O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Sezgi organlari.
Paypaslagichlar, mantiya chetlari tuyg‘u vazifasini bajaradi. Kimyoviy 
sezish vazifasini bajaradigan osfradiylar ktenidiylar asosida joylashgan. Osfradiylar ikkala 
tomonida 100— 150 varaqchalari bo‘lgan pushtachalardan iborat. Bir qarashda ktenidiylarga 


juda o‘xshaydi. Pushtachalarda joylashgan ganglioz xujayralardan yaproqchalarga nervlar 
ketadi. Qorinoyoqlilar boshidagi 
oldingi juft paypaslagichlari ta‘m va hid bilish organi vazifasini bajaradi. 
Muvozanat saqlash organlari bir juft yopiq pufakchalardan iborat. Pufakchalar epiteliysi 
hilpillovchi sezgir xujayralardan iborat. Pufakcha bo‘shlig‘i suyuqligida bir qancha mayda ohak 
toshchalar - statolitlar suzib yuradi. 
Qorinoyoqlilar ko‘zlari paypaslagichlari asosida, yoki ikkinchi juft paypaslagichlar ustida 
joylashgan. Sodda ko‘zlar oddiy chuqurchadan, murakkab ko‘zlar esa ichida gavhari va 
shishasimon tanachasi bo‘lgan ko‘z pufagidan iborat. 
Jinsiy sistemasi. Qorinoyoqlilar ayrim jinsli (oldjabralilar) va germafrodit (o‘pkalilar, 
orqa jabralilar) bo‘lishi mumkin. Jinsiy bezlari bitta tuxumdon yoki urug‘dondan, germafrodit 
vakillarida germafrodit bezidan iborat. Bu bez urug‘ va tuxum xujayralarni hosil qiladi. Erkak 
molluskalarning urug‘ yo‘li bor. Bir qancha molluskalarning muskulli o‘simta shaklidagi qo‘ 
shiluv organi bo‘ladi. Urg‘ochi molluskalarning tuxum yo‘li kengayib, bachadon va urug‘ qabul 
qilgichni hosil qilishi mumkin. 
Germafrodit o‘pkali molluskalarning jinsiy organlari germafrodit bezdan va u bilan 
bog‘liq germafrodit naychadan iborat. Naycha ikkiga ajralib, tuxum va urug‘ yo‘lini hosil qiladi. 
Tuxum yo‘lining kengaygan qismi bachadon deyiladi. Bachadon jinsiy qin orqali jinsiy kloakaga 
ochiladi. Urug‘ yo‘li muskulli qo‘shilish organi (penis) ichidan o‘ tadi. Qo‘shilish organi ham 
bachadonga ochiladi. Jinsiy qinga yana xaltasimon urug‘ qabul qilgich va ohak ninali xaltaning 
yo‘li ochiladi. Ohak nina qo‘shilish paytida jinsiy qin devoriga sanchilib, uni qitiqlaydi. 
Molluskalar har doim chetdan urug‘lanadi. 
Rivojlanishi. Qorinoyoqlilar uchun odatda ichki urug‘lanish xos. Tuban qorinoyoqlilar 
orasida tashqi urug‘lanadigan turlari ham bor. Molluskalar tuxumlarini to‘p qilib, suv ostidagi 
narsalarga yopishtirib qoyadi. Tuban vakillari tuxumlaridan halqali chuvalchanglarniki singari 
troxofora (97-rasm) lichinkasi rivojlanib chiqadi. Lichinkaning og‘izoldi kipriklari va tepa toji 
yaxshi ko‘rinib turadi. Troxoforadan keyinchalik yelkanli - veliger lichinkasi rivojlanib chiqadi. 
Ko‘ pchilik qorinoyoqlilar tuxumidan molluskalar uchun xos erkin suzib yuruvchi 
lichinka - veliger rivojlanib chiqadi. Bunday lichinka og‘zi oldida kipriklar bilan o‘ralgan 2-4 
plastinkalar bor. Plastinkalar hilpillovchi yelkanni hosil qiladi. O‘pkali qorinoyoqlilar lichinkasi 
metamorfozsiz rivojlanadi. 
Qorinoyoqlilarning amaliy ahamiyati. Oldjabrali va orqajabralilarning ayrim vakillari 
chuchuk suvda va ba‘zan quruqliqda hayot kechirishga moslashgan. O‘pkali molluskalar asosan 
quruqlikda va chuchuk suv havzalarida uchraydi. O‘pkali molluskalar shimoliy mintaqada 
qishda, janubda esa yozda va qishda uyquga ketadi. Buning uchun molluska tuproqqa kirib, 
chig‘anog‘i og‘zini shilimshiq bilan yopib oladi. Bir qancha qorinoyoqlilar o‘rmalab harakat 
qilishdan suzib yurishga o‘tgan. Ularning chig‘anog‘i reduktsiyaga uchragan yoki yo‘qolib 
ketgan; oyog‘i esa toq suzgichga yoki bir juft qanotsimon eshkakka aylangan. 
Qorinoyoqlilar xilma-xil oziqlanadi. Ko‘pchilik vakillari o‘simlikxo‘r hisoblanadi. Ular 
orasida chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar va boshqa molluskalar bilan oziqlanadigan 


yirtqichlari ham ko‘p uchraydi. Ayrim turlari ninaterililarda parazitlik qiladi. Bir qancha 
Yevropa mamlakatlarida tok shillig‘i iste‘mol qilinadi. Ayrim dengiz qorinoyoqlilari, masalan, 
trubach va sohil shillig‘ini ham iste‘mol qilsa bo‘ ladi. O‘rta va Janubiy mintaqalarda turli shilliq 
qurtlar poliz ekinlari va bog‘larga katta ziyon keltiradi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish