Beshyog`och so`zi masofani o`lchash uchun ishlatilgan tosh, farsang ma`nosini bildiradi.
Bu o`lchov (bir yog`och 7 — 8 kilometrga teng bo`lgan) yog`och o`lchov so`zidan kelib chiqqan
bo`lishi mumkin.
Bo`rjar. Ilgarilari bu erda bo`ri yoki chiyabo`ri ko`p bo`lganligi uchun shu nom berilgan
deyiladi. Ayrimlar esa bu er jarliklardan iborat bo`lib, unda faqat bo`rilar yashagan desalar, ba`zi
birovlar bu nom «bo`z — oqish va jar» so`zlarining o`zgarishidan kelib chiqqan, deydilar.
Jangob — Toshkent shahridagi hozirgi A. Qodiriy nomli madaniyat va istirohat bog`ining
o`rni. To`g`risi, janggoh — «goh» toponim yasovchi affiks bo`lib, asl ma`nosi joy, o`rin,
maydon demakdir; poytaxtimizdagi nomozgoh guzari — juma kunlari va hayitlarda jamoat
bo`lib namoz o`qiladigan joy bo`lgan. Toshkent dahalari ana shu erda jang qilishgan, degan