286
daromadlari bo‗yicha 286ransit hisobvaraqlariga joriy yilning
oxirgi ish kuni tugaguniga qadar kiritilgan va yangi boshlangan
yilning uch ish kuni mobaynida Yagona g‗azna hisobvarag‗iga
o‗tkazilgan daromadlar o‗tgan yilning daromadlari hisoblanadi.
Joriy yilning Davlat byudjetidan barcha to‗lovlar moliya
yiliga qo‗shimcha vaqt davri tugaganidan so‗ng yakunlanadi.
Qo‗shimcha vaqt davrida joriy
moliya yili uchun Davlat
byudjetini ijro etish bo‗yicha operatsiyalar amalga oshiriladi,
jumladan:
byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish;
byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilarning
kreditorlik qarzlarini to‗lash;
byudjet tashkilotlari tomonidan iqtisod qilingan mablag‗lar
summalarini
byudjet
tashkilotlarining
rivojlantirish
jamg‗armalariga o‗tkazish va b.
12.5. Byudjet ijrosi to„g„risidagi hisobotni
tayyorlash va uni tasdiqlash
Byudjet ijrosi to‗g‗risidagi hisobotni tayyorlash va uni
tasdiqlash.
O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
yilning har choragida Davlat byudjeti ijrosining O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko‗rib
chiqadi.
Respublika byudjetidan xarajatlari rejalashtirilgan byudjet
tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilar byudjetdan
ajratiladigan mablag‗lardan hisobot davrida foydalanganlik
to‗g‗risidagi hisobotlarni O‗zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga shu vazirlik uchun belgilangan muddatlarda taqdim
etadi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi
byudjetidan hamda
mahalliy byudjetlardan xarajatlari rejalashtirilgan byudjet
tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilar byudjetdan
ajratiladigan mablag‗lardan hisobot davrida foydalanganlik
to‗g‗risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan
muddatlarda taqdim
287
etadi. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
davlat
byudjetining ijrosi to‗g‗risidagi hisobotni, shuningdek, davlat
maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining ijrosi to‗g‗risidagi yillik
hisobotni O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha
taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetining ijrosi to‗g‗risidagi
yillik hisobotni tashqi audit o‗tkazish va baholash uchun
O‗zbekiston Respublikasi
Hisob palatasiga
hisobot yilidan
keyingi yilning 5-apreligacha
yuboradi. Hisob palatasi yillik
hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning
10-
mayidan kechiktirmay
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining ijrosi to‗g‗risidagi
yillik hisobotni O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasining
xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning
15-mayidan
kechiktirmay
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
12.11-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: