O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


Yangi xettlar saltanati davrida iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlar



Download 2,62 Mb.
bet6/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Yangi xettlar saltanati davrida iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlar. Yangi xettlar saltanati davrida iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishdagi asosiy manba – o‘sha davrda qabul qilingan qonunlar to‘plamidir. Undan ma’lum bo‘lishicha, iqtisodiyot asosini chorvachilik tashkil etgan. Xo‘jalik ishlarida ishchi qoramollar va yuk tashuvchi ho‘kizlarning ahamiyati katta edi. Otlardan, asosan, harbiy maqsadda foydalanilgan.

Xettlarda dehqonchilik ikkinchi o‘rinda turar va u ob-havoga bog‘liq edi. Sun’iy sug‘orishdan deyarli foydalanishmagan. Xett saltanatida yirik sun’iy sug‘orish inshootlari juda oz bo‘lgan. Dehqonchilikda, ko‘pincha, arpa yetishtirilgan bo‘lib, ba’zan arpa qiymat me’yori vazifasini o‘tagan. Arpadan tashqari bug‘doy navlari yetishtirilgan, shuningdek, bog‘dorchilik, uzumchilik ham bir qadar rivoj topgan.

Kichik Osiyoda Shumer, Akkad va Misrdan farqli o‘laroq, xurmo daraxtidan faqat manzarali o‘simlik sifatida foydalanilgan, chunki tabiiy sharoitda uning mevasi pishib ulgurmasdi. Shoh mamlakatdagi barcha yerlarning egasi hisoblanib, ularning ma’lum qismi hukmdorning xususiy mulki bo‘lgan. Bundan tashqari ibodatxonalar, jamoalarga tegishli hududlar bor edi. Jamoa yerlarining bir qismi amalda xususiy mulkka aylangan.

Hunarmandchilik ancha rivojlanib, qonunlar va boshqa hujjatlarning guvohlik berishicha, Xett davlatida temirchi, duradgor, konchi, kulol va tikuvchilar bo‘lgan.

Qurol-aslaha yasashda, asosan misdan, keyinchalik, bronzadan foydalanilgan. Temir, dastlab Kichik Osiyoda topilgan bo‘lishiga qaramay, bu davrda xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lmagan. Temirdan, ko‘pincha (xaykalcha) diniy urflar maqsadida hamda harbiy qurollar tayyorlanar edi.

Hunarmandlar ichida ozod ishchilardan tashqari qullar ham anchagina bo‘lgan. Ko‘p hunarmandlar shaxsiy ehtiyojlari maqsadida yoki davlat xizmati uchun xo‘jalik ishlari bilan ham shug‘ullanganlar.

Yangi Xett davlatida tashqi savdo rivoj topdi. Uning ustidan davlat nazorati o‘rnatildi. Oliy hokimiyat keng miqiyosda iqtisodiyotga aralashar edi. Bu yerda diniy-xo‘jalik mahkamalari katta rol o‘ynagan. Ular odatda “tosh uylar” deb atalib, ular vafot etgan shohlar tomonidan tashkil qilingan. Mahalliy “tosh uylar” markaziy “tosh uylar”ga bo‘ysungan. Ularning ixtiyorida ibodatxona xazinalari, oldi-sotdi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, mirshablar bo‘lgan. Rasman bu “tosh uylar” biron-bir ibodatxonaga tegishli bo‘lsa-da, amalda podsho yoki uning rafiqasi qaramog‘ida edi.

“Tosh uy”, nafaqat, ma’muriy-moliya ishlari, balki, qisman, harbiy ishlar bilan ham shug‘ullangan. Katta-kichik yer egalariga tegishli yerlar ayrim hollarda sotib olingan va sotilgan. Egasi jinoiy ish qilgan yerlar shoh foydasiga musodara qilingan.

Muqaddas shaharlarning boshida shoh yoki malika turar, bu shaharlar yerlari podsho mulki hisoblangan. Yangi xett davlatida hukmdorlarni ilohiylashtirish yana kuchaydi. Hukmdor mulkiga qasd qilgan odam qattiq jazo olar, “tosh uy”ni buzgan kishi esa, o‘limga hukm qilinib, mol-mulki musodara qilingan.

Yangi xett podsholigi davrida jamiyatning tabaqalashuv jarayoni kuchayadi. Qullar, asosan, harbiy asirlar hisobiga ko‘paya boshladi. Shu bilan birga asirga tushganlarning ma’lum qismi xett qo‘shinlariga qo‘shilgan va ularga yer berilgan. Bosib olingan yerlarning aholisi esa, tom ma’noda qulga aylantirilgan. Qullarning ma’lum qismini qarzdorlar tashkil etgan, ya’ni ocharchilik yillarida “otasi o‘g‘lini kumushga sotgan” qullar ham bor edi. Qullarning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lib, o‘g‘rilik qilgan qulning burni yoki qo‘li kesilgan. Erkin odamlar kamdan-kam o‘limga hukm qilingan.

Oila munosabatlarida patriarxal prinsiplar hukmron bo‘lgan. Ayolni urish, jarohat yetkazish yoki garovga berish ma’n etilgan. Onasini xafa qilgan o‘g‘il uydan haydab yuborilgan. Ota onaga nisbatan ko‘proq huquqlarga ega bo‘lgan. Qul bilan ozod kishi o‘zaro turmush qurishiga ruxsat etilgan. Qulga turmushga chiqqan ozod ayol to‘rt yildan so‘ng qulga aylanib, undan tug‘ilgan farzand ham qul hisoblangan.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish