Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Pedagogika” o‘quv fanini o‘rganish va uning mazmunini o‘zlashtirish uchun
ta’limning ilg‘or va samarali usullarini qo‘llash, yangi zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanning
mazmun-mohiyatini o‘zlashtirishda ta’limning zamonaviy texnik vositalari, darsliklar,
o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma va elektron materiallardan
keng foydalaniladi. Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining mavzulari va mazmuniga
muvofiq bo‘lgan pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |