O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet63/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Millatchilik va jahon urushi

Urush yillarida panturkistlik mafkurasi ta’sirining kuchayishi nafaqat turk elitasining ko‘p millatli SSSRga nisbatan tashqi siyosiy rejalarida o‘z aksini topdi, balki bu hukumatning ichki ishlarida irqchilikning yangilangan tamoyili va o‘zining turk ko‘rinishiga Nixal Otsiz (1905- 1975 y.) tomonidan keltirilgan va ko‘p hollarda panturonchilik deb ataluvchi yoshturklar g‘oyalariga murojaat qilgan holda namoyon bo‘ldi. Uning asarlari boshqa panturonchilar ishlari bilan bir qatorda 1930-1940-yillarning ikkinchi yarmida tegishli ro‘znoma va kitoblarda yetarlicha keng tarqaldi.

Bir qancha g‘arb mualliflari, masalan, Poulton Prezident Inenyu davrida davlat mafkura sohasida vaziyat yomonlashganiga ishonch bildirishadi. Ular hech shak shubhasiz Inenyuni (unga ma’naviy yaqin bo‘lgan marshal Fevzi Chaqmoqni ham) “xorijliklardan nafratlanuvchi o‘ta ketgan millatchi” deb atashadi. Kamolchilarning barcha jamoat joylarida ko‘zga tashlanib turuvchi “Turk bo‘lish qanday baxt” hikmati bilan shahar maktablari va butun mamlakat bo‘ylab armiya yotoqxonalari bezatilgan edi. Bunday sharoitlarda kurd asilligiga hech qanday joy qolmagan edi. Ular Kamolchilar davlatida “tog‘li turklar” bo‘lmog‘i shart edi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida panislomchilik hali bunchalik keng pinhona panturonchilik va panturkchilik ega bo‘lmagan, qo‘llab-quvvatlovga umid ham qila olmas edi. Bunga XX asrning oxiridagi o‘nyillikdagi nufuzli diniy yo‘lboshchi N.Erboqonning yosh yillari bo‘yicha baho berish mumkin. Uning hayoti hikoyalarini yozuvchi muallif shunday yozadi: Erboqon Texnika universitetida 3-bosqichda o‘qib yurgan paytida (1944y) “Rexa Og‘uz, Nixol Otsiz, Fetxi Tevelo‘g‘li kabi faolchilar boshchiligida unversitetlarda irqchi-turonchilar harakati boshlandi”. 1945-yilning 4-dekabridagi Tan sotsiolistik gazetasi tartibsizliklarida ishtirok etishgan aka-uka Turgut va Korkut Ozali kabi unchalik darajada bo‘lmasa ham yosh Erkaban va u bilan birga o‘quvchi Sulaymon Demirel irqchi-turonchi yozuvchilar ta’sirini his qilishdi. Bunda Najmiddin Erkaban ham ishtirok etgan degan ehtimol bor, negaki u siyosiy tortishuvlarning faol qatnashchisi edi. Aka –uka Ozalilar shunaqangi faolchilar ediki, hatto yoqalarida bo‘ri suratli belgi qadab yurishar edi. Ammo, Najmiddin va Sulaymonlar irqchi-turonchilarni xush ko‘rish tuyg‘usidan nariga o‘tishmas edi.

Bu g‘oya iqtisodda hukumatlar ishtirokida o‘zini“samarali” ko‘rsata oldi. Davlat iqtisodiy hayotida hukmron mavqeni egallashga yo‘naltirilgan harakatlarida turk milliy burjuaziyasi nafaqat V.Kochga xos bo‘lgan usul-nufuzli sohalardan musulmon bo‘lmagan raqiblarni asta-sekin siqib chiqarishdan foydalanganlar. Ikkinchi Jahon urishi yillari savdo mulkdorlarini yunon, arman, yahudiylarning sinishiga sabab bo‘lgan mulk solig‘i (“Sarmoya solig‘i”) deb nomlangan soliq turi joriy etildi. Soliqni yig‘imi qarzdorlaring mol-mulki musodarasi va arzon narxga sotuvi yo‘li bilan, undan so‘ng esa to‘lashga muvofaq bo‘lmaganlarni sud taqibi orqali amalga oshirilar edi. Sud yo‘li bilan 2 mingdan ortiq odam hibsga olinib, ularning orasida birorta ham musulmon yo‘q edi. Hibsga olinganlarning ko‘pchiligi (1400 kishi) majburiy ishlarga to‘g‘rirog‘i tog‘ konlari ishlariga badarg‘a qilinar edi.

Vexbi Ko‘chning yozishicha, bu solig‘ turklarga nisbatan ham qo‘llanilib, har bir viloyatda soliq shartlarini belgilovchi komissiyalar tuzilgan edi. Shu tarzda V. Ko‘ch barcha imtiyozlarni hisobga olganda o‘sha davr uchun katta pul 600 ming lir topshirdi. U bu pulni hukumat urush davrida davlatga olib kirgan yuk mashinalaridan kelgan pul evaziga to‘lashga muvaffaq bo‘ldi.

Mol-mulkka bo‘lgan soliqni xukumat ijtimoiy adolat uchun kurash deb baxoladilar.

1943-yilda mol-mulk solig‘i haqidagi partiya dasturining o‘zgarishlariga tayyorlanish munosabati bilan o‘tkazilgan XRPning 6-syezdida taqdim etilgan hukumat takliflarida (vazirliklar bo‘yicha), shunday deyilgan: «Bu yaqinda qabul qilingan soliq bir tarafdan uch yillik iqtisodiy beqarorlashuv urushi tufayli kelib chiqqan vaziyatda ba’zi ishchi va badavlat qatlamlarning boyishidan paydo bo‘lgan ijtimoiy adolatsizlikka barham berish maqsadidan iborat bo‘lsa; boshqa tarafdan, u urushning to‘rtinchi yilida davlat chiqimlarini qoplashda o‘sha qatlamlarning salmoqli o‘rin tutishini ta’minlashni ko‘zda tutadi. O‘sha qatlam asosan Turkiya urushmaydigan davlat bo‘lib qolishi tufayli g‘alaba qozongan».

Hozirgi Turkiyada bu soliq tizimini oqlab chiqadigan insonni topish qiyin. Etyen Maxchupyan 2001–yilda u haqda shunday yozganki, haqiqatdan ham, “harbiy davr ma’murlarni byudjetni to‘ldirish uchun qo‘shimcha manbalar qidirishga, xususan, soliqlarni ko‘tarish va yangilarini joriy qilishga majbur qildi. Favluqodda soliqlar boshqa davlatlarga ham joriy edi. Varlik vergisi o‘sha paytda joriy etilgan yagona soliq emasligi ham to‘g‘ri”. Biroq, aytilgandan tashqari qurilgan hamma narsa ularni mol-mulkdan ayirishni bildiradigan nomusulmon siyosatiga qarshi qaratilgan bo‘ldi. Ma’murlarning ishoralariga binoan musulmonlar xavotir olishlari kerak emas, chunki uning maqsadi – jamiyatning nomusulmon qismidir. Qog‘ozda chiqarilgan qonun tenglashtirilgandek ko‘rinsa ham, lekin hayotda uning asosiy mohiyati soliq to‘lovchilarni uch ro‘yhat bo‘yicha–musulmonlar, dyonmalar (islomga sig‘inuvchilar) va nomusulmonlarga ajratish edi. Shunday bo‘lsa-da, nomusulmonlarga boshqa ikki toifa bilan qiyoslanmaydigan soliq miqdori joriy etilgan edi. Qonunni ijro etish bo‘yicha komissiyalar tarkibida bitta ham nomusulmon bo‘lmagan. Bu kommisiyalardan barcha to‘lovchilar bo‘yicha 15 kun mobaynida soliq miqdorini belgilash talab qilinar edi. Biroq, amaliyotda komissiya butun 24 soat bu bilan shug‘ullansa ham, 15 kun mobaynida soliq to‘lovchilarning uchdan bir qisminigina aniqlash mumkin edi. Soliqlar miqdori ixtiyoriy belgilanganligi shubhasiz. Barcha teng sharoitlarda hissador-nomusulmonlarning soliq miqdori musulmonlar solig‘iga qaraganda o‘rtacha o‘n marta balandroq bo‘lar edi. To‘lovchilar ro‘yxatiga kiritilganlar orasida taxminan 26 ming odam hech qanday mol-mulkka ega emas edi, ular qiyinchilik bilan moslastirishardi. Birorta ham musulmon bunday sharoitlar bilan ro‘yxatlarda bo‘lmagan.

Pullarni to‘lash muddati 15 kun etib belgilanganligi sababli musulmon bo‘lmagan fuqarolar o‘zlarining mulklarini kim oshdi savdo bahosidan ancha kamroq narxda sotishga majbur bo‘lishgan. Soliq miqdori ustida tortishish mumkin bo‘lmasa ham, tadbikor–musulmonlar yashirin usullar bilan shunday qilishardi va uning tushishiga erishishardi. Soliqni to‘lamagan nomusulmonlar qabul qilingan qarorga binoan jismoniy mehnatga hukm qilinardi, ularga taxminan 1380 odam kirardi. Ular keyin uch guruhga bo‘linardi va uchta lagerga jo‘natilardi. “Stanlingradda nemislarni tor-mor qilish, - yozadi maqola muallifi, - bu holatlarga chek qo‘ygan, to‘lamaganlar kechirilgan, jo‘natilganlar esa uylariga qaytgan”.

Mol-mulk solig‘i guvohlik beradiki, hamma avtoritasrlar, shu jumladan, ideologiklar ham, urush yillarida betraraflik sharoitida foydani, ayniqsa, eksportdan, ko‘zlay oldi, iqtisodda choralar kengaytirildi. Axir hatto mamlakatning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, oziq–ovqat mahsulotlari va xomashyo, qiyinchiliklardan keyin dunyo krizis davriga o‘tkazilgan va strategik mahsulot bo‘lib qolgan.

Darhol ortiqcha detallarsiz sezamizki, bu doirada (tamaki, paxta, don, qoramol, quruq mevalar) ishtirok etadigan tadbirkorlar urush tufayli boshqalardan ko‘ra ko‘proq va tezroq boyishdi. Keyingi yillarda aynan xususiy tadbirkorlikning peshqadami bo‘lishdi.

Lekin asosan eskport qiluvchilar orasida tez sur’atda strategik xomashyo bo‘lgan paxta yetkazib beruvchilar boyigan. Ular paxtani foyda bilan yetkazib berardi va mamlakat ichida sotishda qiyinchiliklari bo‘lmagan fabrikalarga, asosan harbiy kiyim- kechak ishlab chiqaruvchilarga, Sumerbank orqali sotardi. Bu yillarda Adanda, Izmirda hozirda mamlakatda paxta ip va ip-gazlama mahsulotlarining katta qismini nazorat qiladigan hozirgi paxta qirollari millionlik dunyo topishgan. Importni tashkillashtirish, eng avval investitsion mahsulotlar (mashina va uskunalar), qurilish mollari (sement va prokat (metal)), mamlakatning geografik holati, o‘zaro urishayotgan mamlakatlar uning atrofida ekanligini hisobidan katta xarajat va kuch talab qilinganligi boshqa masala. Lekin bu doirada ham yetarli dastlabki kapitalning egalik qiluvchilari, Kochning o‘zi, maksimal foyda me’yorlari bo‘yicha boyishning uddasidan chiqishgan. Axir sanoat mahsulotlarining, tayyor mahsulotlar va xomashyoning yirik iste’molchilari, shuningdek, qurulish buyurtmachilari DIB qaramog‘idagi davlat sektori bo‘ldi. Uning boshi vositachi-xususiy savdogarlar bilan chambarchas hamkorlik qilib katta hajmda dastlabki kapitalni jamg‘argan. Turkiya uchun goskapital metamorfozga eng xarakterli misol shaxsan Kozim Toshkent bo‘la olishi mumkin. U urush yillarida DIB “ Turkiyaning shakar zavodlarini boshqarish” bosh direktori, keyinchalik, urushdan so‘ng mamlakatning birinchi umummilliy xususiy bankining va uning sho‘ba kompaniyalarining turli iqtisodiy tarmoqlari ta’sis etuvchisi bo‘lgan.

Eslatilib o‘tilgan mol-mulk solig‘i ma’murlarning iqtisodiyotga va umuman jamiyat hayotiga aralashuvi masalalarida oxirgi istisno emas edi. Turkiya urushda qatnashmagan bo‘lsa ham, uning butun ichki siyosati favqulodda xarakterga ega edi, yakkahokimlik etatik tuzilmani ifodalovchi harbiy davr qonunlari ochiq –oydin ustunlik bilan buyruq berilardi. 1938-1939–moliya yilida oshkora harbiy pul ajratmasi byudjet chiqim bo‘limining 30 % ini tashkil etdi, 1944-1945–yillarda pul ajratmasining yarim baravar ko‘proq ya’ni 5 martadan ko‘proq kattalashdi. Armiyga chaqirish ko‘paytirildi, 1950–yillarning oxirigacha shahar aholisining oshishi (yollanma ishchi kuchini tashkil etish ko‘satgichidek) kam darajada bo‘lgan. Bu “favquloddalik” 1940–yilda milliy himoya, haqidagi, mamlakatning ichki hayotidagi ko‘plab sohalarni, jumladan iqtisodiyotni reglamentlashtiruvchi qonun qabul qilinib huquqiy qonunlashtirilgan. Shuningdek, qonunning 19–moddasi ishchi kunini 3 soatga ko‘paytirishga, sanoatda bolalar mehnatidan, konda–o‘smirlar mehnatidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu moddaga sharhda “Vatan himoyasiga chaqirilganlar ko‘proq ishlashlari lozim, hatto dam olish kunlarida ham” deb belgilab qo‘yildi. 1941–yil dekabrda qabul qilingan hukumat qarorida 19–moddaga havola bilan ayollar va o‘smirlarni og‘ir mehnatlarda ishlatishni cheklashni rad qiladigan ayollar va o‘smirlar mehnatining yangi sharoitlari belgilandi.

Hatto urushdan keyin 1947–yilda tosh maydalashda, sement sanoatida odatdagi haq to‘lanadigan ish kunini 3 soatga ko‘paytirishga ruxsat etildi. Bunday o‘xshash qarorlar keyinroq ham 1950–yillarning boshida ya’ni Turkiyani yevropalashtirish harbiy-siyosiy hamkorlikka aylangan paytda ko‘ppartiyaviy “liberal” tartibi ostida qabul qilingan. Masalan, Stambuldagi Elmali gidrouzel qurilishida mehnat to‘g‘risidagi qonunni buzgan holda 1952 – yilda qurilish tugagunga qadar ish kuni ko‘paytirildi. Shu kabi qarorlar 1953 – yilda Izmir portida qurilish ishlari paytida, Adan, Batman, Merzifonda aerodromi qurilish paytida qabul qilindi.

Sanoat mahsulotlarini sotishga ham vaqt qat’iyan belgilab berildi. Masalan, qonunlarning birining moddalaridan birida: “Hukumat sanoat va tog‘-kon korxonalari mahsulotlarini aniq bir tannarx foizi bilan sotib oilsh mumkin. Hukumat bu mahsulotlarni sotish, taqsimlash, jamg‘arish va transport vositasida tashishi mumkin”. Davlat hukumati sotilgan mahsulotni aniq bahoda qayta sotish to‘g‘ri deb tan olganligi aniq. Boshqa bir qancha moddalar ma’murlarga mahsulotning tannarxini dekretlashtirish, foyda hajmini kommision, transport uchun qo‘shimcha narx huquqini berdi. Yuvilmagan jun gazlama, paxta va ip-matolar, sement, oyna, mixlar, temir, mislarning narxlari nazorat qilindi. Biroq qonun inflatsiya va xususiy kapiatalning ba’zi guruhlarining spekulativ (chaykovchilikka asoslangan) boyishining oldini ololmadi.

Harbiy iqtisodiyot yillarida muhim etatik qadam 1944 – yilda qabul qilingan qishloq xo‘jaligini ta’minlash jamiyati (“Zirai donatim kurumu”) tashkil etish to‘g‘risidagi qarori ekanligini aytib o‘tish lozim. Topshiriqlar keng qo‘yilgan edi: qishloq xo‘jaligi texnik ehtiyojlarini ta’minlash, uni qishloq xo‘jaligi mashinalari va asboblari, o‘g‘itlar, agrosohani himoyalovchi vositalar bilan – ham ichki imkoniyatlar va ham import hisobiga ta’minlash. DIBning keyingi faoliyati haqiqatdan ham bu ishlab chiqarish sohasining modernizatsiyasini tezlashtirdi. Turli iste’molchilarni neft mahsulotlari bilan ta’minlash tashkiloti uchun, avvalambor armiyalar, boshqa yirik davlat birlashmasi neft Ofisi (“Petrol ofisi”) tashkil etildi.

Davlat sanoat qurilishi davom etdi, infrastrukturali obyektlar soni, shuningdek ijtimoiy sohada ham – shifoxonalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, texnikumlar soni oshdi, urushning butun davri mobaynida qishloq institutlari deb nomlangan tarmoqlar tashkil etish e’tibor berildi. Qishloq institutlari haqida qonun 1940 – yil 17 – aprelda qabul qilindi. 1 – modda uning maqsadini belgilab berdi: “Qishloq xo‘jalik yerlari mavjud joylarda qishloq o‘qituvchilari va boshqa mutaxassislar tayyorlash maqsadida xalq ta’limi vazirligi qishloq institutlarini ochadi”. 3-modda shunday deyilgan: Institutlarga tanlov yo‘li bilan, to‘liq boshlang‘ich ta’limni olgan, sog‘lom va qobiliyatli qishloq bolalari qabul qilinadi. Institutlarda to‘liq o‘qish muddati – kamida besh yil”.

Qonnuning birinchi besh yillik ijrosi bilan, asosan, 1940-1943 – yillarda Qaysari, Malatya, Kars, Kastamonu va boshqa turli viloyatlarning qishloqlarida 18 ta shunday bilim yurtlari ochildi. Bu davrda ularda 12198 ta o‘quvchi o‘qidi va 401 ta o‘qituvchi ishladi. Barcha o‘quvchilardan kamrog‘i (150 tasi) Pulur (Erzurum) qishlog‘ida, ko‘prog‘i esa (1310 tasi) Chifteler (Eskishehir) qishlog‘ida edi. bu qishloq bilim yurtlarining tashkil etilishi mamlakatning demokratik kuchlarini ma’qulladi. Jurnalist, “Vatan” gazetasining noshiri Axmet Emin Yalman (1888–1972–yillar) 1944 – yilda bu voqealar haqida “Ertangi Turkiyaga sayohat” deb nomlangan kitob yozdi. Bu xayrli va umid beradigan ish deb hisoblab, turk qishloqlaridagi bunday bilim yurtlari “Bo‘lg‘usi Turkiyaning timsoli” bo‘la olishi mumkinligini tasdiqladi. Biroq bu urinish kamolchilar ma’rifatparvarligi ruhida rivojlanmadi, u tez orada maktablarni isloh qilish yo‘lidan bordi, “konsvervatorlarni qidirish tufayli ularning hayoti qisqa bo‘ldi, ular qoshida tashkil etish nazarda tutilgan vazifalar 1946 – yilda barbod bo‘ldi”.

Harbiy vaziyat ma’murlarga urushdan oldin yer islohotini o‘tkazishga yo‘l qo‘ymadi. Biroq davlat yerlarining dehqonlar qo‘liga asta-sekin o‘tish jarayoni 1923-yildan 1945-yilgacha bo‘lgan davr mobaynida butunlay to‘xtamadi. Ko‘rsatilgan muddatda ma’murlar ishlov berishga yaroqli 1,1–1,2 mln. gektarga yaqin yerni yoki boshqacha aytganda o‘sha paytdagi ishlov berilgan qishloq xo‘jaligi maydonlarining 10% ini pul evaziga yoki bepul dehqonlar mulkiga berishdi. Umumiy 270 ming oila yer egasi bo‘lishdi.



Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish