O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti Z. Niyozov, A. Karimova



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana21.01.2020
Hajmi0,68 Mb.
#36355
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bank-moliya faoliyatiga doir 555 ta atamalar izohli lugati


Xususiy  kapital  –  bu  ustav  kapitali,  qo’shilgan, 

zahira  kapitali  hamda  taqsimlanmagan  foydadan  tarkib 

topadi. 


Xo’jalik  operasiyalari  -  deb,  mablag’lar  va 

ularning  tashkil  topish  manbalarining  yozma  holda  aks 

ettirilgan harakatiga aytiladi. 

Xo’jalik  shartnomasi  -  bu  korxonalarning 

xo’jalik  munosabatlarini  o’rnatish  haqidagi  o’zaro 

kelishuvidir. 

Harajatlar  -  ishlab  chiqarish  faoliyati  jarayonida 

yuzaga kelgan chiqim, sarflar.  



Hisobot - bu xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida 

umumlashgan ma’lumotlar yig’indisidir. 



Hisob-kitob  hisobvaraqalari  -  bu  huquqiy 

jihatdan  mustaqil  balansga  va  o’z  oborot  mablag’lariga 

ega  bo’lgan,  xo’jalik  hisobi  asosida  ish  yuritadigan 

korxona va tashkilotlarga ochiladigan hisobvaraqalar. 



Hisob-operasion 

bo’limi 

– 

bu 



banklarda 

bajariladigan  barcha  operasiyalarning  buxgalteriya 

hisobini  olib  borish  uchun  tashkil  etilgan  bankning 

bo’limi.  Bu  bo’limda  bank  faoliyatining  ko’lami  va 

yo’nalishi, mijozlar soni hamda boshqa ko’rsatkichlariga 

qarab  bir  qancha  guruhlar  ish  yuritadi.  Bu  guruhlardagi 

ish  yurituvchilar  mas’ul  ijrochi  deb  ataladi.  Har  bir 

mas’ul  ijrochiga  bir  nechta    mijozlar  bo’lib  berilib,  ular 

o’zlariga  bo’lib  berilgan  korxona  va  tashkilotlarning 

hisob-kitob,  kassa,  valyuta  va  kredit  operasiyalari 

bo’yicha  hisob-kitob  ishlarini  olib  boradilar,  ularga 

xizmat  ko’rsatadilar.  Bu  guruhlar  esa  hisob  guruhi 

deyiladi.  Bundan  tashqari,  hisob-operasion  bo’limda 

banklararo  hisob-kitoblar  bo’limi,  davlat  byudjetini 



 

75

kassa  ijrosi  bo’limi,  bank  ichki  operasiyalarini  tashkil 



etish  bo’limi  ham  mavjud  bo’ladi.  Bu  bo’limlarda 

ishlovchi  buxgalterlar  soni  ham  mazkur    bo’limda 

bajariladigan operasiyalar ko’lami bilan belgilanadi. 

Hisob-kitob  kassa  markazlari  (HKKM)  – 

Markaziy bank hududiy bosh boshqarmalarining tarkibiy 

tuzilmasi  bo’lib,  zahira  fondlari,  aylanma  kassadagi  pul 

mablag’lari  va  boshqa  qimmatliklarni  saqlaydigan  va 

ular bo’yicha operasiyalarni bajaradigan tashkilot. 

Hisob  registrlari  -  buxgalteriya  yozuvlarini 

yuritishga mo’ljallangan turli shakldagi jadvallar.  



Hisob-kitob  cheki  -  bu  hisobvaraq  egasi  (chek 

beruvchi)  o’z  hisobvarag’idan  oluvchining  (chek  egasi) 

hisobvarag’iga 

chekda 


ko’rsatilgan 

summadagi 

mablag’larni  o’tkazib  berish  uchun  bankninig  maxsus 

blankasida bankga bergan topshirig’idir. 



Hisob-kitoblar  markazi  -  bu  O’zbekiston 

Respublikasi 

Markaziy 

banki 


hududiy 

bosh 


boshqarmalarining  buxgalteriya  hisobi,  hisob  va  hisob-

kitoblar 

boshqarmasining 

bo’limi 


bo’lib, 

uning 


funksiyasiga 

banklarning 

vakillik 

hisob-kitob 

varaqalariga  xizmat  ko’rsatish  va  banklararo  hisob-

kitoblarning uzluksizligini ta’minlash kiradi. 



Hosilaviy  qimmatli  qog’oz  -  bu  shartnomalar 

bo’lib,  ular  bo’yicha  bir  tomon  qimmatli  qog’ozlarning 

ma’lum  bir  miqdorini  ma’lum  muddatda  kelishilgan 

narxda 


sotib 

olish 


yoki 

sotish 


huquqi 

yoxud 


majburiyatini oladi.  

 

Hududlararo  hisob-kitoblar  –  1.  bu  turli  hisob-

kitoblarning  markazlarida  vakillik  hisob-varaqlariga  ega 

bo’lgan  banklararo  hisob-kitoblardir;  2.  banklararo 



 

76

hisob-kitoblar bir viloyat ichidagi hisob-kitoblar markazi 



orqali amalga oshirilib qolmay, balki viloyat tashqarisiga 

ham  chiqishi  mumkin.  Bunda  banklararo  hisob-kitoblar 

viloyat  Markaziy  banki  boshqarmalari  qoshida  ochilgan 

hisob-kitob  kassa  markazlari  orqali  o’tkaziladi.  Turli 

hisob-kitob  kassa  markazlarida  vakillik  hisobvarag’iga 

ega 


bo’lgan 

banklar 


o’rtasidagi 

hisob–kitoblar 

hududlararo hisob-kitoblar deb ham yuritiladi. 

Hujjatlarning  rekvizitlari  -  bu  hujjatlardagi 

operasiyalarning  mazmuni,  uni  hisobga  olish  uchun 

kerak  bo’lgan  barcha  belgilar  yoki  ko’rsatkichlar 

majmui. 


Hujjatlashtirish  -  bu  hisobga  olinishi  kerak 

bo’lgan har bir operasiya haqidagi ma’lumotni o’z ichiga 

jamlagan  va  operasiyaning  qonuniyligini  tasdiqlovchi 

hujjatlar  majmuasidir.  Boshqacha  aytganda,  u  xo’jalik 

operasiyasini  amalga  oshirilganligi  to’g’risida  yuridik 

kuchga ega bo’lgan yozma guvohnoma. 



Hujjatlashtirilgan  akkreditiv  -  haq  to’lanadigan 

molning taqsimot hujjatlari ko’rsatilgan paytda bank haq 

to’laydigan akkreditiv. 

Hujjatlarning 

aylanishi 

– 

operasiyalarning 



qonuniyligi, 

hujjatlarning 

haqiqiyligi 

va 


to’g’ri 

rasmiylashtirilganligini  hamda  ularning  hisobda  to’g’ri 

aks  ettirilishini  Tekshirish  bilan  bog’liq  bo’lgan  ishlarni 

o’z ichiga oladi. 



Hujjatsiz 

qimmatli 

qog’ozlar 

– 

bu 



tasdiqlanayotgan  huquqning  mazmuni  va  ushbu  huquq 

subyektning 

ko’rsatilishga 

nisbatan 

belgilangan 

talablarga  muvofiq  amalga  oshiriladigan  maxsus 



 

77

Reyestrdagi  yozuv bunday  mulkiy  huquqlarni tasdiqlash 



usuli hisoblanadi. 

 

Ch 



Chaka  –  mis,  jez  singari  metallardan  yasalgan 

mayda, tanga pul. 



Chiqim  kassasi  –  operasion  kuni  mobaynida 

pullarni  va  boyliklarni  berish  uchun  tashkil    etiladigan 

kassa. 

Chiqim kassa hujjatlari - pul olish uchun cheklar 

va chiqim kassa orderlaridan iborat. 



Chek  –    bankka  berilgan  farmoyishga  ko’ra 

shaxsning  joriy  hisobvaraqda  ko’rsatilgan  summani 

berish to’g’risidagi maxsus  hujjat. 

Cheklar  inkassasi  -  bank  o’z  mijozning 

topshirig’iga  ko’ra  jo’natilgan  mollar  va  ko’rsatilgan 

xizmatlar  uchun  chek  asosida  to’lanishi  lozim  bo’lgan 

pul  mablag’larini  haq  to’lovchidan  oladi  hamda  bu 

mablag’larni  o’z  mijozining  bankdagi  hisobraqamiga 

o’tkazadi. 



Chek  kliringi  -  Cheklar  bilan  hisob-kitob  qilish 

bo’yicha  markazlashtirilgan  holda  o’zaro  hisobga  olish 

tizimi. 

Chet  el  banki  -  bu  bank  chet  el  bankining  filiali 

bo’lib,  unda  uning  ustav  kapitali  to’liqligicha  chet  el 

banki  tomonidan  to’lanadi  va  u  o’z  faoliyatini 

O’zbekiston Respublikasida amalga oshiradi.  



Chet  el  kapitali  ishtirokidagi  bank  –  chet  ellik 

investorlarning  ishtiroki  bank  ustav  kapitali  umumiy 

summasining  kamida  30%  ini  tashkil  etadigan  bank. 

Bunday  bankning  ustav  kapitalini  shakllantirishda 



 

78

rezidentlar  va  norezidentlar,  jismoniy  va  yuridik 



shaxslar,  shuningdek,  norezident  banklar  ishtiroq  etishi 

mumkin. 


Chet el banki vakolatxonasi - Chet el bankinig u 

joylashgan  yerda  boshqa  ochilgan  alohida  bo’linmasi 

bo’lib,  u  bank  va  boshqa  tijorat  faoliyati  bilan 

shug’ullanish  huquqisiz  bank  manfaatlarini  ko’zlab  ish 

olib boradigan bank bo’linmasidir. 

Chet 

el 

banki 

vakolatxonasini 

akkreditasiyalash  -  Chet  el  banki  O’zbekiston 

Respublikasi  hududida  o’z  vakolatxonasini  ochishi  va 

uning  faoliyat  olib  borishi  uchun  ruxsatnoma  olishi 

hamda vakolatxona boshlig’ini tayinlashi. 



 

Sh 

Shartlari  qayta  ko’rib  chiqilgan  ssudalar  – 

o’zaro  qayta  ko’rib  chiqilgan  yoki  qayta  tuzilgan 

shartnomalarga  asosan  ssuda  muddati,  yangi  foiz 

stavkasi  yoki  ta’minlanganlik  holatiga  qo’shimcha 

talablar  va shu kabi boshqa shartlarning o’zgarishi bilan 

bog’liq bo’lgan ssudalardir. 



Shartnomaviy 

tadbirkorlik 

mulk 



egasi 

bo’lmagan  korxona  rahbari  (menejer)  tomonidan 

shartnoma  asosida  amalga  oshiriladigan  faoliyat.  Bu 

faoliyatda mas’uliyat menejer zimmasiga yuklatiladi. 



         Shaxsiy    hisobvaraq  –  bu  xo’jalik  yurituvchi 

subyektlar  uchun  ochiladigan  hisobvaraqdir.  Barcha 

hisobvaraqlar 

O’zbekiston 

Respublikasining 

Bank 


Depozitariylari  Milliy  Axborot  Bazasida  (BDMAB) 

ro’yxatdan  o’tkaziladi.  Bu  yerda  har  bir  mijozga  o’ziga 

xos  raqam  beriladi.  Keyin  bu  koddan  mazkur  mijoz 


 

79

uchun  ochiladigan  barcha  shaxsiy  hisobvaraqalarni 



raqamlashda  foydalaniladi.  Mijoz  uchun  hisobvaraq 

ochilayotganda 

bankning 

bosh 


buxgalteri 

mijoz 


tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko’rib chiqib, mijoz 

to’g’risidagi  ma’lumotlar  faylini  BDMABga  yuboradi. 

1997  yildan  boshlab  mijozlarga  xalqaro  standartlarga 

mos hisobvaraqlar ochiladi.  



Shaxsiy  plastik  kartochka    –  bu  jismoniy 

shaxsga berilgan kartochkadir.  



Sho’ba  banki  –  ustav  kapitali  to’laligicha 

norezident bank tomonidan to’lanadigan bank. 



Sho’b’a  korxona  –  agar  boshqa  jamiyat  yoki 

shirkat  uning  ustav  fondida  ustunlik  qiluvchi  ishtiroki 

tufayli yoki ular o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, 

yoxud  boshqacha  tarzda  mazkur  jamiyat  tomonidan 

qabul  qilinadigan  qarorlarni  Belgilash  imkoniyatiga  ega 

bo’lsa,  ushbu  xo’jalik  jamiyati  sho’ba  jamiyati  deb  tan 

olinadi. 

 

Shubhali  kredit  –  substandart  kreditiga  xos 

bo’lgan  belgilarga  ega.  Qo’shimcha  xususiyati  –  

qarzning  yomon  ta’minlanganligidir.  Zarar  ko’rishi 

ehtimoli  juda  ham  katta  hisoblanadi.  Lekin  kelgusida 

izga  solinishi  mumkin  bo’lgan  ba’zi  bir  omillarning 

mavjudligi  qarzlar  qaytarilishiga  ishonchni  bir  qadar 

qo’llab  turadi.  180  kundan  ortiq  muddatda  harakatsiz 

bo’lgan  aktivlar  va  to’lanmagan  foizlar  shubhali  qarzga 

kiritiladi.  Ularning  50  foizi  undirilmay  qoladi  deb 

hisoblanadi. 

 

 

 


 

80

 

Elektron  pul  -  bu  hisob-kitoblarni  elektron 

hisoblash 

mashinalari 

yordamida  bajarish 

uchun 

qo’llaniladigan kredit pullarning eng so’nggi turidir. 



Elektron  to’lovlar  tizimi  –  bu  qog’ozsiz 

texnologiyaga  asoslangan  elektron  to’lovlar,  elektron 

pochta  vositalari  bilan  ma’lumotlarni  o’tkazishga 

asoslangan umumdavlat to’lov  tizimidir. 



Elektron  to’lov    hujjati  -  bu  Markaziy  Bank 

tomonidan 

belgilangan 

shaklda 


pul 

hisob-kitob 

hujjatlarining  asl  nusxasi  asosida  yaratilgan.  Bu 

«elektron» belgili hujjat bo’lib, uning aniq nusxasi bo’lib 

hisoblanadi va asl nusxa kuchiga egadir. 

Emissiya  (Tijorat  Banklari  uchun)  -  bu  tijorat 

banklari  tomonidan  qimmatli  qog’ozlarni  muomalaga 

chiqarish.  

Emissiya  (Markaziy  Bank  uchun)  -  qog’oz  va 

tanga pullarning, davlat qimmatli qog’ozlarini  Markaziy 

bank  yoki  moliya  organlari  tomonidan  muomalaga 

chiqarilishi. 



Emissiya  tizimi  -  bu  muomalaga  bank  biletlari, 

xazina  biletlari,  qog’oz  va  tanga  pullar,  qimmatbaho 

qog’ozlarni chiqarishdir. 

Emissiya prospekti - emitent to’g’risida, sotishga 

havola  etilayotgan  qimmatli  qog’ozlar  haqida,  qimmatli 

qog’ozlarni  muomalaga  chiqarish  tamoyili  va  tartibi 

to’g’risida  ma’lumotlar  hamda  xaridorning  mazkur 

qimmatli  qog’ozlarni  sotib  olish  yoki  bunday  xariddan 

voz  kechishga  qaror  qilishiga  ta’sir  etishi  mumkin 

bo’lgan  boshqa  har  xil  axborotlarni  aks  ettiruvchi 

hujjatdir. 



 

81

Emitent  –  pul  belgilari,  qimmatli  qog’ozlar  va 

to’lov  hisob-kitob  hujjatlarini  muomalaga  chiqaruvchi 

shaxs. 


Eksport–import  banki  -  horijga  mahsulot 

chiqarish  va  horijdan  mahsulot  keltirish  jarayonini 

mablag’    bilan  ta’minlash  asosida  faoliyat  yurituvchi 

bank.  


 

Yu 

Yuqori  likvidli  aktivlar  –  bu    kassadagi  pullar, 

Markaziy  bankdagi  vakillik  hisobvarag’idagi  qoldiq 

mablag’lar,  Markaziy  bankdagi  rezerv  hisobvarag’idagi 

qoldiq 


mablag’lar, 

qimmatbaho 

qog’ozlarga 

aylantirilgan mablag’lar. 



Yuridik  shaxsni  tashkil  etmasdan  faoliyat 

ko’rsatuvchi  tadbirkor,  jismoniy  shaxs  –  o’z 

tavakkalchiligi asosida yakka tartibda mehnat faoliyatini 

tashkil  etgan,  bankda  hisob-kitob  hisobvarag’iga  ega 

bo’lgan va mustaqil faoliyat ko’satuvchi shaxs. 



 

Ya 

 

Yakuniy  bank  oborotlari  –  bu  operasiyalarni 

tugallangan bankdagi oborotlari.  



Yaxshi  kreditlar  -  bu  asosiy  qarz  summasi  va 

unga  hisoblangan  foizlar  o’z  vaqtida  yoki  muddatidan 

ilgari qaytarilgan ssudalar. 

Yakka  tartibdagi  tadbirkor  -  bu  yuridik  shaxs 

maqomini 

olmasdan 

xususiy 


tadbirkorlik 

bilan 


shug’ullanayotgan jismoniy shaxs.  

 

82

ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.  O’zbekiston 

Respublikasi 

Konstitusiyasi. 

Toshkent 

"O’zbekiston"     1992 y. 

2.  I.Karimov 

"O’zbekiston: 

iqtisodiy 

islohotlarini 

chuqurlashtirish yo’lida". Toshkent "O’zbekiston" 1995 y. 

3.  I.Karimov  «Islohotlar  strategiyasi-mamlakatimiz  iqtisodiy 

salohiyatini yuksaltirishdir». Toshkent "Zarafshon" 2003 y. 20 

fevral. 

4.  O’zbekiston  Respublikasining  «Markaziy  bank  to’g’risida"gi. 

Qonuni.  Toshkent 1995 y.  

5.  O’zbekiston  Respublikasining    "Banklar  va  bank  faoliyati 

to’g’risida"gi Qonuni. Toshkent 1996 y. 

6.  O’zbekiston  Respublikasining  "Valyutani  tartibga  solish 

to’g’risida"gi Qonuni. Toshkent 1993 y. 

7.  O’zbekiston   bank   tizimini   isloh   qilish   va   erkinlashtirish 

bo’yicha 

qonunchilik 

hujjatlari 

to’plami. 

Toshkent 

"O’zbekiston, 2000 y. 

8.  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «Bank 

tizimini  rivojlantirish  va  pul  muomalasini  barqarorlashtirish 

chora-tadbirlari to’g’risida»gi 146-sonli qarori. 

9.  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  "Bank 

tizimini  isloh  qilish  chora-tadbirlari  to’g’risida"gi  qarori. 

Toshkent 1999 y. 15 yanvar. 

10. O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  «Banklarni 

tugatish tartibi to’g’risida»gi 240-sonli Nizomi. Toshkent 1996 

y. 20 iyo’l. 

11. O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  «O’zbekiston 

Respublikasi  bank  muassasalarida  emissiya-  kassa  ishi,  pul 

tushumini  inkassasiya  qilish  va  boyliklarni  tashishishga  doir» 

23-sonli yuriqnomasi. Toshkent 1995 y 5 iyun. 

12. O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  «O’zbekiston   

Respublikasida  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  to’g’risida»gi  60-

sonli Nizomi. Toshkent 1998 y. 27 iyun. 

13. O’zbekiston 

Respublikasi 

Markaziy 

banki 


tomonidan 

tayyorlangan  «O’zbekiston  Respublikasi  tijorat  banklari 



 

83

faoliyatini  nazorat  qilishga  doir  qonunchilik  hujjatlari 



to’plami». Toshkent «O’zbekiston» 2003y. 

14. «O’zbekiston   Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va 

hisoboti to’g’risida»gi 61-sonli  yo’riqnoma. Toshkent 1997 y. 

5 Sentyabr. 

15. «O’zbekiston      Respublikasi  banklarida  ochiladigan  bank 

hisobvaraqalari»  haqidagi  1-sonli  yo’riqnoma.  Toshkent  1998 

y. 28 avgust. 

16. «O’zbekiston 

Respublikasi 

hududida 

tijorat 

banklari 

tomonidan 

faktoring 

operasiyalarini 

bajarish 

tartibi 

to’g’risida»gi 326-sonli Nizom, Toshkent 1997 y. 15 mart. 

17. «O’zbekiston  Respublikasi  banklari  o’rtasida  elektron  to’lov 

tizimi  bo’yicha  hisob-kitoblarni  yuritish»  haqidagi  399-sonli 

Nizom. Toshkent 1998 y. 6 iyul.  

18. "O’zbekiston  Respublikasi  Bank  Depozitariylari  milliy 

axborot bazasi» haqidagi 263-sonli Nizom. Toshkent 1996.   

19. O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  «Tijorat 

banklari  tomonidan  ish  haqi  uchun  mablag’lar  berish  tartibi 

to’g’risida» gi Nizomi. Toshkent 2000 y. 

20. O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  «Tijorat 

banklarining  qimmatli  qog’ozlar  bo’yicha  buxgalteriya 

hisobini yuritish tartibi to’g’risida» gi Nizomi.  Toshkent 1996 

y. 20 sentyabr. 

21. «O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti». Vahobov A., 

Sirojiddinova Z. Toshkent 2002 y. 

22.  «O’zbekiston  Respublikasi  bank  tizimi».  Mullajonov  F. 

Toshkent "O’zbekiston",  2001 y. 

23.  «Banklarda  operasion  texnika  va  buxgalteriya  hisobi». 

Navro’zova K. Toshkent 2000 y.  

24.  «Buxgalteriya  hisobi».  Umarova  M.,  Eshboyev  U.  Toshkent 

«Mehnat», 1999 y. 

25.  «Iqtisodiyot,  moliya,  bank,  tijorat»  inglizcha-o’zbekcha 

lug’at.  Musayev  K.M.,  Erdonayev  A.X.,  Qudratov  M.Sh. 

Toshkent «O’qituvchi», 1998 y. 

26. «Iqtisodiyot asoslari». O’lmasov A. Toshkent "Mehnat", 1997 

y. 


 

84

27.  «Iqtisodiyot  nazariyasi».  Sharifxo’jayev  M.,  O’lmasov  A. 



Toshkent  "Mehnat", 1995 y.  

28.  «O’zbekistonda  qimmatli  qog’ozlar  bozorini  tashkil  etishda 

banklarning  roli».  Mullajonov  F.,  Salomov  I.  Toshkent 

«O’zbekiston», 1996 y. 

29. «Kichik va o’rta bizNes inVestisiyalarini kreditlash».  Uzoqov 

T., Nosirov I., Toshkent, 2001 y. 

30. «Kichik  biznes  va  tadbirkorlik».  Egamberdiyev  E.  Toshkent, 

2000 y.  

31. «Qimmatli  qog’ozlar».  Abdullayev  Yo.,  Shoxa’zamiy  Sh. 

Toshkent "Mehnat", 1997 y. 

32. «Qimmatli qog’ozlar».  Butikov I.  Toshkent, 2001 y. 

33.  «Pul  tizimi».  Abdullayev  Yo.,  Qoraliyev  D.  Toshkent 

"Mehnat", 1996 y. 

34.  «Pul, kredit va banklar». Abdullayeva Sh. Toshkent "Moliya", 

2000 y 

35.   «Pul:  100  savol  va  javob».  Abdullayev  Yo.  Toshkent 



«Mehnat», 1996 y. 

36.  «Marketing». 

Soliyev 

A., 


Usmonov 

A. 


Toshkent 

«O’qituvchi», 1997y. 

37.  «Jamg’arma ishi». Omonov H., Saidov D. Toshkent, 2000 y.  

38. «Bankovskiye  operasii».  pod.  Red.  O.I.Lavrushina.  Moskva. 

"Infra-M",  1 chast, 1995 g. 2 chast, 1996 g. 

39. «Bankovskoye Delo». O.I.Lavrushin, I.Yu.Polishuk.  Moskva, 

1997 g.  

40. «Buxgalterskiy 

uchyot 



bankax» 



L.A.Tarakanova, 

S.A.Gorina. Prakticheskoye posobiye. Moskva, 1996 g.   

41. “Mejbankovskiye  raschyoti”.  Berezina  M.P.,  Krupnov  Yu.S. 

Moskva, 1993 g. 

42. «Osnovi 

vneshne-ekonomicheskix 

znaniy». 

Slovar-


spravochnik. S.I.Dolgov., V.V. Vasilyev. Moskva, 1990 g. 

43.  «Slovar-spravochnik» 

T.B.Axmedjanov, 

A.A.Fattaxov.  

Tashkent  «Universitet», 1997 g. 

44. «Slovar-spravochnik  bankovskix  terminov»  V.F.Bliznes, 

G.I.Kravsova. Minsk «Belarus», 1989 g.  


 

85

45. «Finansovo-kreditniy  slovar».  pod.  Red.  N.V.Garetovskogo. I 



tom 1984 g., II tom 1986 g., III  tom 1988 g. Moskva «FiA» 

46.  «Yazik  biznesa».  Termini.  pod.  red.  V.A.  Chjena.  Tashkent 

«Shark», 1995 g 

 

 

 

 

 



Absolyut (mutloq) miqdorlar - 

Agent – 

Amerika Depozitar tilxati ADR 

(Amyerisan Dyepozitori Ryesyeipts)- 

Aksiya –  

Aksiyador –  

Aksionerlik jamiyati –  

Aksiyalarninig bonusli emissiyasi –   

Aktivlarni diversifikasiya qilish –  

Aktiv pul oboroti –  

Aksioner bank –  

Aktiv –  

Aktiv oPerasiyalari –  

Akkreditiv –  

Akkreditasiya to’g’risida guvohnoma – 

Aksept -  

Akseptlash – 

Akseptlangan Veksel –  

Akseptlangan tratta  

Akseptlanmagan tratta –  

«Aksept» shaklidagi hisob-kitoblar  

Aqor –  

Amvol –  

Amortizasiya –  

Amortizasiya fondi –  

Amortizasiyalanadigan qiymat –  

Analitik schyotlar –  

Analitik hisob –  

Avans –  

Avizo –  


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish