O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/40
Sana08.10.2019
Hajmi1,52 Mb.
#23197
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
F.Bazarova MARKETING


Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bu terminning 

bir qancha tariflari mavjud, masalan: 

− yangi mijozlar tomonidan tovar xarid qilinishini oshirish va 

mavjud mijozlar iste’mol hissasini ko‘paytirish maqsadiga qaratilgan 

ichki faoliyat; 

− tovar harakatlanishidagi marketing texnologiyasi bo‘lib, bunda 

mijozlarga odatda qoidaga ko‘ra vaqtinchalik tartibda bir qator bevosita 

va bilvosita afzallik va ustunliklar havola etiladi. 



332 

 

− bu ish tovarlar va xizmatlarni xaridorlar uchun yanada jozibali 



ko‘rinishda havola etish maqsadida amalga oshiriladi; 

− savdo joylarida amalga oshiriladigan reklama tadbirlari, maxsus 

rejalari odatda cheklangan vaqt doirasida mo‘ljallab ishlab chiqiladi; 

− tovarlar yoki xizmatlarni sotish uchun reklamadan foydalangan 

holda yoki foydalanmasdan ishlab chiqilgan maxsus marketing 

texnologiyasi. 

Yuqorida keltirilgan tariflardan qaysi biri kompaniyalarning 

bugungi rejalariga muvofiq kelish-kelmasligidan qat’iy nazar mahsulot 

o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha sxemalarning muayyan 

elementlari aynan bir narsa ekanligi ma’lum. Bu – tekin turli rangdagi 

ruchkalardan tortib aviachiptalargacha qimmatli sovg‘alarni tarqatish. 

Sovg‘aning reklama qimmatdorligi uning puldagi qiymatini, dizayn, 

emotsional idrok etish kabi uchala omilni bir vaqtda shakllantirishi 

mumkin. Bugungi kunda mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlan-

tirishda qo‘llanayotgan eng ommabop texnologiyalar quyidagilardir: 

–    mos keluvchi qadoqlangan tovarlar; 

−  pul dividendlari; 

−  mukofot tariqasidagi pul cheklari yoki kuponlari; 

−  mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha xayriya 

tadbirlari; 

−  bepul yutuqlar tanlovlari va o‘ynalishi; 

−  kuponlarni haq to‘lab uzish haqidagi qarama-qarshi takliflar; 

−  pasaytirilgan narxlar katta-katta harflar bilan yozilgan qadoqlar; 

−  tovarlar xarid qilinayotganda sovg‘a berish; 

−  bepul namunalar; 

−  sovg‘a tariqasida beriladigan kuponlar; 

−  savdo zallarida tovarlar namoyish etilishi; 

−  yirik va guruhlangan qadoqlar; 

−  xaridni tasdiqlaganlik uchun sovg‘a; 

−  banknotlar yoki kuponlar yarimtasining bir-biriga mos kelishi; 

−  pul chegirmalari; 

−  qadoqdan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri marketing;  

−  sotuvni rag‘batlantiruvchi o‘yinlar; 

−  o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketuvchi yutuqlar. 


333 

 

Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha marketing 



tadbirlari yig‘indisi marketing kommunikatsiyalari majmuyi, deb ham 

yuritiladi. Aniq marketing kompaniyalari ehtiyojlarga muvofiq birga-

likda foydalanish uchun tanlab olingan vositalar, texnologiyalar va 

faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Bunga quyidagilar kirishi mumkin, 

jumladan: 

−  reklama; 

−  sotuvdan keyingi faoliyat; 

−  reklamabop libos; 

−  brending va pozitsiyalashtirish; 

−  kataloglar; 

−  korporativ kommunikatsiyalar; 

−  to‘g‘ridan to‘g‘ri pochta jo‘natmalari; 

−  to‘g‘ridan to‘g‘ri marketing; 

−  elektron tijorat; 

−  ko‘rgazmalar; 

−  interaktiv video; 

−  Internetdagi faoliyat; 

−  dizayn va ramzlar; 

−  bozorga axborot havola etish; 

−  marketing tadqiqotlari; 

−  merchandayzing; 

−  kichik ommaviy axborot vositalari;  

−  qadoq, o‘rama; 

−  savdo joylarida reklama; 

−  narx sohasidagi strategiya; 

−  matbaachilik: iste’molchilar uchun adabiyotlar; 

−  matbaachilik: savdoga oid adabiyotlar; 

−  reklama sovg‘alari; 

−  jamoatchilik bilan aloqalar; 

−  savdo korxonalari xodimlarini qo‘llab-quvvatlash; 

−  savdoga oid adabiyotlar; 

−  sotuvni rag‘batlantirish; 

−  reklama homiyligi; 

−  personalning firma libosi;  

−  kanselyariya jihozlari. 


334 

 

Savdoni rag‘batlantirishning maqsadlari 



 

Savdoni rag‘batlantirishning turli xil usullari turlicha maqsadlarga 

javob beradi. Savdo korxonasi yangi xaridorlarni jalb etish, doimiy 

mijozlarni taqdirlash va tasodifiy foydalanuvchilarning takroriy xaridlari 

sonini oshirish uchun rag‘batlantirishga murojaat qiladi. Savdoni 

rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar birinchi navbatda, tovarning narxi 

pastligi, uning foydaliligi, yoki «bonuslari»ga e’tibor berib, o‘z nuqtayi 

nazarini tez-tez o‘zgartirib turadigan qo‘nimsiz xaridorlarni qaytarishni 

ko‘zlaydi va ularni o‘ziga jalb etadi ham. Bir xil belgili tovarlarni 

bozorda sotilishini rag‘batlantirish savdoni keskin qisqa muddatli 

o‘sishiga olib kelishi mumkin, lekin kompaniyaning bozordagi ulushi 

o‘sishiga uncha sezilmaydigan darajada ta’sir qiladi. 

Savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqaruvchiga 

ham, iste’molchiga ham qator foyda keltiradi. Ishlab chiqaruvchilar talab 

va taklifning qisqa muddatli o‘zgarishlariga xaridorlarning turlicha 

segmenti ostida dasturlarini yo‘naltiradi, narxlarni qanchagacha yuqori 

baholay olishi va preyskurant narxiga nisbatan realizatsiya qilish narxida 

qanchalik savdo qilish imkoni bo‘lishini (narxni har qanday vaqtda 

chegirma taklif qilgan holda pasaytirish mumkin) belgilab beradi. 

Iste’molchilar o‘zlari uchun yangi bo‘lgan tovarni olib ko‘rishga (tatib 

ko‘rishga) intiladi, bunda ularning narx bilan tanishish imkoni (unga 

ishonchi) orta boradi. Savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar arzon 

narxda va narxini ancha kamaytirib, sotuvchi do‘konlar kabi chakana 

savdoning turlicha shaklini sinab ko‘rishga imkon beradi. Chakana 

savdo uchun savdoni rag‘batlantirish bu tovarlarni o‘zaro bir-birini 

to‘ldiruvchi kategoriyalar bilan sotish usulini kengaytirish hamdir 

(masalan, tort uchun aralashma narxini pasaytirish bilan shirinlikka talab 

oshishini hisobga olish mumkin. Shuningdek, iste’molchilarni bir 

do‘kondan ikkinchisiga o‘tkazib yuborish ham mumkin). 

Asosiy masalalardan biri reklama va savdoni rag‘batlantirishni 

qo‘shish bilan qisqa va uzoq muddatli masalalar tengligiga erishishdir. 

Reklama, qoidaga ko‘ra ma’lum tovarning uzoq muddatli afzalligini 

ta’minlashga yo‘naltirilgan, biroq ana shu boshqalaridan afzal, deb 

topilgan markaga nisbatan rag‘batlantirish susayadimi, degan savolga bir 

xil javob yo‘q. Shubhasiz, markaga qiziqishni istisno tarzida arzon 

narxlarda, kuponlarda, bonuslarda sotish taklif qilinatyogan tovarni 

xaridorlar ko‘z oldida qadrsizlanishiga olib keladi. Biroq uzil-kesil 

xulosa chiqarishdan oldin narxga doir rag‘batlantirish va qo‘shimcha 

ustuvorlik berish asosida rag‘batlantirish farqini ko‘rib chiqish zarur. 


335 

 

Taniqli markadagi tovarni sotish vaqtining 80 % dan ortiq muddatda 



pasaytirilgan narxda sotish yuz bersa, bu katta tavakkalchilik xavf 

hisoblanadi. 

Barqarorlik nuqtayi nazariga ega xaridorlar raqobatchilarning 

foydali takliflariga odatda, e’tibor bermaydi. Shuningdek, narxni 

rag‘batlantirish tovar kategoriyasidagi savdo hajmi umuman barqaror 

o‘sishiga yordam bermaydi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra rag‘batlanti-

rishning 1000 dan ortiq hodisasida, ulardan faqat 16 % o‘zini qoplagani 

aniqlandi. Bozor ulushi uncha katta bo‘lmagan kompaniyalarning 

savdoni rag‘batlantirishning turli xilidan foydalanishi maqsadga 

muvofiqligi ma’lum, chunki ularning reklama xarajatlari bozor yetakchi-

liklari xarajatlariga taqqoslab bo‘lmaydigan darajada. Sotuvchilarga 

stimul (rag‘bat)lar taklif qilmay turib, ularni peshtaxta yonida turishga 

ko‘ndirish, iste’molchini taqdirlamay turib, sinov uchun xarid qilinishini 

hisobga olish qiyin. Bozor ulushini kengaytirish maqsadida ikkinchi 

darajali o‘yinchilar narx raqobatiga tez-tez murojaat qiladilar, lekin 

yetakchilar uchun bunday siyosat samarasiz, chunki ularning o‘sishi 

tovar kategoriyasi umumiy kengayishiga asoslangan. Natijada ko‘plab 

qadoqlangan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar savdoni rag‘bat-

lantirish vositalarini o‘zlari xohlaganidan katta hajmda qo‘llash 

zaruratini his qiladilar. 

Savdoni rag‘batlantirish maqsadlari marketingni ushbu tovar 

bo‘yicha asosiy ilgari surish maqsadlariga mos holda kelib chiqadi. 

Iste’molchilarni rag‘batlantirish maqsadlari orasida tovarlarning katta 

partiyasini xarid qilishni, yangi xaridorlar tomonidan tajriba-xaridini, 

xaridorlarni raqobatchilardan «tortib olish»ni taqdirlash kabilar mavjud. 

Savdoni rag‘batlantirish maqsadlari sotuvchilarni assortimentga yangi 

markani qo‘shishga ishontirish, tovarning o‘zi va unga yo‘ldosh tovarlar 

zaxirasini ko‘paytirish, mavsumlararo xaridni rag‘batlantirish, raqobat-

chilar taklifini «urib qulatish (sindirish)», savdo markasining doirasida 

bo‘lishni shakllantirish, tovar savdo shaxobchalari sonini ko‘paytirish 

kabilarni o‘z ichiga olishi mumkin. Savdo xodimlarini rag‘batlantirish-

dan maqsad yangi tovar yoki yangi modelni qo‘llab-quvvatlashda 

potensial mijozlarni topishdagi faollik va mavsumiy bo‘lmagan savdoni 

oshirish hisoblanadi. 

Savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish orqali 

kompaniya o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, rag‘batlantirish usullarini 

tanlashi, mos keluvchi dasturlar ishlab chiqishi, bu jarayonni nazorat 

qilishi va uning samaradorligini baholashi zarur. 



 

336 

 

12.1-jadval 



Iste’molchilarni rag‘batlantirishning asosiy uslublari 

 

Tajriba namunalari. Uyga olib borib beriladigan, pochta orqali yuboriladigan, 

boshqa tovarlarga yoki reklama e’lonlariga ilova qilinadigan, tovar yoki xizmatlarning 

bepul namunalarini taklif qilish 

Kuponlar. Ko‘rsatuvchiga ma’lum tovarni sotib olishda kelishilgan tejamni 

beradigan sertifikatlar. Pochta orqali tarqatiladi, boshqa tovarlarga ilova qilinadi, jurnal 

yoki gazetadagi reklama e’lonlariga joylashtiriladi. 

Pullik kompensatsiyalar (pulni qaytarish). Xarid amalga oshirilgach, realizatsiya 

qilinadigan narx chegirmalari. Iste’molchi ishlab chiqaruvchiga qandaydir shaklda 

xaridning tasdig‘ini yuboradi va u to‘langan pulning bir qismini «qoplaydi». 

Upakovka (o‘rash)ning imtiyozli narxi (chegirma). Tovar o‘rami yoki etiketkasiga 

uni arzon narxda sotib olinishi o‘ramdan foydalangan holda (masalan, bir pachka narxida 

ikkitasi) yoki tovarga qoshimcha sifatida (masalan, tish cho‘tkasi va pastasi). 

Sovg‘alar (mukofotlar). Sotilayotgan tovarni sotib olishda sovg‘a sifatida nisbatian 

past narxda yoki bepul beriladigan tovarlar. «Ichkaridagi sovg‘a» o‘ramning ichida yoki 

tashqarisida bo‘lib, sotib olingan tovar bilan birga beriladi. «Pochta orqali bepul tovar» - 

bu xaridi tasdiqlangan xaridorlarga, masalan, o‘ramning ma’lum bir qismi yoki shtrix 

kodini yuborish bilan uning sotib olingani tasdiqlanganda, o‘sha iste’molchiga yuborila-

digan tovar o‘zini-o‘zi bartaraf etuvchi mukofot – bu tannarxi uni sotib olmoqchi bo‘lgan 

iste’molchi tomonidan to‘lanadigan sovg‘a. 

Tez-tez xarid uchun taqdirlash dasturi. Mukofotlarni kompaniya tovarlarini yoki 

xizmatlarini doimiy sotib oladigan iste’molchilarga berishni ko‘zda tutadigan dastur. 



Sovrinlar (tanlovlar, aksiyalar, o‘yinlar). Sovrin – bu xarid natijasida pul summasini, 

sayohat yoki tovar sotib olish imkoni. Tanlovga artistlar eng yaxshisini tanlab oladigan 

iste’molchilar ishlari qo‘yiladi. Aksiyalar iste’molchilar o‘z ismlari va boshqa 

ma’lumotlarini xabar qilib, uyida ishtirok etishlarini ma’lum qilishlarini talab etadi: 

g‘oliblar tasodifiy ravishda tanlanadi. O‘yin davomida har bir xaridi davomida biror narsa 

oladi. Bu Bingo o‘yini uchun raqam, so‘z tuzish uchun harflar v.b. bo‘lib, uni sovrin 

olishiga yordam beradi. 

Doimiy mijozlarni rag‘batlantirish. Pul yoki boshqa chegirmalar sotuvchi yoki 

ularning guruhi tomonidan mutanosib holda belgilanadi. 



Bepul sinab (sotib) ko‘rish. Keyinchalik sotib olinishini hisobga olib, tovarni bepul 

sinab (totib) ko‘rishni taklif etish 



Kafolatlar. Sotuvchining tovar ma’lum vaqt davomida iste’molga yaroqliligi va aks 

holda sotuvchi tovar sifatini tiklashi yoki sotib olgan xaridorga pulni qaytarishi haqida 

yozma yoki og‘zaki kafolati 

Qo‘shma rag‘batlantirish. Ikki yoki undan ortiq savdo markalari (kompaniyalar) ta’sir 

etishni kuchaytirish uchun kuponlar, kompensatsiyalar yoki tanlovlar taklif etib 

birlashadilar. 

Kesishgan rag‘batlantirish. Bitta savdo markasi boshqa, raqobatlashmaydigan 

markadan ilgarilash uchun foydalanadi. 

Savdo joyida ekspozitsiyalar va namoyishlar. Tovarlarni sotib olish va sotish 

joylarida o‘tkaziladigan savdo ekspozitsiyalari (stendlari) va namoyishlar 



337 

 

Iste’molchilarni rag‘batlantirish uslubini tanlash 



 

Iste’molchilarni rag‘batlantirishning asosiy usullari 12.1-jadvalda 

keltirilgan. Biz ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo sotuvchilari 

tomonidan rag‘batlantirishni farqlaymiz. Birinchisiga misol qilib 

sanoatda tarqalgan mavjud avtomobillarning qiymati, sinov sayohati va 

xarid qiluvchilarga kreditlashning foydali shartlari kabi rag‘batlan-

tirishni ko‘rsatish mumkin. Ikkinchisiga narxlar, kuponlarning (sotuv-

chilar nomidan) pasayishi, tanlovlar, bonuslar kiradi. Shuningdek, 

rag‘batlantirish usullari ularning ustuvor savdo markasiga ta’siri 

bo‘yicha ham bo‘lish mumkin. Bir guruhga tovarlarning bepul 

namunalari, doimiy xarid uchun taqdirlash, ma’lum tovarni sotib olish 

bilan bog‘liq kuponlar (agar ular reklama murojaatlariga kiritilgan 

bo‘lsa) va bonuslar uchun foydali takliflar yordamida ustuvorlikni 

shakllantirishga ko‘maklashuvchi vositalar kiradi. Boshqa guruhga bir 

xil narxda hajmning oshishi, tovar bilan bog‘liq bo‘lmagan bonuslar, 

reklama konkurslari va aksiyalar, sotib olingan tovar narxining bir 

qismini narxini qaytarishga takliflar, chakana savdo bo‘yicha kompen-

satsiyalar kabi ustuvorlikni shakllantira olmaydigan rag‘batlantirish 

vositalari kiradi. Xulosa qilish mumkinki, savdoni rag‘batlantirish 

reklama bilan birgalikda olib borilsa, ancha samarali bo‘ladi. 

Tadqiqotlar natijasidan ko‘rinadiki, o‘tkazilgan faol reklama bilan 

qo‘shib o‘tkazilgan narxni rag‘batlantirish savdo hajmini 19 % ga, savdo 

joyida reklama va stendli savdo – 24 % ga oshgan. 

 

12.2-jadval 



 

Sotuvchilarni rag‘batlantirishning asosiy usullari 

 

Narxni pasaytirish (prays-narx va hisob-fakturalar). Ma’lum davrda tovarning har 

bir ulgurji partiyasiga prays-narxlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri chegirma berish 

Kompensatsiya. Almashuvga taklif qilinadigan summa chakana savdo korxonasi 

roziligi bilan ishlab chiqaruvchi tovarlar ma’lum tarzda yetkazib beriladi. Chakana 

savdoda reklama uchun qilingan xarajatlarni ushbu ishlab chiqaruvchi tovarlari 

kompensatsiyalaydi (qoplaydi). Namoyish uchun kompensatsiyani ma’lum tovarning 

ekspozitsiyasini tashkil etish xarajatlari qopladi. 

Bepul tovarlar. Ma’lum miqdorda yoki ma’lum turdagi tovarni sotib oluvchi 

vositachilar uchun (ta’mi, o‘rami, o‘lchami) qo‘shimcha o‘ram tovar taklif etish. 

 

Sotuvchilarni rag‘batlantirish usullarini tanlash. 

 Ishlab chiqaruvchilar savdo korxonalarini rag‘batlantirishning turli 

xil usullaridan foydalanadilar bunda: 1) ulgurji yoki chakana firmalarni 

o‘z assortimentlariga tovarini kiritishga undash; 2) ulgurji yoki chakana 



338 

 

savdo qiluvchi (savdogar)larni xarid hajmi oshishiga ishontirish;  



 

            

3) ulgurji korxonalarni reklama, namoyish va narxni tushirish yo‘li bilan 

savdo markasini ilgari surishga stimullash; 4) chakana korxonalar va 

ularning xodimlarini tovarni ilgari surishga (savdosini tezlashtirishga) 

rag‘batlantirish. 

Yirik chakana savdo korxonalarining o‘sib borayotgan ta’siri ularga 

reklamalar va iste’molchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarning 

zarari savdoni rag‘batlantirish imkoniyatlarini berdi. Boshqaruvda 

sotuvchilarni rag‘batlantirish qiyinchilik bilan amalga oshadi va bu 

ko‘pincha sezilarli zararga olib keladi. 

12.3-jadval 

 

Ish yuzasidan sheriklar va savdo xodimlarini rag‘batlantirishning 

asosiy usullari 

 

Ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma va anjumanlarda. Tarmoqqa oid assotsiatsiya-

lar har yil turli xil ko‘rgazma va anjumanlar tashkil etadilar. Ishlab chiqarishga 

mo‘ljallangan tovar ishlab chiqaruvchilar ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarda 

ishtirok etish uchun ilgari (olg‘a) surish (rivojlanish) maqsadida yillik budjetning 

35% gacha sarflashi mumkin. Ko‘rgazma ishtirokchilari uchun foyda yangi 

potensial mijozlarining paydo bo‘lishi, iste’molchilar bilan aloqa o‘rnatish va uni 

saqlab qolish, yangi tovarlar namoyishi. Yangi xaridorlarni jalb etish, mijozlarga 

savdo hajmini oshirish, turli xil buyum (mahsulot)lar yordamida xaridorlarni 

o‘ziga «o‘rgatish», videofilmlar va boshqa audio vizual vositalar kabi o‘ta xilma 

– xil bo‘lishi mumkin. 

Savdo xodimlari orasida tanlovlar. Konkurs kompaniyaning o‘z xodimlari 

yoki dillerlarni ma’lum davrda savdo hajmini oshirish bo‘yicha qilgan harakatlari 

uchun taqdirlashga yo‘naltirilgan. Yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar 

sovrinlar (pul, yo‘llanmalar, sovg‘alar, ballar) oladilar. 

 

Suvenir (esdalik) reklama. Esdaliklarga reklamalar potensial sotib oluvchi 



(xaridor) bilan muzokaralarda yoki mijozlar bilan kontaktda kompaniyaning 

savdo vakillari o‘z hamsuhbatlariga uncha qimmat bo‘lmagan, lekin foydali 

(sharikli ruchka, kalendarlar, breloklar, fonarchalar, bloknot va h.k.) predmetini 

hadya qiladilar. 

 

Ish yuzasidan sheriklar va sado xodimlarini rag‘batlantirish usu-

lini tanlash. 

Sheriklari va o‘z savdo vakillarini rag‘batlantirish uchun kom-

paniyalar har yili milliard dollarlab sarflaydilar (12.3-jadval). Bu 

vositalar potensial xaridorlarni qidirib topishga, mijozlarni ishontirish va 

taqdirlashga va savdo xodimlarini motivatsiyalash uchun mo‘ljallangan. 


339 

 

Qoidaga ko‘ra kompaniya ishdagi sheriklarini rag‘batlantirishning har 



bir usuli uchun alohida budjet tuzadi, bu rag‘batlantirish esa uzoq yillar 

davomida kamdan kam o‘zgaradi. 



 

Savdoni (o‘tkazishni) rag‘batlantirish dasturlarini tuzish 

 

Rag‘batlantirishning aniq usullarini tanlab olishda marketologlar 

quyidagilarni hisobga olishlari lozim: 

1) rag‘batlantirish o‘lchami (kompaniya muvaffaqiyati uchun 

rag‘bat (stimul) ayrim minimal darajadan oshishi kerak);  

2) dasturda ishtirok etish shartlari (rag‘batlar hammaga yoki alohida 

shaxslar guruhiga berilishi mumkin);  

3) kompaniyaning davomiyligi (ayrim tadqiqotchilarning fikriga 

ko‘ra kompaniyani chorakda bir marta davomiyligi uch hafta yoki 

tovarni sotib olinishining o‘rtacha sikli davomida rag‘batlantirish 

o‘tkazishi optimal hisoblanadi); 

 4) rag‘batlantirishni tashuvchilarni tarqatish usullari (chegirma 

bilan taklif qilingan kuponlar bevosita o‘ramga qo‘yilishi do‘konlar, 

pochta orqali yoki bevosita reklama mahsuloti bilan birga tarqatilishi 

mumkin);  

5) savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha kompaniya tadbirlar o‘tkazish 

muddatlari;  

6) dasturning umumiy budjeti. Kompaniya umumiy konsepsiyasini tez-

tez realizatsiya qilish uchun marketologlar bir necha usulni qo‘shib olib 

boradilar. 

 

Dastlabki testlashtirish, rag‘batlantirish dasturi realizatsiyasi, 

nazorat qilish va baholash 

 

Ko‘pchilik savdoni rag‘batlantirish dasturlari mavjud tajriba asosida 

ishlab chiqilsa ham dastlabki testlashtirish tanlab olingan usul 

maqsadlariga mos kelishiga, stimullar o‘lchami optimalligiga, aksiyani 

ko‘rsatish usuli samaraligiga ishonishga yordam beradi. Ayrim 

ta’minotchilar rag‘batlantirishning turlicha usullarini iste’molchining 

o‘zi bilan baholashni taklif qiladilar yoki tanlangan usulni haqiqiyligini 

cheklangan hududlarda tekshirib ko‘radilar. Marketing bo‘yicha 

menejerlar majburiyatlariga tayyorgarlik davrini va sotish davrini 

(tadbirning boshlanish paytidan kompaniya tayyorlangan tovarning 

taxminan 95 % ni realizatsiya qilgach, tugaguncha) qamrab oluvchi 


340 

 

realizatsiya va rag‘batlantirish dasturining nazorati rejasini ishlab 



chiqish kiradi. 

Har yili dunyoda qariyb 20 mingta xalqaro, milliy va mintaqaviy 

ko‘rgazmalar, yarmarkalar va salonlar o‘tkaziladi. Qizig‘i  shundaki, 

1798 – yilda Parijda tashkil etilgan sanoat ko‘rgazmasi bunday 

tadbirlarning milliy iqtisodiyot uchun muhimligini alohida qayd etgan 

Napoleon Bonapart tomonidan ochilgan edi. Belgiyada birinchi 

ko‘rgazma 1814 – yilda (Gent), Avstriyada 1825 – yili (Vena), 

Ispaniyada 1846 – yili (Madridda) bo‘lib o‘tgan edi. Germaniyada esa 

ilk sanoat ko‘rgazmalari Myunxenda (1818 – yili), Drezdenda (1824 – 

yili) va Berlinda (1843 – yili) o‘tkazilgan. 

