3.
Tabiiy-ilmiy turkumdagi fanlarning yig’ma mavzu rejasi: unda fanlararo bog’lanishlar aks
etishi lozim (yarim yilgamo`ljallab tuziladi).
4.
Ana shu mavzu yuzasidan batafsil konspektga ega bo`lgan dars rejasi.
Ayrim maktab o`quv - ishlab chiqarish kombinatlari, hunar-texnika bilim yurtlarining
ilg’or ish tajribasi shuni tasdiqlaydiki, mehnat- va kasb ta’limi bo`yicha rejalashtiruvchi
hujjatlar o`quv jarayonini xamma tamoyillarini hisobga olgan xolda tuzib chiqilishi kerak.
Rejalashtirishda ana shu tamoyillaridan birortasiga e’tibor bermaslik, mehnat o`qituvchisining
ishida jiddiy nuqsonlarga sabab bo`lishi mumkin.
Ma’lumki mehnat va kasb ta’limi dasturida mavzular ma’ruzalariga
va darslarga
bo`linmaydi, ularda soatlar miqdori ajralib ko`rsatilmaydi. Bu ish texnologiya ta’limi
o`qituvchisi yoshi ustaj yO’qlanadi, u har bir mashg’ulot uchun o`quv materialining xajmini
shunday taqsimlab chiqadiki, bu material mazmun jihatdan ham, matn jihatdan ham mantiqan
tugallagan bo`lishi kerak. Shu bilan birga o`qituvchi ajratilgan mavzuchalardan har biriga
kiradigan o`quv materialining xususiyati va mazmuniga mos keladigan nom berish kerak.
Kalendar - mavzu rejasida amaliy-laboratoriya ishlarining ro`yxati albatta berilishi
lozim, zarur asbob - uskunalar, materiallar, xujjatlar ana shu ruyxatga muvofiq ravishda
tayyorlanadi.
Bunday reja o`rgatilayotgan jarayonlarni o`zlashtirishning samarali bo`lishini
ta’minlaydigan maxsus moslamalarni ko`rsatmasdan o`tib bo`lmaydi (ular oldindan tayyorlab
qo`yilishi lozim).
Ayrim metodistlar kalendar - mavzu rejasini soddalashtirilgan
sxemasini yoqlab
chiqmoqdalar. Ular bu ishni endi boshlayotgan mehnat o`qituvchilari, ustalari, muxim, lekin
ko`p vaqt talab qiladigan tayyorgarlik ishining uddasidan chiqmaydilar deb tushuntirmoqchi
bo`ladilar. Lekin shu rejalashtirishni har qanday soddalashtirish yoqi etarli darajada aniq
rejalashtirmaslik, ma’lumki ta’lim jarayonini tashkil etishning buzilishiga, ta’lim ishida sifatni
pasayishiga va nuqsonlar sodir bo`lishiga olib keladi.
Kalendar - mavzu rejasini tuzish vaqtida mehnat va xasb ta’limi o`qituvchisi o`quv
ishlab chiqish ishlari ro`yxatiga qanday mehnat ob’ektlari kiritilishi lozimligini oldindan
bilnshi kerak. Demak kalendar mavzu rejasi o`qituvchi tomonidan o`quv ishlab chiqarish
ishlari ro`yxati belgilangan bir vaqtda tuzib chiqilishi lozim. Chunki
bu rejalashtirilayotgan
har ikkala xujjat bir-biriga chambarchas bog’liqdir. Mehnat va kasb ta’limi bo`yicha operator
dasturi asosida o`qituvchining mashg’ulotga tayyorlanishida, ayniqsa dars rejasini tuzib
chiqishda mehnat ob’ektlarini tanlashda va mashg’ulotlarni zarur narsalar bilan boyitishda
uning ishini ancha osonlashtiradi. Mehnat va kasb ta’limi bo`yicha kalendar-mavzu rejasi
dastur asosida yarim yilga mo`ljallab tuzib chiqiladi. Reja mehnat o`qituvchilarining metod
birlashmasidan ko`rib chiqilishi, unga tuzatishlar kiritilib, muloxazalar hisobga olinishi kerak.
Shundan keyin maktab o`quv ishlab chiqarish kombinati va
hunar - texnika bilim yurti
direktorlarining tasdig’iga taqdim etiladi.
Ishlab chiqarish ta’limi dars planining tipik sxemasini o`rganishda kirishishdan oldin
bu planning ishlab chiqarish ta’limi programmasi va plani asosida, maxsus texnologik va
boshqa fanlarga doir darslarning planlari ayrim darslar kalendar planlari asosida tuzilishini
aytib o`tish zarur. So`ngra dars planini tuzishdan ko`ada tutilgap maqsad bu plashsh tuzishda
qo`yilgan talablar o`ylab chiqiladi. Shundan keyin ishlab chiqarish ta’limi darsini mumkin
qadar sxemasini, ya’ni har bir elementi ayrim band tarzida yozilgan mufassal planini ko`zdan
kechirishga o`tish maqsadga muvofiqdir.
Dars planini sxemasini ko`rib chiqishda o`z ixtisosiga doir programma temalaridan
birining mufassal dars planini keltirsa juda yaxshi bo`ladi.
Bundan tashqari, shuni ham aytib o`tish zarurki ishlab chiqarish ta’limining keltirilgan
dars plani sxemasi programmaning temasiga darsdan kutilgan maqsadga qarab, boshqacharoq
tuzilishi ham mumkin. Masalan dars planida «o`tilganlarni so`rash», band yoki «o`rganish
mashqlari» bo`lmasligi
ham mumkin, chunki ularni eng murakkab operasiyani o`rganish
vaqtida o`tkazish maqsadga muvofiqdir.
Tuzilgan dars planiga darsni muvaffaqiyatli o`tkazishni ta’minlovchi asbob-
moslamalar, materiallar ro`yxati, shuningdek darsning mufassal konspekti ilova qilinadi.
Dars rejasi:
1.
Dars mavzusi,
2.
Darsning maqsadi
3.
Ish ob’ekti.
4.
Darsni jihozlash.
5.
Darsni tashkiliy qismi.
a) davomadni aniqlash.
b) navbatchi tayyorlash.
b.Kirish instruktaji.
7.Joriy instruktaji
O`quvchilar yo`l qo`yadigan tipik xatolarini namoyish qilish bu xatolarini sabablari va
ularni bartaraf qilish usullarni tushuntirish.
8.Yakuniy instruktaj.
O`quvchilarning xatolarini analiz qilish, bajarilgan ishni unumli baholash, darsning
yakuniy qismi.
9.Ish o`rnini yig’ishtirish.
O`quv ustaxonalarida bajariladigan buyumlar ro`yxati
yarim yilga yoki bir yilga
mo`ljallab tuziladi. Uni ishlab chiqishda usta texnologiya ta’limi o`qituvchilari va
ustaxonaning mudiri qatnashadi. O`quv ustaxonasida bajariladigan buyumlar ro`yxati
kalendar tematik rejaga qo`shimcha ravishda yoziladi. Bu quyidagi prinsiplarga asosan ishlab
chiqilgan:
1.
O`qitish unumi mehnat asosida olib boriladi.
2.
Buyumlar oddiydan murakkabga qarab joylashtirilgan.
3.
Hamma buyumlar operasiyalar bo`yicha normallashtirilgan. Bu esa o`quvchilarni
mehnat prosessini rejalashtirishga o`rgatadi.
Bu sxema tabiiy-matematik fanlar orasidagi o`zaro bog’lanishni ko`rsatadi. Bu
birlashgan tematik planda ilmiylik va nazariya bilan amaliyotning bog’lanishi asosida faqat
ishlab chiqarish ta’limi maxsus texnologik fanning ayrim temalari orasidagina emas, balki
boshqa umumiy ta’lim fanlari (fizika, matematika, ximiya) orasida xam umumiy texnika
fanlari (metallar
texnologiyasi, chizmachilik, texnik mexanika, elektrotexnika) orasida ham
xuddi yuqoridagiday bog’lanish amalga oshiriladi.
Bu planda nomi aytilgan hamma fanlar xuddi tabiiy-matematik sikl fanlarining
o`zginasidir.
Shundan keyin konkret misollar bilan (o`qituvchi ixtisosi profilini ham hisobga olib)
bu nomi aytilgan fanlar temalari orasidagi ob’ektiv mavjud bog’lanishlarni (sxemadagi
misollar kabi) aniqlash zarur. Shundan keyin birlashgan tematik misolning asosiy mazmuni,
uni ishlab chiqarish bosqichlari bilan tanishiladi. Bu ishlab chiqarishning
mohiyati shundan
iboratki, o`qish yili boshlanishidan oldin bilim yurti metodik komissiyasining majlisi
chaqiriladi (bu komissiyaga birlashgan tematik planda ko`rsatilgan fanlarning ishlab chiqarish
ta’limi masterlari o`qituvchilari kiradi). Komissiyaning har bir a’zosi o`z fanini puxta analiz
qilib, boshqa fanlar bilan bog’lanishni amalga oshirish imkonini beradigan konkret misollar
vositasida bayon qilib beradi. Bu xildagi takliflar har tomonlama muhokama qilinadi,
umumlashtiriladi. Fanlararo bog’lanishni amalga Oshirishga yordam beradi deb topilgan
programma material birlashgan tematik plan jadvaliga yoziladi.
Shuni aytib o`tish kerakki, tabiiy-matematik fanlarning birlashgan tematik planini
ishlab chiqishning ahamiyati ayniqsa so`ngi
yillarda, ya’ni mamlakatimizda yangi tip
professional texnika bilim yurtlari-ixtisos berish bilan birga umumiy o`rta ma’lumot ham
beradigan bilim yurtlari tashkil etilishidan keyin yana oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: