O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana01.04.2021
Hajmi0,79 Mb.
#62385
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
27.09.19 ����� ��� #1179 ����

Mustaqil ish topshirig„i

!

 

Ushbu savolga  hayotiy misollar bilan  

javob yozing... 

Jahon moliyaviy inqirozi mafkuraviy 

jarayonlarga  qanday ta‟sir ko‟rsatmoqda? 

 



vujudga  kelgan  bir  qancha  mustaqil  davlatlar  taraqqiyotning  demokratik  yo„lini  tanlab 

oldilar. 

Bugunga  kelib  dunyoning  160  dan  ortiq  davlatlarida  demokratik  tuzumlar 

umumbashariy  va  milliy  qadriyat  sifatida  qaror  topganligi  e‟tirof  etilmoqdaki,  bular 

fikrimizning yorqin dalilidir. 

Hozirgi  davrning  yana  bir  xususiyati  shundan  iboratki,  yer  yuzida,  insoniyat 

taqdiriga va kelajak istiqboliga jiddiy xavf solayotgan, huruj qilayotgan xalqaro terrorizm 

va  diniy  ekstremizm  o„zining  manfur  basharasini  jahon  afkor  ommasiga  tobora  yaqqol 

ko„rsatmoqda, ular taraqqiyotning kushandasi bo„lgan jaholatning eng tuban ko„rinishlari 

sifatida  begunoh  kishilarning  qonini  to„kmoqda.  Har  yili  xalqaro  terrorizm  huruji 

oqibatida yuz minglab kishilar qurbon bo„lmoqda. Moddiy boyliklar vayron qilinmoqda. 

Markaziy  Osiyo  mintaqasida  xavfsizlik  masalasi  hozirgi  davrda  umumbashariy 

xavfsizlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega bo„lib turibdi. 

Mintaqada  aholining  nolegal  migratsiyasi,  yashirin  va  noqonuniy  qurol  savdosi, 

narkotik  moddalarni  yashirin  olib  o„tish,  etnik  –  milliy  nizolar  diniy  ekstremizm  va 

xalqaro  terrorizmni  vujudga  kelishi  va  faoliyat  yuritishiga  sharoit  yaratmoqda.  Ular 

xalqaro terroristik va diniy ekstremistik tashkilotlar ko„magida faoliyat yuritmoqdalar. 

Prezidentimiz  Islom  Karimov  O„zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasining  13 

yilligiga  bag„ishlangan  tantanali  marosimda  so„zlagan  «Inson,  uning  huquq  va 

erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat» mavzusidagi ma‟ruzasida demokratik 

jamiyat qurish, oldimizga qo„ygan marralarga erishish yo„lidagi muammolarni ko„rsatib, 

ularni bartaraf etish sohasida quyidagi vazifalarni ilgari surdi: 

-  Hayotimizda uchrayotgan loqaydlik va beparvolik asoratlaridan xalos bo„lish. 

-  Mamlakatimiz  va  uning  atrofida  sodir  bo„layotgan  voqea-hodisalarga  doimiy 

dahldorlik hissa bilan yashash. 

-  Rivojlanish  yo„limizda  g„ov  bo„lib  turgan  to„siqlarga  qarshi  qat‟iy  kurash  olib 

borish. 

Prezidentimiz  o„z  ma‟ruzalarida,  inson  jamiyatni  yangilik  va  demokratlashtirish 

natijalarini  belgilab  beradigan  asosiy  omil  ekanligini  ta‟kidlab  o„tdilar.  Haqiqatan  ham, 

yurtimizda  amalga  oshirilayotgan  bunyodkorlik  ishlari  ham  inson  omili  tufayli 

bajarilmoqda.  Aksincha,  har  qanday  g„alamislik  terrorizm,  diniy  ekstremizm, 

jinoyatchilik kabi manfur ishlar ham inson qiyofasidagi yovuz kuchlar tomonidan amalga 

oshirilmoqda. 

Bugungi  kunda  terrorizm  Yer  yuzida  insoniyatga,  uning  taraqqiyotiga  dahshat 

solayotgan  siyosiy    voqealikka  aylanib  qoldi.  Bu  ijtimoiy-siyosiy  ofatni  shunchaki 

qoralash bilan bartaraf etib bo„lmaydi. Shu bois, bashariyat istiqboliga tahdid solayotgan 

terrorizmning  asl  tub  mohiyatini  o„rganish,  uni  yuzaga  keltirib  chiqarayotgan  ijtimoiy-

iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy  va  ma‟naviy  omillarni  chuqur  tadqiq  etib  aniqlash,  siyosiy-

falsafiy jihatdan tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. 

Terrorizm  –  o„zi  nima?  Uning  siyosiy-falsafiy  mohiyati  nimadan  iborat?  Qanday 

ko„rinishlarga ega? Qanday ijtimoiy omillar uni yuzaga keltiradi? Undan batamom xalos 

bo„lish  mumkinmi?  Shu  kabi  savollarga  javob  topish  bugungi  kunning  eng  dolzarb 

masalalaridan biridir. 

Terror (lot. Terror – qo„rqitish, dahshat solish ma‟nosini anglatadi) – zo„ravonlik va 

kuch ishlatish yo„li bilan siyosiy muholifatni bostirish demakdir. Terrorizm odamlarning 

hayotiga  chang  solish,  suiqasd  qilish,  ularni  qo„rqitish,  dahshat  solish,  tazyiq  o„tkazish 

demakdir. 



Terrorizm  aslida  kecha  yoki  bugun  paydo  bo„lib  qolgan  ijtimoiy  ofat  emas.  U 

insoniyat tarixida azaldan bor bo„lgan, bugungi kunda ham sodir bo„layotgan, jaholatga, 

buzg„unchi  g„oyalarga  asoslangan  siyosiy  faoliyat  usuli,  vositasi  sifatida  namoyon 

bo„lmoqda. 

Insoniyatning Qanday  bir tarixiy  rivojlanish  bosqichini olib qaramaylik, barchasida 

jamiyat hayoti u  yoki  bu tarzda sodir bo„lgan bir guruh kishilarning boshqa bir guruhga 

nisbatan  olib  borgan  zo„ravonligini  ko„rishimiz  mumkin.  Tabiatda  «terror»,  ya‟ni 

zo„ravonlik  qonuniyat  tarzida  amal  qiladi.  Nisbatan  kuchsiz,  zaif  bo„lgan  jonzodlar, 

ularga nisbatan kuchli bo„lgan yirtqichlar uchun yemish bo„lib xizmat qiladi. 

Qur‟oni Karimning «Moida» surasida, jamiyat hayotida sodir bo„ladigan zo„ravonlik 

va bo„zg„unchilik jinoyatlari va ularning jazolari to„g„risida aytilgan bo„lib, quyidagicha 

bayon qilingan: Odam (alayhissalom) ning ikki farzandi – Qobil va Hobil o„rtasida bo„lib 

o„tgan  mujodala  –  Qobil  o„z  birodari  Hobilni  nohaq  o„ldirgani  to„g„risida  xabar  berilib, 

bu qissa orqali yaxshilik bilan yomonlik o„rtasidagi doimiy kurash tasvirlangan. Bu fojea 

Yer  yuzidagi nohaq qon to„kilish fojealarining birinchisi edi. Suraning 30-oyatida Qobil 

o„z  birodari  Hobilni  nohaq  o„ldirgini  to„g„risida  aytilib,  32-oyatda  shunday  deyiladi: 

«Ana  o„sha  (  fojea)  sababli  bani  Isroil  zimmasiga  (shunday  farmonni)  yozib  qo„ydik: 

kimki  biron  jonni  o„ldirmagan  va  yerda  buzg„unchilik  qilib  yurmagan  odamni  o„ldirsa, 

demak,  go„yo  barcha  odamlarni  o„ldiribdi  va  kimki  unga  hayot  ato  etsa  (ya‟ni 

o„ldirishdan  bosh  tortsa),  demak:  go„yo  barcha  odamlarga  hayot  beribdi.  Ularga  (bani 

Isroilga)  payg„ambarlarimiz  menga  shunday  hujjatlar  keltirdi.  Shundan  keyin  ham 

ulardan ko„plari yer yuzida (qon to„kish bilan) haddan oshib yurguvchidirlar…». Mazkur 

oyatdan  shuni  anglash  mumkinki,  bir  kishini  halokatdan  saqlab  qolish  esa  butun 

jamiyatni asrab qolishdir. 

Insoniyat  jamiyati  tabiatdan  ajralib  chiqqandan  buyon  son-sanoqsiz  terrorlarni 

boshidan kechirgan. 

Terrorizmning  asl  mohiyatini  siyosat  falsafasi,  siyosatshunoslik  nuqtai  nazaridan 

olib qarash, uni chuqur ilmiy-nazariy jihatdan o„rganish, jamiyat hayotida  yuzaga kelish 

xususiyatlarini  tadqiq  etish  va  uni  bartaraf  etish  usullari,  vositalarini  ishlab  chiqishni 

talab etadi. Zero, terrorizm bugunda insoniyat ravnaqiga eng katta xavf solayotgan tahdid 

bo„lib  qolmoqda.  Xalqaro  miqyosda  faoliyat  ko„rsatayotgan  terrorizmga  qarshi  dunyo 

progressiv kuchlari birlashib kurash olib bormasa, bu ofat  Yer  yuzida insoniyat boshiga 

ko„z  ko„rib,  quloq  eshitmagan  kulfatlarni  keltirishi  mumkin.  Hayot  shuni 

ko„rsatmoqdaki, bunday ijtimoiy-siyosiy balodan hech bir davlat, jumladan, O„zbekiston 

ham chetda emas. 

Terrorizm  qanday  ko„rinishlarga  ega?  Terrorizm  tushunchasi  falsafiy,  ijtimoiy  va 

siyosiy  mazmunga  ega  bo„lib,  birinchisi  –  eng  umumiy,  ikkinchisi  –kengroq  ma‟noda, 

uchinchisi esa nibatan torroq ma‟noga ega. 

 

Falsafiy  ma‟noda  terror  –  tabiat,  jamiyat  va  inson  hayotida  amal  qiluvchi 



zo„ravonlik,  buzg„unchilikka  asoslangan  faoliyatni  anglatadi.  Terrorizm  insoniyat 

tarixida  sodir  bo„lgan  qonli  urushlar,  xalq  isyonlari,  harbiy  fitnalar,  g„alayonlar 

ko„rinishida ham amal qilib kelgan. 

 

Hozirda, terrorizm quyidagi: milliy ayirmachilik, etnik, diniy ekstremistik, siyosiy, 



iqtisodiy terrorizm, axborot terrorizmi kabi shakllarda namoyon bo„lmoqda. 

 

Milliy  ayirmachilik,  etnik  xarakterdagi  terrorizm  nisbatan  oz  sonli  etnik 



guruhlarning  o„z  manfaatlarini  himoya  qilish,  o„zga  millat  hukmronligiga  qarshi  kurash 

usuli,  vositasi  sifatida  qo„llanmoqda.  Terrorizmning  bunday  ko„rinishi  dunyoning  juda 

ko„p  mintaqalarida,  mamlakatlarida  avj  olgan,  azaliy  davom  etib  kelayotgan  ijtimoiy-



siyosiy ofatdir. Qadimdan bir hududda yashab kelayotgan turli etnik guruhlarning o„zaro 

murosa  qilib  yashay  olmayotganligi  va  geosiyosiy,  diniy  e‟tiqod  jihatdan  farqi  kabi 

omillar  oqibatida  yuzaga  kelayotgan  bunday  terroristik  hurujlardan  tinch  aholi  jabr 

ko„rmoqda va qurbon bo„lmoqda. 

 

Etnik  xarakterdagi  terrorizm  diniy  ekstremistik  mazmundagi  buzg„unchi  g„oyalar 



bilan  qorishib  ketgan.  Kichik  Osiyoda  Isroil  va  Falastin  davlatlari  o„rtasidagi, 

Hindistonda, Pokistonda, Turkiyada, Rossiyada, Buyuk Britaniyada, Bolqonda, Afrika va 

Lotin  Amerikasining  bir  qator  mamlakatlarida  sodir  qilinayotgan  terroristik  hurujlar 

shular jumlasidandir. 

 

Xalqaro  terrorizmning  yana  bir  ko„rinishi  diniy  ekstremistik  mazmundagi 



buzg„unchi  g„oyalar  asosida  sodir  bo„lmoqda.  Ayniqsa,  islom  dini  bayrog„i  ostida 

uyushgan al-Qoida, vahhobiylik, «Hizbut-tahrir», «Hizbulloh», «Musulmon birodarlari», 

«Islom  ozodlik  partiyasi»,  «At-takfir  val-Hijra»,  «Junud  Alloh»,  «Jihod»,  «Turkiston 

islom  harakati»,  kabi  diniy  –  ekstremistik  ruhdagi  oqim  va  terroristik  tashkilotlar 

dunyoning ko„plab mamlakatlarida qo„poruvchilik hurujlarini amalga oshirmoqdalar. 

 

Terrorizmning  yana  bir  ko„rinishi  siyosiy  xarakterda  bo„lib,  bevosita,  to„g„ridan-



to„g„ri siyosiy hokimiyatni egallashga qaratilgan bo„ladi. O„zlarining terroristik hurujlari 

bilan  mavjud  siyosiy  hokimiyatga,  tartibotga  va  alohida  siyosiy  yetakchi  hamda  siyosiy 

elita faoliyatiga qarshi qaratilgan bo„ladi. 

 

So„nggi    yillarda,  butun  dunyoda,  xususan,  mintaqamizda  ham  ijtimoiy-siyosiy 



barqarorlikka, zamonaviy taraqqiyotga, demokratik rivojlanishga qarshi radikal muholifat 

sifatida shakllangan diniy ekstremizm huruji kuchaymoqda. 

 

Ekstremizm  keskin  fikr  va  choralarni  yoqlash,  keskin  choralar  tarafdori, 



ma‟nolarni  anglatadi.  Bunga  siyosiy-ijtimoiy  hayot  tarzi  mohiyatan  qo„shilganda  juda 

dahshatli tus oluvchi oqim vujudga kelar ekan. Ekstremizm lug„aviy ma‟nosiga nisbatan 

juda keng tushuncha bo„lib, yuqorida keltirilgan ma‟naviy talqinlar uni toraytirib qo„yadi, 

shuning  uchun  uning  nafaqat  mazmuni  balki  mohiyatiga  muayyan  tarzda  yondashish 

kerak.  Brinchidan,  ekstremizm  tarafdorlarining  dunyoqarashlari,  o„z  davri  va  jamiyati 

qabul  qilgan  yashash  qoidalariga,  qadriyatlariga  keskin  qarshi  chiqishdir.  Masalan, 

bugungi  islom  ekstremizmi  mohiyatan  islomiylashishi  fundamentalizm  asoslariga 

qaratilgan.  Ikkinchidan,  ekstremizmning  fe‟l-atvorida  olamga  «oq-qora  nigoh»  bilan 

qarash,  hammani  ikkiga  bo„lish,  ya‟ni  «yaxshi  va  yomon»,  «ezgulik  va  razolat»,  «Kim 

biz  bilan  bo„lmasa,  u  bizga  qarshidir»  degan  qat‟iy  xulosalarga  itoat  etish  mavjud. 

Natijada  u  jamiyatning  past  savodli,  kambag„al,  qoloq  qismiga  qattiq  ta‟sir  etadi. 

Shuningdek, uning yana bir atvoriga e‟tibor berish zarurki, bu faol harakat ko„p jihatdan 

tajovuzkorlikka asoslanadi. 

 

Yuqoridagi  fikrlarni  amaliy  xolatga  ko„rish  uchun  Prezident  I.A.Karimovning 



quyidagi  so„zlariga  e‟tibor  berish  kifoya  deb  bilamiz:  «Avvalambor,  ular  yoshlarni  o„z 

ta‟siriga  oladi,  ongini  zaharlaydi.  Aql-hushuni  yo„qotgan  mana  shunday  odamlarni 

tayyorlab,  keyin  qo„liga  qurol  beradi.  Ularni  o„z  Vataniga,  o„zini  odam  qilib  voyaga  

yetkazgan el-yurtiga qarshi qo„yadi». 

 

Diniy  ekstremizmning  bugungi  kunda  vujudga  kelishi  va  o„sishining  asosiy 



obektiv  va  subektiv  omillari  mavjud.  Bular  diniy  va  milliy  o„zlikning    keskin  o„sishi, 

ma‟lum  qatlamlar  va  guruhlarning  kuch  bilan  siyosiy  hokimiyatni  ag„darib,  davlat  va 

jamiyatni  islomiylashtirishga  intilishiga  borib  taqaladi.  Diniy  ekstremizmning  eng 

dahshatli  xolati  shundaki,  u  davlat,  xalq  chegarasini  bilmaydi,  g„araz  niyatlarga  to„siq 

bo„lmaganidek,  bular  ham  o„rmalab  tarqab  boradi.  «Ming  afsuski,  -  deb  ta‟kidlaydi 



I.A.Karimov,  -  biz  bunday  urinishlarning  zararli  afsona  ekanini  tushuntirib  berishga 

ikkinchi darajali masala, deb qaraymiz»

1



 



Markaziy  Osiyo  Mintaqasi  strategik  ahamiyatga  ega  bo„lib  ko„plab:  Rossiya, 

Xitoy, AQSH, Pokiston, Hindiston, Eron kabi mamlakatlar va BMT, NATO kabi xalqaro 

tashkilotlarning munosabatlarida, manfaatlar to„qnashuviga olib keluvchi 55 mln aholi, 4 

mln kv. km hududga ega bo„lgan, 130 dan ortiq turli xalqlar va etnik guruhlar yashovchi 

hamda dunyodagi 4 ta asosiy dunyo dinlariga e‟tiqod qiluvchi aholi yashaydigan yagona 

mintaqadir. 

 

Ko„pgina radikal kuchlar Markaziy Osiyo hududida, kelajakda vujudga keladigan 



arab xalifaligining tarkibiy qismi sifatida «FANO» islom davlatini tashkil etishni maqsad 

qilib  faoliyat  yuritmoqdalar.  (FANO  –  Farg„ona,  Andijon,  Namangan,  Osh  viloyatlarini 

qisqartirilgan nomlari). 

 

Mintaqada  faoliyat  olib  borayotgan  asosiy  diniy  ekstremistik  kuchlar  – 



Qozog„iston,  Tojikiston,  O„zbekistonda  faoliyatda  yuritayotgan  «Turkiston  islom 

xarakati»  hamda  «Hizbut-Tahrir  al-Islomi»  (Islom  ozodlik  partiyasi)  hisoblanadi. 

Shuningdek  «Musulmon  birodarlar»  Qozog„istonda  Osh  shahrida  «Islom  taraqqiyot 

markazi»,  Farg„ona  vodiysida  «Akromiylar»  islom  diniy  harakati  tarafdorlari  faoliyat 

yuritmoqdalar. 

 

Markaziy Osiyoda faoliyat olib borayotgan barcha diniy ekstremistik va terroristik 



harakatlar o„z faoliyatlarida nafaqat g„oyaviy tajovuz, balki faol amaliy harakat ham olib 

bormoqdalar. 

 

2005 yil 12-13 may kunlari Andijonda «Akromiylik» diniy ekstremistik tashkiloti 



qatnashchilari tashqi kuchlar  yordamida Andijon shahrida Xarbiy qismga va ichki ishlar 

qismiga  xujum  qildilar.  Andijon  turmasini  egalladilar.  Viloyat  hokimligi  binosini  ham 

egallab  oldilar.  Jangarilar  o„z  harakatlariga  qamoqxonadan  chiqarilgan  ashaddiy 

jinoyatchilar  va  Qirg„iziston  hududidan  suqilib  kirgan  70-80  nafar  jangarilar  bilan 

harakat  qildilar.  Ular  oddiy  xalqni  ham  o„zlarining  saflariga  qo„shishga  harakat  qildilar. 

Ammo  xalqimiz  ularning  aldovlariga  uchmadilar  va  aksincha  ularning  harakatlarini 

qoraladilar. 

 

Andijonda sodir etilgan qonli voqealarning mantiqiy tahlili shuni ko„rsatmoqdaki, 



uning  ijrochilari  xalqaro  diniy  ekstremistik  oqim  «Hizbut-Tahrir»  ning  Andijondagi 

ko„rinishi  –  «Akromiylar»  guruhi  vakillari  bo„lsa-da,  fojealar  ssenariysi  aslida 

mamlakatimizdan  tashqarida  ishlab  chiqilgan.  Uning  «dirijyorlari»  ham,  g„oyaviy 

ilhomchilari  ham,  moliyaviy  homiylari  ham  yurtimizdan  ancha  olisda  bo„lgan  siyosiy 

doiralar,  xalqaro  terroristik  va  diniy  ekstremistik  tashkilotlardir.  Bu  terroristik  aktga 

hozirda  xorijda  «Turkiston  islom  harakati»  nomi  bilan  faoliyat  yuritayotgan  vatangado 

kimsalar ham o„z «hissalarini» qo„shganlari turgan gap. 

 

«Andijon  voqeasi»  o„zining  miqyosi  va  xunrezliklariga  ko„ra  terrorizm  va  diniy 



ekstremizm  mintaqa  tashqarisidan    berilayotgan  madadga  tayanib  mintaqada 

faollashayotganini ko„rsatmoqda. 

 

Diniy  ekstremizm  va  xalqaro  terrorizm  Markaziy  Osiyoda  vujudga  kelgan 



ijtimoiy-siyosiy    vaziyatdan  o„z  maqsadlari  yo„lida  foydalanishga  urinib,  faoliyatini 

yanada oshirishga intilmoqdalar.  

                                                 

1

Каримов  И.А.    Ватанимизнинг  тинчлиги  ва  хавфсизлиги  ўз  куч-қудратимизга, 



халқимизнинг ҳамжиҳатлиги ва букулмас иродасига боғлиқ. Тошкент, Ўзбекистон, 2004. 

11б 


 


 

Hozirgi  davrning  eng  dolzarb  muammosi,  bizningcha  mintaqadagi  diniy 

ekstremistik  tashkilotlarning  asl  mohiyatini  hamda  maqsadlarini  keng  aholi  ommasiga, 

ayniqsa,  yoshlarga  tushuntirib  borish  va  bu  boradagi  mafkuraviy  ishlarni  jonlantirish 

maqsadga muvofiq.  


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish