31
menejerlar, risk menejerlari, sug‘urta mutaxassislari amalga oshirmoqda.
Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma’lumotlarga egamiz, balki ularni
tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni
ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir.
Risk – faoliyat yuritish davomida turli xil omillarning o‘zgarishi natijasida
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatar yoki xatarlar majmuasidir
9
.
Koxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida kutilgan foydaning olinmasligi,
kutilmagan xarajatlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq hodisalar yoki ularning yuz
berish ehtimolliklari riskni ifodalaydi. Fikrimizcha, risk - bu moliyaviy kategoriya
bo‘lib, kutilishi mumkin bo‘lgan omad yoki xatar, ya'ni ko‘zlangan foydani olish
jarayoniga hos bo‘lgan umid qilish yoki ko‘p mablag‘larning yo‘qotilishi
ehtimolliklari bo‘lib, u qandaydir holatlar, omillar ta'sirida kutiladigan foydaning
pasayishi, ortishi yoki yo‘qotilish ehtimolida namoyon bo‘ladi. Korxonalar
investitsion faoliyatiga ta’sir etuvchi risklar bo’yicha ham bir qancha qarashlar
mavjud.
Jumladan, K.U.Sharifxodjayeva risklarning kichik biznes korxonalari
foydasiga ta’sirini baholash va kamaytirishga qaratilgan fikrlarni bildirib o’tgan
10
.
E.Akhmetshin
fikricha
korxonaning
samarali
faoliyati
uchun
investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish hozirgi kunda
dolzarbligini, investitsion jozibadorlik bu korxonalarning ishlab chiqarish,
innovatsiya, bozor, marketing va boshqa faoliyatni amalga oshirishda muhim
element ekanligini, korxona investitsion faoliyati ta’sir etuvchi risklarni boshqarish
ularni barqaror rivojlanishi uchun zururdir
11
.
M.Esa, F.S.Ibrahim, S.S.Mohd Ishak, S.R.Mehdi Riazilar sanoat
korxonalarida risklarni boshqarishga oid ilmiy tadqiqotlarida sanoat korxonalarida
risklarni boshqarish korxonaning moliyaviy ko’rsatkichlariga ijobiy ta'sir etishini,
korxonalarni riskni boshqarishga hozirgi kunda jiddiy e’tibor qaratmayotganligi
sababini, risklarni boshqarishda startegik qarorlar qabul qilish muhim ahamiyat
kasb etishini aniqlashgan
12
.
Iqtisodiyotda investitsion loyihalarni amalga oshirish turli xil risklar bilan
bog‘liq bo‘ladiki, bu esa ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini
ishlab chiqishni hamda investitsiyaviy risklarni samarali boshqarishni taqozo etadi.
9
Fozilchayev Sh.Q., Xidirov N.G‘. Moliyaviy risklar nazariyasi. O‘quv qo‘llanma . –T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. -
240 b
10
Sharifxodjayeva K.U. Risklarni kichik biznes korxonalari foydasiga ta’sirini baholash va kamaytirish. Iqtisod
fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. -T.: BMA, 2010. - 24 b.
11
Akhmetshin E. Management of investment attractiveness of enterprises: Principles, methods,organization //
International
Journal
of
Applied
Business
and
Economic
Research,
2017.
№15(23).
https://www.researchgate.net/publication/322265728.
12
Esa M., Ibrahim F.S., Mohd Ishak S.S., Mehdi Riazi S.R. Impact of enterprise risk management on organizational
performance // Journal of Advanced Research in Dynamical and Control System, 2018. №10(6).
https://www.researchgate.net/publication/333338412.
32
Lekin har qanday sharoitda ham, eng avvalo, investitsiyalarni amalga oshirishda
duch kelishi mumkin bo‘lgan risklarni baholash, tahlil etish eng dastlabki qadam
bo‘lib hisoblanadi.
Investitsiya faoliyati ma'lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi.
Bu sarflangan resurslardan investorlar ma'lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi.
Mazkur foyda investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini
qoplashi lozim. Ammo, amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan va
rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri –
investitsiya risklarining mavjudligidir.
Investitsiya risklari deganda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish
jarayonida rejalashtirilgan foydani olmaslik ehtimoli tushuniladi. Bu holatda risk
obyekti sifatida loyihaga o‘z mablag‘larini u yoki bu shaklda kiritgan shaxs –
investorning mulkiy manfaatlari namoyon bo‘ladi.
Investitsiyalash mohiyati kelgusida foyda olinishini ta’minlaydigan
aktivlarning muayyan turlariga o‘z yoki qarz kapitalini joylashtirishdan iborat.
Investitsiyalar uzoq muddatli va qisqa muddatli bo‘lishi mumkin.
Investitsiya riski o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yo‘qotishlar riski;
- daromadlarni pasayish riski;
Do'stlaringiz bilan baham: