Ish kuchi bozori -bozor iqtisodiyotida ish kuchi ikkita sharoit ta’sirida tovarga aylanadi. Birinchidan, kishi ozod bo’lishi kerak va o’z ish kuchiga mustaqil egalik qilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Ikkinchidan, u ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo’lishi kerak, aks holda unda ish kuchini sotish zaruriyati bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligida bundaylar yollanma xodimlar hisoblanadi. Bozorda u o’z ish kuchinining egasi, sotuvchi sifatida xaridor bilan qarama - qarshi turadi. Ish kuchi, boshqa tovarlar singari, iste’mol qiymat va qiymatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |