Bilimlarni muammoli bayon qilish faqat yuqori sinflarda qo’llanilishi mumkin, kichik yoshdagi
maktab o’quvchilari uchun qiyinlik qiladi degan fikrlar ham bor. Ilg’or o’qituvchilar tajribasi bunday
emasligini ko’rsatadi. Shubhasizki, boshlang’ich sinflarda muammoli o’qitishning faqat elementlari bo’lishi
kerak, butun dars izlanishga va qo’yilgan muammoni hal etishga bag’ishlanmasin, bu bolalarni charchatib
qo’yadi, idrok qilish faolligini pasaytiradi. Muammoli o’qitish elementlari esa, aksincha, darslarda va amaliy
mashg’ulotlarda ular faoliyatini aktivlashtiradi.
Muammo qo’yilishi va uni mustaqil hal qilinishi bolalarning bilishga qiziqishini, ya‘ni ularning
bilimlarni egallashga va masalalar yechishni o’rganishga bo’lgan intilishlarini rivojlantirish uchun
rag’batlantirish bo’lib xizmat qiladi. Muammoni hal qilishda asosiy vaqtni amaliy ish egallaydi.
Chunonchi, «Kuz», «Qish», «Bahor» (2- sinf) mavzularini o’rganishda bolalar oldiga quyidagi
muammoli savollarni qo’yish mumkin: Nima uchun kuzda qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadilar? Nima
uchun ba‘zi hayvonlar qishda uxlaydi? Nima uchun kuzda sovuq tushadi?
O’quvchilar oldiga u yoki bu muammoni qo’yishda ularning har biri qanchalik dars mazmunidan
kelib chiqayotganini, didaktik va tarbiya maqsadlarga xizmat qilishini puxta hisoblab chiqish kerak. Bu
talablarga javob bermaydigan muammolarni qo’yish faqat darsda qarab chiqilayotgan masalalarning
mohiyatini aniqlashga halaqit beradi. Shunindek o’quvchilar oldiga ular zarur bilimlarga ega bo’lmasalar,
ongli hal qilinishi uchun muammo qo’yish mumkin emas.
O’qituvchi darsning har xil bosqichlarida: materialni tushuntirish vaqtida, amaliy ish, tajribalarni
namoyish qilish jarayonida va h.k. larda uning mazmuniga qarab, muammoli vaziyatlar hosil qilish va
muammoli savollar qo’yish mumkin. Faqat shuni esda tutish kerakki, tabiatshunoslikni o’qitishga muammoli
yondoshishda yetakchi rolni o’qituvchi o’ynaydi, o’quvchilarning fikrlash mustaqilligi, amaliy va aqliy
6
6
6
1
1
1
ishlari ularning bilish faoliyatiga o’qituvchi doimo izchillik bilan va mohirona rahbarlik qilganda
muvaffaqiyatli rivojlanadi.
Tabiatshunoslik darslarida dasturlashtirilgan o’qitish elementlari. Dasturlashtirilgan o’qitish
bilimlarni egallashdagi harakatni kuzatib borishga, qaysi bo’g’inda uzilish bo’lganligini, o’qitish jarayoniga
qanday o’zgartirishlar kiritish kerakligini aniqlashga imkin beradi. Dasturlashtirilgan o’qitish uchun:
- o’quv materialini sinchiklab tahlil qilish, uni qat‘iy tanlash va mantiqiy izchillikda taqsimlash;
- o’quvchilarning idrok qilish faoliyatlariga rahbarlik qilish.
Dasturlashtirilgan o’qitishda o’quvchilarning o’quv materialini egallashdagi mustaqilligi hamda
faolligi ortib boradi: o’rgatish jarayonini individuallashtirish imkoniyati tug’iladi; o’qituvchi va o’quvchilar
mehnatini takomillashtirishga yordam beruvchi o’qitishning texnika vositalari keng qo’llaniladi.
Dasturlashtirilgan elementlarni tadbiq qilishda an‘anaviy o’qitishni dasturlashtirilgan o’qitishga
qarama-qarshi qo’yish, yangini umum qabul qilingan metodlardan voz kechish kerak emas. Har ikala
yo’nalish chambarchas bog’langan bo’lishi va bir-birini to’ldirishi zarur.
O’qitish sifatini oshishiga yordam beruvchi o’quvchilar bilimini faol nazorat qish quyi sinflardagi
tabiatshunoslik darsida dasturlashtirilgan elementlardan foydalanishning boshlanishi bo’ldi, chunki
muntazam nazoratning eski shakllari ko’pincha dars tuzilishini buzib, umumsiz fakt yo’qotilishiga olib kelib,
o’qituvchilarda qiyinchiliklar tug’dirdi.
Nazorat topshiriqlarni dasturlashtirish tamoyili o’quvchilarning og’zaki javoblarini shartli
ifodalar – raqam yoki chiziq bo’laklari ko’rinishidagi javoblar Bilan almashtirishdan iborat. Ularning
afzalligi shundaki, ular o’tilgan dastur materialini har bir o’quvchi tomonidan odatdagi tekshirishdagiga
qaraganda ko’p hajmda o’zlashtirish darajasini qisqa vaqt ichida aniqlashga imkon beradi.
Tabiatshunoslikni o’rganishdagi dasturlashtirilgan o’qitishning qo’llanilishi mumkin bo’lgan turli
variantlari mavjud:
Tezis tipidagi kartochka-topshiriqlar. Muayyan nomerlangan kartochkada tabiatshunoslik ob‘ektlarining
(o’simlik, hayvon va h.) nomlari keltiriladi. O’quvchilar javoblarida kerakli o’simlik yoki belgining nomini
yozmaydilar, faqat tegishli raqamni bayon qiladilar.
Raqamli dasturlashtirilgan topshiriqlar. Raqamli topshiriqlarda ish individual kartochkalar yoki tayyorlangan
devoriy jadval bo’yicha olib boriladi. Kartochkada topshiriq ko’rsatiladi va javoblarga kalit beriladi.
O’quvchi kerakli kalitni topishi lozim. Bunday ishni bajarish natijasida o’qituvchi 4-5 daqiqa ichida endigina
o’rganilgan materialni mustahkamlash maqsadida ham, uy vazifasini tekshirishda ham o’quvchilar bilimini
sinash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Dasturlashtirilgan didaktik kartochkalardan har xil tipdagi darslar o’tishda, shuningdek, o’quvchilar Bilan
individual va butun sinf Bilan ishlar olib borish jarayonida foydalanish mumkin. Topshiriqni bajarish uchun
5 daqiqa ajratiladi. Bu vaqt ichida o’quvchi 2-3 ta kartochkaga javob berishi va daftariga javoblarni raqamlar
bilan ko’rsatish mumkin. Dasturlashtirilgan kartochkalar o’rganilgan mavzuning variantlari bo’yicha
tuziladi. Kartochkada savol-topshiriq va unga 3 ta: to’liq va to’g’ri, noaniq, noto’g’ri javoblar beriladi.
O’qituvchi daftariga kartochka nomer iva qavs ichida javob nomerini yozishi kerak.
6
6
6
2
2
2
Do'stlaringiz bilan baham: |