CHelak — Samarqand viloyati Payariq rayonida joy-lashgan qishloq. Toshkent viloyati
Bekobod rayonida ham shunday qishloq bor. CHelak, to`g`risi, chelakli urug`i bo`lgan. Masalan,
do`rman qabilasining bir shoxobchasi ko`kchelak deb atalgan. Payariq rayonida Oqchelak degan
qishloq bor. Urgut nomlari ko`pincha juft-juft bo`lgan: oq mang`it, qora mang`it, oq qo`yli, qora
qo`yli, oq nayman, qora nayman va hokazo. Demak chelak urug`i oq chelak, ko`k chelakka
bo`lingan. Ko`rinib turibdiki, mazkur qishloqning nomi urug` nomidan olingan. Hozir ham shu
nom bilan yuritiladi.
Ulus — Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq. Ulus so`zining xalq, yurt
ma`nolari ham bor: har ulus necha ela va har el necha uymog`a va har uymo haymoq (necha
bo`ya) bo`y va urug`ga taqsim qilinur, deb ta`kidlanadi Muhammad an-Narshaxiy asarida. Bu
so`zlarning ma`nosidan qat`i nazar, qanjig`ali va qo`shtamg`ali urug`larning bir qismi, dahasi
ulus deb atalgan, qishloq shu nomdan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |