O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni prognozlash va



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

2.4. Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni prognozlash va
oldindan baholash. Iqtisodiyotning holatiga ta‟sir 
ko„rsatuvchi omillar va vositalar 
Iqtisodiy vaziyatni oldindan baholash.
Davlat sektoriga 
ham, xususiy sektorga ham iqtisodiy o‗zgarishlarni baholash va 
iqtisodiy tendensiyalarni oldindan ko‗ra bilish vositalari zarur 
bo‗ladi. Agar biznes vakillari to‗g‗ri investitsion qarorlar qabul 
qilmoqchi bo‗lsa (bular yangi ishchilarni yollash yoki yangi 
ishlab chiqarish obyektlarini qurish kabilarni o‗z ichiga oladi), 
ular kelajakdagi iqtisodiy o‗zgarishlarni oldindan ko‗ra 
bilishlari kerak. Agar foiz stavkalari tushishi kutilayotgan 
bo‗lsa, yangi ishlab chiqarish jihozlari sotib olish uchun qarz 
olishning mavridi emas. Agar mablag‗ yangi ishlab chiqarish 

39
MacMillan, M., & Rodrik, D. ( 2011). Globalization, structural change and


productivity growth. NBER working paper 17143, June. Retrieved November 14, 2011, 
from http:/ / www .nber.org/papers/w17143. 


55
quvvatlari uchun investitsiya qilinganda, umumiy soliq 
majburiyatlarini kamaytiruvchi soliq imtiyozlari mavjud bo‗lsa 
va bu imtiyozlarning muddati tugab borayotgan bo‗lsa, muddat 
tugamasdan oldingi vaqt yangi investitsiya qilish uchun juda 
qulay fursatdir. Bunday hodisalarning ba‘zilarini ishonch bilan 
oldindan bashorat qilish mumkin. Xuddi R&D soliq kreditida 
bo‗lganidek, investitsion soliq kreditining maxsus belgilangan 
tugash sanasi bo‗lishi mumkin, ammo tajribadan ma‘lumki, 
Kongress bunday kreditlardan voz kechishni xohlamaydi, 
ularni doimiy yangilab boradi. Aksincha, bashorat qilish oson 
bo‗lmasligi uchun foiz stavkalarida bir qancha o‗zgarishlar yuz 
beradi. 
Prognozlash 
vositalari 
biznesni 
iqtisodiy 
rejalashtirishda muhim komponent hisoblanadi. 
Agar federal hukumat o‗zining iqtisodiy siyosatdagi 
maqsadlariga 
erishmoqchi 
bo‗lsa, 
o‗zining 
iqtisodiy 
yo‗nalishlarini oldindan belgilab olish uchun sezgir va mos 
o‗lchov mezonlariga ega bo‗lishi zarur. Shuningdek, korporativ 
daromad solig‗i maksimal stavkasining o‗zgarishi yoki ijtimoiy 
ta‘minot tizimidagi o‗zgarishlarning kuchga kirishi kabi o‗ziga 
xos siyosiy o‗zgarishlarning sodir bo‗lishini oldindan prognoz 
qiluvchi o‗zgarishlar modelini ishlab chiqish zarur bo‗ladi. 
Prognoz qilish texnikalari ancha keng bo‗lsada, biznes vakillari 
va hukumat tomonidan yaqindan kuzatiluvchi o‗lchov 
mezonlariga va prognozchilar tomonidan qo‗llaniluvchi tahliliy 
modellarga yaqinligi sababli hukumatning iqtisodiy siyosatini 
tushunish uchun muhim hisoblanadi.
Biznesmenlar va hukumat prognozchilari bir qancha 
individual iqtisodiy indikatorlarni diqqat bilan kuzatib 
boradilar. 
Ba‘zi 
indikatorlar 
mehnat 
ko‗rsatkichlariga, 
jumladan, ishsizlik, bir haftada ishlangan o‗rtacha ish soatlari 
va bir soatga to‗g‗ri keluvchi o‗rtacha mehnat haqi kabilarga 
bog‗liq bo‗ladi. Boshqa indikatorlar foiz stavkasi va uy-joy 
qurilishidagi yengilliklarining boshlanishi kabi moliyaviy 
vaziyatlarni aks ettiradi. Kompaniyalar, prognozchilar va 
siyosatchilar joriy iqtisodiy holatni tushunish va burilish 


56
nuqtalarini, ya‘ni iqtisodiy vaziyatning hozirgi holatidan qachon 
ko‗tarilishi yoki tushishining boshlashini oldindan bilish uchun 
o‗rganadilar.
Iqtisodiy 
burilish 
nuqtalari 
iqtisodiyotni 
oldindan 
baholashda alohida ahamiyatga ega bo‗lib, u davriy indikator 
hisoblanadi. U shuningdek
yetakchi, statik va ortda qoluvchi 
nomlari bilan ham mashhurdir.
40

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish