O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


O‟rta asrlar Yevropa estetikasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

O‟rta asrlar Yevropa estetikasi 
O‘rta asrlar Yevropa falsafiy tafakkuri asosan cherkov qisuvida, nasroniylik belgilab qo‘ygan doiralarda ifoda 
topdi, unda musulmon Sharqi falsafasidagi erkinlik, teran ilmiylikni uchratish qiyin. Faqat o‘rta asrlarning keyingi 
davrlarida,  xususan,  Uyg‘onish  davrida  Yevropa  mutafakkirlari  Qadimgi  yunon  tafakkurining  tadrijiy  davomi 
bo‘lmish  musulmon  falsafasi  va  faniga  e‘tiborni  qaratdilar.  SHu  bois  o‘rta  asrlar  Yevropa  tafakkuri 
Yangiaflotunchilikka, xususan, Plotinga ergashdilar. Estetikada transstentdental, ruhoniy, ilohiy go‘zallik tan olinib, 
erdagi go‘zallikka arshdagi go‘zallikning ramziy ifodasi sifatida qaraldi. 
O‘rta asrlar Yevropa estetikasida Ilohiy Og‘ustin – Avreliy Avgustin (354 – 430) qarashlarni katta ahamiyat 
kasb  etadi.  Avgustin  go‘zallikni  shakl  bilan,    xunuklikni  shaklning  yo‘qligi  bilan  izohlaydi.  Uning  fikriga  ko‘ra, 
mutlaq  xunuklik  yo‘q,  balki  nisbatan  mukammal  tuzilmaga  va  mutanosiblikka  ega  narsalardan  shakliy  ojizligi, 
shaklsizligi  bilan  farq  qiladigan  narsalar  bor,  xolos.  Xunuklik  nisbiy  nomukammallik,  go‘zallikning  eng  quyi 
bosqichi.  YA‘ni,  yaxlit  go‘zallik  tarkibida  bo‘lgan,  lekin  undan  uzilib  qolgan  qism  o‘z  go‘zalligini  yo‘qotadi  va 
aksincha,  xunuklik  go‘zallik  tarkibiga  kirishi  bilan  go‘zallikka  aylanadi.  Faqat  pok  qalb  egalarigina  olam 
go‘zalligini ko‘ra olishi mumkin. Bu go‘zallik ilohiy go‘zallikning in‘ikosidir. Xudo – eng oliy go‘zallik, moddiy va 
ma‘naviy go‘zallikning Ilk qiyofasi. 
Avgustin go‘zallikning ikki turi haqida fikr yuritadi. Birinchisi – shakl go‘zalligi, u ko‘rish orqali, ikkinchisi 
–  harakat  go‘zalligi,  u  ko‘rish  va  eshitish  vositasida  idrok  etiladi.  Harakatdagi  go‘zallik  musiqada,  she‘rda,  jism 
harakatlarida  qisqa  va  uzun  ritmlarning  ketma-ket  kelishi  qonuniyatiga  amal  qilinishi  orqali  ro‘y  beradi.  Estetik 
kechinma  ham  ikki  xil  –  hissiy  va  aqliy  idrok  etish  orqali  yuzaga  keladi.  Estetik  kechinma  uchun  tasavvur  idrok 
etish  kabi  muhim  ahamiyatga  ega.  Moslik  go‘zallikning  asosi  sifatida  ko‘z  emas,  aql  vositasida  idrok  etiladi. 
Go‘zallikni idrok etish uchun go‘zal narsa-hodisalar bilan qalb o‘rtasida moslik, go‘zallikka manfaastiz munosabat – 
muhabbat,  nimaiki  go‘zal  bo‘lsa,  o‘shanga  moyillik  bo‘lishi  lozim.  Go‘zallikni  idrok  etishda  undagi  muhim 
xususiyat  –  ritm  katta  ahamiyatga  molik,  zero  inson  barcha  ritmlar  ichidagi  eng  muhimi  hisoblanmish  tug‘ma, 
doimiylik tabiatiga ega bo‘lgan intellektual ritm bilan ta‘minlangan, busiz u ritmlarni idrok etishi va ularni yaratishi 
mumkin emas. 
Avgustinning sonlar haqidagi ta‘limoti ham ritm bilan bog‘liq; sonlar uzun va qisqa jism harakatlari, she‘riy 
hijolar,  musiqiy  ohanglar  kabi  ritm  o‘zgarishlarini  belgilashda  muhim  ahamiyatga  ega.  SHundan  kelib  chiqib, 
mutafakkir  sonlarni  besh  turga  bo‘ladi:  1)  sado  beruvchi,  idrok  etish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan,  faqat  tovushning 
ichidagi sonlar; 2) idrok etuvchining sezgilaridagi sonlar; 3) real tovush yo‘q va eshitish mumkin bo‘lmagan holatda 
tasavvur qilinadigan harakatdagi sonlar; 4) xotirada saqlanib qoladigan, biz eslamasak ham, yodimizda qolib ketgan 


kuydagi  sonlar;  5)  hukm  chiqaruvchi  sonlar.  Ular  orasida  eng  muhimi  –  beshinchisi,  estetik  baholash,  mezon 
vazifasini  bajaradigan,  hukm  chiqaruvchi  sonlar,  ular  orqali  onglanmagan  holda  xotirada  qolgan  to‘rt  turdagi 
sonlarning  hammasi  baholanadi:  qaysi  biri  yoqimli  deb  qabul  qilinadi,  qay  biri  yoqimsiz  sifatida  inkor  etiladi.  Bu 
sonlarning  hammasi  turli  darajadagi  o‘tkinchilik  xususiyatiga  ega  bo‘lib,  vujudga  taalluqli,  ular  odamlarda  ham, 
hayvonlarda  ham,  parrandalarda  ham  mavjud.  Chunonchi,  bulbulning  sayrashi,  mayna  va  to‘tilarning  ohanglarni 
eslab  qolishi,  fil  yoki  ayiqlarning,  o‘zlari  kuylamasalar  ham,  kuyni  yoqtirishlari  ularda  «hukm  chiqaruvchi» 
sonlarning  borligidan  dalolat  beradi.  Xuddi  shunday  tabiiy  musiqiylik  odamlarga  ham  xos.  Deylik  oddiy  odamlar 
soz chalishni, kuylashni, musiqa nazariyasini bilmaganlari holda iste‘dodli xonanda yoki sozanda bilan iste‘dodsiz 
xonanda  yoki  sozandani  yaxshi  farqlay  oladilar.  Bunday  holat  tomoshaviy  shakllarni  idrok  etishga  ham  taalluqli, 
unda ham yaxshini yomondan ajratadigan xotira, hukm chiqaruvchi sonlar ishga tushadi. 
Estetik  baho  zamirida  yotgan  onglanmagan  tarzdagi  hukm  chiqaruvchi  sonlardan  Avgustin  aqldagi  sonlarni 
farqlaydi. Aql hissiyot sezmay qolgan xatolarni ocha oladi, u harakatdagi sonlar munosabatini ongga etkazadi, ya‘ni 
estetik zavq to‘g‘risida tushuncha beradi. Masalan, biz boltani qaerga urishni «nazariy» jihatdan bilamiz, lekin faqat 
tajribali  duradgorgina  qo‘lida  mavjud  bo‘lgan  sonlar  yordamida  yog‘ochdagi  kerakli  nuqtaga  aniq  zarb  urishi 
mumkin. Aqldagi sonlar, aslini olganda, haqiqiy «hukm chiqaradigan» onglanmaganlikka emas, aqlga asoslangan, 
oqilona  baholaydigan  oliy  mezondir.  Bunday  baholash  faqat  insongagina  xos.  Estetik  zavq  beradigan  harakatlarni 
aniqlashtirar ekan, Avgustin eng avvalo bir xil uzunlikdagi qismlardan tashkil topgan (1:1, 2:2, v.h.) sonlarga e‘tibor 
beradi. Keyin noteng, biroq ko‘payuvchi qismlardan (2:4, 6:8 v.h.) iborat sonlarni hisobga oladi. Uchinchi o‘rinda 
turli tenglikdagi sonlar harakati (3:10, 4:11 v.h.) turadi. Avgustin insondagi va undan tashqaridagi ritmlar mosligini 
ana shunday o‘ziga xos va murakkab yo‘sinda tushuntirishga harakat qiladi. 
Go‘zallikning bunday aqliy tamoyillari nafaqat jism va harakatning estetik qadriyatini baholash mezoni bo‘lib 
xizmat qiladi, balki badiiy faoliyatni ham boshqarish ibtidosidir. Har bir parranda turi o‘ziga xos in quradi. Inson, 
go‘zallik tamoyillarini o‘zida mushohada qilgani holda, nafaqat hayvonotning qanday shakllarga intilishi va uni o‘z 
instinktiv ijodida qay tarzda amalga oshirishini tushunadi, balki o‘zi ham hisobsiz shakllar kashf etadi, ularni binolar 
qurishda,  boshqa  asarlarida  mujassamlashtiradi.  Ya‘ni  san‘atkor  san‘atda,  to‘g‘rirog‘i  o‘z  san‘ati  nazariyasida, 
sonlarni  mushohada  etadi.  SHunday  qilib,  aqliy  sonlar  uning  muskullarida  mavjud  bo‘ladi.  Ijod  paytida  jismida 
yashiringan va tashqariga chiqish imkoniga ega sonlar uning a‘zolari harakatida  namoyon bo‘ladi. o‘zaro kelishib 
olgan sonlardan vujudga  kelgan ushbu harakatlar natijasi o‘laroq badiiy asar vujudga  keladi.  «San‘atkorlar-barcha 
jismoniy  shakllarning  ijodkorlari  o‘z  asarlariga  asos  bo‘ladigan  san‘atdagi  sonlarga  egadirlar,  –  deb  yozadi 
Avgustin. – SHakllarni ishlar ekan, ular to sonlarning ichki ziyosiga mos tashqarida vujudga keladigan shakl zaruriy 
darajada  poyoniga  etmagunicha  va  oliy  sonlarni  mushohada  etuvchi  ichki  hakam  vositasida  o‘ziga  yoqadigan 
holatni his qilmagunicha, qo‘l va asboblari bilan harakatdan to‘xtamaydilar»
190

Shunday  qilib,  Avreliy  Avgustin  Aflotun  hamda  Yangiaflotunchilarning  ilohiy  go‘zallik  borasidagi 
qarashlariga suyanib, Xudo yaratgan olamiy yaxlitlik va tartibga asoslangan, ritmlar mohiyatini ochishga  qaratilgan 
sonlar mosligi bilan belgilanadigan murakkab estetik ta‘limotni yaratdi. Bu ta‘limot butun o‘rta asrlar estetikasining 
mohiyatini ochib beradigan o‘ziga xos va keyingi davrlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etgan  qarashlar sifatida 
diqqatga sazovordir. 
Uyg‘onish davri. o‘rta asrlar so‘nggida G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri deb atalgan madaniyat bosqichi 
vujudga keldi. Uning asosida nasroniylik olamiga kirib kelgan ilg‘or musulmon falsafiy va ilmiy tafakkurini idrok 
etish yotadi. Zero o‘rta asrlar musulmon Sharqi allomalari Yevropani uyg‘otishdek, Yevropa xalqlari uchun o‘zlari 
deyarli  unutib  yuborgan  asl  ildizlariga  –  Qadimgi  yunon  mutafakkirlari  merosiga,  erkin  tafakkurga  qaytishdek 
tarixiy imkoniyatni yaratishda muhim rol o‘ynadilar. 
Shunday  qilib,  Uyg‘onish  davri  falsafiy  va  ilmiy  tafakkurning,  san‘atning  asrlar  mobaynida  o‘z  etovida 
saqlab  kelgan  cherkov  siquvidan  ma‘lum  ma‘noda  qutilishiga,  xudoparvarlik  bilan  birga  ayni  paytda 
insonparvarlikning  ham  qaror  topishiga  olib  keladi.  Bu  davrda  Dante,  Petrarka,  Bokkachcho,  Rafael,  Rembrant, 
Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rable, Rotterdamlik Erazm, Servantes, SHekspir singari qator daho san‘atkorlar 
va  buyuk  mutafakkirlar  etishib  chiqdi.  Biz  ulardan  biri  –  ulug‘  me‘mor  va  estetik  Leon  Battista  Alberti  (1404  – 
1472) qarashlariga to‘xtalib o‘tamiz. 
Alberti barcha  Uyg‘onish davri insonparvar  mutafakkirlari  kabi insonni ulug‘laydi,  unda hayvoniy jihatdan 
ilohiylik ustunligini ta‘kidlaydi. Uning estetik qarashlari ana shu insonparvarlik asosiga qurilgan. Alberti iste‘dodli 
me‘mor  bo‘lishi  barobarida  go‘zallik  bilan  birga  san‘at  nazariyasiga  alohida  e‘tibor  beradi.  Uning  «Rangtasvir 
xususida»,  «Me‘morlik  xususida»,  «Haykaltaroshlik  xususida»  deb  atalgan  risolalarida  estetikaning  umumnazariy 
masalalari ham o‘rtaga tashlanadi. 
Alberti  estetikasining  markazida  go‘zallik  muammosi  turadi.  U  go‘zallikka  o‘ziga  xos  yondashadi,  bu 
yondashuvda  garchand  go‘zallikka  matematik  mutanosiblik  nuqtayi  nazaridan  qarash  mavjud  bo‘lsa-da,  lekin 
dastlabki o‘rta  asrlar  mutafakkirlaridek (m.,  Avgustin) hamma  narsani sonlar bilan chegaralamaydi.  Uning fikriga 
ko‘ra,  go‘zallikning  mohiyati  uyg‘unlik  bilan  bog‘liq.  Me‘moriy  go‘zallikning  asosida  uch  unsur  yotadi:  sonlar, 
cheklanganlik,  joylashtirish.  Biroq  go‘zallik  bu  uch  unsurdan  kengroq  ma‘noga  ega:  «Boshqa  yana  kengroq 
ma‘nodagi  narsa  borki,  bu  uch  unsurning  bir-biri  bilan  moslashuvidan  vujudga  keladi,  u  go‘zallikning  bor 
ko‘rinishini mo‘jizadek nurafshon qilib yuboradi. Biz uni uyg‘unlik deb ataymiz, – deydi Alberti. – Aynan ana shu 
                                                 
190
 Августин А. Исповед. М., АСТ, 2003. С. 367. 


narsa nafislik va go‘zallikning asosidir. Zero uyg‘unlikning vazifasi va maqsadi, umuman aytganda, tabiatan har xil 
bo‘lgan  qismlarni  muayyan  mukammal  qiyoslash  orqali  tartibga  solish,  toki  ular  bir-biriga  mos  holda  go‘zallikni 
yarastinlar… Unga o‘zini namoyon etishi va taraqqiy topishi uchun keng imkoniyat maydoni mavjud: u butun inson 
hayotini  qamrab  oladi,  barcha  narsalarning  tabiatiga  singib  ketadi.  Zero  nimaniki  tabiat  yaratgan  ekan  –  hammasi 
uyg‘unlik qonuni bilan o‘lchanadi»
191

Shunday  qilib,  Alberti  nazdida  uyg‘unlik  nafaqat  san‘at  qonuni,  balki  umuman  hayot,  mavjudlik  qonuni. 
San‘atdagi  uyg‘unlik  hayotdagi  universal  uyg‘unlikning  in‘ikosidir.  U  mukammallikning  manbai  va  sharti,  usiz 
hayotda  ham,  san‘atda  ham  biror  bir  mukammallikning  bo‘lishi  mumkin  emas;  u  shunday  qismlardan  tashkil 
topganki,  bu  qismlardan  birortasini  olib  tashlashning  yoki  almashtirishning  mutlaqo  iloji  yo‘q.  Go‘zallik  ana 
shunday  moslikni  mujassam  qilgan  uyg‘unlikdan  iborat.  Uyg‘unlik  san‘at  turlarida  o‘zini  turlicha  unsurlar  orqali 
namoyon etadi: musiqada uning unsurlari – ritm, ohang, kompozistiya, haykaltaroshlikda – me‘yor, chegara v. h. 
Alberti  «go‘zallik»  tushunchasini  «bezak»  tushunchasi  bilan  bog‘lab  talqin  qiladi.  Mutafakkir  san‘atkor  bu 
ikki tushunchaning farqini so‘z bilan ifodalash qiyinligini, uni ko‘proq his etish mumkinligini aytib, shunday deydi: 
«… bezak go‘zallikning ikkinchi ziyosiga o‘xshaydi, uni go‘zallikka qo‘shimcha deyish mumkin… go‘zallik jismga 
taalluqli  va  tug‘ma,  butun  jism  bo‘yicha  qanday  go‘zal  bo‘lsa,  o‘shanday  darajada  joylashgan  hodisa,  bezak  esa 
tug‘ma emas – qo‘shimchalik tabiatiga ega»
192
. Demak, bezak go‘zallikka qandaydir tashqaridan qo‘shilgan, lekin 
go‘zallikning ajralmas qismini tashkil etuvchi hodisa, ya‘ni «go‘zallik» va «bezak» go‘zallikning ikki xil ko‘rinishi: 
biri – botiniy, ichki; ikkinchisi – zohiriy, tashqi. 
SHunday  qilib,  Alberti  «bezak»ni  go‘zallikning  nisbiy,  tasodifiy  shakli  sifatida  talqin  qiladi  va  bu  bilan 
go‘zallikni tushunishda nisbiy, sub‘ektiv erkinlik imkoni borligini ta‘kidlaydi. 
Xunuklik tushunchasi ham Alberti tomonidan o‘ziga xos talqin etiladi: go‘zallik san‘atning mutlaq predmeti. 
SHunday  ekan,  xunuklik  faqat  muayyan  xato  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  Demak  san‘atning  vazifasi  xunuklikni 
tuzatish emas, balki tasvirlash paytida xunuk va badbashara narsalarni yashirishdan, ya‘ni go‘zal va xunuk tomonlari 
mavjud narsa-hodisaning go‘zal tomonini ko‘rsatishdan iborat. 
Alberti,  birinchilardan bo‘lib, san‘atkor shaxsi  masalasiga  jiddiy e‘tibor qaratadi.  San‘atkor har tomonlama 
kamolga  etgan  shaxs bo‘lishi lozim. Keyinchalik san‘atkorning bunday  universal  ideal darajasi to‘g‘risida  boshqa 
insonparvarlar ham mulohaza yurita boshladilar. Endi, Qadimgi dunyo yo o‘rta asrlardagidan farqli o‘laroq, siyosiy 
arbob yoki faylasuf emas, balki san‘atkor idealga aylandi. Zero san‘atkor jamiyatda egallagan mavqe  – uning aqliy 
va jismoniy mehnat o‘rtasidagi bog‘lovchi xalqa sifatidagi faoliyati shuni taqozo etardi. Har bir odam kasb, ijtimoiy 
holat nuqtayi nazaridan emas, balki qiziqish, ma‘naviy yuksalish jihatidan san‘atkorga taqlid qilishi kerak. SHu bois 
Uyg‘onish  davrida  endi  «Avliyolar  hayoti»  emas,  «San‘atkorlar  hayoti»  turkumidagi  asarlar  hammada  qiziqish 
uyg‘otdi va katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Xullas,  Alberti  ilgari  surgan  estetik  g‘oyalar  va  nazariyalar  o‘ziga  xos  ekani  barobarida  ayni  zamonda 
Uyg‘onish davri san‘ati hamda san‘atkorlar dunyoqarashi, bilimi, mahorati uchun umumiy kalit vazifasini o‘taydi, 
desak Yanglishmagan bo‘lamiz. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish