O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
 
2-BOB. DAVLAT, IQTISODIY TARAQQIYOT
VA DAVLAT BYUDJETI
2.1. Jahon iqtisodiyotining milliy iqtisodiyot holatiga 
ta‟siri. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi
 
Har qanday mamlakatning davlat byudjeti, uning 
daromadlari manbalari va xarajatlari yo‗nalishlari, davlat 
byudjetining barqarorligi, byudjetlararo munosabatlarini 
tashkil 
qilish 
mexanizmlari 
shu 
mamlakat 
milliy 
iqtisodiyotining holati, uning raqobatbardoshligi, iqtisodiy 
o‗sish sur‘atlari, yalpi ichki mahsulotning va milliy 
daromadning hajmlari va iqtisodiy subyektlar o‗rtasida 
taqsimlash 
nisbatlariga, 
mamlakat 
hududlarining 
rivojlanganlik darajasiga, shuningdek, davlatning iqtisodiy 
jarayonlarga aralashish ko‗lamlari, mamlakatlar hukumatlari 
tanlagan iqtisodiy siyosat yo‗nalishlari hamda jahon 
iqtisodiyotining milliy iqtisodiyotlarning holatiga ta‘siri 
darajasiga bevosita bog‗liq bo‗ladi. Bu bog‗liqlikni o‗rganishga 
bag‗ishlangan ushbu bob mazkur o‗quv qo‗llanmaning kirish 
qismida nomi keltirilgan ―Public Budgeting Systems‖
19
nomli 
xorijiy adabiyotning ushbu masalalar yoritilgan boblarining 
tarjimasi asosida keltirilmoqda.
Ishlab chiqarish va daromad iqtisodiyotni baholovchi 
asosiy tushuncha (konsepsiya)lardir. Ular iqtisodiyotni ishlab 
chiqarilgan tovar va xizmatlarning yalpi qiymati va ularni 
yaratishdan olingan daromad sifatida tavsiflaydi. Bu ikki 
tushuncha (konsepsiya) mazkur bobda so‗z yuritiladigan 
barcha masalalarda asosiy o‗rin tutadi. Amalda bu ikki 
tushuncha bir ma‘noni anglatadi. Sotilgan tovar va xizmatlar 
bahosi (ishlab chiqarish qiymati) ishlab chiqaruvchilar 

19
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. Public Budgeting Systems. 


Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. 


33
tomonidan erishilgan tushumlarga tengdir. Amaliyotda firmalar 
va uy xo‗jaliklari daromadlarini va sotilgan tovar va xizmatlar, 
mehnat haqiga to‗lovlar va hokazolarni o‗z ichiga olgan ishlab 
chiqarish xarajatlarini baholashda kamchiliklar ham yo‗q 
emas.
Yalpi ichki mahsulot.
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) iqtisodiy 
ishlab chiqarishning asosiy ko‗rsatkichi hisoblanadi. Bu 
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning yalpi 
qiymatidir. Yalpi ichki mahsulot uy xo‗jaliklari iste‘moli 
xarajatlari, yalpi ichki xususiy investitsiyalar, tovar va 
xizmatlar sof eksporti, shuningdek, davlat tomonidan sotib 
olingan tovar va xizmatlarning umumiy qiymati hisoblanadi.
Yalpi milliy mahsulot. 
Yalpi milliy mahsulot (YAMM) 
YAIMga o‗xshash ko‗rsatkich bo‗lib, ko‗p yillar davomida jami 
ishlab chiqarish hajmini baholovchi ko‗rsatkich sifatida qabul 
qilingan edi. 1992-yildan boshlab esa AQSH hukumati va 
ko‗pchillik tahlilchilar, boshqa qator mamlakatlar o‗zlarining 
ishlab chiqarish hisobotlarida YAIM atamasidan foydalanayot-
ganligini inobatga olib va mamlakat iqtisodiy holatini boshqa 
mamlakatlar bilan taqqoslash nuqtayi nazaridan YAIM 
ko‗rsatkichidan foydalanishni boshladilar. YAIM va YAMM 
o‗rtasidagi asosiy farq shundaki, YAIMda AQSH tadbirkorlari va 
rezidentlarining chet eldagi daromadlari hamda xorij 
fuqarolarining AQSHda ishlab topgan va chet elga o‗tkazadigan 
daromadlari hisobga olinmaydi. Shunday qilib, YAIM AQSH 
xo‗jalik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan jami 
mahsulotdan farqli o‗laroq, faqat AQSH iqtisodiyoti miqyosida 
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini aks ettiradi.
AQSH uchun YAIM va YAMM qiymatlari odatda katta farq 
qilmaydi, chunki xorijda ishlab topilgan daromad bilan xorijga 
chiqib 
ketgan 
daromad 
muvozanatda 
bo‗ladi. 
Ba‘zi 
mamlakatlar, ayniqsa rivojlanayotgan, chet elda ishlayotgan 
fuqarolarining pul o‗tkazmalari muhim bo‗lgan mamlakatlar 
iqtisodiyoti uchun milliy daromad muhim manbadir. 2010-
yilda AQSH va boshqa ko‗p davlatlardan Markaziy va Janubiy 


34
Amerika davlatlariga pul o‗tkazmalari jami 58,5 milliard AQSH 
dollaridan ko‗proqni tashkil etdi, bu esa o‗tgan yil bilan 
solishtirganda iqtisodiy pasayishning ta‘siri tufayli (ayniqsa, bu 
holat sanoati rivojlangan mamlakatlarda ko‗proq sezilgan) 10 
foizga pastroqdir. Misol uchun, 2010-yilda Salvadorning milliy 
daromadida sof pul o‗tkazmalari 15 foizni tashkil etgan. Misrda 
bu ko‗rsatkich 3,5 foizni, Marokashda 7,4 foizni tashkil 
etgan.
20
Sof milliy mahsulot va milliy daromad. 
Sof milliy mahsulot 
(SMM) va milliy daromad (MD) ikkita o‗zaro bog‗liq ko‗rsatkich 
bo‗lib, YAIMning hosilalari hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulot 
o‗zida barcha kapital sarmoyalarni, shu jumladan, ba‘zilari 
yangi ishlab chiqarish quvvatlari hosil qilmaydigan, ammo 
o‗rindosh sifatida foydalanuvchi ishlab chiqarish qobiliyatini 
yo‗qotgan eski kapitallarni ham o‗zida aks ettiradi. Sof milliy 
mahsulot kapital investitsiyalardan sof amortizatsiyaning 
ayirgandagi 
qiymatni 
ifodalaydi. 
Kapital 
almashtirish 
xarajatlari sof milliy mahsulotda hisobga olinmaydi. 2009-yilda 
AQSH yalpi ichki mahsuloti 14,1 trln. AQSH dollari bo‗lgan, sof 
milliy mahsulot esa 12,4 trln. AQSH dollarini tashkil etgan, bu 
AQSH yalpi ichki mahsulotining taxminian 1,7 trln. AQSH 
dollari yangi ishlab chiqarish quvvatlaridan iborat emasligini 
ifodalaydi.
21
Sof milliy mahsulotni o‗rganib borish istiqbolda ishlab 
chiqarish to‗g‗risida ma‘lumot beradi, chunki agar iqtisodiyot 
kapitaldan foydalanishni boshlasa va uning o‗rnini boshqa 
bilan almashtirmasa tovar va xizmatlar ishlab chiqarish asosiy 
kapitalning kamayishiga yoki uning juda past sur‘atlarda 
o‗sishiga bog‗liq bo‗ladi.

20
International Association of Money Transfer Networks (2010). LAC: money transfers 


bring order in chaos. Money Transfers,31, 5.Retrieved November 11, 2011, from
http:/ / www.iamtn.org/files/ Money_Transfers_Monthly_April_2010.pdf; World Bank 
(2011). 
WDI 
Data 
Catalogue. 
Retrieved 
November 
11, 
2011, 
from 
http://data.worldbank.org/data-catalog#Tables. Note: WDI Data Catalogue 
searchable online by country or downloading selected databases. 
21
U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic report of the president: 2011,
220. 


35
Milliy daromad sof milliy mahsulotdan bilvosita soliqlar va 
biznes bo‗yicha transfert to‗lovlarining ayirmasi bo‗lib, 
yaratilgan sof mahsulot qiymatini ifodalaydi. 
Quyidagi jadvalda AQSH iqtisodiyoti bo‗yicha 1960-2009-
yillardagi yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy 
mahsulot va milliy daromad ko‗rsatkichlari keltirilgan. Bunda 
shunga e‘tibor berish kerakki, iqtisodiy masalalar bo‗yicha 
Prezident Kengashi tomonidan 2004-yil boshiga tayyorlangan 
statistik ma‘lumotlarda biznes bo‗yicha transfert to‗lovlari, 
biznesdan bilvosita soliqlar, ularning qiyosiy tahlili, o‗zaro 
farqlari keltirilgan.
2.1-jadval

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish