O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti Z. Niyozov, A. Karimova



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana21.01.2020
Hajmi0,68 Mb.
#36355
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bank-moliya faoliyatiga doir 555 ta atamalar izohli lugati


Rezident  bank  -  muayyan  mamlakatda  doimiy 

manzilga 

ega 

bo’lgan 


va 

uning 


qonunlariga 

bo’ysunuvchi bank. 



Rezidentlik hisobraqami - muayyan mamlakatda 

doimiy  turar  joyga  ega  bo’lgan  yuridik  yoki  jismoniy 

shaxsga ochilgan hisobraqam. 


 

62

Revalvasiya  -  lotincha  so’zdan  olingan  bo’lib, 

«ahamiyatga  egaman»,  «arziyman»  degan  ma’noni 

anglatadi. Mamlakat  milliy  valyutasining  horijiy  valyuta 

kursiga 

nisbatan 

o’sishi. 

Revalvasiya 

mamlakat 

iqtisodini  izga  solish  vositalaridan  biri  bo’lib,  mamlakat 

pul 

tizimini 



muvofiqlashtiradi, 

pulninig 

xarid 

qobiliyatini mustahkamlaydi. 



 



Saldo - qoldiq. 

Sanasiya  -  bu  korxonalarni  bankrotga  yoki 

raqobatbardosh  bo’lishini  oshirish  maqsadida  moliyaviy 

ahvolini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar tizimidir. 

Sarmoya  –  asosiy  savdo  mablag’i.  Kichik 

savdoda  harakat  qiluvchi  mablag’  dastmoya  deb 

yuritilgan. 

Sarmoyador  –  bu  qimmtli  qog’ozlarni  o’z 

nomidan  va  o’z  hisobidan  sotib  oluvchi  jismoniy  yoki 

yuridik shaxslardir (davlatdir). 

Sarrof  –  pul  almashtiruvchi,  pulni  maydalovchi. 

Savdo  rastalari  va  ko’chalarda  o’tirib,  kishilarning  yirik 

pullarini  maydalab,  qimmatbaho  buyumlarini  pulga 

almashtirib  beruvchi  shaxs.  Sarroflar  chet  eldan  kelgan 

savdogarlarning  pullarini  mahalliy  pullarga  almashtirib 

berish; 


qimmabaho 

toshlar, 

oltin, 

kumush 


va 

boshqalarning  bahosini  belgilash,  pul  va  buyumlarni 

ma’lum  vaqtgacha  omonatga  saqlash  bilan  ham 

shug’ullangan. 

 

Sertifikat  -  bu  bank  tomonidan  mijozning  pul 

mablag’lari  qo’yilganligi  to’g’risida  yozma  guvohnoma 

va  uning  egasiga  belgilangan  muddat  o’tishi  bilan 


 

63

bankka  qo’yilgan  mablag’larni  va  ular  bo’yicha  taaluqli 



foiz ko’rinishida daromadlarni olish huquqidir. 

Schyotlar  tizimi  -  hisobot  obyektlarini  ularning 

iqtisodiy  mazmuniga  ko’ra  hisobga  olishga  xizmat 

qiladi.  Bu  esa  schyotlar  tizimi  yordamida  korxona 

xo’jalik 

faoliyatini 

nazorat 


qilish 

va 


reja 

topshiriqlarining  bajarilishi  haqida  ma’lumotlar  olish 

imkonini beradi. 

 

Schyot  oboroti  -  bu  schyotlarning  debet  yoki 

kredit  tomonlariga  yozilgan  operasiyalar  summalarining 

yig’indisi. 



Schyotlar 

korrespondensiyasi 

xo’jalik 



operasiyalarini  ikkiyoqlama  yozuv  usulida  yozish, 

schyotlarning o’zaro bog’liqligidir.  



Sintetik  schyotlar  -  mablag’lar  va  xo’jalik 

jarayonlarining  umumlashgan  hisobi,  pul  birliklarida 

yuritiladigan schyotlarga aytiladi.  

Sintetik  hisob  -  sintetik  schyotlar  yordamida 

amalga oshiriladigan hisob.  



Statistik  hisob  -  ommaviy-ijtimoiy  hodisalarni 

o’rganish  va  nazorat  qilish  tizimidan  iborat  bo’lgan 

hisob. 

Statistik to’plam – o’zining belgilar jihatidan bir-

biridan  farq  qiluvchi,  lekin  sifat  jihatdan  bir  xil  asosga 

ega bo’lgan birlik. 

Statistik 

kuzatish 

– 

bu 



voqyea 

va 


hodisalarni  tashkiliy  hisobi  hisoblanib,  shu  asosda, 

ommaviy  ravishda  birlamchi  statistik  ma’lumotlar 

yig’ish bo’lib hisoblanadi. Statistik kuzatishni tashkil 

qilish shakli bo’lib statistik  hisobot shakllari orqali 

tizimli  ravishda  ma’lumotlarni  olish  hamda  maxsus 


 

64

statistik 



Tekshiruvga 

asosan 


ma’lumotlarni 

to’plashdir. 



Statistik hisobot - makroiqtisodiyot va statistika 

vazirligi  yoki  uning  mahalliy  tashkilotlari  hamda 

Moliya  Vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  tegishli 

ko’rsatkichlarga  ega  bo’lgan,  mustaqil  balansda 

turuvchi  barcha  korxona,  muassasa  va  tashkilotlar 

tomonidan belgilangan muddatlarda qonuniy tartibda 

uyushtirilgan  statistik  va  yuqori  tashkilotlarga 

yuborilib turiladigan hisobot. 

         So’nggi  nazorat  -  operasiya  bajarilgandan  so’ng 

o’tkaziladigan nazoratdir.  



         Smeta  -  belgilangan  bahoda  kutilayotgan  bank 

harajatlari va bank foydasi o’rtasidagi farq. 



Sof  aktivlar  -  jismoniy  yoki  yuridik  shaxsga 

tegishli  mol-mulk  yig’indisi:  asosiy  vositalar,  ishlab 

chiqarish  moddiy  zahiralari,  nomoddiy  aktivlar,  pul 

mablag’lari, moliyaviy qo’yilmalarning sof miqdori. 



Soliqlar  –  bu  davlat  tomonidan  davlat  byudjetiga 

yuridik  va  jismoniy  shaxslardan  undiriladigan  majburiy 

to’lovlar. 

         Spot  -  1.  naqd  moddiy  boyliklar  bo’yicha  tuzilgan 

bitimlar  (jumladan,  birjali  bitimlar).  Spot  bo’yicha 

bitimlar  tez  fursatda  to’lanishi  shart.  Mollar  naqd  pulga 

sotiladigan  va  tez  yetkazib  beriladigan  bozor  «Spot-

bozori»  deb  yuritiladi;    2.  darhol  yetkazib  beriladigan 

mol yoki valyuta sotiladigan narx. 

 

Subschyotlar  -  asosiy  schyotlar  ko’rsatkichiga 

qo’shimcha sifatida kiritiladigan schyotlar. 



Substandart kreditlar – bu asosiy qarz  summasi 

va  foizlar  ishlab  chiqarilgan  dasturlarning  noto’g’ri 



 

65

yo’naltirilganligi  sababli  qaytmaslik  xatari  mavjud 



bo’lgan,  o’z  mohiyatiga  ko’ra  moliyaviy,  boshqaruv, 

iqtisodiy  yoki  kuchsiz  garov  ta’minoti  bo’lishi  mumkin 

bo’lgan  kreditlardir.  Zarar  kutilmaydi,  ish  to’g’ri 

yo’naltirilishi imkoniyati mavjud. 

 

Ssuda foizi - bu  qarz beruvchi  ma’lum bir vaqtga 

qarz  berganligi  uchun  qarz  oluvchidan  olinadigan 

foizlar. 

Ssuda  operasiyalari  –  banklarga  daromadning 

asosiy  qismini  olib  keladi,  vaqtincha  harakatsiz  yotgan 

pul  mablag’larini  joylashtirish,  muomala  va  iste’molni 

rag’batlantirgan holda harakatga soladigan operasiyalar. 



Smart-plastik karta  – tashqi ko’rinishidan xotira 

kartasiga o’xshaydi, lekin mikrosxemasida farqi bor. 



SigMentlash  –  bozorni  turli  xil  belgilariga  qarab 

bo’laklarga ajratish. 

 



Tadbirkorning  maqsadi  -  yangi  fikr  va 

g’oyalarni  izlash,  tahlil  qilish,  o’zining  yaratuvchilik 

qobiliyatlarini  yuzaga  chiqarish,  ishni  rivojlanishida 

yutuqqa erishishdir. 

 

Talab  qilib  olinguncha  depozit  hisobvarag’i  - 

bu  mijozning  birinchi  talabi  bilanoq  qaytariladigan 

depozit hisobvaraqlari. 

Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar 

– bu depozitlar  yuridik  va jismoniy shaxslarning  «Talab 

qilib  olinguncha»  degan  hisobvaraqlarida  turadigan, 

joriy  maqsadlar  uchun  mo’ljallangan,  istalgan  vaqtda 

olinishi mumkin bo’lgan mablag’lardir. 


 

66

Ta’minlanganlik  -  deganda,  mijozning  aktivlari 

qiymati  va  kredit  shartnomasida  ko’rsatiladigan  konkret 

ikkilamchi  qarzni  qoplash  manbai  (kafillik,  sug’urta, 

garov). 

Tanga  -  metaldan  yasalgan  pul  birligi,  muomala 

va  to’lov  vositasi.  O’rta    Osiyoda  tangalar  miloddan 

avvalgi  III  asrda  muomalaga  chiqarilgan.  Amir  Temur 

tomonidan  XIV  asrning  80-yillarida  o’tkazilgan  pul 

islohotida to’la qiymatli kumush tangalar zarb qilingan. 

Tashqi 

audit 

– 

bu 



korxonaning 

tashqi 


foydalanuvchilari,  aksiyadorlar,  investorlar,  banklar, 

sheriklar uchun korxonaning moliyaviy holatiga xolisona 

xulosa tayyorlashdir.  

Tashqi  qarz  -  muayyan  bir  davlatning  horijiy 

mamlakatlar 

hukumatlari, 

bank 


va 

moliya 


muassasalaridan  kredit  olishi  natijasida  paydo  bo’lgan 

qarzi. 


Taqsimlanmagan  foyda  –  bu  rezerv  fondiga 

ajratmalar  va  dividendlar  to’langanidan  so’ng  qoladigan 

foydaning bir qismidir. 

Tekshirish  qaydnomalari  -  hisob  axborotlariga 

elektron  hisoblash  mashinasi  yordamida  buxgalteriya 

ishlovi  berilganda  har  oyning  birinchi  10  kunligida 

tekshirish qaydnomalari tuziladi. 



Tijorat  banki  –  bu  bo’sh  pul  mablag’larini  jalb 

qiluvchi,  saqlovchi,  kredit,  hisob-kitob  va  boshqa  turli 

xil  vositachilik  operasiyalarini  amalga  oshiruvchi 

muassasa.  Bu  bank  asosan  o’z  mablag’laridan  va  jalb 

qilingan 

mablag’lar 

bilan 

turli 


xil 

hisob-kitob 

operasiyalarini amalga oshiradi. 


 

67

Tijorat  banklarining  o’z  mablag’lari  –  bular 

maxsus  fondlar,  rezerv  kapitali,  moddiy  rag’batlantirish 

fondi, ustav  fondi, taqsimlanmagan  foyda  va boshqa  har 

xil tashkil qilingan fondlar. 

Tijorat  banklarining  jalb  qilingan  mablag’lari 

  bularga    depozit  operasiyasidan  tushgan  mablag’lar, 

boshqa  banklardan  olingan    kreditlar,  kontokorrent  va 

korrespondent hisobvaraqlardagi mablag’lar kiradi. 

Tijorat 

banklarining 

emitentlashgan 

mablag’lari 

bularga 



qimmatbaho 

qog’ozlarni 

sotishdan olingan mablag’lar kiradi. 

Tijorat  bankining  balansi  -  bu  buxgalteriya 

balansi bo’lib,  bankning o’z mablag’lari va jalb qilingan 

mablag’larining holatini hamda ularni bankning kredit va 

jalb  qilingan  mablag’larning  oshganini,  shuningdek, 

ularni  bankning  kredit  va  boshqa  aktiv  operasiyalariga 

joylanishini ifodalaydigan hisobotidir.  



Tijorat  banklarining  investisiya  kompaniyalari 

sifatidagi  faoliyati  -  investisiya  kompaniyasi  qimmatli 

qog’ozlarni  muomalaga  chiqarishni  tashkil  etadigan  va 

kafolatlaydigan, mablag’larning asosiy qismini qimmatli 

qog’ozlarga  sarflaydigan,  diller  sifatida  qimmatli 

qog’ozlarni 

savdo-sotiq 

qiladigan 

ixtisoslashgan 

korxonadir. 

Tobe  korxonalar  –  bu  xo’jalik  jamiyatining 

sarmoyasida  ishtirok  etayotgan  boshqa  jamiyat  uning 

ovoz  beruvchi  aksiyalarining  20%  idan  ortig’iga  ega 

bo’lsa, bu korxonalar tobe korxonalar hisoblanadi. 



To’lovga  qobillik  –  bu  keng  tushuncha  bo’lib, 

bank  zarur  muddatlarda  kreditlar,  omonatchilar,  davlat 

oldidagi  majburiyatlarini  to’liq  bajara  olish  layoqatini 


 

68

bildiradi. Lekin u faqat balans likvidligiga bog’liq bo’lib 



qolmasdan,  balki  boshqa  bir  qator  omillarga  ham 

bog’liq. 



To’lov  talabnomasi  -  bu  mahsulot  yetkazib 

Beruvchi 

va 

mablag’  oluvchilarning  belgilangan 



summani  to’lovchi  bank  orqali  to’lashi  to’g’risidagi 

talabnomani  o’z  ichiga  olgan  hisob-kitob  hujjatidir. 

To’lov  talabnomasi  bo’yicha  hisob-kitoblar  «Aksept» 

shaklidagi hisob-kitoblar deb ham yuritiladi.  



To’lov 

topshiriqnomasi 

mijoz 



o’z 

hisobvarag’idan  unga  xizmat  ko’rsatuvchi  bankka 

ma’lum  bir  summani  boshqa  mijozning  hisobvarag’iga 

o’tkazish to’g’risidagi topshirig’idir. 



Tratta - o’tkazma veksel. 

Transaksiya  -  bu  pul  mablag’larini  har  qanday 

maqsadlarda  foydalanish  uchun  amalga  oshiriladigan 

o’tkazma bank operasiyasi. 

Tranzit  komission  bitimlar  -  bu  birjada 

qatnashish  huquqiga  ega  bo’lgan  banklarning  boshqa, 

ya’ni  bunday  operasiyalarda  qatnashishga  ruxsat 

berilmagan  banklar  va  boshqa  kredit  institutlarining 

topshirig’iga  binoan  amalga  oshiradigan  operasiyalari 

tushuniladi. 



Trast  -  bu  mijozning  qimmatli  qog’ozlari  portfeli 

yoki  portfelning  bir  qismini  hamda  u  bilan  bog’liq 

bo’lgan 

pul 


mablag’larini 

ehtimolli 

boshqarish 

(dividendlarni,  foizlarni  inkassasiya  qilish,  ularni  qayta 

investisiyalash,  qimmatli  qog’ozlar  sotuvidan  pul 

tushishi va h.k.) kiradi. 



Trast  operasiyalari  -  bu  mijozlarning  pul 

mablag’larini boshqarish; mijozlarning fond portfellarini 



 

69

shakllantirish 



va 

qimmatli 

qog’ozlar 

paketlarini 

boshqarish; Meroslar va xususiy trastlarni tassaruf etish; 

agentlik vazifalarini bajarish, obligasiyalarni muomalaga 

chiqarish  va  to’lov  muddati  kelganda  to’lash,  fondlarni 

boshqarish;  qimmatli  qog’ozlarni  saqlash  ularning 

harakatini  hisobga  olish,  ularni  boshqa  qimmatli 

qog’ozlarga almashtirish va h.k. vazifalarni bajarishdir. 

 

 



Umumiqtisodiy  vaziyat  -  bu  mamlakatdagi  joriy 

va  kelajakdagi  iqtisodiy  holat,  siyosiy  ahvol,  soliqlar, 

xom-ashyo  va kredit qaytarilishiga boshqa ta’sir etuvchi 

bilvosita omillarni o’rganish tushuniladi. 



Ustav  fondi  -  1.  pul  mablag’larining  yig’indisi, 

korxona  yoki  tashkilotlarning  o’z  ish  faoliyatini  olib 

borish  uchun  o’rnatilgan  ma’lum  bir  summa;  2.  bank 

faoliyatini  tashkil  etish  uning  ustav  fondini  yaratishdan 

boshlanadi. Ustav fondi yuridik va jismoniy shaxslarning 

jamg’armasi  hisobidan  yaratiladi  va  majburiyatlarni 

bajarish uchun xizmat qiladi. 

Ustav kapitali – bu ta’sis hujjatlarida belgilangan 

hissalarning  (pul  ifodasidagi)  yig’indisidir.  Ustav 

kapitaliga  hissa  shaklida  qo’shiladigan  moddiy  va 

nomoddiy  aktivlar  ta’sischilar  kelishuviga  yoki  yuridik 

shaxs  ijroiya  organinig  qaroriga  ko’ra  baholanadi  va 

hisobga olinadi. 



Uyushtirilmagan  jamg’armalar  -  bu  aholi 

qo’lida saqlanayotgan jamg’armalardir. Bu jamg’armalar 

turli  ko’rinishda  saqlanishi  mumkin.  Masalan:  pul 

ko’rinishida, 

tovar-moddiy 

boyliklar 

shaklida, 


 

70

qimmatbaho  metal shaklida, ko’chmas  mulk shaklida  va 



boshqa ko’rinishlarda saqlanishi mumkin. 

Uzoq  muddatli  kreditlar  -  Besh  yildan  ortiq 

muddatga  (ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  maqsadlarga 

mo’ljallangan  obyektlarni  qurish,  qayta  ta’mirlash  va 

texnik  qayta  jihozlashga  doir  harajatlar  bilan  bog’liq) 

investisiya maqsadlari uchun beriladigan  ssudalar. 

O’tkazma  akkreditiv  –  bu  akkreditivning 

xususiyati  shundaki,  buni  boshqa  shaxsga  o’tkazish 

mumkin. 

O’rta  korxonalar  -    mulkchilik  shaklidan  qat’i 

nazar,  ish  bilan  band  bo’lgan  hodimlarning  o’rtacha 

yillik  hisobida  kichik  korxonalar  uchun  belgilanganidan 

ortiq,  biroq  sanoat  sohasida  100  kishidan  yuqori 

bo’lmagan,  qurilishda  50  kishidan,  qishloq  xo’jaligi  va 

boshqa  ishlab  chiqarish  sohalarida,  ulgurji  savdo  30 

kishidan,  chakana  savdoda,  xizmat  ko’rsatish  sohasi  va 

boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida 20 kishidan ko’p 

bo’lmagan korxonalar. 

 



Faktoring  -  banklar  va  boshqa  moliyaviy 

tashkilotlarning  korxonalar  qarzlarini  (yetkazib  berilgan 

va  bajarilgan  xizmatlarga  haq  to’lash  bo’yicha 

majburiyatlarini) o’z zimmasiga olishidan iborat bo’lgan 

moliyaviy-tijorat xizmat turi. 

Faktoring 

kompaniyasi 

korxona 



va 

tashkilotlarning  yetkazib  berilgan  mollar  va  bajarilgan 

ish  yoki  ko’rsatilgan  xizmatlarga  haq  to’lash  bo’yicha 

majburiyatlarini o’z zimmasiga oluvchi kompaniya. 



 

71

Firma - italyancha so’zdan olingan bo’lib, «imzo» 

degan  ma’noni  anglatadi.  Yuridik  shaxs  huquqlaridan 

foydalanishi  mumkin  bo’lgan  xo’jalik,  sanoat  va  savdo 

korxonalari 

yoki 


mustaqil 

faoliyat 

yuritadigan 

shahobcha.  



Fermer  xo’jaligi  -  bu  yuridik  shaxs  maqomiga 

ega  bo’lgan,  fermer  xo’jaligi  a’zolarining  birgalikdagi 

mehnati  asosida  uzoq  muddatga  ijaraga  berilgan  yer 

uchastkasida  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  –  tovar 

ishlab 

chiqarishga 



asoslangan 

mustaqil 

xo’jalik 

yurituvchi subyektdir.  



Foiz - hissa, ustama, qo’shimcha foyda. 

Foiz  svopi  –  bu  ikki  tomon  o’rtasidagi 

shartnomaviy  kelishuvdir,  masalan,  tijorat  banki  va 

uning  mijozi  bilan  oldindan  kelishib  qo’yilgan  fiktiv 

summa foiz to’lovidir. Yoki bir tomon ikkinchi tomonga 

olingan  summaga  fiktiv  foiz  to’laydi  va  boshqa 

tomondan so’zib  yuruvchi  foiz stavkasi orqali pul oladi, 

odatda,  bu  Libor  stavkasi  (har  kunlik  o’rtacha  foiz 

stavkasi) orqali olib boriladi. 



Fond  birjasi  -  bu  qimmatli  qog’ozlar  olib-

sotiladigan savdo joyi. 



Foyda – daromad va harajatlar o’rtasidagi farq. 

Foizli  marja  -  aktiv  va  passiv  operasiyalar  foiz 

stavkalari o’rtasidagi farq. 



Forvard  shartnomasi  -  kelishilgan  miqdordagi 

horijiy  valyutani  bitim  tuzilayotgan  vaqtda  kelishib 

olingan  kursda  muayyan  muddatdan  so’ng  yetkazib 

berish haqidagi shartnoma. 



Fyuchers  -  bitim  tuzilganidan  so’ng  muayyan 

vaqt  o’tgandan  keyin,  mol  yoki  aksiya  uchun 



 

72

shartnomada  belgilangan  narxda  pul  to’lashni  ko’zda 



tutuvchi muddatli bitim turi. 

Fyuchers  shartnomasi  (bitimi)  –  xom-ashyo 

mollari, oltin, valyuta, moliya va kredit vositalarini bitim 

tuzilgan  paytda  belgilangan  narxda  xarid  qilish  va 

sotishdan  iborat  bo’lgan  muayyan  vaqtdan  (2-3  yilga 

qadar)  keyin  ijro  etiladigan  muddatli  bitim  shartnomasi 

(bitimi). 



Fyuchers  foiz  stavkalari  (foiz  fyuchersi)-  bu 

moliyaviy fyuchers bo’lib, bu maxsus fyuchers bozorlari 

–  fyuchers  birjalarida  savdo  obyekti  sifatida  xizmat 

qiladi.  Ular  jahonning  asosiy  tijorat  va  moliyaviy 

markazlarida joylashgan. 

Front-ofis  –  bu  HKKM  (Hisob-kitob  kassa 

markazlari)ning tarkibiy qismi bo’lib, qonun hujjatlarida 

nazarda  tutilgan  tartibda  bank  operasiyalarini  amalga 

oshirishda  Markaziy  bank  mijozlari  bilan  bevosita 

muloqotda  bo’lgan  holda  xizmat  ko’rsatuvchi  mas’ul 

xodimlar guruhi. 



  

X(H) 

Xazina  –  podshoh,  xon  va  amirlarning  pullari, 

qimmatbaho  buyum  va  boshqa  moddiy  boyliklari 

saqlanadigan  joy.  Hoziri  vaqtda  xazina  davlatning 

moliyaviy zahiralari majmuini anglatadi. 



Xazina  majburiyatlari  -  bu  majburiyatlarning 

egalari 


tomonidan 

byudjetga 

pul 

mablag’larini 



berganliklarini  tasdiqlovchi  hamda  ushbu  qimmatli 

qog’ozlarga  egalik  qilishning  butun  muddati  davomida 

belgilangan 

daromadni 

olish 

huquqini 



beruvchi 

 

73

(ko’rsatuvchi), 



egalik 

qiladigan 

davlat 

qimmatli 



qog’ozidir. 

Xalqaro kredit – bu xalqaro umuiqtisodiy sohada, 

bir 


mamlakat 

tomonidan 

boshqa 

mamlakatga 



vaqtinchalik foydalanishga beriladigan qarz. 

Xalqaro  lizing  –  ko’pincha  bu  moliyaviy  lizing 

(moliyaviy  lizingni-qarang)  bo’lib,  bunda  bir  tomonda 

chet el hamkori (sherigi) turadi.  

Xatar  -  qimmatli  qog’ozlar  (shu  jumladan, 

investisiyalar) operasiyalari bilan bog’liq yo’qotishlar va 

muqarrar ravishda ularga xos ehtimollardir. 

Xejer  -  narx-navoning  noqulay  o’zgarishlaridan 

sug’urtalanishga  imkon  beruvchi  birja  operasiyalarini 

amalga oshiruvchi shaxs. 

Xolding 

– 

bu 



uning 

tarkibiga 

boshqa 

korxonalarning  aksiyalar  nazorat  paketi  kiradigan  ochiq 



aksionerlik jamiyatidir. 

Xotira  plastik  kartasi  –  bu  ma’lumotlarni 

xotirasida saqlovchi eng oddiy elektron kartochkadir.  



Xususiylashtirish  –  bu  davlat  mulki  bo’lgan 

obyektlarning  yoki  aksiyalarning  jismoniy  va  nodavlat 

yuridik shaxslar tomonidan sotib olinishidir. 

Xususiy  tadbirkorlik  -  bu  jismoniy  yoki  yuridik 

shaxslar  tomonidan  amalda  o’zining  shaxsiy  mulki 

asosida tashkil etiladigan faoliyat turi. 

Xususiy  mulk  -  bu  yuridik  va  jismoniy 

shaxslarning  o’ziga  tegishli  bo’lgan  mulki.  Ular  shu 

mulkni  sotish,  almashtirish  va  nazorat  qilish  huquqiga 

ega. 


Xususiy  banklar  –  jismoniy  shaxslarning  pul 

mablag’lari hisobidan tashkil qilingan banklar. 



 

74


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish