O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Moliya tizimi
Davlat 
moliyasi
Uy xo‘jaliklari 
moliyasi
Xo‘jalik subyektlari 
moliyasi
Davlat byudjeti 
Davlatning byudjetdan 
tashqari maqsadli 
jamg‗armalari 
Davlat krediti 
Davlat korxonalari
moliyasi 
Tijorat asosida faoliyat 
yurituvchi korxonalar 
moliyasi 
Notijorat faoliyatini amalga 
oshiruvchi muassasa va 
tashkilotlar moliyasi 
Jamoat tashkilotlari 
moliyasi 


26
iqtisodiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‗rsatadi, tarmoq va hududiy 
muammolarni hal qiladi. 
Davlat moliyasining bosh va markaziy bo‗g‗ini davlat 
byudjetidir. Davlat byudjeti – davlatning markazlashgan pul 
fondi bo‗lib, asosan yuridik va jismoniy shaxslarning soliqlari 
va majburiy to‗lovlari evaziga shakllanadi va davlatning turli 
vazifalari va funksiyalarini moliyaviy ta‘minlashga yo‗naltiriladi. 
Davlat byudjeti davlatning qonun kuchiga ega bo‗lgan 
asosiy 
moliyaviy 
rejasi 
hisoblanadi. 
Davlat 
byudjeti 
hokimiyatning qonun chiqaruvchi organi tomonidan qabul 
qilinadi. 
Davlat moliyasining ahamiyat jihatdan muhim bo‗g‗in-
laridan yana biri – 
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli 
jamg‗armalari
bo‗lib, ular jamiyatning ayrim ehtiyojlarini 
mablag‗ bilan ta‘minlash maqsadida davlat tomonidan jalb 
qilingan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish shakli 
hisoblanadi. Bu fondlarning asosiy tayinlanishi maxsus 
maqsadli ajratmalar va boshqa qator manbalar hisobidan 
davlatning aniq maqsadli tadbirlarini moliyalashtirishdan 
iborat. 
Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning turlari, 
maqsadli tayinlanishi, ularga egalik qilish huquqi, amal qilish 
davomiyligi turlicha bo‗lishi mumkin. U yoki bu fondni tuzish 
to‗g‗risida qaror qabul qilishda davlat va jamiyat taraqqiyoti 
oldida turgan vazifalarning ustuvorligi muhim ahamiyatga ega.
Davlat byudjeti tarkibida konsolidatsiyalashgan fondlar 
davlat maqsadli jamg‗armalari deb yuritiladi. Bu fondlarning 
xususiyati shundaki, davlat byudjetida defitsit yuzaga 
kelganda ularning ijobiy qoldig‗i byudjet defitsitini qoplashga 
safarbar etilishi mumkin. Shuningdek, byudjetdan tashqari 
fondlarning joriy faoliyatida kassaviy uzilishlar bo‗lgan hollarda 
davlat byudjetidan byudjet dotatsiyalari berilishi yoki boshqa 
shakldagi moliyaviy yordam ko‗rsatilishi mumkin. 


27
Davlat krediti
– davlat bilan (uning hokimiyat va ijroiya 
organlari timsolida) yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy 
davlatlar, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari o‗rtasidagi 
muddatlilik, 
qaytishlilik 
va 
to‗lovlilik 
asosida 
pul 
mablag‗larining harakati bilan bog‗liq iqtisodiy munosabatlar 
yig‗indisidir. Bu munosabatlarda davlat qarz oluvchi, qarz 
beruvchi (kreditor) yoki olingan (berilgan) qarzlar bo‗yicha 
garant (kafil) sifatida ishtirok etadi. 
Davlat korxonalari moliyasi
davlat moliyasining o‗ziga xos 
bo‗g‗ini bo‗lib, bunda u YAIMning birlamchi taqsimotida 
bevosita ishtirok etadi. Davlat korxonasi ustav kapitalining 
shakllanishida byudjet mablag‗lari, davlat mulkifagi boshqa 
korxonalarning badallari, markazlashgan fondlar hamda 
vazirliklar, mahkamalar, uyushmalar qoshida tuziladigan 
zaxira mablag‗lari asosiy moliyaviy manba bo‗lib xizmat qiladi. 
Mamlakatning moliya tizimida davlat byudjeti markaziy 
o‗rin egallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish 
orqali davlatning qo‗lida katta hajmdagi moliyaviy resurslar 
to‗planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf 
etiladi. Davlat byudjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga 
olgan holda iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor 
yo‗nalishlari uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy 
vosita bo‗lib xizmat qiladi. Ustuvor yo‗nalishlar uchun davlat 
byudjeti yordamida moliyaviy resurslarni jamlash bir necha 
usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda 
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal sur‘atlar bilan 
rivojlanishini ta‘minlash maqsadida byudjet ajratmalarining 
hajmi oshiriladi. Boshqa hollarda esa, o‗sha sektorlardan 
mablag‗larni davlat byudjetiga olishda qulay sharoit yaratiladi. 
Davlat byudjeti iqtisodiyotning alohida tarmoqlarining 
rivojlanishida asosiy manba rolini ham o‗ynashi mumkin. 
Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtisodiyotda 
yangi tarmoq vujudga kelayotgan bo‗lsa, uning paydo bo‗lishini 


28
hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib 
bo‗lmaydi. 
Faoliyat 
ko‗rsatayotgan 
subyektlarning 
moliyaviy 
barqarorligini ta‘minlashda byudjet katta ahamiyat kasb etadi. 
Turli obyektiv va subyektiv omillarning ta‘siri ostida ayrim 
subyektlarning o‗z moliyaviy resurslari ularning sog‗lom 
faoliyat ko‗rsatishi uchun yetarli bo‗lmay qolganda chetdan 
mablag‗ jalb qilishga ehtiyoj tug‗iladi. Bunday sharoitda davlat 
byudjeti tartibga soluvchi manba sifatida maydonga chiqishi 
mumkin. Albatta, bunday hollarning barchasida davlat 
byudjeti mablag‗laridan iqtisodiy subyektlarning o‗z manbalari, 
tarmoq ichidagi resurslar, bank kreditlaridan so‗ng oxirgi 
tartibga soluvchi manba sifatida foydalaniladi. 
Iqtisodiy subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan 
ta‘minlashda davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi 
ko‗rinishda bo‗lishi mumkin: 

moliyaviy resurslarga bo‗lgan yangi talabni kelgusi byudjet 
yilida byudjetning xarajatlari tarkibiga kiritish; 

moliyaviy resurslarga bo‗lgan qo‗shimcha ehtiyojni mavjud 
byudjet resurslarini bir obyektdan ikkinchisiga o‗tkazish yo‗li 
bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda 
ayrim subyektlarning o‗zlariga taqdim etilgan moliyaviy 
resurslarni to‗liq o‗zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi 
bilan izohlanadi; 

qo‗shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari 
hisobidan qoplash va boshqalar. 
Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika 
vositalari bilan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. 
Byudjetdan 
iqtisodiyotga 
qilinayotgan 
xarajatlar 
va 
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng 
avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy 
soha (ta‘lim, sog‗liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy 
ta‘minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga ijtimoiy 


29
nafaqa berish, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud 
organlarini saqlash, fuqarolaming o‗z-o‗zini boshqarish 
organlarini 
moliyalashtirish, 
mamlakatning 
mudofaa 
qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o‗z vaqtida 
bajarilishini ta‘minlashda davlat byudjetining ahamiyati 
beqiyosdir. 
Xulosa qilib aytganda, davlat byudjeti mamlakat moliya 
tizimining 
barcha 
soha 
va 
bo‗g‗inlari 
bilan 
o‗zaro 
munosabatlarga kirishadi. Bu munosabatlar quyidagilarda 
namoyon bo‗ladi: 

davlat byudjeti mablag‗lari hisobidan davlat maqsadli 
jamg‗armalaridagi vaqtinchalik kassaviy uzilishlar mablag‗ 
bilan qoplanishi mumkin, o‗z navbatida, davlat maqsadli 
jamg‗armalarining mablag‗lari davlat byudjetida yuzaga kelgan 
taqchillikni qoplashning noinflyatsion manbasi bo‗lib xizmat 
qiladi; 

davlat krediti orqali davlat o‗z majburiyatlarini bajarish 
uchun ichki va tashqi manbalardan qarz oladi, shuningdek 
mamlakat ichkarisidagi subyektlarga hamda xalqaro moliyaviy 
munosabatlarning ishtirokchilari bo‗lgan subyektlarga qarz 
beradi, byudjetning taqchilligini qoplash manbai sifatida ham 
davlat qarzi maydonga chiqadi, shu munosabatlarda davlat 
byudjeti bilan davlat moliyasining alohida bo‗g‗ini bo‗lgan 
davlat krediti o‗rtasida muayyan moliyaviy munosabatlar sodir 
bo‗ladi; 

mamlakat moliya tizimining alohida sohasi bo‗lgan tijorat 
asosida faoliyat yurituvchi korxonalar moliyasi orqali davlat 
byudjetining daromad manbai bo‗lgan qo‗shilgan qiymat, foyda, 
daromad yaratiladi va ularning qayta taqsimlanishi asosida 
davlat byudjetiga daromad va tushumlar kelib tushadi, o‗z 
navbatida, davlat byudjeti mablag‗laridan bu korxonalar 
resurslarining 
shakllanishida 
ma‘lum 
ko‗lamlarda 
foydalaniladi, buni davlat byudjetining iqtisodiyotga va 


30
markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirishga yo‗naltiril-
gan mablag‗lar harakatida ko‗rish mumkin; 

ma‘lumki, moliya tizimining alohida bo‗g‗ini notijorat 
faoliyatini amalga oshiruvchi muassasa va tashkilotlarda sodir 
bo‗ladigan moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi, ularning 
aksariyati esa turli tarmoq va sohalardagi byudjet tashkilotlari 
maqomida faoliyat yuritadi, ularning joriy faoliyatini, ayrim 
hollarda kapital mablag‗larga bo‗lgan ehtiyojini qondirish 
yuzasidan ular bilan davlat byudjeti o‗rtasida byudjet 
mablag‗larining taqsimlanishi bilan bog‗liq munosabatlar sodir 
bo‗ladi; 

shuningdek, davlat byudjeti bilan uy xo‗jaliklari o‗rtasida 
ijtimoiy transfertlarning ajratilishi, davlat mablag‗lari bilan 
mustahkamlangan imtiyozli kreditlarning berilishi yuzasidan 
muayyan moliyaviy munosabatlar shakllanadi, shu bilan birga 
uy xo‗jaliklari ham soliqlar, majburiy to‗lovlar, zaym 
obligatsiyalar sotib olish kabilar bilan davlat byudjet 
resurslarining shakllanishida ishtirok etadilar. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish