231
olib kelmokda. Natijada, jahonda har yili ochlikdan bir necha о‘n millionlab
odamlar, kattalardan kо‘ra kо‘proq bolalar halok bо‘lmokda.
Oziq-ovqat takchilligiga duch kelgan mamlakatlar uni import qilishga majbur,
lekin bu, odatda, ocharchilikka qarshi kurashda
kam samara beradi va bundan
tashkari, mazkur mamlakatlarni eksportchilarga qaram qilib kо‘yadi. Shu tarika
g‘alla ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tazyiq о‘tkazishning samarali vositasiga va mohiyat
e’tibori bilan, avvalo, eng kashshok mamlakatlarga qarshi «oziq-ovqat quroli»ga
aylanadi.
1960-yillarda oziq-ovqat muammosini yechish rivojlanayotgan mamlakatlar
uchun «yashil inqilob»ni amalga oshirish bilan bog‘langan edi. Bu tadbirning
mohiyati bug‘doy va sholining о‘ta unumli yangi navlaridan foydalanib, qishlok
xо‘jalik mahsuldorligini keskin oshirishdan iborat edi.
Buning uchun qishlok
xо‘jalik ishlab chiqarishini zamonaviy texnologiyalar yordamida modernizatsiya
qilish mо‘ljallandi. «Yashil inkilob» aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda qabul
qilindi, lekin amalda ham ijobiy, ham salbiy okibatlarga olib keldi. Qishlokni kayta
tashkil etish uchun tegishli ijtimoiy shart-sharoitlar va buning uchun zarur
mablag‘lar mavjud bо‘lgan davlatlarda u ijobiy samara berdi. Ammo, bunday
mamlakatlar uncha kо‘p emas, masalan Hindiston, Pokiston shular jumlasidan.
Texnika va о‘g‘itlar xarid qilish uchun mablag‘lar mavjud bо‘lmagan, aholining
ma’lumot darajasi juda past bо‘lgan, turg‘un an’analar va xurofiy aqidalar xо‘jalik
yuritishning ilg‘or shakllarini amalga joriy etishga tо‘sqinlik qilgan о‘ta
qoloq
mamlakatlarda esa «yashil inqilob» samara bermadi. Shuningdek, u odatdagi mayda
xо‘jaliklarni vayron qila boshladi, qishloq aholisining shaharga migratsiyasini
kuchaytirdi. «Yashil inqilob» eski qishloq xо‘jaligi о‘rnida yangi, zamonaviy
qishloq xо‘jaligini barpo eta olmadi, ya’ni eski uyni buzib, uning о‘rnida
yangi
imorat qura olmadi, bu esa oziq-ovqat muammosini yanada keskinlashtirdi.
О‘zbekistonda bu muammoning yechimini topishga oqilona yondoshildi. Paxta
yakkahokimligiga chek qо‘yilib, g‘alla, sholi, chorma mollarini yetishtirishga
alohida e’tibor qaratildi, qishloq infratuzilmasini takomillashtirish, qishloqqa
232
sanoatni olib kirish, g‘alla mahsulotlarini ishlab chiqish
texnologiyalaridan unumli
foydalanish yо‘lga qо‘yildi.
Iqtisodiy
rivojlanishning
notekisligi.
Rivojlanayotgan
mamlakatlarni
qoloqlikdan chiqarish va yangi xalqaro iqtisodiy tartib о‘rnatish, hozirgi davrning
global muammolari orasida alohida о‘rin egallaydi, chunki bu yerda vujudga kelgan
xalqaro munosabatlar tizimi beqarorlashuvining kuchli omillari yashirinib yotadi.
Sо‘nggi yillarda dunyo miqyosida yalpi mahsulot ishlab chiqarish о‘sgani holda,
boylar va kambag‘allar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar о‘rtasida
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi ulkan tafovut yanada oshdi. Bu muammo,
ba’zan «boy Shimol» va «qashshoq Janub» о‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida
ham tavsiflanadi.
1960-yillarda
aksariyat
mamlakatlarning
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri
mustamlaka
qaramligidan xalos bо‘lish jarayoni yangi, lekin о‘zgacha tusdagi qaramlik
о‘rnatilishiga olib keldi. Urushdan keyingi davrda jahon savdosining о‘sishi va
davlatlararo aloqalarning kuchayishi yuz berdi. Ayni vaqtda G‘arb davlatlari
iqtisodiyotida monopoliyalashuv jarayoni kuchaydi va
transmilliy korporatsiyalar
paydo bо‘la boshladi. Ular arzonroq ishchi kuchi topish va atrof-muhitni muhofaza
qilishga qо‘shimcha xarajatlardan qutulish maqsadida mehnat sarfi katta bо‘lgan va
ekologik jihatdan iflos ishlab chiqarishlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport
qila boshladilar. Bu hol, bir tomondan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda atrof-
muhitni himoya qilish uchun ommaviy harakatning faollashuvi va ekologik
qonunchilikning yanada keskinlashuvi bilan, boshqa tomondan esa,
rivojlanayotgan
mamlakatlar о‘zining qashshoqligi tufayli, qat’iy ekologik meyorlar va bu bilan
bog‘liq cheklov choralari joriy etishni о‘ziga doim ham ep kо‘ra olmasligi bilan
izohlanar edi.
Sо‘nggi о‘n yilliklarda vaziyat yana rivojlanayotgan mamlakatlar zarariga
о‘zgara boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha jabhalariga
va iqtisodiyotga kompyuterlar va mikroelektronika jadal sur’atlarda joriy etila
boshladi. Shuningdek, texnologik novatsiyalar va yangi (yuksak) texnologiyalar roli
ham
sezilarli darajada oshdi, bu esa ishlab chiqarishga ma’lumotli, malakali ishchi
233
kuchini jalb qilishni taqozo etdi. Shu sababli iqtisodiy о‘zaro aloqalar va jahon
savdosi asosan iqtisodiy rivojlangan davlatlar о‘rtasidagi almashinuv hisobiga
amalga oshirila boshladi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa, agar ular kо‘p miqdorda
xom ashyo resurslariga ega bо‘lmasa, jahon bozoridan siqib chiqarildi.
О‘zbekistonda esa, mustaqillik yillarida «...yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon
boshiga hisoblaganda esa 2,5 baravar о‘sdi, о‘rtacha ish haki 14 baravar oshdi.
Davlatning ijtimoiy soha va ijtimoiy muhofaza uchun sarf xarajatlari 5 baravardan
ziyodroq kо‘paydi. Har yili davlat byudjetining 50 foizi ijtimoiy sohaga
yо‘naltirilmoqda
15
.
Do'stlaringiz bilan baham: