Janubiy Koreya Respublikasi va Singapur
Reja:
Janubiy Koreya Respublikasi;
Singapur.
1943-yilda Koreya mustaqillikka erishgan bo'lsada, keyinchalik и ikki davlatga bo'linib ketdi. Bu 1945-yilda Koreyaning shimolini SSSR armiyasi, janubini esa AQSH armiyasi egallaganligining oqibati bo'ldi. Potsdam konferensiyasi 1945-yilda 38-parallel kenglikni SSSR va AQSH armiyasi o'rtasidagi chegara chizig'i, deb belgiladi. Bu ikki o'ta buyuk davlatning siyosiy xaritani o'z xohishlariga ko'ra tuzishga urinishlari oxir-oqibatda Koreyaning ham ikkiga bo'linib ketishi-ga olib keldi. 1948-yilning 15-avgustida Koreyaning janubida Li Sin Man boshchiligida Koreya Respublikasi tashkil topdi. 9-sentabrda esa shimolda Kim Ir Sen boshchiligida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganligi e'lon qilindi. 1950-yilda bu ikki koreys davlati o'rtasida urush harakatlari boshlandi. Bu urushga AQSH, SSSR va XXR ham aralashdi. Ikki yillik muzokaralardan so'ng, nihoyat, 1953-yilning 27-iyulida yarash bitimi imzolandi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda bu ikki koreys davlati taraqqiyoti turlicha yo'ldan bordi. Shimoliy Koreya sovet nusxasidagi «sotsializm» qurishga kirishdi. Buning oqibatida и Osiyoning eng kam taraqqiy etgan davlatlaridan biriga aylandi. 1994-yilda Kim Ir Sen vafot etgach, uning o'g'li Kim Chen Ir prezidemlik lavozimini egalladi. 1994-yilda aholi jon boshiga 920 dollarlik yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarildi. Shunday bo'lsa-da, Shimoliy Koreya zo'r berib qurollanmoqda. Hatto, o'z atom bombasi va uni mo'ljalga eltib qo'yuvchi vositalarga ega bo'lish imkoniyati reallikka aylanishi mumkinligi jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Janubiy Koreyada Li Sin Man 1960-yilda o'ldirilgach, hokimiyat Рак Chjon Xi qo'liga o'tdi. U ham 1979-yilda o'ldirildi va 1980—1987-yillarda prezidentlik lavozimini Chon Du Xvan boshqardi. 1987-yilgi saylovlarda general Ro De Vu g'alaba qildi. 1993-yilgi saylovlarda esa Kim Yan Sam hokimiyatni egalladi. Koreya 60 -70-yillarda juda tez taraqqiy qildi. Hukumat markazlashdi. DEU, Samsung, Xyundoy, Lak-Goldstar kabi kompaniyalar juda katta foyda oldilar. Kemasozlik, avtomobilsozlik, elektronika va boshqa sohalar o'ta tez rivojlandi. Keyingi 20 yil ichida har yili 10 foizdan rivojlandi. Lekin inqirozlar ham yuz berdi. 1997-yilda inqi-roz tufayli yuzlab korxonalar sindi. Xalqaro valuta fondidan 47 mlrd dollar qarz oldi. Bu davrda koreya xalqi haqiqiy vatanparvarligini ko'rsatdi. Fuqarolar milliardlab pul yig'dilar. Janubiy Koreya bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlari-dan biriga aylandi. Chunonchi, 1994-yilda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulot 11270 dollarni tashkil etdi. No Mu Xyon mamlakat prezidenti etib saylandi. Janubiy Koreya O'zbekiston munosabatlari yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Janubiy Koreyaning O'zbekistonda qo'ygan kapitali 1 mlrd. dollardan oshdi. 128 ta qo'shma korxona ishlamoqda. O'zbekistonda chi-qarilayotgan «Neksiya», «Damas», «Matiz», «Tiko» avtomobillari, qator to'qimachilik korxonalarining qurilishi ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik-ning kelajagi yanada porloqligini ko'rsatmoqda.
1959-yilda unga Britaniya Hamdo'stligi tarkibida muxtoriyat maqomi berildi. 1963-yilda esa Malayziya federatsiya tarkibiga kirdi. Biroq, tez orada iqtisodiy masalalarda federatsiya subyektlari o'rtasida chuqur kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Natijada 1965-yilda Singapur federatsiya tarkibidan chiqdi va 9-avgust kuni o'zini mustaqil respublika deb e'lon qildi. Mustaqillik yillarida Singapur Janubi-Sharqiy Osiyoning eng rivojlangan davlatiga aylandi. 1994-yilda aholi jon boshiga 19940 dollarlik yalpi mahsulot ishlab chiqarildi va jami yalpi mahsulot 57 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu yerda hozir 4 mln aholi yashaydi. Tug'ilish kamaymoqda. Yiliga 50 ming bola tug'iladi. Bosh vazir Go Chak Tong millatni ko'p farzand ko'rishga chaqirdi. S. R. Natan mamlakat Prezidenti etib saylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |