О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/145
Sana15.07.2021
Hajmi0,84 Mb.
#119512
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   145
Bog'liq
2 5328246701255820786

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
Karimov I. A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. Toshkent «O`zbekiston» 1996 yil. 
2. 
Karimov  I.  A.  Uzyuekiston  istiklol  va  tarakkiyot  yuli.Toshkent  «O`zbekiston» 1992 
yil. 
3. 
Karimov I. A.Bizdan ozod va obod Vatan kolsin.Toshkent. «O`zbekiston» 1996 yil. 
4. 
Nabiev A. “tarixiy o`lkashunoslik ” T. 1979y 


 
112 
5. 
“Farg`ona viloyat o`lkashunosligi” F. 97y. 
 
 
8-MAVZU.  TARIXIY O’LKASHUNOSLIKDA MUZEY EKSPONAT 
(MATERIAL)LARI VA O’LKASHUNOSLIK TO’GARAKLARI. 
 
REJA: 
 
1. 
O`zbekiston tarixi muzeyi 
2. 
Muzey turlari 
3. 
Muzey zallarida 
4. 
O`lkashunoslik to`garagini tashkil etish 
 
 
O`lkashunoslik manbalari orasida haqiqiy ilmiy va madaniy-ma`rifiy muassasaga 
aylanib qolgan muzeyning o`rni va axamiyati kattadir. U moddiy va ma`naviy madaniyat 
yodgorliklarining asl nusxalarini, arxeologiya, etnografiya, tomonimikaga oid materiallarni 
to`playdi, saqlaydi va ilmiy asosda o`rganib taxlil qiladi, natijalarini esa ekspozitsiya sifatida 
ommalashtiradi. 
Yig`ilgan va muzeyda saqlanayotgan barcha materiallar muzeyning ilmiy bazasini tashkil 
etadi va uning ijodiy faoliyatida asos bo`lib xizmat qiladi. Mana shu manbalar asosida muzeylar 
ilmiy tadqiqot va ilmiy hamda madaniy-ma`rifiy ta`lim-tarbiya ishlarini olib boradi.
 
 
1. O`zbekiston tarixi muzeyi o`tmishi haqida bir necha so`z 
M. T. Oybek nomidagi O`zbekiston tarixi muzeyi Turkistonning mashhur olimlari va 
jamoat arboblarining harakati bilan va bevosita rahbarligi hamda yordamida 1976 yilda tashkil 
etilgan. O`zbekiston va umuman butun Turkistonning yodgorliklari ko`pdan buyon olimlarning 
diqqatini o`ziga jalb qilib kelardi. XIX asr davomida osori atiqalar ustida arxeologik kuzatishlar, 
qidiruv ishlari olib borildi. Bu sohada P. I. Lerh N. I. Veselovskiy, V. A. Jukovskiy, V. V. 
Bartol’d, M. S. Andreev, V. L.,Vyatkin, A. A. Divaev, L. A. Zimin, V. A. Kallaur, E. F. Kal’, B. 
N. Kastal’skiy, A. L. Kun, N. P. Ostroumov, N. N. Pantusov, A, A. Semyonov, E. T. Smirnovlar 
to`plagan materiallar O`zbekiston (Turkiston)ning qadimiy yodgorliklarini hisobga olish, 
ta`riflash va tekshirish ilmiy muassasalari: Imperator arxeologiya komissiyasi, Rus arxeologiya 
jamiyatining SHarq bo`limi, shuningdek, 1903 yil aprelda tashkil qilingan o`rta va SHarqiy 
Osyyo tarixiy, arxeologiya, lingvistika va etnografiya jamiyatlarining qimmatbaho materiallari 
hamda rus havaskor kollektsiyachilari: Barshchevskiy, Vyatkin, Dobrosmislov, Kastal’skiy, 
Komarov, Petrov-Borzna, Poslovskiy, Stolyarov, Terent’ev, Trofimov va boshqalar to`plagan 
ko`pdan-Ko`p ajoyib materiallar bu muzeyning asosiy fondlarini tashkil etadi.
 
Muzeyini  tashkil  qilishda A.   P.   Fedchenko faol ishtirok etgan. U tabiiyot antropologiya 
va etnografiyaga  oid materiallar to`plagan. Bu materiallar dastlabki eksponat sifatida muzeyga 
qo`yilgan. Fedchenko vafotidan so`ng bu ishga N. A. Severtsev, I. V. Mushketov, V. F. Oshanin 
kabi mashhur rus olimlari katta hissa qo`shdilar. Birinchi mahalliy arxeolog Akrom polvon 
Asqarovning xizmatlari ham kattadir. Akrom polvon Asqarov o`zi to`plagan juda ko`p ajoyib 
yodgorliklar (faqat tanga-chaqalardan 15 mingdan ko`prog`ini mana shu muzeyga topshirgan) 
muzey fondini ancha boyitgan.
 
Umuman, bu muzeyning ochilishi va uning  faoliyati o`lkaning madaniy hayotida muhim 
voqea bo`ldi. Muzey eksponatlari xalqaro ko`rgazmalarda namoyish qilindi, unda tuzilgan 
kataloglar esa hozircha o`z ahamiyatini yo`qotgan emas.
 
Asrimizning boshlarida, ya`ni 20-  yillardan keyin bu muzey haqiqiy ilmiy va madaniy-
ma`rifiy muassasaga bo`lib qoldi. Muzey jamoasi O`zbekiston xalqlarining qadim zamonlardan 
buyongi tarixini o`rganish yuzasidan ilmiy tekshirish ishlari olib bormoqda. Muzey fondi 


 
113 
respublikaning hamma viloyatlariga yuborib turiladigan arxeologiya, etnografiya ilmiy 
safarlarining materiallari bilan doimiy ravishda boyitilmoqda.
 
Hozirgi vaqtda muzeyda 40 mingdan ortiq arxeologiyaga oid eksponatlar, 44 ming qadimgi 
pul nusxalari, 10 mingdan ortiq turli-tuman etnografiyaga oid buyumlar, 2 mingdan ortiq noyob 
yodgorlik buyumlar mavjud. Muzey fondidagi materiallar orasida qo`shni respublikalar — 
Turkmaniston, Tojikiston va Qirg`izistonga taalluqli ma`lumotlar ham ko`p.
 
Muzeyda asosan materiallarning asl nusxalari, shuningdek, maketlar, badiiy va grafik 
tasvirlar, chizmalar, diagrammalar, rasmlar qo`yilgan. eksponatlar orasida noyob narsalar ko`p. 
1917 yildan keyingi davr xronologik ravishda 1965 yilgacha ko`rsatilgan.
 
Muzey 1967 yilda XIX asrning me`morchilik yodgorliklaridan biri hisoblangan binoga 
ko`chdi. Bu binoda 1919 yilda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo`mitasi va RSFSR Xalq 
Komissarlari Sovetining Turkiston ishlari bo`yicha komissiyasi (Turkkomissiya) ishlagan edi. 
Bu binoda 45 ta zal bo`lib, ularda 7 mingdan ortiq eksponat joylashtirilgan.
 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish