Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan
uzviy ketma-ketligi
«Pedagogika» fani bakalavriat yo‘nalishlarining o‘quv rejalaridagi fanlar tizimida
o‘ziga xos o‘rin egallaydi. U inson va jamiyatni o‘rganadigan barcha fanlar,
xususan, biologiya, ekologiya kabi tabiiy fanlar hamda falsafa, tarix, sotsiologiya,
siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, huquqshunoslik kabi bir qator ijtimoiy-
gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganilib, mazkur fanlardan etarli bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etaladi.
Ushbu o‘quv fani bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda biogenetik
qonunlar, psixologik nazariyalar, falsafiy qarashlar, tarixiy jarayonlar va zamonaviy
ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar e’tiborga olinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |