O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

2.1-ko‗rgazma 
Dunyoda biznes yuritish bo‗yicha yengilliklar 
Oxirgi o‗n yillikda iqtisodiyotga yo‗naltirilgan xususiy investitsiyalarga 
to‗siqlarni kamaytirish masalasiga davlatning ma‘muriy aralashuviga 
qaraganda ko‗proq ahamiyat berildi. Har yili Jahon Banki biznes yuritish uchun 
qulaylik darajasi bo‗yicha 181 mamlakatning xususiyatlari to‗g‗risida ma‘ruza 
e‘lon qiladi. Uni baholash uchun quyidagi 10 ta mezon asos qilib olinadi: 
1.
Biznesni boshlash (qancha vaqt ketadi, ovoragarchiliklar bormi, bu 
jarayonga qancha odam jalb qilinadi). 
2.
Ruxsatnomalar bilan ishlash (litsenziyalash, muddatni aniqlash, 
nazoratdan o‗tkazish). 
3.
Bandlik (ishga yollash shartlari, ishdan bo‗shatish va soliqqa tortish 
shartlari, ish vaqti). 
4.
Tijorat maqsadlaridagi ko‗chmas mulkni ro‗yxatdan o‗tkazish (talab 
qilinadigan vaqt, qiymat, mulkchilik huquqi munosabatlaridagi oydinlik). 
5.
Kredit olish imkoniyati (yuridik/amaliy tartibga solish, kredit bo‗yicha 
ma‘lumot olish imkoniyati). 
6.
Investorlarning huquqlari (aksiya egalari, aksiyadorlik kompaniyalari 
bilan bitimlarning sir saqlanishi). 
7.
Soliqlar (murakkablik/vaqt, soliqlarning umumiy daromadga nisbatan 
foizi). 
8.
Eksport/importni tartibga solish (tushuntirich, majburiyatlar, tovarlar va 
kapitallarning chegarani kesib o‗tichdagi qulayiklar). 
9.
Shartnomalar shartlarini bajarish (qonunchilikka rioya qilish, 
shartnomalarning qiymati, shartnomani bajarishning majburiyligi). 
10.
Biznesni tugatish (xarajatlar, bankrotlik qoidalari)
1

Singapur, Gonkong (Xitoy), Yangi Zelandiya, Qo‗shma Shtatlar va Daniya 
iqtisodiyoti kuchli beshtalikka kiradi. Eng quyi beshtalikdan Chad, Markaziy 
Afrika Respublikasi, Kongo Respublikasi, Eritreya va Gvineya mamlakatlari 
iqtisodiyoti joy oldi
2
. Jahon bankining dasturlari ularning iqtisodiyotini 
iqtisodiy 
faoliyat 
kechadigan 
qoidalar 
va 
sharoitlar 
ta‘sirida 
transformatsiyalashuviga qaratilgan. Reyting mezonlariga qaraganda bu oson 


42
ish emas, lekin hukumatning xatti-harakatlari va qulay ishbilarmonlik 
muhitini 
shakllantirish 
uchun 
ko‗riladigan 
choralar 
iqtisodiyotning 
samaradorligiga katta ta‘sir ko‗rsatadi.
1. 
World Bank (2011). Ease of doing business: 2012. Retrieved November 14, 
2011, from http:/ /www.doingbusiness.org/ reports/ global-reports/ doing-
business-2012. 
2. 
World Bank (2011). Doing business: economy rankings. Retrieved November 
14, 2011, from http://www.doingbusiness.org/rankings.
Davlatning texnologiyalar bo‗yicha siyosati.
Sanoatning 
yuqori texnologiyali tarmoqlarini himoya qilish va qo‗llab-
quvvatlashda davlatning faolligi to‗g‗risidagi masala birinchi 
bor 80-yillarning oxirida, AQSH iqtisodiyoti ko‗pgina sohalarda 
(nafaqat arzon ish kuchi bozorlari bilan) peshqadamlikni boy 
berayotgan davrda yuzaga keldi. Ushbu konsepsiya siyosatning 
bosh masalasiga aylandi. Sanoatning eng muhim, masalan, 
mikroelektronika kabi tarmoqlarini qo‗llab-quvatlamagani 
uchun Jorj Bush ma‘muriyati tanqid ostiga olingan edi,
Prezident Bill Klinton yuqori texnologiyalarni rivojlantirishni 
iqtisodiy siyosatning ustuvorligiga aylantirdi. Kichik Jorj Bush 
ma‘muriyati esa, iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi muhim 
dastaklar sifatida korporativ soliqni kamaytirish, dividendlarga 
soliqni bekor qilish, R&Dga soliq kreditlarini joriy qilishga 
muvaffaq bo‗ldi. Prezident Obamaning byudjet bo‗yicha 
dastlabki takliflari va rag‗batlantirish dasturlarining diqqat 
markaziga esa rivojlanib borayotgan ekologik sof energiya va 
atrof-muhitni yaxshilash bo‗yicha boshqa ilg‗or texnologiyalarni 
rivojlantirish masalalari qo‗yildi.
29
Kongress tomonidan R&Dga 
qaratilgan ―vaqtinchalik‖ soliq krediti dasturlari vaqti-vaqti 
bilan uzaytirib turilgan bo‗lsa-da, ushbu tashabbuslarning 
ko‗pchiligi xohlamaygina qabul qilindi. 
Davlat 
tomonidan 
iqtisodiyotning 
bir 
tarmog‗ini 
boshqalariga nisbatan ustunroq darajada qo‗llab-quvvatlash 

29
White House (2011). Blueprint for a secure energy future. Washington, DC: U.S. 


Government Printing Office. 


43
muammosi ―yutuvchilar va yutqazuvchilarni‖ davlat emas, 
bozor aniqlashidadir, bu holat davlatning mazkur rolni yaxshi 
bajarishining isboti bo‗la olmaydi. ―Solyndra Corporation‖ 
nomli quyosh panellarining ishlash texnologiyalarini yaratuvchi 
va ishlab chiqaruvchi korporatsiyani federal darajada qo‗llab-
quvvatlash bunga yaqqol misol bo‗ladi. Yirik federal yordam 
doirasida ―Solyndra‖ korporatsiyasi ekologik sof energiya 
texnologiyalarini tijoratlashtirish maqsadlariga federal qarz 
dasturi bo‗yicha qarz oldi. Quyosh batareyalaridan foydalanish 
bo‗yicha texnologiyalarni tijoratlashtirish, energiya tashuvchi-
larga bo‗lgan narxlarning, ayniqsa, 2000-yilning boshida oshib 
ketishi natijasida tijorat nuqtayi-nazaridan nomaqbul bo‗lib 
qolgach, kompaniya o‗zini bankrot deb e‘lon qildi.
30
Yana bir misol: Yaponiyadagi ikki karra jadallik bilan 
o‗sish ko‗pchilik kuzatuvchilarga davlatning aralashuvi 
rivojlanishning eng to‗g‗ri yo‗li bo‗lib ko‗ringan bo‗lsa-da, 
keyingi o‗n yilliklar bu qarashlarni sezilarli darajada o‗zgartirdi. 
Ayrim manbalarda Singapur davlati iqtisodiyotini hukumat 
tomonidan aralashuvning samarali va ahamiyatli bo‗lganligini 
misol qilib ko‗rsatadilar, lekin 2.1-ko‗rgazmada ko‗rsatil-
ganidek, aynan biznes yuritish yengilligi bo‗yicha davlat 
tomonidan yaratilgan qulay sharoitlar natijasida Singapur 
dunyoda birinchi o‗rinni egallaydi. Federal hukumat uchun 5 
yoki 10 yildan keyin elektronika va muqobil energiya ishlab 
chiqarish texnologiyalari kabi sanoatdagi qanday omillar 
AQSHning global raqobatdoshligi va yuqori texnologiyalar 
bozoridagi ustunligini belgilab berishini aniqlash bir qadar 
qiyinchilik tug‗diradi.
31
Davlatning xatti-harakatlari sanoatning 
alohida tarmoqlarini to‗g‗ridan to‗g‗ri qo‗llab-quvvatlashga 
emas, balki inson kapitali va asosiy kapitalni yaxshilash, 

30
Solyndra and the White House: letting sunlight in. (2011). The Economist, 401, 


September 24, 36. 
31
Grossman, G., & Helpman, E. (2001). Innovation and growth: technowgj, cal 
competition in the global economy. Cambridge, MA : MIT Press. 


44
jamg‗armalar va investitsiyalarni rag‗batlantirish, shuningdek, 
g‗oyalar, tovarlar va xizmatlarning xalqaro ayirboshlanishiga 
ko‗maklashishga qaratilishi lozimligi to‗g‗risidagi fikrlar keng 
jamoatchilik tomonidan tobora kengroq qabul qilinmoqda.
Hukumat o‗zining texnologik siyosatini ishlab chiqishi 
lozimligi borasida turli davrlarda turlicha oqimlar mavjud 
bo‗lgan.
32
Dastlabki, fan va matematikaga jiddiy e‘tibor 
qaratilgan oliy ta‘limni rivojlantirishning yirik federal dasturlari 
1958-yilda, Sovet Ittifoqi tomonidan Yerning birinchi sun‘iy 
yo‗ldoshi koinotga chiqarilganidan keyin amalga oshirila 
boshlandi. 1970-yillardagi Yaponiyaning ildamlik bilan 
rivojlanib ketishi AQSHning jahon bozorida raqobatbar-
doshlikni ta‘minlash borasida aytarli harakat qilmayotgan 
hukumatni tashvishga solib qo‗ydi. Yaqin orada Braziliya, 
Hindiston va Xitoydagi tez sur‘atli rivojlanish jiddiy baxslarga 
sabab bo‗ldi. Obama hukumati tomonidan 2011-yilda taklif 
etilgan Mehnat to‗g‗risidagi qonun (American Jobs Act) yangi 
ish o‗rinlarini tashkil qilish va AQSH biznesining jahon 
bozoridagi 
raqobatbardoshligini 
oshirishga 
qaratildi.
33
Prezident ta‘limga, ilmiy tadqiqotlarga, shuningdek, tovarlarga 
qaraganda ko‗proq ilmiy g‗oyalarning harakatiga xizmat 
qiluvchi infratuzilmalarga investitsiyalarni ko‗paytirishga 
chaqirdi
34


Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish