Shartnoma munosabatlari
Konsensus, umumiy ma’noda, kelishuvga erishish usulini
anglatadi. Yagona boshqaruv organi bo‘lmagan markazlashtiril-
magan tizim bo‘lgan blockchainda konsensusga erishish uchun
turli xil algoritmlar ishlab chiqilgan.
Blokcheyn tarmog‘ida tizim ishtirokchilari bir-biriga
ishonadimi yoki yo‘qmi muhim emas. Ular barchani qiziq-
tiradigan muayyan ish tamoyililari to‘g‘risida kelishib olishlari
kerak. Va bu konsensus mexanizmining bevosita vazifasi.
Blokcheyndagi konsensus algoritmi – bu barcha ishtirok-
chilar o‘rtasida kelishuvga erishish va tarmoqning ishlashini
ta’minlashga imkon beradigan ma’lum matematik qoidalar va
funktsiyalar to‘plami. Hozirda bir nechta turli xil konsensusga
erishish algoritmlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |