O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana01.04.2021
Hajmi0,79 Mb.
#62385
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
27.09.19 ����� ��� #1179 ����

 

2-masalaning  bayoni:  Jamiyatimizda  ijtimoiy-siyosiy  barqarorlikni  ta‟minlashga 

hamisha  e‟tibor  bilan  qarab  kelinmoqda.  Jamiyat  hayotini  o„zgartirishga  urinayotgan 

shaxslarning  yoshlar  ongini  zaharlashiga  yo„l  qo„ymaslik,  ularning  oldini  olish  ham 

siyosiy-mafkuraviy vazifalar sirasiga kiradi. 

Turli  mafkuraviy  tahdidlar:  vahhobiylik,  hizbut-tahrir  kabi  diniy  ekstremistik 

oqimlarning zararli g„oyalarini yoshlar ongiga suqilib kirishiga yo„l qo„ymaslik, ulardan 

ogoh  bo„lishlik  mamlakatimizda  tinchlikni  saqlashning  eng  muhim  shartlaridan 

hisoblanadi.  Bu  vazifalarning  bajarilishi  o„z  navbatida  jamiyat  yaxlitligini,  ijtimoiy-

siyosiy  barqarorlikni  ta‟minlaydi.  Ta‟kidlash  lozimki,  qo„shni  mamlakatlarda  xalqaro 

miqyosda  sodir  bo„layotgan  siyosiy  voqealardan,  turli  mafkuraviy  tahdidlardan  o„z 

vaqtida  ogoh  bo„lishlik,  yoshlarni  salbiy  mohiyatga  ega  bo„lgan  mafkuraviy  ta‟sirlarga 

berilishining  oldini  olish  o„ta  muhim  siyosiy  ahamiyatga  ega  bo„lgan  vazifadir.  Mavjud 

mavkuraviy  tahdid  ko„rsatayotgan  turli  ekstremistik  guruhlarning  asl  maqsadi  tinch 

hayotimizni  buzish,  jamiyatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy  va  ma‟naviy 

hayotida  tarkib  topgan  munosabatlarni  izdan  chiqarish  va  shu  orqali  o„zlarining g„arazli 

maqsadlariga  erishishdan  iboratdir.  1999  yil  16  fevral  voqealari,  2000  yil  yoz  oylarida 

mamlakatimizning  janubiy  sarhadlariga  suqilib  kirishga  urinishlar,  2000  yilning  sentabr 

oyida Andijon viloyati Izboskan tumanida sodir bo„lgan nohush voqealar, 2005 yil 12-13 

may Andijonda sodir etilgan hunrezliklar fikrimizga misol bo„la oladi. 

O„zbekistonga  huruj  qilayotgan  mafkuraviy  tahdidlar  va  ularning  asosiy  turlari 

to„g„risida  Prezidentimiz  Islom  Karimov  o„zining  «O„zbekiston  XXI  asr  bo„sag„asida: 

xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida keng to„xtalib 

o„tgan. Ularning ayrimlari xususida yuqorida to„xtalib o„tdik.  

Shuningdek,  prezidentimiz  o„z  asarida  buyuk  davlatchilik  shovinizmi  va  agressiv 

millatchilik  mafkuraviy  tahdidi  to„g„risida  shunday  fikr  bildirdi:  «tarixiy  tajribaga 

asoslanib,  bu  hodisani  muayyan  kuchlar  va  davlatlar  tomonidan  bo„ladigan  siyosiy, 

mafkuraviy  va  iqtisodiy  hukmronlik,  deb  yoki    millatlararo  va  davlatlararo,  mintakaviy 

munosabatlarda  unga intilish deb ta‟riflash mumkin».

Uning o„ziga xos xususiyatlari sifatida, quyidagilarni ko„rsatib berdi:  



1.Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni keltirib  chiqarish. 

2.Xalqaro-huquqiy ichki davlat suverenitetimizni ro„yobga chiqarishga  

 

qarshilik ko„rsatish. 



3.O„zbekistonning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  chegaralashga,  ularni  teng  huquqli 

bo„lmagan sharoitga solib qo„yishga urinish.  

4.Mafkuraviy tazyiq o„tkazish, jahon afkor ommasida O„zbekiston     

 haqida  noto„g„ri tasavvurlar tug„dirishga intilish. 

5.Millatlar o„rtasida o„zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish,  

 millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish. 

6.Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuv, hamma  

 sohalardagi o„zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni      

 sekinlashtirish xavfi.

2

 



                                                 

1

 Ўша жойда.  52 бет. 



2

    Каримов  И.А.  .  Ўзбекистон  XXI  аср  бўсағасида:  хавфсизликка  таҳдид,  барқарорлик 

шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1997. 66- бет.  



    Yoshlarning  g„oyaviy-mafkuraviy  dunyoqarashi  qanchalik  yuksak  bo„lsa,  milliy 

g„oya kishilar dunyoqarashida qanchalik keng o„rin egallab borsa, jamiyatimizda ijtimoiy 

g„oyaviy muhit shunchalik musaffo bo„ladi. 

   Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash yo„li, Prezidentimiz Islom Karimov ko„rsatib 

berganlaridek: 

«Odamlarimiz,  avvalam  bor  yoshlarimizning  iymon-e‟tiqodini 

mustahkamlash,  irodasini  baquvvat  qilish,  ularni  o„z  mustaqil  fikriga  ega  bo„lgan 

barkamol  insonlar  etib  tayyorlash,  ularning  tafakkurida  o„zligini  unutmaslik,  ota-

bobolarning  muqaddas  qadriyatlarini  asrab-avaylash  va  hurmat  qilish  fazilatini  qaror 

toptirish,  ularning  men  o„zbek  farzandiman,  deb,  g„urur  va  iftixor  bilan  yashashiga 

erishishdir».

3

 



 

Buyuk  alloma,  mutafakkir  Abu  Nasr  Forobiy  ko„rsatib  o„tganidek:  «Insonlik 

mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o„zining oliy g„oyasi va 

istagiga  aylantirib,  bu  yo„lda  barcha  imkoniyatlardan  foydalansa,  u  baxt-saodatga 

erishadi»

1

.  Milliy  istiqlol  g„oyasi  birlashtirishga,  jipslashtirishga  yo„naltirilgan  bo„lib, 



o„zida  ko„p  qirrali  siyosiy,  ijtimoiy,  huquqiy,  milliy  va  boshqa  manfaatlarni  ifodalaydi 

hamda  ularni  umumdavlat,  millat  maqsadlari  yo„lida  yagona  ijtimoiy-ma‟naviy  oqimga 

birlashtiradi. 

 

«O„zingni  va  o„z  uyingni  asra»  shiori  jamiyatimizdagi  barcha  fuqarolarni 



ogohlikka  da‟vat  qilar  ekan,  turli  mazmundagi  mafkuraviy,  ayniqsa,  diniy-ekstremistik 

ruhdagi  tahdidlarni  o„z  vaqtida  payqash  va  ularga  qarshi  kurashish  g„oyasini  o„zida 

mujassamlashtirgandir.  Millat,  jamiyat  va  davlat  bor  ekan,  uning  mustaqilligiga  tahdid 

soladigan  harakatlar  bo„lishi  tabiiy.  Mamlakatimizga  kirib  kelgan  vahhobiylik,  hizb-ut-

tahrir  va  shu  kabi  zararli  oqimlar  oddiy  insonlarni,  ayniqsa,  g„o„r  yoshlarni  yo„ldan 

ozdira  boshladi.  Ahloqsizlik  g„oyalarini  yoyib,  xalqni  ma‟naviy  jihatdan  buzishga 

intilishlar  hamda  tariximizni,  milliy  qadriyatlarimiz  va  dinni  soxtalashtirishga  urinishlar 

kabi tahdidlar insonlar ongini  zabt etish va  yurtimizni  qaram  qilib  olishga qaratilgandir. 

Ana shunday tahdidlarning oldini olish uchun nima qilmog„imiz darkor? 

O„zbekiston  xalqining,  ayniqsa  yoshlar  ongi,  dunyoqarashi,  xatti-harakatlarida 

mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish bugungi kundagi muhim vazifadir.  

Darhaqiqat, millati, tili va dinidan qat‟iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi 

qalbida ona  Vatanga muhabbat, sadoqat, yurt ravnaqi va osoyishtaligini qaror toptirishda 

mas‟uliyat  tuyg„usi  bilan  yashamog„i  darkor.  Xalqni  buyuk  kelajak  va  ulug„vor 

maqsadlar  sari  birlashtirish,  yuksak  fazilati,  komil  insonlarni  voyaga  yetkazish,  har 

tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash, hozirda dolzarb mavzulardan biri bo„lgan milliy  

istiqlol  g„oyasining  bosh  maqsadidir.  Xulosa  qilib  aytganda,  milliy  istiqlol  g„oyasi  va 

ogohlik – jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga suqilib kirayotgan salbiy mohiyatga ega bo„lgan 

turli  mafkuraviy  tahdidlarga  qarshi  kurashishning  eng  kuchli  va  samarali  vositalaridan, 

omillaridan hisoblanadi. 




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish