O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/362
Sana11.12.2022
Hajmi6,62 Mb.
#883579
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   362
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
3-MAVZU:AUDIT STANDARTLARI 


3-MAVZU:AUDIT STANDARTLARI
 
 
REJA: 
1.Auditning professional standartlari tavsifi 
2.Auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar 
3. Auditorlik standartlari tarkibi 
 
 
 
Tayanch so’z va iboralar:
Standartlar, auditning xalqaro standartlari, auditorlik 
faoliyatining milliy standartlari, auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari, xalqaro buxgalterlar 
va auditorlar federatsiyasi, auditorlik standartlari kengashi, auditning malaka va etika talablari
standart talablari 
 
1.Auditning professional standartlari tavsifi 
Amerika Qo'shma Shtatlarida auditorlar Amerika institutining diplomli buxgalterlar jamiyati 
(AICPA), Aktsiyadorlik jamiyatlarida Buxgalteriya nazorat kengashi (PCAOB) va Xalqaro 
auditorlik va professional standartlar kengashi (IAASB) tomonidan chiqarilgan standartlar asosida 
faoliyat yuritadilar. Bu turli tashkilotlar tomonidan chop etilgan auditorlik standartlari umumiy 
maqsadga qaratilgan bo’lib, auditni sifatli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi. Auditorlik 
standartlari asosida auditorlar moliyaviy hisobot bo`yicha auditorlik xulosasini tuzish va taqdim 
etishda dastur sifatida foydalanib hamda kompleks audit doirasida mijozning moliyaviy hisobotlari 
bo`yicha ichki nazoratini baholaydi.
Audiorlik standartlari nafaqat kompaniylarning audit tekshriuvlarida, balki (barchasida) 
tashkiliy huquqiy tuzilishi, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha sub`ektlarga ham qo`llaniladi.
Misol uchun, AQSH AJlari Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi (SEC) tartibiga bo'ysunadi va 
PCAOB auditorlik standartlariga muvofiq audit amalga oshiriladi AJlari bo’lmagan tashkilotlar 
AICPA tomonidan tashkil etilgan umumiy qabul qilingan audit standartlari asosida audit 
o’tkazilishi lozim. Bundan tashqari, yuridik manzil bo`yicha eng muhimi qaysiki ochiq 
aktsiyadorlik jamiyatlarida (mavjud bo'lsa) audit qilinganda auditor PCAOB yoki AICPA yoki 
IAASB tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borishini aniqlashtirib olishi shart.
2004 yilda AICPAning Auditorlik standartlar kengashi (ASB) standartlar tushunarli bo'lishi 
uchun qayta loyihani boshladi. AICPAning standartlarni yangilash loyihasi, standartlarni o'qishni 
engillashtirish, tushunish va qo'llash uchun mo'ljallangan. Loyiha doirasida, ASB Auditning 
Xalqaro Standartlari (ISAs) bilan bir vaqtda ishladi. ASB uning standartlarini bir joyga jamlagan 
holda tushunarli formatda tayyorladi. Har bir standart bo`yicha quyidagi bo'limlar taqdim etiladi: 
-
Standartning 
kirish
izohi maqsadi va ko'lamini tushuntiradi. 
-
Mavzuga doir talablardan 
maqsad
belgilanadi. 
-
Standartlardagi aloqador o’ziga hos ma’noli jumlalarning 
ta'riflari
-
Auditorning standartining maqsadiga yetishi uchun 
talablarni 
aniqlasitirish. Talablar 
"auditor qilishi kerak" yoki “auditor bajarishi shart” so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi. 
-
 Ilova va boshqa izoh materiali
, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos manbalar 
va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
ASB 2012 yilda uning eng mukammal standartlari bo`yicha Auditorlik yagona Hisobotini 
(SAS sonli 122) nashr qildi. Bu mukammal standartlar 2012 yil 15 dekabrdan keyingi davrlaridagi 
moliyaviy hisobotlarga tadbiq etildi.
IAASBning maqsadi professional xizmatlar va boshqa shunga aloqador standartlar asosida, 
xalqaro va mahalliy audit va professional standartlarni birlashtirish orqali yuqori sifatli auditorlik 
xizmatini ko’rsatish, shu tariqa butun dunyo bo'ylab amalda audit sifatini mustahkamlash va 
kuchaytirish va shu orqali global auditorlik va professionallik kasbini ishonchini mustahkamlashdir. 
IAASB standartlari tushunarli, aniq va izchil bo'lishi kerakligini talab etadi. Shunga ko'ra, 
2004 yilda, IAASB uning xalqaro standartlar aniqligini oshirish uchun dastur boshladi. IAASBning 
standartlarni yangilash loyihasi 2009 yilda tugallandi, va 2013 yilning, IAASBning aniqlanishi 
standartlari 36 xalqaro standartlar va Sifat Nazorati Xalqaro Standarti 1 to’plamidan tashkil topdi. 


 
Xalqaro standartlar quyidagi alohida bo'limlarda keltirilgan axborotni o'z ichiga oladi, bu esa 
AICPA ning standartlari formatiga juda o'xshaydi: 
Kirish
auditorlar majburiyatlaridan va boshqalardan tashqari maqsadi, ko'lami va Xalqaro 
standartlar mavzusi matnlari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. 
Maqsad 
- auditorning maqsadli aniq bayonini o'z ichiga oladi. 

Amaldagi jumlalar 
ta`riflari 
kiritilgan. 

Har bir maqsad uchun 
talablar
taqdim etilgan. Talablar "auditor bajarishi kerak" 
so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi . 

Ilova va boshqa izoh materiali
, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos 
manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
PCAOB 2002 yildan vujudga kelgan, u AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari amal qiladigan 
auditorlik standartlarini chop etadi. 2013 yilda , PCAOB o'n oltita audit standartlarini chop etdi. 
Bundan tashqari, PCAOB 2003 yil 16 aprelda AICPA o’rniga standartlar chiqardi (PCAOB 
muvaqqat standartlar deb ataladi). Shunday qilib, PCAOB aktsiyadorlik kompaniyalari uchun 
PCAOB standartini AICPA standarltari o’rniga talab qildi. 2003 yil 16 apreldan so'ng AICPA 
tomonidan chiqarilgan standartlar, PCAOBning muvaqqat standartlari qismi emas. 
Audit standartlari orasida katta o`xshashlik mavjud. Barcha standartlarda audit ishini 
rejalashtirish va qay tariqa amalga oshirish va natijalari qanday bo'lishi kerak kabi yagona 
tamoyillar mavjud. Auditorlik standartlarini umumiy solishtirish 1-jadvalda ko'rsatilgan.

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish