429
ko‗rsatkichlar bo‗yicha O‗zbekiston Birlashgan Millatlar Tash-
kilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‗liq erishganligi
alohida ta‘kidlanadi‖
205
.
Shu bilan birga muhtaram Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning 2017-yilning 5-yanvar va 7-fevral kunlari
mamlakatimiz sog‗liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi
mutaxassislari bilan uchrashuvida ta‘kidlanganidek, tibbiyot
sohasida bajarilishi lozim bo‗lgan ishlar, yechimini kutayotgan
muammolar talaygina. Bugungi kunga kelib aholining munosib
turmush darajasini ta‘minlovchi muhim ijtimoiy tarmoq
sifatida sog‗liqni saqlash tizimida
jiddiy muammolar yuzaga
kelganligini e‘tirof etish lozim, xususan:
tibbiy xizmatlarning yuqori sifatini ta‘minlashga qodir
bo‗lmagan, yaxshi jihozlanmagan davolash muassasalari
sonining ko‗pligi, natijada tarmoqni rivojlantirish va qo‗llab-
quvvatlashga yo‗naltiriladigan byudjet-moliya resurslarining
haqiqiy ehtiyojni qoplay olmasligi, ulardan foydalanish
samaradorligining pastligi;
ilgari yaratilgan va o‗z vaqtida yaxshi jihozlangan sog‗liqni
saqlash muassasalari bugungi
kunda zamonaviy talablarga,
diagnostika va davolashning sifat standartlariga javob bermay
qo‗yganligi;
qishloq vrachlik punktlarini tashkil etish jarayonining
tugallanmaganligi sababli uzoq tumanlarda joylashgan
qishloqlar aholisi uchun tibbiy yordam olish imkoniyatining
cheklanganligi;
birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik
punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati,
tez tibbiy
yordam tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda
qolayotganligi;
205
Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan
islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy
mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan
oldinga yurishdir. T.: O‗zbekiston. 2016-yil. 19-b.
430
shifoxonalar va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot
buyumlari bilan ta‘minlash, jumladan,
ijtimoiy dorixonalar
tashkil etish bo‗yicha vazifalar ijrosi talab darajasida emasligi;
tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta‘minlash
ishlarining talabga javob bermasligi;
respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining
faoliyatini takomillashtirish bo‗yicha sezilarli ishlar amalga
oshirilmayotganligi;
dorixona muassasalari tarmog‗ini yanada optimallash-
tirish, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab
chiqarish va narx belgilash tizimini takomillashtirish va ular
faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishning zarurligi;
sog‗liqni saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirish
ishlariga yetarlicha e‘tibor berilmaganligi.
Sog‗liqni saqlash tizimidagi shu va shu kabi boshqa
davolash
va diagnostika, tashkiliy va huquqiy, iqtisodiy va
moliyaviy masalalardagi muammolarni chuqur tahlil qilish va
o‗rganish
asosida
2017-2021-yillarda
O‗zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida
aynan sog‗liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishga
qaratilgan quydagi ustuvor yo‗nalishlar belgilangan (16.2-
rasm).
Harakatlar strategiyasini 2017-―Xalq bilan muloqot va
inson manfaatlari yili‖da hamda 2018-―Faol
tadbirkorlik,
innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash
yili‖da amalga oshirishga oid Davlat dasturlarida sog‗liqni
saqlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator
aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilangan bo‗lib, Dasturda
ularning bir necha yo‗nalishlarda olib borilishi ko‗zda tutilgan.
Bu tadbirlar tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruktsiya
qilish, mavjudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkam-
lash, tibbiyot va farmasevtika faoliyatining qonuniy-huquqiy
asoslarini
takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‗lgan
aholi qatlamlariga ko‗rsatiladigan tibbiy xizmatlar miqdori va
sifatini oshirish, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash,
431
kasalliklarning oldini olish maqsadida sanitariya-profilaktika
ishlari samarasini oshirish, chekka hududlarda yashovchi
aholiga tibbiy
xizmatni yaqinlashtirish, tibbiyot xodimlari
mehnatini rag‗batlantirish, ularning yashash va ishlash
sharoitlarini yaxshilash, tug‗ma va irsiy kasalliklarni barvaqt
aniqlash choralarini ko‗rish kabilarga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: