Kamongaron — Samarqand viloyati Urgut rayonidag`i qishloq nomi. «Kamon ustalari»
demakdir. Ohangaron — «temirchilar», «So`zangaron» — «nina ustalari» ana shu turdagi
toponimlardir. (3. Dusimov kamongaron toponimlarni kom (katta ariq) — ango (angiz)
so`zlaridan va-on affiksidan iborat deb izohlaydi).
Kasovli — Samarqand viloyati Ishtixon rayonidagi qishloq nomi. Qo`ng`irot qabilasining
bir shoxobchasi kesavli deb atalgan (tamg`asy kosov shaklida bo`lgan), qishloq nomi shu
so`zdan olingan.
Kovon — Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq nomi. etimologiyasi
noma`lum. Zarafshon vodiysida yashaydigan qoraqipchoqlarning bir urug`i kovon deb atalgan.
Koreys — Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on rayonidagi qishloq. Koreys qishloq Poyariq
rayonida ham bor. O`zbekistonga koreyslar 1920 yildan ko`chib kela boshlagan. Ular yashagan
joylarni koreys qishlog`i deb ataganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |