229
kamroqdir. Tibbiyot sifatining pastligi, qashshoqlik va antisanitariya tufayli
rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar о‘limi, bezgak, sil, traxoma,
qoqshol bilan
kasallanish darajasi, epidemik yuqumli kasalliklarning paydo bо‘lish ehtimoli,
rivojlangan mamlakatlardagi holat bilan taqqoslab bо‘lmaydigan darajada yuqoridir.
Sо‘nggi ma’lumotlarga kо‘ra, dunyo bо‘yicha yurak qon-tomir kasalliklari kun
sayin ortib bormoqda. Bunday kasalliklar aksariyat hollarda о‘lim bilan tugaganligi
sababli jamiyat uchun katta tahdid sanaladi. Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti
(WHO) hisobotiga kо‘ra, 2005 yilda yurak qon-tomir kasalliklaridan
million inson vafot etgan. Ushbu kо‘rsatkich barcha о‘lim holatlarining 30
foizini tashkil qiladi. Shu
jumladan, 7,6 million kishi yurak-ishemik kasalligidan 5, 7
million kishi insult oqibatida hayotdan kо‘z yumgan
12
. Hozirgi vaqtda о‘rnatilgan
internatsional aloqalar natijasida davlatlar о‘rtasidagi ulkan yuk oqimlari,
odamlarning faol migratsiyasi va kengaygan iqtisodiy
munosabatlar olamshumul
xususiyat kasb etdi va kо‘pgina yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligini oshirdi.
Notipik zotiljam, qush grippi, chо‘chqa grippi kabi ilgari hech qachon mavjud
bо‘lmagan, yangi kasalliklarning paydo bо‘lishi sabablarini ham ayni shu yerdan
izlash lozim.
Ayni paytda shuni ham alohida ta’kidlash lozimki,
XX-XXI asrda yangi
kasalliklar soni kо‘payib borsada, kasalliklarga qarshi kurash vositalari ham
takomillashib bormoqda. Jumladan, XXI asr fanining eng katta yutug‘i sifatida, 2008
yilda nemis olimi Xareld sur Xauzen (1936), ayollarda bachadon saratoni kasalligini
«papiloma» virusi keltirib chiqarishini aniqlagan va unga qarshi emlash vositasini
yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bо‘ldi. Dunyo bо‘yicha umumiy saraton
kasalligining 5 foizini bachadon raki tashkil qilar va har yili ikki yuz mingga yaqin
ayollar shu kasallikdan bevaqt olamdan kо‘z yumar edi. Ushbu kasallikka qarshi
vaksinatsiyaning ommalashuvi yuzlab ayollarning sog‘ligi garoviga aylanmoqda.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, О‘zbekistonda ham 2009
yildan 12-14 yoshdagi qizlarda bachadon saratoni kasalligiga qarshi emlash ishlari
12
Bobojonova N. «Yoshargan» xavfli tо‘lqin. -T.: «Noshir», 2012 y. 23-b.
230
keng amalga oshirilmoqda. Xareld sur Xauzenning kashfiyoti asr boshining eng
buyuk kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, О‘zbekistonda aholining reproduktiv
salomatligi bо‘yicha davlat dasturi qabul qilingan bо‘lib, unga kо‘ra, barcha
viloyatlarda skrining
markazlari tashkil qilindi, ona va bola salomatligining
profilaktikasi, «Tez yordam» markazlarining faoliyati yо‘lga qо‘yildi, aholini notipik
gripp kasalligiga qarshi emlash ishlari rejali amalga oshirilmoqda. «Bugungi kunda
mamlakatimizning barcha hududlarida bolalarning 98 foizidan ortig‘i oldini olish
mumkin bо‘lgan infeksiyalarga qarshi emlanmokda. Buning natijasida,
difteriya,
kizamik kasalliklariga chalinish holatlari keskin kamayganini aytish darkor. 2010
yilda yukumli kasalliklar bilan og‘rish holatlari, jumladan, meningikok infeksiyasi
28 foiz, epidemik parotit 27 foiz, virusli gepatit 13 foizga kamaygani ana shunday
tadbirlar samarasidir»
13
. Darhakikat, 1997 yilda 1-sonli
yukumli kasalliklar
ilmiytadqiqot institutida yangi laboratoriyaning tashkil qilinishi, О‘zbekistonda
(gippotit) odam organizmida sarik kasalligining nafaqat A va V virusi, balki S, D,
YE viruslarini aniklash imkonini yaratdi. «Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh
qilish va rivojlantirish, о‘ta og‘ir yukumli kasalliklarga barham berish hamda ularni
kamaytirish borasida kat’iy choralar kо‘rildi. Onalar о‘limi darajasi 2 baravardan
kо‘prok, bolalar о‘limi 3 baravar kamaydi. Erkaklarning о‘rtacha umr kо‘rishi 67
yoshdan 73
yoshgacha, ayollarning umr kо‘rishi esa 75 yoshgacha oshdi»
14
.
Zamonaviy diagnostika texnologiyalaridan keng mikyosda foydalanishning yо‘lga
kо‘yilishi, surunkali sarik kasalligining okibati bо‘lmish jigar sirrozining
kamayishiga va aholining umumiy umrguzaronligini oshishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: