzatiladi: O‘zing nobud bo‘l, yo‘ldoshingni qutqar. O‘zi yo‘qdek, 




69 

 

tovushi o‘qdek. Gaplardagi o‘z so‘zi sen, u kishilik olmoshlari mazmunida. Ammo 

umumlashgan  kishilik  olmoshlaridan  ko‘ra  ifoda  vazifasini  yaxshi  uddalay  olgan. 

O‘z so‘zi ifodalagan ta`kid, alohida ajratib ko‘rsatish ottenkalarini bu gaplarda sen 

yoki  u  bera  olmaydi.  Buning  ustiga  bu  almashtirishlar  ma`lum  uslubiy 

g‘alizliklarni  keltirib  chiqaradi  yoki  gap  mazmunini  o‘zgartiradi:  O‘zing  nobud 

bo‘l,  yo‘ldoshingni  qutqar  -  Sen  nobud  bo‘l,  yo‘ldoshingni  qutqar.  Birinchi  gap 

insoniylikka  da`vat  ma`nosini  bersa  va  uning  umumga  qaratilgani  anglashilsa, 

ikkinchi gapda bu xususiyatlar yo‘qoladi. Fidoyilikka da`vat qilish emas, aksincha, 

ana  shu  fidoyilikka  nisbatan  norozilik  munosabatini  yuzaga  keltiradi.  O‘zing  suv 



ichadigan  quduqqa  tupurma  gapida  ham  ular  almashtirilsa,  mazmun  o‘zgarib 

ketadi:  o‘zing  suv  ichadigan  quduqqa  tupurma,  sen  suv  ichadigan  quduqqa 



tupurma.  Birinchi  gapda  suv  ichadigan  quduq  foydalanuvchilarga  nisbatan 

chegaralangan,  ikkinchi  gapdan esa  umuman  quduq  ma`nosi  anglashiladi.  Demak 

bu o‘rinda ularni o‘zaro almashtirish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. 

Ba`zi  maqollarda esa  bu  olmoshlarni  o‘zaro  almashtirish  mumkin  bo‘ladi: 



o‘zing yaxshi – olam yaxshi = sen yaxshi – olam yaxshi kabi. 

Hayron  qoladi  kishi.  Turib,  turib  tutoqib  ketasan,  kishi.  Agar  kishi  so‘zi 

bo‘lmasa-chi?  Unda  qanday  gap  bo‘ladi?  Bunday  holatlarda  grammatik ega 

mavjud bo‘lmoqda. Ammo bu grammatik ega ish-harakatni bajarayotgan ega emas. 

Ega  noaniq,  umumiy.  Gap  tarkibidagi  kishi,  odam,  har  kim,  sen  ning 

qo‘llanishi ana shu noaniqlik va umumiylikni keltirib chiqaradi. 

Ayrim  misollar  shaxsi  umumlashgan  gaplar  ikki  tarkibli  gaplar  uchun  ham 

tegishli ekanligini  ko‘rsatadi:  birlashgan  o‘zar,  birlashmagan  to‘zar.  Aslida 

shunday  bo‘lishi  mumkinmi?  Biz  mumkin emas,  deb  hisoblaymiz.  Ikkining  biri 

bo‘lishi  –  shaxsi  umumlashgan  gaplar  yo  bir  tarkibli,  yoki  ikki  tarkibli  gaplar 

doirasida qaralishi lozim. 

Bu o‘rindagi chalkashlikni gapdagi grammatik ega bilan harakatning haqiqiy 

bajaruvchisi  bo‘lgan  mantiqiy egani  aralashtirib  yuborishdan  axtarish  kerak. 



Birlashgan  o‘zar,  birlashmagan  to‘zar  gapining  mag‘zini  chaqadigan  bo‘lsak, 

harakatning  bajaruvchisi  umum ekanligi  sezilib  turibdi,  ammo  umumni  gapning 




70 

 

egasi  deyishimizga  grammatika  qoidalari  yo‘l  qo‘ymayapti  –  sirtdan  qaraganda 



o‘zmoq,  to‘zmoq  harakat,  birlashgan,  birlashmagan esa  bu  harakatning 

bajaruvchisi  bo‘lib  ko‘rinayapti.  Birlashgan  va  birlashmagan  so‘zlarning  gapda 

egaga  aylanishiga  sabab  bo‘lgan  omilga  yuzaki  qaraganimizdan  shunday 

bo‘lmoqda.  Aslida  gap  Birlashgan  odamlar  o‘zar,  birlashmagan  odamlar  to‘zar 

shaklida edi  va  gapning  haqiqiy  grammatik egasi  ham,  mantiqiy egasi  ham 

odamlar edi.  Ammo  nutqda  qisqaruv  hodisasi  yuz  berib,  odamlar  elementi 

ellipsisga  uchradi,  gap  tarkibidan  tushib  qoldi.  Bir  vaqtning  o‘zida  metonimiya 

hodisasi  ham  yuz  berdi.  Tushib  qolgan  odamlar  so‘zining  yukini  birlashgan, 

birlashmagan so‘zlari o‘z zimmasiga oldi.  

Mana  shu  tahlilga  asoslanib  bemalol  ayta  olamizki,  gaplarning  shaxsi 



umumlashgan  maqomini  olishini  o‘z-o‘zidan  bo‘ladigan  jarayon emas,  balki  til 

elementlarini  ifoda  kuchining  taraqqiyoti,  tafakkur  taraqqiyoti  mahsuli  sifatida 

yuzaga  keladi.  O‘z-o‘zidan  ma`lum  bo‘lmoqdaki,  bu  o‘zgarishlar  stilistik 

jarayonlarsiz  amalga  oshayotgan emas.  YA`ni  fikrni  ixcham,  lo‘nda  ifoda  qilish 

ehtiyoji,  bu ehtiyoj  tufayli  gap  tarkibidagi  ayrim elementlarning ellipsisga  yuz 

tutishi,  bu  hodisaga  duchor  bo‘lgan  bir  til  birligining  bajarishi  lozim  bo‘lgan 

vazifani,  anglatishi  lozim  bo‘lgan  ma`noni  gapdagi  ikkinchi  bir  birlikning  o‘z 

zimmasiga olishi ana shu stilistik jarayonlardir. 

Agar  ana  shu  stilistik  jarayonlar  sodir  bo‘lmaganda,  Birlashgan  odamlar 

o‘zar, birlashmagan odamlar to‘zar tarzida shakllantirilgan gapda g‘alizlik paydo 

bo‘lgan  bo‘lar,  bu  g‘alizlik  o‘z  navbatida  nutqiy  ifoda  madaniyatiga  salbiy  ta`sir 

ko‘rsatar edi.  YUz  bergan  stilistik  jarayonlar  tufayli  gap  umumlashtiruvchilik 

xususiyatiga, maqol xarakteriga ega bo‘lgan. 

I.Rasulov shaxsi umumlashgan gaplarning semantik imkoniyatlari kengligini 

aytib,  uning  yordamida  hayotiy  tajribalar,  umumlashgan  xulosalar,  mulohazalar, 

nasihat,  maslahat  kabilar  ifodalanishi  ta`kidlaydi.  Bizning  shaxsi  umumlashgan 

gaplarning  semantik-stilistik  imkoniyatlari  bu  bilan  chegaralinib  qolmaydi.  Unda 

yana quyidagi ma`no ottenkalarini payqash mumkin: 



71 

 

-zavqlanish  ottenkasi:  Xohlasang  daladan  pichan  o‘r,  xohlasang 



o‘rmondan! Bir emas unta sigirga etadi! (O‘.Hoshimov). 

-afsuslanish  ottenkasi:  Qayoqqa  qarasang  kambag‘al,  bekorchi,  nonga  zor 



odamlarni ko‘rasan (Oybek). — Ie, sutdan og‘zing kuysa, qatiqni ham puflab ichar 

ekansan-da!  Itga  bersang  oshingni,  itlar  g‘ajir  boshingni!  Koshki  o‘z  boshini 

g‘ajisa! (A.Qahhor). 

-fikrni  jahl  bilan  ifodalash  ottenkasi:  Tayyor  oshga  bakovul  bo‘laman 



desang hammaning ham ko‘ziga xunuk ko‘rinasan (A.Qahhor). Operativ ishlashni 

bilar ekansanlar-ku! (O‘.Hoshimov). 

-ishonch,  qat`iyat  ottenkasi:  Kimga  gapirsang,  gaping  o‘tadi,  qayoqqa 



uzatsang qo‘ling etadi. Qancha qo‘rqsang shuncha yaxshi! Tartib bo‘ladi, intizom 

bo‘ladi... (A.Qahhor).  

-nopisandlik  ottenkasi:  Stolda  o‘tirishini  tomosha  qilsang  bularning!  Xudo 



haqqi, qoshiq ushlashni bilmaydi! (O‘.Hoshimov). 

Topishmoq  xarakteridagi  gaplar  ham  bir  tarkibli  va  shaxsi  noaniq  yoki 

shaxsi  umumlashgan  bo‘ladi:  Sog‘ay  desang  suti  yo‘q,  YUlay  desang  yungi  yo‘q 

(A.Qahhor). Gapning ushbu qurilishi topishmoqlarning tabiatiga mos keladi. 

SHaxsi  umumlashgan  gaplarning  ham  boshqa  bir  tarkibli egasiz  gaplar 

singari  bosh  bo‘lagi  kesim  sanalar ekan,  bu  vazifani  bajaradigan  fe`lning  o‘ziga 

xos  ifodalanish  yo‘llari  bor.  Bu  yo‘llar  I.Rasulov  tomonidan  alohida  ko‘rsatib 

o‘tilgan.

45

 

1.  Aniqlik maylidagi fe`l shakllari bilan: 



- o‘tgan zamon: Bildingki, endi yugurish befoyda. Bildim dedim – tutildim, 

bilmadim  dedim  –  qutildim.  Bu  gaplarda eganing  qo‘llanishi  nojoiz.  Uning 

qo‘llanishi  gapning  umumga  qaratilganlik  samarasini  yo‘qotadi,  yo‘nalganlik 

doirasini  toraytiradi.  Fikr  bir  kishi  tomonidan  aytilgan  yoki  bir  kishiga  qaratilgan 

bo‘lib qoladi. 

                                           

45

 



Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.148-149. 


72 

 

-  hozirgi-kelasi  zamon:  Nimani eksang  –  shuni  o‘rasan,  Birovga  chuqur 




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish