O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Uzatuvchi qurilmalar 
(neft va gaz quvurlari, elektr o‗tkazgich 
tarmoqlari)dan sanoat va aholi uchun xizmat qiladigan yoqilgʻi-
energetika majmualari texnologik inshootlari sifatida keng foydalaniladi. 
Jamoat va ishlab chiqarish binolari, shahar qurilishi va texnologik 
inshootlar loyihaviy yechimlari va turlariga qarab farqlanadi. Ularning 
ko‗pchiligi noyob tur bo‗lib hisoblanadi. 
Sanoat majmualari o‗zining yuqori darajali tashkiliy va texnik 
qiyinchiliklari bilan ajralib turadi. Ularda ishlatiladigan ko‗chmas mulk 
obyektlari ishlab chiqarish sikli va texnologik jarayonning qatʼiy 
talablariga bo‗ysunadi. Bu obyektlarga yuqori energiya quvvatlilik va 
sezilarli materialsig‗imlilik xosdir. Yer osti va usti shahar qurilishi 
inshootlari, 
ishlab 
chiqarish 
binolari, 
yoqilg‗i-energetika va 
mashinasozlik 
majmualari, 
madaniyat 
uylari, 
teatrlar, 
sirklar, 
planetariylar, hayvonot bog‗lari, botanika bog‗lari va h.k.lar ko‗p 
mablag‗ talabligi bilan ajralib turadi. Yuqori energiya talab qiluvchi 
texnologik inshootlar, qora va rangli metall ishlab chiqarish, shaharni 
suv, issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlovchi inshootlarga xosdir. 
Ko„p yillik daraxtlar. 
Ularga (yoshidan qatʼiy nazar) mevali, 
texnik, himoyalovchi, manzarali, dekorativ va ko‗kalamzorlashtiruvchi 
daraxtlarning barcha turlari; botanika bog‗lari, hamda boshqa ilmiy-
tekshirish va o‗quv yurtlarining sun‘iy daraxtlari kiradi. Mazkur bo‗lim 


217 
tasniflanishining obyektlari deb, har bir park, bog‗, ko‗cha, xiyobon, 
hovli, korxona hududlaridagi yashil ekinlar hisoblanadi. 
Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari 
ro‗yxati, bu 
obyektning nomoddiy aktivlarga tegishliligini aniqlovchi ko‗rsatkich 
bo‗lib hisoblanadi, hamda nomoddiy aktivlar haqida ma‘lumot to‗plash 
qoidalari O‗zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti 
№7-son ―Nomoddiy aktivlar‖
1
orqali aniqlab berilgan. 
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (83-modda)da 
belgilab berilishicha, qo‗zg‗almas mulkka yer uchastkalari, yer osti 
boyliklari, chegaralangan suv obyektlari va yer bilan bog‗liq barcha 
narsalar, ko‗chirib bo‗lmas obyektlar, ya‘ni o‗rmonlar, ko‗p yillik 
ekinlar, binolar, inshootlar kiradi. Ko‗chmas mulkka mulkiy majmua 
sifatida korxonalar ham kiradi. 
Shunday qilib, ko‗chmas mulk obyektlarining asosiy belgisi bu ularning 
yer bilan uzviy bog‗liqligi bo‗lib hisoblanadi va bu o‗z-o‗zidan uning yuqori 
qiymatga ega bo‗lishliligini nazarda tutadi (bunda yer uchastkasining o‗zi ham 
alohida ko‗chmas mulk obyekti sifatida qaraladi). Yer uchastkasiga bog‗liq 
bo‗lmagan ko‗chmas mulk obyektlari vaqt oralig‗ida doimo o‗z odatiy 
qo‗llanishini yo‗qotadilar va narxlarida ham pasayish kuzatiladi. 
Maxsus joylarda o‗stirilgan daraxtlar, buzilishi muqarrar bo‗lgan 
(vaqtinchalik) binolar ko‗chmas mulk obyekti bo‗lib hisoblanmaydi. 
Kelib chiqishiga ko‗ra ko‗chmas mulk obyektlari quyidagi turlarga 
bo‗linadi: 

insonning ishtirokisiz tabiat tomonidan yaratilgan ko‗chmas mulk 
obyektlari; 

inson mehnati natijasida yaratilgan ko‗chmas mulk obyektlari; 

inson mehnati bilan yaratilgan, lekin tabiat bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, 
usiz faoliyat ko‗rsata olmaydigan ko‗chmas mulk obyektlari. 
Yer uchastkasi bilan uzviy bog‗liqligi yo‗q bo‗lsada, uni bu yer 
uchastkasidan ajratish ancha qiyin bo‗lgan ko‗chmas mulk obyektlari masalasi 
to‗liq yechimini topmagan. Bu o‗rinda, xususan, og‗irligi bir necha tonna 
bo‗lgan haykallar yoki yer yuzasiga bloklar orqali o‗rnatilgan binolar ko‗zda 

BHMS N7 «Nomoddiy aktivlar» Oʻzbеkiston Rеspublkasi Moliya vazirining 2005-yil 25-martdagi 1485-sonli 
Buyrugʻiga asosan tasdiqlangan, 2005-yil 27-iyunda Adliya Vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.
 


218 
tutiladi. 
Baʼzi bir qo‗zg‗almas mulk turlari yuridik jihatdan harakatdagi mulkka 
aylanishi mumkin. Masalan, o‗rmonlar va ko‗p yillik ekinlar qo‗zg‗almas 
mulkka mansub bo‗lsada, ulardan tayyorlangan taxtalar esa harakatdagi 
mulkka kiradi. 
Bino va inshootlarda joylashgan jihozlar (isitish, suv, kanalizatsiya, 
elektr uskunalari, liftlar, panjaralar, ikkinchi metall eshiklar va h.k.) yer bilan 
bog‗liq bo‗lmagan obyektlarga kiradi. Lekin bular ko‗chmas mulk 
obyektining ajralmas qismi bo‗lib qolganligi sababli, bu obyekt bo‗yicha bitim 
tuzilganda, uning tarkibiga kiruvchi barcha jihozlar aniq sanab o‗tilishi kerak. 
Qonun tomonidan mulkiy majmua sifatida korxonaning tarkibiga 
kiruvchi unsurlarning aniq ro‗yxati ko‗rsatilmagan. 
Xo‗jalik faoliyati amaliyotida mulkiy majmua bir kishiga tegishli 
ko‗chmas mulk obyektlarining to‗plami sifatida qaralishi kerak. Bunda ular 
yer uchastkasi, bir-biri bilan bog‗liq binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, 
xo‗jalik faoliyati uchun mo‗ljallangan texnologik jihozlarni o‗z ichiga oladi. 
Ishlab chiqarish omili sifatida mulkiy majmua tarkibiga ishlab chiqarish 
faoliyati uchun zarur bo‗lgan mulk va korxonaga tegishli moddiy mulklar 
kiradi. Yer uchastkalari, binolar, inshootlardan tashqari – mashinalar va 
jihozlar, uzatuvchi moslamalar, transport, xo‗jalik buyumlari, xom-ashyo, 
ishlab chiqarilgan tovarlar, ishlab chiqarish jarayoni natijasida olingan foyda 
(daromad), talab huquqi, qarz huquqi, hamda korxonaga tegishli intellektual 
mulk kiradi. 
Xo‗jalik faoliyatini amalga oshirayotgan vaqtda, mulkiy majmua 
qanday ko‗rsatkichlarga ko‗ra korxona tomonidan tan olinishi yoki 
olinmasligini bilish muhimdir. Nisbatan katta bo‗lmagan amaliyot hali bu 
savolga javob bera olmaydi. Shunday bo‗lsada, bir yuridik adabiyotda aytilgan 
fikr qiziqish uyg‗otadi: agar chetlashtirilgan mulkiy majmua tadbirkorlik 
faoliyatini yuritish uchun yaroqli bo‗lsa, ya‘ni texnologik yaxlitlikni, yopiq 
ishlab chiqarish siklini tashkil qilsa, uni korxona deb hisoblab, savdosini 
O‗zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksining 2-bo‗limda (Mulk huquqi 
va boshqa ashyoviy huquqlar) berilgan me‘yorlar bilan yuritilishi lozim.
1

Oʻzbеkiston Rеspublkasi Fuqarolik Kodeksi. 13-19 boblar. 
 


219 
Bu xossalarga ega bo‗lmagan barcha boshqa buyumlar majmui 
yuqoridagi bitim predmetini tashkil qila olmaydi. Bundan kelib chiqadiki, 
mulk majmui korxona (Oʻzbеkiston Rеspublkasi Fuqarolik Kodeksi. 13-19 
boblar) vositalari sifatida tan olinishi uchun uning tadbirkorlik faoliyati 
subyektining mustaqil tovar ishlab chiqarishi, xizmat ko‗rsatishi va shu orqali 
doimiy daromadga ega bo‗lishini taʼminlovchi unsurlariga ega bo‗lishi kerak. 
Bunda unsurlar to‗plami korxonaning faoliyat turi, moliyaviy-iqtisodiy, 
hududiy va uning faoliyat ko‗rsatishini taʼminlovchi boshqa shartlariga bog‗liq 
bo‗ladi. 
Tadbirkorlik faoliyatini olib borishga mo‗ljallangan ko‗chmas mulk 
obyekti ko‗rinishidagi korxonaga ma‘lum turdagi mahsulotni ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan uskunalar to‗plami sifatida qarab bo‗lmaydi: 
bunday to‗plamni korxonaga aylantirish uchun uning asosida ishlab chiqarish 
jarayonini tashkil etish lozim bo‗ladi. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish