Balans qiymati usuli va tuzatilgan balans qiymati usuli . Ko‗chmas mulk (korxona)ning qiymati u o‗tmishda qanday salohiyat
to‗plaganiga bog‗liq. Bu salohiyatning eng muhim tavsifi uning aktivlari
qiymatidir. Aktivlarni baholash negizida balans (yoki kitobiy) qiymat
usuli yotadi. Xalqaro buxgalteriya hisobi tamoyillariga muvofiq,
korxonaning balans qiymati korxonaning yemirilish natijasida olib
tashlangan aktivlari bilan uning majburiyatlari orasidagi farqdan iborat.
O„rindoshlik usuli. Aktivlarning joriy qiymatini baholash negizida o‗rindoshlik va
tugatish qiymatlari usullari yotadi. O‗rindoshlik usuli quyidagi savolga
javob olish imkonini beradi: shunday biznesni hozir boshlash va bozorda
o‗xshash mavqega erishish uchun qancha mablag‗ zarur? Mazkur usul
baholanadigan mulkning funksional, iqtisodiy va jismoniy yemirilishi
uchun qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda uning o‗rindoshlik
qiymatini belgilash orqali korxona mulkining iqtisodiy qiymatini