6. Bola oliy nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari va ularni tarbiyalash
Bola tug’ilganidan keyin bir necha kun o’tgach, nerv sistemasida o’zgarish-lar ro’y beradi.
Masalan, xolerik temperamentidagi bola tez-tez uyg’onadi va qattiq yig’laydi. Melanxolik
temperamentdagi bola esa uzoq uxlaydi, kam yig’laydi, tinch bo’ladi.
Tashqi muhitdagi hodisa yoki predmetlar bilan ularning so’zda ifoda yetilishi bolaning
ikkinchi signal sistemasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Masalan, bir yashar bolaga
«burningni ko’rsat» deb o’rgatilsa va bu 12-15 marta takrorlansa, bola burnini ko’rsatadi.
Keyin«ko’zingni ko’rsat», «qo’lingni ko’rsat» va hokazo so’zlarga javob reaksiyasini olish
uchun ko’zini ko’rsatolsa va so’zlarni bir necha marta takrorlansa kifoya bo’ladi.
5 yashar bola asta-sekin umumlashgan so’zlarni takrorlay boshlaydi. Masa-lan, o’yinchoq,
daraxt, hayvon va boshqalar. Bolada bu yoshda qon kret predmet-larga nisbatan nutq hosil
bo’ladi. 3-5 yashar bola ayrim she’rlarni harakatlar bilan yodlaydi. 5-6 yoshida tashqi dunyoning
ko’pgina hodisalarini so’z bilan umumlashtirish qobiliyati ortadi.
I.K.Krasnogorskiy va M.M.Kolsova turli yoshdagi bolalarda tajribalar olib borib, unda
so’z integrasiyasi turli bosqichda bo’lishini ko’rsatganlar.
Turli bosqichlarda so’z integrasiyasi rivojlanishining izchilligi bilan aniq misolda qisqacha
tanishamiz.
1. Integrasiya darajasida so’z bola sezadigan ma’lum predmetlarning ob-razi hisoblanadi,
ya’ni so’z sezilgan predmet obrazining ekvivalenti bo’ladi.
2. Integrasiya darajasida so’z bir turdagi predmetlardan bir necha sez-gilar obrazi
vazifasini bajaradi. Masalan, qo’g’irchoq so’zining signal aha-miyati yakka seziladigan obrazga
nisbatan kengroq, lekin juda ham aniq emas.
3. Integrasiya darajasida so’z turli xil predmetlardan hosil bo’ladigan bir necha
predmetlarni sezadigan obrazlarni ifodalaydi. Masalan, o’yinchoq so’zi (koptokcha, kubiklar,
avtomobil va boshqalar). Bunday so’zning signal ahamiyati nihoyatda keng, aniq obrazlardan
uzoqlashgan bo’ladi.
4. Integrasiya darajasida so’z oldingi darajalardagi integrasiyalarni umumlashtiradi. Masalan,
narsa so’zi: o’yinchoq, idish, mebel va boshqa so’zlarni umumlashtiradi. Bunday so’zning signal
ahamiyati keng ma’noda bo’ladi. Birin-chi tartib integrasiya bolaning 2 yoshida hosil bo’ladi,
ikkinchi tartib so’z integrasiyasi bola hayotining 2-yili oxirida, uchinchi tartib so’z integrasiyasi
2-3 yoshda, to’rtinchi tartib integrasiya esa 5 yoshda namoyon bo’ladi. 5 yoshdan 7 yoshgacha
bo’lgan davrda so’z orqali fikrlash qobiliyati ortadi. Bu yoshda ichki nutq kurtaklari hosil bo’la
boshlaydi. Maktab yoshidagi bolalarda nutqning ahamiyati yanada ortadi. So’z boyligi ko’paya
borgan sari abstrakt fikrlashi ham orta boradi.7-9 yashar bolalarda katta yarim sharlar
po’stlog’ining nerv hujayralari ta’sirotlarga chidamli bo’ladi.Bog’cha, boshlang’ich maktab
yoshidagi bolalar nerv sistemasida qo’zg’alish jarayonlari ustun turadi.10-12 yoshdan boshlab,
nerv sis-temasidagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari muvozanatlasha boradi. 7-10 yoshda
qo’zg’alish jarayoni ustun bo’lganidan nerv jarayonlarining harakat-chanligi 11-13 yashar
bolalardagiga nisbatan sust bo’ladi. Shuning uchun ham kichik maktab yoshidagi bolalarda
ijobiy shartli refleksii salbiy shartli refleksga aylantirish birmimcha qiyin kechadi. Nerv
sistemasida tormozlanishga nisbatan qo’zg’alish jarayoni ustun bo’ladigan bolalarda shartli
37
reflekslar tez hosil bo’ladi, lekin yuzaga kelgan shartli reflekslar tez so’nadi. Nerv sistemasida
ko’zg’alishi kuchli bo’lgan xolerik teiperamentdagi bolalar harakatchan bo’ladi, turli o’yinlarga
tez qiziqadi, biroq bu qiziqish tez so’nadi. Xolerik temperamentdagi bolalar turli o’yinlarni uzoq
o’ynamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |