Uyga vazifa berilishi
Nazorat savollariga javob qaytarish
|
Diqqat qiladi
Topshiriqni yozadi
| ilova
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
t/r
|
Nazariy bilimlarni baholash
|
ball
|
1
|
Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi
|
5
|
2
|
Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi
|
4
|
3
|
Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega
|
3
|
4
|
Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.
|
2
| ilova
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
1
|
Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak
|
2
|
Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim
|
3
|
Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi
|
4
|
Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.
|
5
|
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
|
6
|
Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish
|
182
Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari
3-ilova
№
|
Baholash mezonlari
|
Baholar
|
“5” – a’lo
|
“4” - yaxshi
|
“3” - qoniqarli
|
“2” - qoniqarsiz
|
1.
|
Nazariy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
2.
|
Amaliy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
3.
|
Joriy nazorat
natijalari
|
|
|
|
|
4.
|
O’rtacha bahosi
|
|
|
|
|
5-mavzu: Farmatsevtik terminologiyaga kirish. Dorivor moddalarning trivial nomlari. Tarkibiy qismchalar. Dori shakllari. Farmatsevtik terminlar strukturasi
Reja:
1. Asosiy farmatsevtik so‘z yasash usullarini, dorilar va dori preparatlarning o‘ziga xos tarkibini o‘rganish.
2.Dori-darmon nomlari, tarkibiy qismlarning bog‘lanish xususiyatlari bilan tanishish.
Farmatsevtik atamashunoslik «Farmatsiya» (yun. pharmakeia — dori tayyorlash va qo‘llash) nomi ostiga birlashuvchi va dori-darmonlar tarkibini o‘rganish, qidirib topish, ishlab chiqarish va qo‘llash bilan shug‘ullanuvchi qator maxsus fanlar majmuasidan iborat. Bu majmuada markaziy o‘rinni qo‘llash uchun rasmiy ruxsatnomaga ega bo‘lgan dorivor moddalar va preparatlar ya’ni dori-darmonlar nomenklaturasi egallaydi.
Masalan:
1. Dori-darmonlar — biron bir davlatning kasallikni oldini olish, aniqlash va davolash maqsadida qo‘llash uchun kafolat beruvchi tashkilot tomonidan belgilangan tartibda berilgan ruxsatnomaga ega bo‘lgan moddalar yoki modda birikmalari.
2. Dorivor moddalar — o‘ziga xos kimyoviy birikmalar yoki biologik moddalarni namoyon etuvchi dori-darmonlar;
3. Dorivor o‘simliklar xomashyosi — tabobatda qo‘llash uchun ruxsat etilgan o‘simliklar xomashyosi.
4. Dori shakllari — dori-darmon yoki dorivor o‘simlikning qo‘llash jarayonida davolovchi xususiyatlarini saqlab qolishni ko‘zlab keltirilgan qulay holati.
5. Dori preparati — ma’lum bir shaklga keltirilgan dori-darmon.
6. Dorivor moddalar — dori-darmonlarning terapevtik, profilaktik yoki diagnostik ta’sir ko‘rsatuvchi komponentlari.
7. Murakkab dori-darmonlar — bir dori shaklida belgilangan dozalarda birdan ortiq ta’sir etuvchi moddalarga ega bo‘lgan dori-darmonlar.
Dorivor moddalarning trivial nomlari
Dorivor moddalar sifatida qo‘llanuvchi ko‘pchilik kimyoviy birikmalar ikki xil nomga ega:
1. Ilmiy yoki tizimli nom.
2. Trivial (lot. trivialiis — odatdagi) nom.
Ilmiy nom dorivor moddalarning kimyoviy tarkibini ifodalaydi. Lekin o‘zining murakkabligi, qiyinligi bilan retseptlarda, yorliqlarda, apteka savdosida qo‘llash uchun noqulay hisoblanadi.
Trivial nomlar esa o‘zining ixcham qisqa va soddaligi bilan amalda qo‘llashga qulaydir.
Trivial nomlar
|
Ilmiy nomlar
|
Analgin
|
1-fenil-2,3-dimetil-4-metilamina- pirazolon-5-metansulfanat natriya
|
Fenasetin
|
1 -etoksi-4-asetaminobenzol trano-9,13 -dimetil-7
|
Retinol (vitamin A)
|
1,1,5-trimetilsiklogeksen-5-il-6/ nonatetrayen-7,9,11, 13-ol
|
Dori-darmonlarning trivial nomi turli so‘z yasovchi tarkibga ega.
Uning asosini lotin yoki yunon tiliga mansub o‘zaklar tashkil etadi. Bundan tashqari trivial nomlarni yasashda boshqa so‘z yasash vositalari ishtirok etadi. Shunga ko‘ra, trivial nomlar oddiy, yasama, qo‘shma va qisqartma so‘zlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Masalan: Mentholum, Analginum,Papaverinum, Apisarthronum,Dimexidum, Sulfadimezinum.
Trivial nomlar yasashda eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘z yasash usuli abbreviatsiyadir (qisqartirish). Bunda ilmiy nom qisqartiriladi.
Trivial nomlar/ abbreviatura
|
Ilmiy nomlar
|
Dimexidum dimeksid
|
Dimetilsulfaksid
|
Aethacridinum etakridin
|
Laktat 2-etoksin-6,9-dinaminoakridin
|
Phenaminum fenamin
|
Sulfat d, 1-fenil 2-aminopropana N-fenilkarbomoid-3 (B-fenilizopropil)
|
Sydnocarbum sidnokarb
|
Sidnonimin
|
TRIVIAL NOMLARDAGI TARKIBIY QISMLAR
Tarkibiy qismlar taxminan anatomik, fiziologik va terapevtik xarakterdagi axborotni berishi mumkin.
Lotincha
|
O‘zbekcha
|
Ma’nosi
|
-cor-, card-
|
-kor-, -kard-
|
yurakka ta’sir etuvchi, yurak tonusiga ta’sir etuvchi, toj tomirlarni kengaytiruvchi
|
-vas-,-angi-
|
-vaz-, -angi-
|
qon tomirlarni kengaytiruvchi, spazmolitik
|
-sept-
|
-sept-
|
zararsizlantiruvchi, antiseptik
|
-dol-, -alg-
|
-dol-, -alg-
|
og‘riqsizlantiruvchi, analgetik
|
-pres (s)-, -ten (s)-
|
-pres (s)-, -ten
|
qon bosimini tushiruvchi
|
-sed-
|
-sed-
|
tinchlantiruvchi, sedativ
|
-pyr-
|
-pir-
|
haroratni tushiruvchi, antipiretik
|
-aesthes-
|
-estez-
|
og‘riqsizlantiruvchi, anestetik
|
-test-, -vir-
|
-test-, -vir-
|
erkak jinsiy gormonlaridan tayyorlangan
|
-andr-
|
-andr-
|
androgen
|
-thyr-
|
-tir-
|
qalqonsimon bez faoliyatiga ta’sir etuvchi
|
-myco-
|
-miko-
|
zamburug‘larga qarshi
|
-chol-
|
-xol-
|
o‘t haydovchi
|
-cid- (lot. occidere —
|
-sid-
|
mikrobga qarshi
|
o‘ldirmoq)
|
|
|
DORI SHAKLLARI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
AErosolum, i n
|
aerozol
|
Granulum, i n
|
granula
|
Gutta, ae f
|
tomchi
|
Unguentum, i n
|
surtma
|
Linimentum, i n
|
suyuq surtma
|
Pasta, ae f
|
tarkibida 20—25% kukunsimon
moddasi bo‘lgan surtma
|
Emplastrum, i n
|
malham
|
Suppositorium , i n
|
shamcha
|
Pulvis, eris m
|
kukun
|
Tabuletta, ae,f
|
tabletka
|
Tabuletta obducta
|
po‘st qoplangan tabletka
|
Dragee (fr.)
|
draje (fransuzcha)
|
Solutio, onis f
|
eritma
|
Suspensio, onis f
|
suspenziya
|
Emulsum, i n
|
emulsiya
|
Pilula, ae f
|
hab dori
|
Tinctura, ae f
|
nastoyka
|
Infusum, i n
|
damlama
|
Decoctum, i n
|
qaynatma
|
Sirupus, i m(mediciinalis)
|
sharbat (dorivor)
|
Species, ei f(ko‘p. Species, erum f)
|
yig‘ma
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
1. L.U.Xo`jayeva,X.A.Zohidova “Lotin tili” 2005 y.
2. M.Bo`liyev “Lotin tili va tibbiyot terminalogiyasi” Qayta ishlangan va to`ldirilgan 10- nashri Toshkent Ilm Ziyo nashriyoti 2016 yil
3. M.Bo`liyev “Lotin tili va tibbiyot terminalogiyasi” Qayta ishlangan va to`ldirilgan 7- nashri Toshkent Ilm Ziyo nashriyoti 2011 yil
4. N.Isroilova ”Tibbiyot terminologiyasi va lotin tili”
5. B.Xomidov “Lotin tili va tibbiyot terminalogiyasi” Namangan 2016
4. ”Lotin tili va tibbiyot terminalogiyasi” fanidan ma’ruzalar matni Asqarova Nargiza Yangi Namangan tumani 2021y
Foydalanilgan internet sayti
1. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |