Beshqozoq — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq. Qishloqning kelib chiqish
tarixini rayon arxividagi manbalardan ham bilish mumkin. Qishloq 500 yil ilgari paydo bo`lgan.
Bu qishloqning o`rni bundan 500 yil ilgari cho`l bo`lgan. CHO`lga ko`chmanchilar va chorvador
qabilalardan beshta tuyachi qozoq kelib, o`zining qora chodirini qurib, yashay boshlagan. Bu
erlar yashash uchun qulay, suv manbai quduq bo`lgan. Suv 11 —12 metr chuqurlikdan chiqadi.
Keyinchalik har erdan odamlar kelib o`rnasha boshlaganlar va bu joy qishloqqa aylangan.
Qishloqning nomi qadimdan joylashib qolgan «beshta qozoq» so`zidan olingan. O`shandan beri
«Beshqozoq» deb ataladi.
Urgut — Samarqand viloyatidagi rayon nomi. Urgut tarixi tosh asrlardan boshlanadi.
Urgut toponimikasi etimologiyasiga olimlarimiz ko`p yillardan buyon qiziqib keladilar. Mashhur
rus sharqshunos olimi V. L. Vyatkin mang`itlar hukmronligi davridan boshlab tarixiy hujjatlarda
uchraydigan Arkut qishlog`i Urgut deb atala boshlaganini aytadi. Ikkinchi toponimist S. Qoraev
o`zining «Geografik nomlar ma`nosini bilasizmi?» asarida bu nomning ma`nosi aniqlanmaganini
qayd etadi. Ayrim kishilar esa Urgut nemis tilida yaxshi soat, yaxshi havo degan ma`noni
anglatadi, deyishadi va o`z fikrlarining isboti sifatida rivoyatlar aytishadi. Ba`zilar Urkentni ur
— o`rta, kent — shahar, qishloq so`zining buzilishidan kelib chiqqan, deyishadi. Biz esa
Vyatkinning Urgut so`zi mang`itiylar davrida paydo bo`lgan degan fikrlarini, o`sha davr
tarixchisi Muhammad YOqubning «Gulshan ul-mulk» asarida Urgut to`g`risidagi so`zlarini,
geograf olim N. G. Mallitskiyning Farg`ona vodiysidagi Mang`it g`ori to`g`risidagi
ma`lumotlarini hisobga olib, Urgut toponimi mang`itiylar hukmronligi davrida paydo bo`lgan,
degan so`zlarini e`tirof etgan holda, V arabcha Urgut — ofat, faloqat, ya`ni yalang`och, ochiq,
ship-shiydon bo`lgan joy, degan ma`noni bildiri-shini aytmoqchimiz. Lekin Urgut toponimi
etimologiya-sini aniqlashga hali nuqta qo`yilgan emas. Urgut rayon 1926 yilda tashkil topgan.
Urgutliklar hozirgacha o`z tamakisi bilan mamlakatimizda mashhur.
Jumabozor — Samarqand viloyati Urgut rayonidagi qishloq nomi. Urgutdan 4 kilometr
pastroqda joy-lashgan. Rivoyatlarga qaraganda, qadim zamonlarda Juma-bozorda odam
yashamagan. U erlar qamishzor bo`lgan. Keyinchalik Jumabozorga ikkita odam kelib qamishdan
o`zlariga uy yasab olishgan. Mol boqib tirikchilik qilishgan, chunki bu er chorvachilik uchun
qulay bo`lgan. SHuning uchun bu erga asta-sekin odamlar yoz vaqtlarida kelib turadigan
bo`lishgan. Bora-bora odamlar ko`payib, dehqonchilik bilan ham shug`ullana boshlaganlar. Suv
kam bo`lganligi sababli Uramas qishlog`idan o`tadigan ka-naldan Jumabozorga suv olib
kelishgan. endi bu erda odamlar dehqonchilik qila boshlaganlar. Lekin bu erda hali bozor yo`q
edi. Haftaning har yakshanba kuni Bog`izog`on qishlog`ida bozor bo`lgan. Bu bozorga borib
kelish Uramas, Jumabozor, Uroqbayjar qishlog`ida istiqomat qiluvchi odamlarga uzoqlik qilgan.
SHuning uchun odamlar xdr jumada bozor qilishga ruxsat olishgan, SHu bilan qishloqning nomi
xdm Jumabozor bo`lib ketgan. Hozir xdm bu qishloqning nomi Jumabozor,
Do'stlaringiz bilan baham: |