Birinchi butun dunyo ko‘rgazmasi «Barcha xalqlar ulug‘ bir ish — 

insoniyatni takomillashtirish ustida ishlayversin», degan shior ostida 

1831 – yili Londonda bo‘lib o‘tgan edi. Ana shu ko‘rgazma o‘tkazish 

tashabbuskori Angliya qirolichasi Viktoriyaning umr yo‘ldoshi shahzoda 

Albert bo‘lgan. Buyuk Britaniyadan tashqari unda AQSh, Fransiya, 

Germaniya va boshqa mamlakatlar ishtirok etgan, 14 ming qatnashchi 

17 mingta eksponatni taqdim etib tanishtirgan edi. Tashrif buyuruvchilar 

— avval faqatgina imtiyozli tabaqalar vakillari va qurbi yetadigan                

badavlat kishilar kiraverishda 1 funt to‘lab (bu esa oddiy ishchining bir 

haftalik ish haqidan 6 baravar ko‘p edi), jahonning 40 dan ziyod 

mamlakatlaridan kelgan eksponatlar bilan tanisha olar edilar: ulkan 

teleskoplar, mexanik to‘quv dastgohlari, gidravlik presslar va mexanik 

chalg‘ilar, rezina buyumlar va boshqalar tomoshaga qo‘yilgan edi. 

Birinchi kuni ko‘rgazmaga 25 ming odam tashrif buyurdi. Keyinchalik 

esa kirish to‘lovi 21 shillinggacha kamaytirildi va ko‘rgazmani oddiy 

odamlar ham bemalol tomosha qiladigan bo‘ldi. Ko‘rgazma ishlab 

turgan yarim yil davomida unga 6 million odam keldi. Birinchi butun– 

dunyo ko‘rgazmasini o‘tkazish bo‘yicha Qirollik komissiyasi tomonidan 

mukofotlarning 3 ta darajasi belgilangan edi: faqatgina yangi ixtiroga 

yoki buyumning yangicha dizayni uchun beriladigan katta medal, 

ikkinchi darajali medal – yuqori sifatli mahsulot uchun ko‘rgazmaga 

tashrif buyurganlar va komissiya a’zolari e’tibor qaratgan eksponat 

Faxriy yorliq bilan taqdirlangan edi. Mukofotlar jami 5081 ta bo‘lgan, 

inglizlarga 4038 tasi topshirilgan bo‘lsa, ajnabiylarga1145 tasi nasib 

etgan. 

1855 – yilda Parijda ikkinchi, 1862 – yilda Londonda uchinchi 



butun dunyo ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Jahon savdosida mahsulot sotish 

bozori uchun kurash keskinlashib ketishi XX asr boshlarida ko‘rgazma-

yarmarka faoliyatining tamomila yangi turi – namunalar jahon 


341 

 

ko‘rgazmasi paydo bo‘lishiga olib keldi. 1900-yili Italiyaning Turinda 



avtomobillar tarmoq yarmarkasi tashkil etildi. Fransiyada 1904-yili Parij 

shahrida  yarmarkasi ishlay boshladi. Namunalar xalqaro yarmarkasi 

Birinchi jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda ayniqsa, keng 

tarqaldi. Xalqaro aloqalar izdan chiqishi, tashqi savdo va valuta 

cheklovlari joriy etilishi, to‘lov balanslari buzilishi sharoitida aynan 

xalqaro yarmarkalar jahon savdosini qayta tiklashga ko‘mak berishning 

eng qulay shakli bo‘lib xizmat qildi. 1915-yilda Londonda namunalar 

xalqaro yarmarkasi ochildi, 1916-yilda Lionda tashkil etildi (u hozirgi 

vaqtda ham eng yirik hisoblanadi), 1918-yilda Bryusselda, 1920-yili 

Milanda, 1926-yili Salonikida, 1927-yilda esa Izmirda ochildi. 

Ikkinchi jahon urushi aksariyat xalqaro yarmarkalar ishini to‘xtatib 

qo‘ydi. Savdo aloqalari izdan chiqdi, yarmarka inshootlari vayronaga 

aylandi. Urushdan keyin esa, aziyat chekkan Yevropa davlatlari 

iqtisodiyoti tiklanib borgani sayin xalqaro yarmarkalar faoliyati qayta 

tiklandi.  


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish