O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

2.3. Qurilish
-
montaj ishlarini bajarishni loyihalash 
Bino va inshootlarni muvaffaqiyatli qurish uchun qurilishni tashkil etish va 
ishlarni bajarish bo‘yicha qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL), ishlarni bajarish 
loyihasi (IBL) va texnologik xaritalar (TK) ko‘rinishida loyiha materiallari ishlab 
chiqilib, ularda qurilish ishlarini bajarishni tashkil etish va texnologiyasining 


46 
asosiy masalalari bo‘yicha qarorlar (echimlar) keltiriladi. 
Asosiy loyiha tashkiloti loyihani ishlashning boshlang‘ich bosqichida QTEL ni 
ishlab chiqadi. QTEL qurilishning qiymatini, uning davomiyligini asoslash bo‘yicha 
birlamchi hujjat hisoblanib, qurilish texnologiyasi va qurilishni tashkil etish bo‘yicha 
tavsiyalar beradi. 
Ishlarni bajarish loyihasi (IBL) QTEL da taklif etilgan asosiy yechimlar 
(qarorlar)ni yanada mufassal ishlab chiquvchi hujjat hisoblanadi. Ishlarni bajarish 
loyihasi qurilish-montaj ishlarini qiymati va mehnat sarfini pasaytirishga, qurilish 
davomiyligini qisqartirishga, qurilish-montaj ishlari sifatini yaxshilashga imkon 
beruvchi qurilish-montaj ishlarini bajarishning eng samarali metodlarini belgilab 
beradi. Qurilish ishlarini ishlarni bajarish loyihasisiz amalga oshirish ta’qiqlanadi. 
IBL qurilishni amalga oshiruvchi qurilish-montaj tashkiloti yoki ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi. 
IBL ishlarni bajarishning ilg‘or metodlarini nazarda tutadi va qurilish 
ishlarini bajarishni tezkor rejalashtirish, nazorat qilish va hisobga olish uchun 
dastlabki material bo‘lib xizmat qiladi. 
Ishlarni bajarish loyihasi
tarkibiga quyidagilar kiradi: 

ayrim ijrochilar tomonidan bajariladigan ishlar va ularni 
bajarish muddatlarini o‘zaro bog‘lagan ishlarni olib borishning 
kalendar 
(taqvim) rejasi


qurilayotgan ob’ekt, maishiy xonalar, omborlar, mexanizmlar
vaqtincha yo‘llar, vaqtincha va doimiy vodoprovod, kanalizatsiya 
tarmoqlari va hokazolar chizilgan 
qurilishning bosh rejasi


ishchi kadrlar, mexanizmlar, qurilish materiallari va 
konstruktsiyalariga har 
kunlik ehtiyoj grafiklari


IBL loyihasi tarkibidagi murakkab va yangi texnologiya 
bo‘yicha o‘zlashtiriladigan ishlar(jarayonlar)ga 
texnologik xaritalar 
ishlab chiqiladi. Xaritada ishlarni bajarishning qabul qilingan usullari
qamrovlarga bo‘linishlar, mexanizmlarning joylashtirilishi va transport 
xarakati yo‘nalishlari, jarayonlar ketma-ketligi hamda davomiyligi, 


47 
xaritaga kiritilgan jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
mehnat va moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlar ko‘rsatiladi. 
Qurilishda texnologik xaritalarning uch turidan foydalaniladi: 1) 
qurilayotgan ob’ektga va mahalliy sharoitlarga bog‘lanmagan tipovoy (namunaviy) 
xaritalar; 2) tiklanayotgan bino yoki inshootga bog‘langan, lekin mahalliy 
sharoitlarga bog‘lanmagan tipovoy (namunaviy) xaritalar; 3) qurilayotgan ob’ektga 
va qurilish joyidagi mahalliy sharoitlarga bog‘langan xaritalar. 
Texnologik xaritalar yagona sxema bo‘yicha ishlab chiqiladi, ularda qurilish 
jarayonining texnologiyasi va tashkil etilishiga oid masalalar aks ettirilmog‘i, 
materiallar va yarimfabrikatlar, konstruktsiyalar hamda asboblarga bo‘lgan 
ehtiyojlar ko‘rsatilishi lozim. Shuningdek, texnologik xaritalarda texnologik 
sxemalar, mehnat sarflari kalkulyatsiyasi, sifatga qo‘yiladigan talablar, ishlarning 
sifatini operatsiyalar bajarilishi bo‘yicha nazorat qilish, texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar beriladi. 
Texnologik xarita tarkibi: 
● qo‘llanish sohasi – qurilish jarayonini bajarish sharoitlari (shu 
jumladan iqlim sharoitlari); konstruktiv elementlar, bino va inshoot 
qismlarining tavsiflari (xarakteristikalari); ko‘rib chiqilayotgan qurilish 
jarayonining tarkibi, zarur bo‘lgan moddiy (material) elementlar 
nomenklaturasi; 
● moddiy-texnik resurslar – ko‘zda tutilgan ishlar hajmlariga mos 
keladigan materiallar, yarimfabrikatlar va konstruktsiyalar, asboblar-
uskunalar va moslamalarga bo‘lgan ehtiyojlar to‘g‘risida ma’lumotlar; 
● mehnat sarflari kalkulyatsiyasi – ishlar hajmi ko‘rsatilib 
bajarilishi lozim bo‘lgan operatsiyalar va jarayonlar ro‘yxati; ishchi va 
mashina vaqti me’yor (norma)lari va narxlari; ishchilarning me’yoriy 
(normativ) mehnat sarflari (xarajatlari) (kishi yoki odam - soat) va ish 
haqi (so‘m); 
● ishlarni bajarishning soatbay yoki smenali grafigi – mehnat 
sarflari va mashinalarning ishlash vaqti kalkulyatsiyasi asosidagi 


48 
operatsiyalar va jarayonlar ketma-ketligi va davomiyligining grafik 
ifodasi. Grafikning jadval qismini hisoblashda mehnat unumdorligini 
oshirish evaziga me’yorlar (normalar)ni oshirib bajarish imkoniyatlarini 
hisobga olish zarur; 
● ishlarni bajarish texnologiyasi va tashkil etish – oldin bajarilgan 
jarayonlar yoki tayyorgalik jarayonlarining tugallanganligiga qo‘yiladigan 
talablar; 
foydalaniladigan 
mashinalar, 
konstruktsiyalar 
va 
mexanizmlarning tarkibi ularning texnik tavsiflari, turlari, markalari va 
soni; operatsiyalar va oddiy jarayonlarning ro‘yxati hamda ularni bajarish 
texnologik ketma-ketligi; pirovard mahsulotni olish uchun operatsiyalar 
va oddiy jarayonlarni bajarish sxemalari; mexanizmlar, mashinalarning 
joylashish va moslamalarni joylashtirish sxemalari; ishchilar zvenolari 
yoki brigadalarining tarkibi; materiallar va konstruktsiyalarni omborga 
joylashtirish sxemalari; 
● ishlar sifatini operatsion nazorat qilish ― nazorat qilinishi lozim 
bo‘lgan operatsiyalar yoki jarayonlar ro‘yxati; nazorat qilishning turlari va 
usullari; foydalaniladigan asboblar va konstruktsiyalar; bajariladigan 
jarayonlar sifatini nazorat qilish va baholashni amalga oshirish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar; 
● mehnat muhofazasi – jarayonlarni xavfsiz bajarish tadbirlari va 
qoidalari, shu jumladan kurilayotgan ob’ekt yoki ish turlari uchun aniq 
talablar; 
●texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar – ishchilarning mehnat sarflari 
(kishi-soat); mashinalarning ishlash vaqti sarflari (mash-soat); 
ishchilarning ish haqi (so‘m); ishlarni amalga oshirish grafigiga muvofiq 
jarayonni bajarish davomiyligi (smenalar); bir smenada bir ishchi ishlab 
chiqaradigan maxsulot natural o‘lchamlarda; mexanizatsiyalashtirish 
xarajatlari va boshqalar. 
Qurilish jarayonlarining tashkiliy-texnologik strukturasi (tuzilishi)ni grafik 
tarzda ifodalovchi muhim hujjat ob’ekt qurilishiing taqvim (kalendar) grafigi 


49 
(qurilish jarayonlari yig‘indisining o‘zaro bog‘likligini vaqtda ifodalash uchun) 
yoki taqvim (kalendar) rejasi (yirik ishlar majmualarining o‘zaro aloqasini 
ifodalash uchun). 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish