116
lardan tashkil topadi.
Element sistema strukturasini tashkil qilgan nisbiy mustaqillikka ega bo’lgan
tuzilmadir.
Har bir sistema o’z strukturasiga ko’ra, bir qancha o’zaro chambarchas
bog’liq va aloqadorlikda bo’lgan elementlardan iborat bo’ladi.
„Sistema", „struktura" va „element" kategoriyalari narsa va hodisalarga xos
bo’lgan
ana shu moddiy sistemalar, strukturalar va elementlarning aqliy
in’ikoslaridir.
Odatda, har bir sistema o’zining tuzilishiga ko’ra, alohida sistemachalarga
ajralishi, nisbiy mustaqil elementlarga bo’linishi, ularning o’zaro uzviy bog’liqligi,
bir butunlikni tashkil etishi kabi xususiyatlarga egadir. Bunda sistemalar iyerarxiyasi
shundaki, doimo bir qancha sistemalar birikib, yangi,
hajm jihatidan kengroq
sistemani hosil qila boradi. Bu holat yanada yuqorilashib borib, natijada, bir-biriga
kiruvchi, bir-biri bilan bog’liq, biriga nisbatan ikkinchisi
kengroq boiib boradigan
sistemalarning yuqori birligi — bir butun borliqni qaror toptiradi.
Umuman, har bir sistemaning tashkil topishi va mavjud boMishida
uning
strukturasi muhim rol oynaydi. Ayni shu struktura sistemadagi o’zaro ta’sir va aks
ta’sir qiluvchi moddiy tarkiblami elementlarga aylantiradi.
Dialektika uchun „sistema", „struktura" va „element" kategoriyalarining o’zaro
aloqadorligini, bir-biriga o’tishlarini va har biriga xos alohida xususiyatlarini
ko’rsatish, ularning o’zaro umumiyligi va bir-biridan
farqlarini aniqlash, ayniqsa,
muhimdir.
Struktura narsa va hodisalardagi, ulardan tashkil topgan sistemalardagi o’zaro
bog’liq quyidagi uch ma’noni ifodalaydi:
1.
Struktura narsa yoki hodisaning bir xil yoki har xil jinsliligini, lining
muayyan, nisbiy mustaqil qismlarga,
elementlarga, komponentlarga bo’linishini
ifodalaydi.
2.
Struktura narsa yoki hodisani tashkil etuvchi qismlar, bo’laklar,
komponentlar va elementlarning o’zaro bir-biriga ta’sir va aks ta’sirlarini, ular
o’rtasidagi aloqadorlik va bog’lanishlarni, bu bog’lanishlarga oid qonuniyatlarni
ifodalaydi.
117
3.
Struktura, nihoyat, narsa yoki hodisaning qanday element lardan tashkil
topganligidan qat’iy nazar, bu elementlarning organik birligini, ularning yaxlitligi va
bir butunligini ifodalaydi. Shuning uchun strukturani bilish: birinchidan, uning
elementlarini aniqlash; ikkinchidan, mazkur elementlarning o’zaro aloqadorliklarini
aniqlash; nihoyat,
uchinchidan, bu elementlar bir butunligining o’ziga xos tabiatini
tushunib olishdir.
Demak, „struktura” kategoriyasi butun bir. sistemani tashkil etuvchi elementlar
aloqadorligining o’ziga xos usullarini va butunlik doirasidagi elementlarning o’zaro
munosabatlarini ifodalaydi. Bunda har bir element strukturaning nisbiy mustaqil
komponenti bo’lishi bilan birga, o’zaro muayyan
qonuniyatlar asosida birlashib, bir
butun sistemani vujudga keltiradi.
Keyingi vaqtlarda, tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohalarida tadqiqot obektini
chuqurroq o’rganish maqsadida „sistemali yondashish", „strukturaviy analiz" usullari
ishlab chiqildi. Bu usullaming qo’llanilishi, ularning samarador va istiqbolli
ekanligini ko’rsatmoqda. Ayniqsa, „sistemali yondashish" usuli o’zining umumiyligi,
o’rganilayotgan predmet va hodisalardagi barcha aloqadorlik va bog’lanishlami
hisobga olishi bilan dialektik usullaming tarkibiy qismini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: