O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet65/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Urushdan keyingi ichki siyosat.

Ko‘ppartiyaviylik tizimiga o‘tish

Urushdan keyin ilk bor nafaqat tashqi siyosatda, balki Turkiyaning ichki siyosatida ham o‘zgarishlar kuzatildi. Sovuq urush davrida sotsial iqtisodiy tizimni yangilash masalasi ko‘tarildi. Bundan tashqari, diktaturadan ko‘ppartiyalilikka, avtoritar tizimdan sekin-asta yevropalashishga o‘tib borildi. Turkiya o‘zining respublikachilik davri tarixiga kirib bordi.

SSSR bilan aloqalarning keskinlashuvi barcha antikomunistik tuzilmalarda erkinlik sharoitini yaratdi. 1946-yil milliylik va panturkistlik xarakteriga ega turk madaniyati jamiyati paydo bo‘ldi. U turk madaniyatini chet el g‘oyalarining tashqi va ichki ta’siriga qarshi ilhomlantirardi. 1950-yil N.Otsiz panturkistga shunday ta’rif beradi: “Bu turk millatining oliyligiga ishongan, o‘zining milliy o‘tmishini qadrlaydigan, ayniqsa, Moskvadek azaliy dushman bilan jangda, turk millatining birligi uchun o‘zini qurbon qilishga tayyor bo‘lgan turkdir”.

1943-yilgi Respublika xalq partiyasining 6-qurultoyida I.Inonu shunday degan edi: “Bizning yagona yetishmovchiligimiz bu muxolifat partiyasining yo‘qligidir”. 1946-yil may oyida qurultoyda davlat partiyalari haqidagi barcha qonunlar qabul qilindi. Endi “doimiy rais”, “yetakchi”, va boshqalar shuningdek, olti yulduz ham konstitutsiyadan olib tashlandi, bir bosqichli saylovlar tizimi ishlab chiqildi. Demokratiya tushunchasiga talab oshib bordi. 1930-yilda yopilgan Liberal partiyaning yopilishi ham noto‘g‘ri deb tan olindi.

O‘zgarishlar rasmiy mafkuraga ham, millatning diniy hayotiga ham ta’sir qildi. Turk mualliflari, masalan, I.Tarxonli bu borada shunday yozadi: “1940-yil oxirida katta siyosiy ta’sirga aylangan diniy potensialning uyg‘onishi kuzatildi. Hatto Otaturkning JXP ham o‘zining diniy va dunyoviy konsepsiyalarini yangilash va ancha yumshoq siyosat yuritishga majbur bo‘ldi". 1946-yil dekabrdagi majlisda diniy ta’limni kengaytirish masalasi ko‘rildi. Ba’zi deputatlarning (Tanriover kabi) bu ish komunizimga nisbatan katta qarshi kuchni shakllantirishiga ishonchi komil edi. Ma’lumot uchun shuni qayd etish kerakki, bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra komunizmni shariat bilan almashtirish kasal odamni zahardan xalos qilish uchun boshqa xuddi shunday dahshatli zahar berish bilan barobar.

1947-yil noyabrda JXPning navbatdagi yig‘inida yetatizm va dinni liberallashtirish haqida bir qarorga kelindi. O‘sha yili ilk bor davlat tomonidan haj uchun mablag‘lar ajratildi. 1949-yil 4-5-sinf darslariga fakultativ dars qilib islomshunoslik kiritildi, Anqara universitetida esa diniy xodimlarni tayyorlash maqsadida dinshunoslik fakulteti ochildi. Avvaliga 1949-yil diniy qo‘mita Anqara va Istanbulda o‘n o‘rinlik imom xatiblar tayyorlash kursini ochdi, keyinroq bu fakultet barcha markaz shaharlarda faoliyat yurita boshladi. Siyosiy islom doirasida cheklovlar borgan sari aniqlashib bordi. O‘ziga yarasha qattiq kuchga ega bo‘lgan jinoyat kodeksining 163-moddasi bir necha bor nashr qilindi, u islomni har qanday taqdirda ham siyosiy maqsadlar yo‘lida foydalanishni taqiqlardi. Ko‘pchilik deputatlar bu moddaga qarshi chiqib uni "islomga qarshi tajovuz, xudosizlarni himoya qilish komunistik ruhni targ‘ib qilish" deya da’vo qilishdi.

JXP 1941-yil urush davrida armiyaning urushda ishtirok etish xavfini sezib harbiy ruhoniylar institutiga ruxsat bergandi. 1945-yilda ruhoniylarga yana bir qancha yengilliklar berildi. JXPning ba’zi a’zolari esa diniy islohotlar o‘tkazishni taklif qilishdi. Lekin majlis konservatorlaning hech qanday taklifini qabul qilmadi. Shundan so‘ng ular bilan murosa yo‘li tanlandi. 1950-yil birinchi marta maqbara va boshqa turli diniy ziyoratgohlarga borishni taqiqlovchi birinchi bandga, maqbaralarni ziyorat qilish (san’at asarlari hisoblangan buyuk turklar maqbarasi) mumkunligi haqidagi band bilan qamrab qo‘yildi. Maktab darslariga diniy ta’limni kiritish, imom-xatiblar tayyorlash kurslarini ochish, haj uchun mablag‘ ajratish, JXP hukumat tepasida turganida islomchilarga yaqin bo‘lgan tarixchi professor Sh. Gyunaltay vazir qilib tayinlangandan so‘ng yuz berdi. Islom jurnali "Sebil-ul reshat" shunday yozgan edi: “Ertami kechmi millatning diniga bo‘lgan tazyiqlar to‘xtatiladi, xalq sizlarning harakatlaringizni unutmaydi".

1950-yilgi saylovlardan avval JXP islomga qarshilik qilish harakatlarini yana yangiladi. Bu paytda siyosatda islomning qo‘llanilishi ikki partiya tomonidan amalga oshirilardi.

1945-yil kommunizm tahdidi va SSSR bilan aloqalarning yomonlashishi tufayli islom birinchi qatorga chiqib oldi. Islomiy partiyalarning butun boshli ro‘yxati paydo bo‘ldi. 1923-yildan so‘ng birinchi marta islom siyosiy hayotda ahamiyat kasb eta boshladi. Lekin shuni aytib o‘tish lozimki, bu partiyalar mustaqil islom konsepsiyalarini ko‘rsatmas, jamiyatda ham jiddiy diniy harakatlar ko‘zga tashlanmasdi.

1949-yil Turkiya davlat teatrning tashkil qilingandan so‘ng xalq Yevropaning klassik musiqasi operasi va dramaturgiyasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Teatr avvaliga opera, drama, baletni o‘z ichiga olgan edi. Avvaliga teatr o‘z binosiga ega emasdi, tadbirlar Anqaradagi xalq uyi sahnasida qo‘yilardi. 1949-1953-yillarda teatr bor yo‘g‘i 53 ta taqdimot qildi. Teatr uchun asosiy bino Otaturk ko‘chasidan ajratildi. Bungacha sahna bo‘lgan zal ta’mirlanib teatr uchun jihozlandi. Bu zalda hozirda ham spektakllar o‘ynaladi. Anqara teatri repertuarida Yevropa opera va balet klassikalari, Chaykovskiy, Glazunov asarlari paydo bo‘ldi. Zamonaviy turk va chet el kompozitorlarining operalari ham ijro etila boshlandi.

1933-yilda Anqarada simfonik orkestr ham ochildi, lekin uning birinchi chiqishlari qisqa bo‘lardi. 1953-yil Anqarada filarmoniyaning tashkil etilishi arkestr rivojiga biroz to‘siq bo‘ldi. Natijada Anqara filarmoniyasiga ham bino berildi. Simfonik orkestr repertuarida Bax, Mosart, Betxoven, Chaykovskiy, Rimskiy-Karsakov, Musorgskiy, Rahmaninov, Debyussi, Ravel, Stravinsk va zamonaviy ijodkorlardan Saygun asarlari bor edi. Shunga qaramay, orkestr konsertlari Turkiyaning madaniy hayotida katta voqea bo‘la olmadi.

Turkiyada drama teatrining paydo bo‘lishi 1949-yil ochilgan davlat teatri bilan uzviy bog‘liq edi. Davlat teatrning Otaturk bulvaridagi birinchi sahnasi "katta teatr" ochildi, ko‘p o‘tmay ikkinchi sahna "kichik teatr" ham ochildi. 1956-yildan bo‘shab uchunchi teatr ham ishga tushdi, o‘sha yili "kamer teatri" ham ishlay boshladi. 1960-yil "yangi sahna" nomini olgan davlat teatri, 1958-yil poytaxt markazida ochildi. Davlat teatrlari repertuarlarida jahon klassiklarining asarlari ham bor edi. Anqara drama teatrining asosiy repertuarini rus yozuvchilaridan Tolstoy, Gorkiy, Chexov va boshqalarning asarlari egalladi, zamonaviy mualliflarning asarlari ham o‘z o‘rnida ijro etila boshlandi.

Urushdan so‘ng hokimiyat tezda iqtisodiy rivojlanish rejasini tuzishga kirishdi. 1946- 1947-yillarda tuzilgan rejalar qaysidir jihati bilan 1939-1943-yillar uchun tuzulgan va urush tufayli amalga oshmay qolgan rejaning davomiga o‘xshardi. 1947-yilgi reja mualliflarining mahalla bitimiga binoan moddiy yordamga bog‘lashga urunishlari besamar bo‘ldi.

Bu yillarda nashr etilgan rasmiy maqolalarning birida shunday deyilgan edi: "Industrlashtirish g‘oyasidan voz kechishga to‘g‘ri keldi". Gap endi urushning davlat iqtisodiga bo‘lgan yomon ta’sirini kamaytirishda edi. Shu maqolaning o‘zida aytiladiki" 1946-yillardan so‘ng davlat hisobiga qurilgan ishlab chiqarish obyektlarini xususiylashtirishga berish haqida gap boshlandi, lekin bu hech qayerda amalga oshmadi".

O‘sha yillarda mamlakatga keng ko‘lamda amerikaning harbiy yodami, amerika jihozlari va mahsulotlari kirib kela boshladi. Strategik yo‘llarning qurilishi, portlar, aeroportlar, harbiy bazalar, ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, amerikaliklar uchun turar joylar qurilishi tezlashib ketdi.

Haqiqatdan ham 1940-yildan 1950-yillargacha boshqaruvchi hukumat bir partiyali tizimdan voz kechgan, hokimyatga demokratik partiya kelganidan so‘ng xususiylashtirish haqidagi bayonotlar, davlat sektorining bir tomonlama yo‘nalishidan voz kechish va xususiy sektorning ham iqtisodiy rivojlanishda qatnasha olishi haqidagi so‘zlar davlat miqyosida yangray boshladi. Bu davrga kelib xususiy sektor o‘z kapitallarini trikotaj va quruvchi pudratchilik sohasiga kiritishga va birinchi xususiy bankni ochishga ulgurgan edi. Turkiya NATOga qo‘shilgach “Marshall rejasi” va Trumen doktrinalarini qabul qilgach tizim butunlay o‘zgarib ketdi.

G‘arb olamining Turkiyani o‘z ittifoqdoshi hamda hamkori deb tan olishi, turk hukumatini etatizm vaqti o‘tib ketganini esdan chiqarmaslikka va butun jahon xususiy tadbirkorligiga o‘tishga hamda turk bozorini tashqi xususiy investitsiyalarga ochishga undardi. GEOning asosiy tanqidiy nuqtasi shu ediki, u zararga ishlardi. Bu zarar esa davlat budjetidan to‘ldirilardi.

GEO tarafdarlarining ta’kidlashicha, Turkiyada davlat sektori milliy iqtisodiyotning “doimiy” himoyasini, jamiyatdagi sotsial balansning optimallashtirilishini, kam ta’minlagan qatlam yoki kelajagi bor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, fan-ta’lim, madaniyatni ta’minlar edi.

Urushdan so‘ng birinchi marta kelayotgan tashqi yordam bilan birgalikda tashqi savdo nazorati ancha yengillashdi. Shuningdek, kliring operatsiyalarining ham ko‘lami qisqardi. G‘arb bilan tashqi savdo, moliyaviy operatsiyalarning kengayishi, tashqi yordamga bo‘lgan talabning o‘sishi turk hukumatining tashqi savdoni borgan sari liberallashtirishiga majbur qildi.

1950-yil martda NRP o‘z boshqaruvining so‘nggi oylarida 1945-yil qabul qilingan yer islohatlari haqida qabul qilingan va baribir oxiriga yetmagan qonunga o‘zgartirishlar kiritishdi. Uning eng asosiy qismi 17-moddasi bo‘lib yersizlarga, kam yerli ijarichilarga, chorikorlar va doimiy ishchi dehqonlarga qancha yerni qayta ishlay olsa, shuncha yer berish masalasini ko‘rib chiqardi. Yangilangan qonunning asoslangan yeri shunda ediki, xususiy mulk daxlsiz deb qaralardi. Katta yer egalariga xavotir solgan, nafaqat davlat balki, pomeshshiklarning yerlarini ham islohatga tortadigan 17-modda bekor qilindi. Aslida 1945-yilda qabul qilingan hujjatdan farqli o‘laroq 1950-yilgi hujjatga ko‘ra hatto tub islohatlar ham katta yer egalariga ta’sir qila olmasdi.

Ko‘ppartiyalilik prinsipi mamlakatdagi o‘zgarishlardan dalolat berardi. 1945-yil Kengash tomonidan BMTning ustavini qabul qilgach, avtoritar tizimdagi bir partiyalilik hokimiyati bo‘yicha munozaralar avj oldi. Bu munozaralar Turkiyaga urushdan keyingi eng katta siyosiy mojarolarga sabab bo‘ldi. Otaturk vaqtidagi so‘ngi bosh vazir Bayar, deputat Adnan Menderes va JXPning ikki a’zosining so‘zlariga qaraganda boshqaruvchi hukumatda Turkiya qonunchiligiga o‘zgartirish kiritish talabi ortdi. Takliflar rad etilgach 4 kishi JXPdan chiqib ketdi. Lekin baribir hukumat harbiylar ustidan nazoratni kamaytirish va siyosiy holatni demokratlashtirishga majbur bo‘ldi. 1946-yil Bayar va Menderes rahbarligidagi Demokratik partiya rasman siyosiy partiya sifatida ro‘yxatdan o‘tdi va tez orada hukumat tepasida turgan JXPga bo‘lgan muxolifatning asosiy markaziga aylandi. 1946-yil TBMMga bo‘lgan saylovlarda JXP 465 o‘rindan 396 tasini qo‘lga kiritdi, Demokratik partiya esa 61 ta o‘rinni oldi, mustaqil deputatlar esa 7ta o‘rin olishdi. DP kengashdan 61 joyga erishib o‘z targ‘ibot va talablari uchun xalq tribunasini qo‘lga kiritishdi. DP JXPga qarshi asosiy raqibga aylandi.

1950-yildagi xalq saylovlarida o‘rtacha 88% saylovchlar qatnashdi (8.5 mln atrofida) va ko‘pchilik DPni tanladi. Unga TBMMdan 408 o‘rin tegdi. JXP 69 ta o‘rin oldi. Shu tariqa respublika tuzilgandan beri bayroqni qo‘ldan bermay kelgan hokimiyatga chek qo‘yildi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat DP partiyasi rahbarlari qo‘liga o‘tgach, kamolchilikning avtoritar partiyalilik davriga yakun yasaldi.




Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish