O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Download 0,66 Mb.
bet24/42
Sana07.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#326843
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
mineral oziqlanish

Ishning bajarilishi.O’simlikning har xil organlaridan fiksatsiya qilish yo’li bilan tayyorlangan quruq mnaterialdan 10-100 mg olib, Keldal kolbasiga solinadi. Olingan material ustiga 1,5-2 ml dan 57 % li xlorat kislotasidan ninetka yordamida quyiladi va 1-1,5 soat davomida elektr yoki ga zplitkada 1500 - 2000 C gacha ko’tariladi va kolbadagi material rangsiz holatga kelgunga qadar kuydirishni davom ettiriladi. Material kuyib rangsiz holatga kelgach, kolbalar olovdan olinadi va xona haroratigacha sovutiladi. Keyinchalik Keldal kolbasining ichki devorlari 2-3 ml distillangan suv bilan yuviladi va uni 500-100 ml hajmdagi kolbalarga solinadi. Kolbalar ichin 2-3 marta distillangan suv bilan chayqatilib, uni ham shu eritma ustiga quyiladi va eritma 2-3 tomchi fsiolftalein ishtirokida, 30 % li natriy gidroksidi bilan neytrallanadi. Eslatib o’tamiz, ishlatilayotgan NaOH kontsentratsiyasi kuchli bo’lganligi tufayli, bir tomchi ishqorning ortiqcha tushishi , neytrallanyotgan eritmaning ishqoriy muhitga o’tib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham kuydirilgan materialni,ishqor bilan neytrallashdamikrobyuretkadan foydalanish kerak. Mobodo, eritmani neytrallash paytida u, ishqoriy muhitga o’tib qolsa, uni 0,5 n. li HCl eritmasi bilan neytral holatiga keltiriladi. Bunday holatda ham mikrobyuretkadan foydalaniladi.

Kuydirilgan materialni neytrallab bo’lgach 50 yoki 100 ml hajmdagi o’lchov kolbasiga o’tkaziladi va eritma distillangan suv bilan kolba chizig’igacha keltiriladi.So’ngra shu eritmalardan 5 ml dan olib, yaxshi yuvib quritilgan 15-20 ml hajmdagi probirkalarga solinadi va uning ustiga byuretka yordamida 6 ml dan izabutanol quyiladi. Keyin esa uning ustiga 4 n.li sulfat kislotasida tayyorlangan5 % li ammoniy molibdat eritmasidan 1 ml dan solib, probirka og’zi qo’limizning bosh barmog’i bilan berkitib,15 sekund davomida chayqatiladi. Probirkadagi aralashmalarni chayqash davrida probirkaning pastki suv qismida bo’lgan artofosfat kislotasi, molibdat ammoniy bilan birikib, fosfomolibdat ammoniy kompleksini hosil qiladi.Hosil bo’lgan kompleks birikma probirlaning ustki qismida joylangan izobutanol qavatiga o’tadi.

Fosfomolibdat ammoniy kompleks birikmaning rangi, tajribaga olingan o’simlik to’qimasi tarkibidagi fosfor kislotasi miqdoriga qarab, och sariq,to’q sariq va o’ta to’q sariq bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham, ba’zi bir paytlarda mana shu hosil bo’lgan sariq rang darajasiga qarab ham o’simlik to’qimalarining fosfor moddasi bilan qay darajada ta’minlanganligini taxminan aytib berish mumkin. Endi probirkalardagi izabutanol qavatiga o’tgan fosfomolibdat ammoniy kompleks birikma pastki suv qismidan ajraladi.Buning uchun probirkalarning pastki qismidagi suv ninetka yoki ajratuvchi probirkalar yordamida ehtiyotkorlik bilan tortib olinadi.

Eslatib o’tamiz, fosfomolibdat ammoniy kompleksini tutgan izabutanolin suvdan ajratib olishga qancha harakat qilmaylik , baribir probirka tagida yoki uning devorlarida suv tomchilari qoladi. Shu sababli ham probirkalardagi izabutanol qavatini to’la suvsizlantirish uchun ularga bir chimdimdan kimyoviy toza, o’z tarkibida suv tutmagan natriy sulfat tuzidan solinib, probirkalar og’zi berkitilgan holda asta-sekin chayqatiladi.Keyinchalik esa suvsizlantirilgan izobutanol eritmasidan 3 ml dan olib toza yuvib quritilgan probirkalarga solinadi. So’ngra esa probirkalarga solingan 3 ml dan izobutanol aralashmasi ustiga 3 ml dan nordon etanol va 0,1 ml dan suyultirilgan SnCl2 eritmasidan solib probirkalar og’zi bosh barmoq bilan berkitilib, sekin-asta chayqatiladi. Fosfomolibdat ammoniy kompleksning qaly xlorid tuzi bilan qaytarilishi natijasida probirkalarda har xil darajadagi ko’k xavo ranglar hosil bo’ladi.Ko’k-xavo ranglarni och yoki to’q bo’lishi, o’simlikdan olingan namuna tarkibidagi fosfor miqdoriga bog’liq bo’ladi.

Probirkalarga SnCl2 quyib chayqatilgandan keyin ular 15-20 daqiqa davomida tinch qoldiriladi. Oradan 15-20 daqiqa vaqt o’tishi bilan probirkalardagi bo’lgan aralashma elektrokolorimetrda yoki sisktrofotometrda ko’riladi va ularning ortiq zichliklari aniqlanadi.Fosforni aniqlashda ishlatiladigan kimyoviy reaktivlarning qay darajada tozaligini tekshirish (nazorat qilish) uchun toza quyilgan Keldal kolbasiga distillangan suvdan 4-5 ml olinadi. Distillangan suv solingan kolbada xuddi o’simlik to’qimalaridan olingan namunalarni kislotada kuydirishdan boshlab, probirkalarga oxirgi reaktiv bo’lgan, qalay xloridning suyultirilgan eritmasidan 0,1 ml solganga qadar bajariladigan ishlarning hammasi, parallel ravishda bir vaqtda olib boriladi. Agar ishlayotgan reaktivlar kimyoviy jihatdan toza bo’lsa , nazorat uchun olingan (distillangan suv) kolbadagi (probirkadagi) aralashma oxirgi qalay xlorid reaktivini solganda bo’nlmasdan qoladi.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish