mavjud bo‘lib, u muayyan kompensastiya qiluvchi (o‘rnini qoplovchi) holatning yuzaga kelishi bilan birgalikda
kechadi.
Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. U gipotezadan kelib chiqadigan natijalarni falsifikastiya qilish yo‘li bilan
aniqlanadi. Mazkur mantiqiy jarayon shartli-qat‘iy sillogizmning inkor modusi tarzida kechadi, ya‘ni natijaning
xatoligini aniqlashdan asosning xatoligini ko‘rsatishga o‘tiladi. Uning simvolik ifodasi quyidagicha:
((H→P)^
דp)→
דH
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, garchi bu gipotezaning mavqeini ancha pasaytirsa-da, lekin uni rad
eta olmaydi. Gipotezaning chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid bo‘lgan holatlar aniqlangandagina uzil-
kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning Yerning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi
Kopernikning geliostentrik nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi.
SHuni alohida ta‘kidlash zarurki, o‘rganilayotgan hodisa haqida bir vaqtning o‘zida bir qancha gipotezalar
ilgari surilishi mumkin. Masalan, hozirgi paytgacha qushlar uchayotganda to‘g‘ri yo‘lni qanday topa olishini mavjud
gipotezalardan hech biri to‘liq tushuntira bera olmagan. Ularda turli xil fikrlar bildirilgan: qushlarni ba‘zilar magnit
maydoniga, boshqalar Quyoshga, yulduzlarga qarab mo‘ljal olishadi, deb hisoblashgan. Ukraina olimlari esa 1980
yillarning ikkinchi yarmida qushlar o‘z harakati marshrutlarini Yerning gravitastiya maydoniga asoslanib, shu
marshrut davomida og‘irlik kuchining o‘zgarishini «hisoblab» belgilashadi, degan fikrni bildirganlar. Lekin
hozirgacha ularning birortasi uzil-kesil tasdiqlanmagan ham, rad etilmagan ham.
Gipoteza tasdiqlanmaguncha o‘zining bilishdagi ahamiyatini yo‘qotmaydi. Rad etilsa, o‘rniga boshqa
gipoteza quriladi va bu hol to gipotezalardan birortasi tasdiqlanmaguncha davom etadi.
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan bo‘lishi mumkin. Ana shunga muvofiq holda
umumiy va juz‘iy gipotezalarni ajratish mumkin.
Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining qonuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxminga
aytiladi. Bunga misol qilib neft kelib chiqishining organik va noorganik tabiati haqidagi gipotezalarni, Yerda
hayotning paydo bo‘lishi, ongning kelib chiqishi, ijtimoiy progress haqidagi farazlarni ko‘rsatish mumkin. Umumiy
gipotezalar borliqning muhim qonuniyatlarini ochishga imkon bergani uchun ilmiy nazariya «qurish materiallari»,
deb hisoblanadi. Isbotlangach, bunday gipotezalar nazariyalarga aylanadilar va ilmiy tadqiqotlarning strategik
yo‘nalishlarini belgilab beradilar.
Juz‘iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va hodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari
haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat. Konkret jinoyatning motivi haqidagi sud versiyasi, arxeologik
qazishlarda topilgan predmetlarning tabiati, qaysi davrlarga oid ekanligi haqidagi taxminlar juz‘iy gipotezaga misol
bo‘ladi.
Mantiqda ishchi gipotezalar ham farq qilinadi.
Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo‘lib, o‘z oldiga o‘rganilayotgan
hodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi; u faqat kuzatish va eksperiment natijalarini tasvirlashga,
tartibga solishga yordam beradi.
SHunday qilib, gipoteza fikrlarimizning qurilishi, bilimlarimizning mavjud bo‘lish va rivojlanish shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: