69
bir xil bo’lib, mo’rt materiallar uchun har hil bo’lishi bizga ma’lum. Ruxsat etilgan
kuchlanish havfli holat boshlanishi oldidagi kuchlanishning bir qismiga teng. Havfli
holat plastik materiallar uchun qoldik deformastiyaning mavjud bo’lishi bilan mo’rt
materiallar uchun esa materialning darz ketishi bilan xarakterlanadi. Ruxsat etilgan
kuchlanish bu ikki hol uchun quyidagicha yoziladi:
n
T
- plastik materiallar uchun;
n
l
-
mo’rt materiallar uchun
.
Oddiy cho’zilish yoki siqilishda materialdagi havfli holatning boshlanishiga
oid kuchlanishlar laboratoriya sharoitida aniqlaniladi, ya’ni oqish yoki mustahkamlik
chegarasiga to’g’ri keladigan kuchlanishlarning qiymatlarini topish mumkin bo’ladi.
Konstrukstiya elementlari kuchlarining murakkab ta’sirida bo’lsa, uning biror
nuqtasida bosh yuzalariga parallel qilib o’tkazilgan uch juft tekislik bilan
chegaralangan parallelpipedning tomonlariga uchta
3
2
1
,
,
bosh kuchlanish
ta’sir etadi. Bu holat ajratilgan element uchun havfli xolatning boshlanishi shu uchta
bosh kuchlanishning kiymatlariga va ularning turli kombinastiyadagi nisbatlariga
bog’likdir. Bu kombinastiyalarning hammasini oldindan ma’lum sxemaga solish
mumkin bo’lmagani uchun, laboratoriya sharoitida tegishli tajribalar ham o’tkazib
bo’lmaydi. Shuning uchun murakkab kuchlanish holatidagi konstrukstiya
elementlarining mustahkamlik shartini boshqa usullar bilan aniqlash zarurati
tug’aladi. Murakkab kuchlanish holatidagi elementning mustahkamlik shartini oddiy
kuchlanish holatidagi sterjen uchun aniqlangan
T
va
l
ga bog’lab, aniqlashga
to’g’ri keladi. Materiallar uchun mustahkamlikni ifodalovchi faktorlar bosh
kuchlanishlar bilan qanday bog’liqlikka qarab turli gipotezalar asosida echiladi.
Masalan, oddiy cho’zilishdagi plastik sterjenda hosil bo’ladigan oqish prostessi
qanday sababga bog’ligiga degan savolga turli gipotezalar asosida javob bersa
bo’ladi. Oqish prostessi normal kuchlanish oqish chegarasiga erishganda boshlanadi,
deb faraz kilish mumkin. Ammo bu holni boshqa nuqtai nazar asosida tushunish ham
mumkin. Chunonchi, nisbiy cho’zilish yoki tangenstial kuchlanish ma’lum qiymatga
erishganda boshlanadi deb faraz qilsa ham bo’ladi. Ko’ramizki, hatto shunday oddiy
holda dam tajribada kuzatilayotgan hodisa bir qancha mulohazalarga olib keladi.
Materialning mustahkamligiga oid masalalarni echishda shu materialdan hosil
bo’ladigan turli kuchlanish va deformastiyalarni alohida-alohida qarab bo’lmaydi.
Ular ma’lum munosabatda bo’lib, kuchlanish holatidagi jismda ulardan birortasining
mavjud bo’lishi qolganlarini vujudga keltiradi. Ammo aytilgan bu faktorlardan qaysi
biri materialning emirilishida asosiy ahamiyatga ega bo’ladi, degan savol tug’iladi.
Materiallarda havfli holatning boshlanishini gipotezalar asosida turli
faktorlarga bog’lab, tekshiruvchi nazariyalar
Do'stlaringiz bilan baham: