Ma‘lumki, atamalar ijtimoiy hayotning biron sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq
va barqaror ifodasi bо‗lgan sо‗z yoki sо‗z birikmasi bо‗lib, fan, texnika, kasb-xunar, qolaversa,
ijtimoiy-iqtisodiy hayotning taraqqiyoti tufayli boyib boradi.
Atamalar bir tomondan, shaxsning hulq-atvorini ifodalasa, ikkinchi tomondan hulq-
atvorning, hatti-harakatning о‗zi ma‘lum bir atamalarda о‗z ifodasini topadi.
Ma‘lumki, pedagogikada jumladan, Iqtisodiy tarbiya nazariyasi boshqa ilm sohalaridan
olingan kо‗plab atamalardan foydalanadi, bu narsa pedagogikani boshqa fanlar bilan chuqur
aloqada ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bunday atamalar texnika va iqtisodiyotdan eng kо‗p
miqdorda kirib keladi, chunki ayni shu sohalar ijtimoiy fikrning rivojlanishiga eng kо‗p ta‘sir
kо‗rsatadi. Chunonchi, bugun о‗qitish jarayonining tejamliligi va maqsadga muvofiqligi hamda
oqilona tashksl etilishi kо‗p jihatdan о‗qituvchi, texnika va texnologiya, iqtisodiy ta‘lim,
о‗qitishni kompyuterlashtirish kabilar bilan bevosita bog‗lanib qolgan.
Bozor iqtisodiyotiga о‗tilishi bilan qо‗llanilayotgan qator iqtisodiy atamalarning ma‘nolari
о‗zgardi, ayrimlari leksikadan chiqib ketdi hamda yangi sо‗zlar kirib keldi.
Hozirgi kunda kundalik leksikonda foydalanilayotgan shunday atamalar mavjudki, ularning
mohiyatini mazmunini о‗rganmay iqtisodiy tafakkurni shakllantirish mumkin emas. Shuning
uchun ham Iqtisodiy tarbiya nazariyasi ana shu atamalarni о‗rganishga alohida e‘tibor berish
talab etiladi.
Bozor iqtisodiyotining mohiyatini chuqur anglash ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojini
tahlil qilish, undan amaliy xulosalar chiqarish ehtiyoji kishilarda iqtisodiy fikr yuritshn
madaniyatini yuksaltirishni taqozo etadi. Bu vazifalar ijrosini ta‘minlashning samarali
vositalaridan biri iqtisodiyotning qonun-qoidalarini atroflicha о‗rganish va undan unumli
foydalanish qobiliyatini rivojlantirishdan iboratdir.
Mamlakatimizda tarixan qisqa vaqt ichida bozor munosabatlariga asoslangan milliy
iqtisodiyotning asoslari barpo etildi. Bu esa iqtisodiy bilimlar asoslarini kishilar ongiga
singdirishni dolzarb masalaga aylanishiga olib keldi. Shuning uchun ham yoshlarimizda iqtisodiy
tafakkurni shakllantirish, buning uchun eng muhim iqtisodiy atama va tushunchalarni mazmun-
mohiyatini о‗rganishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Chunki ular shaxs xulq-atvorini
shakllantirishda muhim о‗rin tutadi. Shaxsning iqtisodiy tanlovi qanday yuz berishiga katta ta‘sir
kо‗rsatadi. Ulardan eng muhimlari bitimlar, firma, raqobat, tadbirkorlik, risk, naflilik, tanlov va
boshqalar bо‗lib, ularni о‗rganishga diqqat qaratishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: