O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Mavzu bo’yicha nazorat savollari 
1.
Sudlanganlik holatining ahamiyati nimalarda ko’rinadi? 
2.
Sudlanganlik qo’llanilishining asosiy sabablarini ko’rsating 
3.
Qaysi jazolar uchun sudlanganlik qo’llanilmaydi? 
4.
Sudlanganlikning huquqiy ahamiyatini tushuntirib bering 
5.
Sudlanganlik holatining tugallanishi qachon yuz beradi? 
6.
Sudlanganlikning olib tashlanishi asoslarini tavsiflang 
7.
Sudlanganlik holatining tugallanish muddatlarini hisoblang 
8.
Sudlanganlikni olib tashlanishi muddatlarini hisoblang 
9.
O’ta xavfli retsidivistlar uchun sudlanganlikning olib tashlanishi 
qanday amalga oshiriladi? 
10.
Qo’shimcha jazolar uchun sudlanganlik qo’llanilishi asoslarini 
tushuntiring
12 BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGI VA JAZO 
 
Voyaga yetmaganlar javobgarligi va jazo tayinlash asoslari
Voyaga yetmaganlik yuridik sohada 18 yoshga to’lmaganlarga nisbatan 
ishlatiluvchi atama sifatidagi tan olinadi. Jinoyat qonunchiligi qilmishni jinoyat 
ekanligi, jazoga loyiqligi, jazoni tayinlash asoslarini tartibga solar ekan, voyaga 
yetmaganlik bilan bog’liq munosabatlarni ham inobatga oladi. Katta yoshdagi 
jinoyatchilarga nisbatan voyaga yetmaganlarning jinoyatchiligi asoslari ancha 
jiddiy bo’lib, bu voyaga yetmaganlarning ruhiy holatining tez o’zgarishi, 
qiziqqonligi, tashqi ta’sirlarga og’uchanligi bilan bog’liq bo’ladi. Voyaga 
yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar katta yoshlilardagi kabi 
javobgarlik asoslarini keltirib chiqaradi.


180 
Jinoyat sodir etuvchi har qanday shaxs uchun javobgarlik kelib chiqishi 
muqarrar bo’lib, faqat qonun yo’l qo’ysagina, u o’z huquqiy ahamiyatini yo’qotishi 
mumkin. Jinoyat qonuni jazolovchi normativ hujjat bo’lmay, balki odil sudlov 
amalga oshirilishi uchun manba hisoblanuvchi huquqiy asosdir. U javobgarlik 
belgilanishi va jazo tayinlanishida davlat tomonidan o’rnatilgan normalardan iborat 
bo’lib, voyaga yetmaganlar javobgarligi va jazolanishi bilan bog’liq me’yorlarni 
ham belgilaydi.
Jinoyat qonunchiligi umumiy asoslarda 16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 
14, xatto og’irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o’ldirganlik uchun 13 yoshdan 
ham javobgarlik kelib chiqishini o’zida aks ettiradi. Jinoiy javobgarlikka tortish 
yoshi belgilanishida shaxsning sodir etgan qilmishini ijtimoiy xavfliligi va uning 
oqibatlari jiddiy ekanligini anglay olishi va o’z harakatlarini boshqara olishi 
imkoniyatlari hisobga olinadi.
Jinoiy javobgarlikning belgilanishi Maxsus qismdagi jazolarni umumiy 
asoslarda to’liq qo’llanilishini anglatmaydi. Kattalar uchun qo’llaniladigan jazolar 
voyaga yetmaganlar uchun og’irlik qilishi bilan birga ularni jamiyat uchun 
foydalilik jihatlari kamayib ketishiga olib keladi. Hayotning past-balandini hali 
yaxshi his qilmagan, mustaqil hayot yo’lini boshlamagan voyaga yetmagan 
shaxsga kattalar uchun mo’ljallangan jazolarning qo’llanilishi ularning davlat va 
jamiyatga nisbatan noroziligining ortib ketishi, kelajakda retsidiv jinoyatlarning 
ko’payib ketishi hamda jamiyat uchun foydasiz kimsalarga aylanishiga olib keladi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan umumiy asoslarda javobgarlik belgilansada, 
jinoyat qonuni ko’plab yengilliklarni nazarda tutadi. Jinoyat-protsessual jarayonida 
voyaga yetmaganlarni so’roq qilish uchun uning qonuniy vakili yoki katta yoshli 
qarindoshi, pedagog, psixolog, himoyachi yoxud boshqa shaxslar ham ishtirok 
etadi. 18 yoshga to’lmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish Jinoyat-
protsessual kodeksining 548-564-moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha 
olib boriladi.
Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davrida voyaga 
yetmaganlar bilan bog’liq bo’lgan quyidagi holatlar ham tekshirilishi lozim: 


181 

voyaga yetmagan shaxsning aniq yoshi (tug’ilgan yil, oy, kun) ; 

voyaga yetmagan shaxsning o’ziga xos xususiyatlar va uning salomatligi 
holati; 

voyaga yetmagan shaxsning turmush va tarbiyalanish sharoitlari; 

katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor-yo’qligi. 
Voyaga yetmaganlar jinoyat ishi bo’yicha so’roq qilinganda, qonuniy 
vakildan tashqari himoyachining ishtirok etishi talab etiladi. 16 yoshga 
to’lmaganlar so’roq qilinayotganda qo’shimcha ravishda pedagog hamda psixolog 
ham ishtirok etishiga yo’l qo’yiladi. Pedagog yoki psixolog voyaga yetmaganning 
o’zi guvoh bo’lgan yoki sodir etgan hodisa haqidagi ma’lumotlarni to’g’ri aytib 
berishiga yordam beradi.
Sudda ham 16 yoshga to’lmaganlarni so’roq qilishda yolg’on gapirganlik 
uchun javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilmaydi. Sudga to’g’ri ko’rsatma 
berish uning ma’naviy burchi ekanligi tushuntiriladi.
Voyaga yetmaganlarga Jinoyat kodeksida belgilangan barcha jazolar 
qo’llanilmaydi. 
Ularning 
voyaga 
yetmaganligi 
jazo 
tayinlanishida 
yengillashtiruvchi holat sifatida ko’riladi. Jinoyat protsessida va jazoni ijro etish 
organlarida voyaga yetmaganlarga nisbatan ayrim yengilliklar ham ko’zda tutiladi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan munosib xulq-atvorda bo’lish haqida tilxat; 
shaxsiy kafillik; jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamog’i; 
qamoqqa olish, kuzatuv ostiga olish uchun topshirish kabi ehtiyot choralaridan biri 
qo’llaniladi. Shuningdek ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki 
bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan bo’lsa muassasa rahbarining qaroviga 
berilishi ham mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish 
yoki uy qamog’ini qo’llash uchun jinoyatning xavfliligi tufayli u surishtiruvdan, 
dastlabki tergovdan va suddan qochib ketishi mumkin degan xulosaga kelinishi 
zarur. Shuningdek, besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi 
qo’llanilishi mumkin bo’lgan jinoyatni qasddan sodir etganda ham shunday yo’l 
tutiladi.


182 
Qamoqqa olish ehtiyot chorasi tufayli qo’llanilganda voyaga yetmaganlar 
katta yoshlilardan hamda voyaga yetmagan mahkumlardan alohida saqlanishi 
shart. Bunda ularning voyaga yetmaganlarga nisbatan salbiy ta’sir ko’rsatishiga 
yo’l qo’ymaslik ko’zda tutiladi.
Sud 
voyaga 
yetmaganlarga 
nisbatan 
jazo 
tayinlashda 
jinoyat 
qonunchiligining umumiy asoslarga rioya qiladi. Bunda voyaga yetmaganning 
aqliy rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasi, salomatligi, 
jinoyatining sabablari va katta yoshli tashkilotchi, dalolatchilarning uning shaxsiga 
ta’siri va boshqa holatlar inobatga olinadi.
Sud tomonidan voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi tekshirilganda, 
uning o’z tengdoshlariga nisbatan aqliy rivojlanishda ortda qolmaganligi 
aniqlanadi. Agar u o’z tengdoshlaridan ortda qolgan bo’lsa, tibbiy yo’sindagi 
majburlov choralari qo’llaniladi. Tibbiy yo’sindagi majburlov chorasi jinoyat 
qonunchiligining umumiy asoslari bo’yicha voyaga yetmagan shaxs sog’ayguncha 
davom etib, uning tuzalishi sud ekspertizasi tomonidan tasdiqlansa, javobgarlik 
tortish asoslari tiklanadi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda yengilini og’iri bilan 
qoplash va jazolar muddatini qisman qo’shish yo’llaridan foydalaniladi. Har ikki 
holatda jazolarning qo’llash orqali voyaga yetmagan shaxsni tuzalish yo’liga 
tezroq kirishi inobatga olinadi. Bunda albatta, jinoyatning xavflilik darajasi, motiv 
va maqsadlari, zararning miqdori, ayblanuvchining shaxsi, og’irlashtiruvchi va 
yengillashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish